Uy » Mavzulatshitilgan testlar » Ona tili mavzulashtirilgan » 6-sinf Ona tili » 6-sinf Ona tili №17 6-sinf Ona tili 6-sinf Ona tili №17 InfoMaster Mart 31, 2022 145 Ko'rishlar 1 izoh SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 0 0 6-sinf Ona tili №17 MIQDOR –DARAJA RAVISHLARI MUSTAHKAMLASH FE’L BO’YICHA O’TILGANLARNI TAKRORLASH OT BO’YICHA O’TILGANLARNI TAKRORLASH Mavzular yuzasidan testlar 1 / 55 Leksikografiya nimani o’rganadi? A) frazeologik iboralarni B) so’z va uning ma’nolarini C) lug’at va uning turlarini D) harf va belgilarni 2 / 55 O'zak nima? A) So'z yasash va o'zgartirish uchun xizmat qiluvchi morfema B) So'zda albatta ishtirok etadigan,lug'aviy ma'no ifodalaydigan morfemadir C) Mustaqil holda lug'aviy ma'no ifodala olmaydigan morfema turi D) Qo'shimchalar qabul qilmaydigan morfemaning yaxlit shakli 3 / 55 Qanday fe'llar o’timli fe'llar sanaladi. A) ko’makchili so’zlar bilan bog’lana oladigan fe'llar. B) tuslanadigan barcha fe'llar. C) tushum kelishigiga so’zlar bilan bog’lana oladigan fe’lilar. D) ko’makchi yoki kelishik shaklidagi so’zlar bilan bog’lana oladigan fe'llar. 4 / 55 Fe'llarning lug'aviy shakllari hisoblanadigan so'zlarni toping. A) o'sayotgan, yozish, o'qib B) edi, ekan, emish C) esa, bo'ldi D) ol, yur, qol 5 / 55 Qaysi qatordagi fe’llarda ikkitadan nisbat qo’shimchasi mavjud ? A) qurdirdi ,bitkazdi,keltirdi B) sevintirdi ,yozdirildi ,so’rattirdi C) surishtirdi,o’tkazdi,to’kildi D) yozdirildi,urishdi,o’zgartirdi 6 / 55 Ravishdosh qatnashgan gapni aniqlang. A) Asta sekin tong ota boshladi. B) U voqea hech qachon yodimdan ko’tarilrnaydi . C) Allaqayerda bo’rilar uvullashi eshitildi. D) Nur sochib oy chiqadi yorga boqqani. 7 / 55 Qaysi juft fe'llar ot so'z turkumiga ko'chishi mumkin ? 1 oldi-berdi 2 urindi-turtindi 3 qochdi-ketdi 4 bordi-keldi 5 ur-yiqit 6 so'radi —qo'ydi A) 1,2,3,4 B) 3,4,5,6,7 C) l ,4,5 D) 1,2 8 / 55 Boshqa bir harakat va holatning bajarilishi yoki bajarilmasligi uchun shart bo’lgan harakat va holat, shuningdek, istak-xohishni bildiradigan fe’l shakli ... A) buyruq-istak va shart mayli B) xabar mayli C) shart mayli D) buyruq-istak mayli 9 / 55 Qaysi gapda buyruq-istak maylidagi fe’l qatnashgan ? A) Odam qahrlansa, bilimsiz bo’ladi, jahl kelsa, aql ketadi . B) Kel, do’stim, yuragimni senga ochay . C) Men unga ariqlarni tozalab qo’yishni. gulzorga suv quyishni buyurdim . D) Kabob uchun shaxardan zira-piralarni ham olib chiqib qo’ydik 10 / 55 Shaxs oti yasovchi qo’shimchalar qaysi javobda to’g’ri ko’rsatilgan? A) –xon, -chi, -dosh B) –loq, -choq, -chi, -dosh C) –gar, -chi, -k, -don D) –lik, -inch, -ch, -dosh 11 / 55 Kichraytirish va erkalash otlari qaysi qatorda qo’llangan ? A) osmondagi ,qirdagi , qishloqdagi B) ko’chagacha , oyog’igacha , markazgacha C) o’rdakcha , qizaloq , baliqcha D) dadamlar ,tog’amlar , ammamlar 12 / 55 Sifatning oddiy daraja shakli deb nimaga aytiladi? A) Belgining me’yordan kam ekanligini bildiruvchi sifat shakli B) Belgining me’yordan ortiq ekanligini bildiradigan sifat shakli C) Belgining odatdagi me’yorda ekanligini bildiruvchi va boshqa darajalar uchun asos bo’lib xizmat qiluvchi sifat shakli D) Belgining me’yordan biroz kam ekanligini qiyosan ifodalaydigan sifat shakli 13 / 55 Qaysi gapda paytga munosabat bildiruvchi sifat mavjud? A) Shodmonqul ertalab guzarga chiqib ketdi. B) Uydagi gap ko’chaga chiqmasin. C) Buvim va bobom pastki hovlida o’tirishadi. D) Sport musobaqalarida dastlabki natijalar chakki emas. 14 / 55 Men ikkoviga bittadan ezilgan shaftoli beraman. Ushbu gapdagi sonning turi ...... A) taqsim son B) chama son C) sanoq son D) dona son 15 / 55 Qaysi sonlar omonimlik xususiyatiga ega bo’lishi mumkin? 1.ikki 2.yuz 3.yigirma 4.to’rt 5.uch 6.qirq A) 1,2,6 B) 1,2,3,4,5,6 C) 2,3,5,6 D) 2,5,6 16 / 55 Daraja- miqdor ravishi qatnashgan gapni aniqlang A) Kecha havo bulut bo’lib ,kun bo’yi yomg’ir yog’di B) Birniki mingga ,mingniki tumanga C) Oldingdan oqqan suvning qadri yo’q D) Sayohatchilar yana yuqoriga ko’tarilib qarag’ayzor va archazorga yetdilar 17 / 55 Otga bog’lanib kelgan ravish qaysi gap tarkibida qo’llangan ? A) Yigitning ko’ngli tinchidi va aybdorlarcha tabassum bilan qizga qaradi B) Toshpo’latning yordamchilari birin-sirin kelishdi C) U ovoz kelayotgan tomonga borarkan kuy to’satdan o’zgardi D) Men qo’lim bilan shiringina taom qilib beraman 18 / 55 Qaysi qatordagi gap tarkibida o’zlik nisbati shaklidagi fe’l mavjud ? A) Yigit bo’lib o’tgan voqealarni o’kinib so’zlab berdi B) Biz ajdodlarimiz bilan faxrlanamiz C) O’ksinib ,xo’rsinib yig’lar yuragim D) Bolalar hikoyani zavqlanib tingladilar 19 / 55 Daraja-miqdor ravishi ishtirok etgan gapni toping A) Kun kech bo'ldi .Ertaga erta bilan yo'lga chiqamiz B) Oldinda Sirinbuloq qihlog'i butun bo'y basti bilan yastanib yotardi C) Ko'p yaxhi o'ylabsiz ammo saltanatingiz uzoqqa bormasa kerak D) Uzoqdan kelgan mehmonlar chaqiriiib katta ziyofat berilibdi? 20 / 55 Sifadosh qatnashgan gapni toping A) Sabr qiling ,hurmatli kitobxon ,oldin qishloq bilan tanishaylik B) Men o’ylaymanki,bugungi kun sizning hayotingizda o’chmas iz qoldiradi C) Oyqiz keksa bog’bonning yelkasidan ushlab ,mehribonlik bilan o’tkazdi D) Rashanlik tilning asosiy fazilati hisoblanadi 21 / 55 Mana shunday sharoitda har jihatdan bilimdon va til biladigan kishini ko'rsangiz, og‘zingiz ochilib qolishi turgan gap edi.Berilgan gapda fe’lning qanday vazifa shakllari qo'llangan? A) 1 ta harakat nomi, 2 ta sifatdosh, 1 ta sof fe’l B) 1 ta harakat nomi, 2 ta sifatdosh, 1 ta ravishdosh, 1 ta sof fe’l C) 1 ta harakat nomi, 1 ta sifatdosh, 1 ta ravishdosh D) 1 ta harakat nomi, 1 ta sifatdosh, 1 ta ravishdosh, 1 ta sof fe’l 22 / 55 Gul ochildi. 2. Yig’ilish ochildi. Ushbu gaplardagi fe’llarning nisbatini aniqlang. A) 1-gapda o’zlik nisbat, 2-gapda. majhul nisbat B) 1-gapda majhul nisbat, 2-gapda o’zlik nisbat C) Har ikkala gapda, majhul nisbat D) 1-gapda aniq nisbat, 2-gapda majhul nisbat 23 / 55 “Manmanlik insonga yarashmaydi, birlik doimo kishini kamolot sari etaklaydi”,-deydi bobo sevinchdan ko’zlari chaqnab. Berilgan gapdagi mavhum otlar qaysi so’z turkumidan yasalgan? A) olmosh, ot, sifat. B) olmosh, son, sifat, fe’l C) ot, sifat D) sifat, son, ot, fe’l 24 / 55 1.Tong yaqinlashib qolyapti, bu yerdan tez ketishimiz kerak. 2.Choy ichib olgach, biroz yuribdi. 3.Chol-u kampir behad sevindilar. 4.Otamizning o'lganiga anchayil bo 'lib ketdi. Qaysi gaplarda miqdor-daraja ravishlari ishtirok etgan? A) 1,2, 3,4 B) 1,2,3 C) 2, 3 D) 2, 3, 4 25 / 55 Miqdor-daraja ravishi qatnashgan gapni aniqlang . A) Chol va kampir behad sevinishibdi . B) Oldinda Shirinbuloq qishlog’i butun bo’y basti bilan yastanib yotardi . C) Orqasiga qarasa, uzoqdan bir ho’kiz uni to’xtovsiz chaqirib kelyapti. D) Uzoqdan – kunbotish tomondan, g’ira-shira uchqun ko’rinib qoldi . 26 / 55 Tushum kelishigidagi so’zlar bilan bog’lanmaydigan fe’llar ... A) o’timsiz fellar B) bo’lishsiz fe’llar C) o’timli fe’llar D) bo’lishli fe’llar 27 / 55 Qaysi bandda berilgan gapda miqdor-daraja ravishi ishtirok etmagan? A) Mehmondorchilik tugagach, u uzundan-uzun duo qilib o‘rnidan turibdi. B) Suyunib cho‘ntagiga solib, biroz yuribdi. C) Ikkita tuxum topib olibdi. D) Dehqon: «Hay, mayli, ustki qismi oz boisa ham bizga qola qolsin», — dedi. 28 / 55 Faqat ravishlar berilgan qatorni aniqlang. A) o’nlab ,yuzlab ,minglab B) haftalab ,kilolab ,saharlab C) uyalab , boshlab , matlab D) tiklab, pag’alab , mo’ylab 29 / 55 Belgining belgisini bildirgan ravish keltirilgan qatorni toping A) Uning so’zlari bolalarcha sodda ,samimiy ,lekin aniq va ravshan edi B) Oqshom paytida shamol birdan to’xtadi C) Mashina tezroq yura boshladi D) Uzoqdan nayning mayin ovozi eshitila boshladi 30 / 55 Qaysi qatorda qo'shma fe'l ishtirok etmagan ? A) Pul ,mol -dunyoga ruju qo'ymang ,ilm va ma'rifatni egallashga harakat qiling B) Rahimjon savol berdi ,Durdona javob berdi C) Saidaxon maqolani o'qiy boshladi D) Azob chekmaguneha ,mehnat qilmaguncha ,rohat ko'rmaysan 31 / 55 Orttirma nisbat shaklidagi fe’llarni hosil qiluvchi qo’shimchalarni belgilang A) –sh ,-ish B) –l ,il C) –dir,-giz,-t D) –n ,-in 32 / 55 Qaysi gapda qiyosiy darajadagi ravish ishtirok etgan? A) Munira Akramning kelayotganini ko’rib, qadamini tezlatdi . B) U dalada ishlab, juda-juda charchadi . C) Majlisga Karimning otasi oldinroq keldi . D) Bu yil O’zbekiston mexanizatorlari juda ko’p paxta terdilar. 33 / 55 Qaysi qatorda holat ravishdoshli birikmalar berilgan ? A) musiqa -tingach. qorong'u tuhmmcha B) qaynayvermagach olovni kuchaytirdi, qo'rqib kirmadi C) ko rgani bormoq gaplashgani to'planganmiz. D) suvga tikilgancha o'ylanib qoldi, yig'lay-yig'lay uxlamoq 34 / 55 Miqdor-daraja ravishlari berilgan qatorni aniqlang . A) qatorasiga, yonlamasiga, tikkasiga B) hamon, hanuz, hamisha C) ataylab, jo’rttaga, qasddan D) ancha, ko’p, xiyol 35 / 55 aqindan musiqa ovozi eshitildi Ushbu gapda qatnashgan ravishni aniqlang A) musiqa B) eshitildi C) ovozi D) yaqindan 36 / 55 Darja -miqdor ravishi qatnashgan gapni aniqlang A) Maqsadimiz –tinch yashash ,o’qish va baxtli bo’lish B) Ulg’aygach kashfiyotlar qilamiz ,kurashamiz va g’alaba qozonamiz C) Eshik sal ochildi D) Fidokorona mehnat qilayotgan odam doim niyati tomon intiladi 37 / 55 Daraja -miqdor ravishi qatnashgan gap berilgan qatorni toping A) Yarim kechadan keyin olmon otaning uyqusi butunlay qochdi B) O'rtancha botir qo'rqmadi.jim turdi C) Tahqariga chiqib G'ofurjon boydan ketishga izm so'radi D) Bo'ying sal cho'zilsin bironta duradgor usta topilsa shogirdlikka boramiz. 38 / 55 Musobaqa g’olibi minbararga ko’tariladi (qarsaklar) Mustaqil (O’zbekiston madhiyasi yangraydi. Ushbu gapdagi fe'l zarnonini aniqlang. A) hozirgi zamon fe'li. B) o’tgan zamon fe'Ii. C) kelasi zamon fe’li. D) hozirgi kelasi zamon fe'li. 39 / 55 Ravish qaysi qatordagi gapda harakat belgisini darajalab ko’rsatgan ? A) Majlisga ko’proq ota-ona kelsa ,yaxshi bo’ladi B) U ancha jo’yaklarni oralab chiqdi C) Bahodir darsdan ertaroq qaytdi D) Majlis kech tugadi 40 / 55 Yuzma –yuz uchrashuvda bo’lib o’tgan voqealarni kotiba to’g’ridan –to’g’ri ,naridan beri ,so’zma –so’z yozib berdi Mazkur gapdagi ravishlarni ko’rsating A) to’g’ridan to’g’ri , so’zma –so’z B) naridan –beri C) yuzma –yuz D) A,B ,C 41 / 55 Ko’z va lab so'zlariga qo'shilgan -lar qo'shimchasi qanday ma'noni ifodalaydi? A) hurmat B) ko'plik C) umumlashtirish D) kuchaytirish 42 / 55 -lar qo’shimchasi taxmin ma'nosini anglatgan gapni aniqlang. A) Karimlar uylariga endi ketishdi. B) Oyoqlarim zirqirab og’riyapti. C) Qishloqqaham o’n chaqirimlar bor. D) Oyimlar ancha kech qaytdilar. 43 / 55 Bajaruvchining harakat va holat jarayonida qay darajada ishtirok etishini bildiruvchi fe’l shakllari nima deb ataladi? A) fe’l mayli shakllari B) fe’lning ma’noviy shakllari C) fe’lning nisbat shakllari D) fe’lning harakat tarsi shakllari 44 / 55 Qaysi qatorda ko’makchi fe’llar berilgan? A) tarbiya qilmoq, chirs etmoq B) o’qiy boshlamoq, o’qib chiqmoq C) borib kelmoq, oshib tushmoq D) sotib olmoq, bunyod qilmoq 45 / 55 Qaysi gapda –lar qo’shimchasi grammatik ma’no ifodalagan ? A) Bu ishlarning boshida G’ulomjon ,Qudrat ,Olim buvalar turishdi B) Sening xotirangni unutmas aslo ,mening yuraklarim O’rta Osiyo C) Oradan besh kunlar o’tdi D) Avazlarning bir cheti chorbog’ga tutashgan kattagina hovlisi bor 46 / 55 Sobiq dengizchi Rinaldo Seldstrem gazetalarda “dengiz kasalligi” dan qutulishning bezarar ,oson ,arzon ,yuz foiz kafolatlangan usulini bilishini yozgan va bor-yo’g’I uch kronaning bahridan kechishga rozi bo’lganlarning barchasiga yuborishni va’da qilgan Berilgan matnda fe’lning vazifa shakllari miqdorini toping A) 7 ta B) 9 ta C) 6ta D) 8 ta 47 / 55 Daraja- miqdor ravishi qatnashgan gapni aniqlang A) Odam o’ziga yaqin kishining qilcha o’zgarishini ham darrov sezadi B) Mashinaning ustini yuvish mayli –yu ,ichini tozalash odamni toliqtirib yuboradi C) Domla Sirojiddinning ilmiy ishiga chindan jon kuydirmasa ham ,o’ziga yordam berdi D) Bu yoqda domla otalik qildi-yu ,uni aspiranturada olib qoldi 48 / 55 Birpasgina bo’lsa ham ko’rinish berib, notavon ko’nglimni tinchitib ketsang bo’lgani. Ushbu gapdagi ko’makchi fe’lli so’z qo’shilmasini toping. A) tinchitib ketsang B) ketsang bo’lgani C) ko’nglimni tinchitib D) tinchitib ketsang bo’lgani 49 / 55 Ravish turkumiga oid so’z qatnashgan gapni toping A) Saida bo’lib o’tgan hangomalarni kula –kula gapirib berdi B) Qudrat unga xatni o’qitdi ,so’ng tortinibgina so’radi C) …teraklarning bo’ylari balandroq ,adlroq ko’rinadi D) Bu xatlarga samimiy ,insoniy ,tuyg’ular bitilgan edi 50 / 55 Har lahza zamonlar umridek uzun. Asrlar taqdiri lahzalarda hal. Umrdan o‘tajak har lahza uchun Qudratli qo’l bilan qo‘yaylik haykal. Ravishlar miqdorini aniqlang. A) 2 ta B) Ravish qo‘llanmagan. C) 3 ta D) 1 ta 51 / 55 Mavhum otlarni toping. A) ishonch, dehqonchilik, haqiqat B) suyanch, duradgorlik, samimiyat C) qo’rqinch, odamiylik, tarovat D) yupanch, ustachilik, qabohat 52 / 55 Qaysi qatordagi gapda ravish qatnashgan ? A) Surishtirib qarasa ,Jonfig’on faqat o’n yeti kun ishlabdi xolos B) Bitta emas qo’ling qizim ,ikkita-ku sanab boq,Sanab ko’rar yana jim C) Bozorda qari cholni o’g’ri deya tutdilar Ura-sura sho’rlikni podsho sari eltdilar D) Agar Oftobxon ko’rib qolmasa ,onangdan ajrala yozgan ekansan 53 / 55 Qaysi gapda -lar qo‘shimchasining umumlashtirish ma’nosini anglatishiga misol keltirilgan? A) Ko'zlarim hali harf tanimas edi, qalam ushlolmasdi hali qo'Ilarim. B) Nigora Saidlamlkiga kirganda uyning chiroqlari yoqilgan edi. C) Barcha hayvonlar o‘z ov qilish usuliga ega. D) Ey farzandlar- g'unchalar! Sizga mehrim shunchalar. 54 / 55 –lar qo’shimchasi qaysi qatorda ma’noni kuchaytirish uchun xizmat qilgan A) Do’konlarda unlar va yog’lar sotilmoqda B) Sizga qarab ,zavqlarim toshib ketdi C) O’rtangan shirinlarning fojialari ,yor vaslini biyobonlardan izlagan majnunlarning sarguzashtlari xayolimda D) ….”o’rta “ baho oldilar ,shekilli 55 / 55 Agar ahil bo’lib yashasangiz , sizni hech qanday kuch yenga olmaydi Misolda berilgan shart maylidagi fe’l qaysi ma’noni ifodalash uchun qo’llangan ? A) shart B) iltimos ,maslahat C) sabab D) faraz ,gumon 0% Testni qayta ishga tushiring Baholash mezoni 86%-100% 5 baho 71%-85% 4 baho 56%-70% 3 baho 55% va kamiga 2 baho Fikr-mulohaza yuboring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz