Uy » Mavzulatshitilgan testlar » Ona tili mavzulashtirilgan » 6-sinf Ona tili » 6-sinf Ona tili №14 6-sinf Ona tili 6-sinf Ona tili №14 InfoMaster Mart 31, 2022 10 Ko'rishlar 1 izoh SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 0 0 6-sinf Ona tili №14 SONLARNING MA’NO GURUHLARI SANOQ SON DONA SON ,UNING YASALISHI CHAMA SON ,UNING YASALISHI JAMLOVCHI SON ,UNING YASALISHI Mavzular yuzasidan testlar 1 / 53 Imlo lug’ati nima uchun kerak ? A) Shevaga xos so’zlarni bilish uchun B) To’g’ri tallaffuzni o’rganish uchun C) So’zlarning to’g’ri yozilishini o’rganish uchun D) Og’zaki nutqni o’stirish uchun 2 / 53 Qaysi so'z tarkibida uchta so'z yasovchi qo'shimcha mavjud A) ko'pchilik B) ishlarmiz C) terimchilik D) etikdo'z 3 / 53 O’timsiz fe'l qavsi gapda qo’llanilgan ? A) Akam bu yil universitetni tugatdi, B) Komila bayramga ofiltadek kiyindi. C) Endi sizni kim deb ataylik? D) Paxtakorlarimiz hosilni barvaqt yig’ib olishdi, 4 / 53 Majhul nisbatdagi fe’l qatnashgan gapni toping A) U erkalanib dadasining elkasiga osildi B) B,C C) Uzumlar shipga osildi D) Qattol o’g’ri dorga osildi 5 / 53 Harakat nomi qatnashgan gapni toping A) Kimdir eshikni ohista taqillatdi . B) Sukunat ichra mashinaning ovozi eshitildi C) Hamma maktabga shoshilmoqda D) O’qishga kirish –mening oily maqsadim . 6 / 53 Bo’lishsiz fe’llar qaysi vositalar yordamida hosil qilinadi ? A) yo’q ,emas,-ma ,-mas B) edi ,emish ,emas,ekan C) –magan ,_maydigan ,ekan D) –ma ,-(i)sh ,-(i)b 7 / 53 Quyidagi fe'llarning qay biri sifatdan yasalgan? 1) tuzlamoq; 2) dodlamoq; 3) yangilamoq; 4) tezlamoq; 5) yaxshilamoq; 6) varaqlamoq; 7) to'g'rilamoq; 8) sekinlamoq; 9) ho'plamoq; 10) qishlamoq.. A) 3. 5. 7 B) 4. 8, 9 C) 4, 5.10. D) 5. 7. 8 8 / 53 Fe'l asosiga zamon va shaxs-son qo'shimchalarini qo'shish bilangina hosil qilinadigan fe'l maylini ko'rsating A) xabar mayli B) buyruq-istak C) shart D) A va B. 9 / 53 Shart maylidagi fe’l qatnashgan gapni toping. A) O’quvchilar bu gapni qiziqish bilan eshitdilar B) Olim bo’lsang, olam seniki C) Onam qo’shiq aytishni yaxshi ko’radi D) Akam institutning sirtqi bo’limida o’qiyapti 10 / 53 O’simlik nomlari berilgan qatorni aniqlang A) shaker,asal ,novvot B) sho’ra ,g’umay ,ajriq C) nok,behi,gilos D) qovun,tarvuz ,handalak 11 / 53 Qaysi javobda quyida berilgan gapi sifatga oid so'zlar soni to'g'ri ko'rsatilgan ? Samoning bulutlar siyrak, zangorsir sahnida ham to'lishmagan qandaydir beshakl oy xira, rangsiz yiltiraydi. A) beshta B) oltita C) to'rtta D) uchta 12 / 53 Takroriy sifat qatnashmagan gapni toping A) To'p-to'p daraxtlar tag'in lipillab orqada qolib ketdi B) Sarvinozxon gul-gul ochilib bog'chaga ketdi C) Yirik-yirik tomchilar yer-u ko'kni avalay ketdi D) Ko'chani sho'x-sho'x bolalar to'ldirib o'tishdi 13 / 53 Ki hisob ichra bor edi o’n lak, Har laki o’n tuman kelib beshak (Navoiy). Navoiyning misralarida qo’llangan bir lak nechaga teng. A) million. B) yuz ming C) ming D) yuz 14 / 53 Dona son hosil qiluvchi –ta qo’shimchasi o’rniga qaysi so’zlarni keltirish mumkin? A) bosh B) yuqoridagilarning barchasi C) nafar D) tup 15 / 53 –ov qo’shimchasi yordamida hosil qilingan jamlovchi sonlar qaysi egalik qo’shimchasi bilan birga qo’llanmaydi ? A) 2 shaxs ko’plik B) 2,3 shaxs birlik C) 1 shaxs birlik D) 1 shaxs ko’plik 16 / 53 Chama son ishtirok etgan gapni toping. A) Bizning snfda 21 o’quvchi o’qiydi. B) Navoiy XV asrda yashagan. C) O’zbekistonda har yili yuzlab turli soha mutaxasislari yetishib chiqmoqda. D) Quyosh atrofida to’qqizta sayyora aylanadi. 17 / 53 Sonlardagi -ta qo'shimchasi o'rnida qo'llanadigan so'zlarni ko'rsating. A) tup, litr B) barchasi to 'g 'ri. C) litr. gramm D) bosh, nafar 18 / 53 Jamlovchi son ishtirok etmagan javobni tanlang. A) Qizlarning uchoviga ham mukofot berildi. B) Maktabda o’n chog’li bola yig’ilgan. C) To’rtovlari qotib-qotib kuldi. D) Shu oltovimiz bir tan, bir jon bo’lib kurashaylik. 19 / 53 Qaysi gapda chama son qatnashgan? A) Botirlar birov eshitmasin deb, sekin –sekin qadam bosishdi B) Nafis chayqaladi bir tup na’matak, Yuksakda shamolning belanchagida. C) To’tiniso hovlini sotib, ikki yetimni o’z qishlog’i Rafqonga olib ketdi. D) Anjumanda viloyatlardan o’ntacha vakil ishtirok etdi . 20 / 53 Qaysi gapda sanoq son berilgan? A) Shoikrom o’n kuncha ilgari ishga ketayotib birrov kirib ukasidan hol so’ragan edi. B) Axir, o’n ikki yashar ukasini ko’rmaysizmi, shu yoshidan uloq chopmoqchi. C) Yuzlab yigit va qizlar oliy o’quv yurtlarini bitirishdi. D) Saida oltinchi qatorga borib o’tirdi. 21 / 53 Sanoq son ishtirok etgan gapni toping. A) Rosa o’n olti yil ”Toshkent oqshomi” gazetasida bo’lim mudiri bo’lib ishladim. B) Toshkentdan qirqinchi fonarlarni olib kelganman . C) U to’rni olib,baliq oviga yakka jo’nadi . D) Hindistonda haftalab yomg’ir yog’adi . 22 / 53 Chama sonlar berilgan qatorni toping. A) birinchi, yigirmanchi B) yuztacha, minglab. C) beshtadan, o’nta-o’ntadan. D) uchchov, beshovlon. 23 / 53 Faqat jamlovchi son yasovchi qo’shimchalar qaysi qatorda berilgan. A) -ovlon, -lar. B) -ov, -ala. C) -lab, -lar. D) -(i)nchi, -larcha. 24 / 53 Qaysi qatordagi gapda chama son qo’llangan ? A) Qishlog’imizda o’nlab fermer xo’jaliklari mavjud B) Bu xola yillab kutdi C) Ular tonnalab bug’doy yetishtirib berishadi D) kkala qumg’on sharaqlab bir vaqtda qaynadi 25 / 53 Donalab sanaladigan narsalarning turini ta’kidlash uchun qo’llanuvchi nafar suzi asosan qanday holatda ishlatiladi? A) nima? so’rog’iga javob bo’luvchi barcha otlardan oldin kelib, uning miqdorini ko’rsatadi B) jonli narsalarni donalab sanashda C) har qanday donalab sanaladigan narsalarning miqdorini ko’rsatishda D) shaxslarga nisbatan miqdorni ko’rsatishda 26 / 53 Sanoq sonlar juft holda qo’llanganda qanday ma’noni bildiradi ? A) ko’plik ma’nosini B) taxmin ,chama ma’nosini C) tartib va miqdorni D) grammatik jamlikni 27 / 53 Chama son qo’llangan gapni ko’rsating A) A,B B) Uch –to’rt kishi bir bo’lsangiz ,bitta shaftoliga kuchingiz yetmaydi C) Oltovlon bir bo’lib ,sherga hamla qilishibdi D) Oradan ming –ming yillar o’tsa hamki ,buyuklar yashayveradi 28 / 53 Chama sonlar berilgan gap qaysi javobda ? A) XI asrda yashab o’tgan buyuk tilshunos olim Abulqosim Zamahshariy arab tiliga oid ellikdan ortiq asar yozdi B) Yig’ilishga yuz nafar odam to’plandi C) Ikkovining maqsadi bitta edi D) Birga –birga sayr etaylik 29 / 53 Qaysi qatordagi gapda jamlovchi son qo’llangan ? A) Ular tonnalab bug’doy yetishtirib berishadi B) Qishlog’imizda o’nlab fermer xo’jaliklari mavjud C) Bu xola yillab kutdi D) Ikkala qumg’on sharaqlab bir vaqtda qaynadi 30 / 53 Bunaqasini birinchi marta eshityapman. Ushbu gapda sonning ma'no jihatdan qaysi turi qo’llangan. A) jamlovchi. B) miqdor. C) tartib. D) chama . 31 / 53 Qaysi sonlardan jamlovchi sonlar yasalganda tovush tushishi hosil bo’ladi. A) ikki, uch, olti. B) ikki, besh, olti, yetti. C) ikki, to’rt, yetti. D) ikki ,olti, yetti. 32 / 53 Jamlovchi son qaysi qatorda. A) Saida uyiga kech soat o’n birlarda qaytdi. B) So’rining shundoq yoniga ikki dona olma tushibdi. C) Shunday qilib, to’rtala nomzod ham ro’yxatda qoldi. D) Patnisda to’rtta kulcha, ikki bosh oq uzum bor edi. 33 / 53 Dona son ishtirok etgan gap qaysi qatorda qo’llangan? A) Bir yil tut ekkan kishi yuz yil gavhar teradi B) Paxtakorlarning uchdan biri jamoa xo’jaligiga o’tkazildi C) Shahrimizda o’nlab teatrlar bor D) Bu sinfda yigirma beshta o’quvchi ta’lim oladi 34 / 53 U yoshi yetmishlarga borib qolgan dilkash chol edi. Ushbu gapda sonning ma'no jihatdan qaysi turi qo’llangan. A) miqdor. B) jamlovchi. C) chama. D) tartib. 35 / 53 Chama son berilgan qatorni toping. A) Shahrimizda o’nlab teatrlar, yuzlab kinoteatrlar bor. B) Botirlar birov eshitmasin deb, sekin –sekin qadam bosishdi C) Siz bilan yana ko’p marta uchrashamiz. D) Ming qatla shukrki katta bo’lib qoldim. 36 / 53 Men ikkoviga bittadan ezilgan shaftoli beraman. Ushbu gapdagi sonning turi ...... A) chama son B) taqsim son C) dona son D) sanoq son 37 / 53 Qaysi qator faqat dona sonlardan iborat. A) o’nta , ikkita , uchta B) beshov, olti, oltitacha. C) ikki-uch, uchtacha, uchta. D) besh, beshinchi, bitta. 38 / 53 Sonlar avvalo ikki guruhga ajratiladi: …. A) Hamma javoblar to'g'ri B) miqdor son ,tartib son C) chama son,taqsaim son D) jamlovchi son ,dona son 39 / 53 7 -ov qo’shimchasi yordamida hosil qilingan jamlovchi sonlar qaysi egalik qo’shimchalari bilan doim birga qo’llanadi ? A) faqat 3 shaxs birlik va ko’plik qo’shimchalari bilan B) barcha egalik qo’shimchalari bilan C) 2va 3 shaxs birlik va ko’plik qo’shimchalari bilan D) 2 va 3 shaxs birlik va ko’plik qo’shimchalari bilan 40 / 53 Sonning ma’no turlarini hosil qiluvchi qo‘shimchalar qo‘shimchalarning vazifasiga ko‘ra qaysi turiga mansub boiadi? A) so‘z yasovchi qo‘shimchalar B) sintaktik shakl yasovchi qo‘shimchalar C) old qo‘shimchalar D) lug‘aviy shakl yasovchi qo‘shimchalar 41 / 53 Qaysi gapdagi sonni chama songa aylantirishda ko'plik shaklidan foydalaniladi? A) Yo'q, uning oldida bundan besh-olti yil ilgarigi yarimta tana emas, katta qalb, katta hayot egasi go'zal hayot qo'shig'ini kuylardi. B) Bekatda o'n odam avtobus kutib turishardi. C) Mashrab bilan Akmal esa o'n besh-yigirma bolaga javobgar. D) Barvasta, yoshi ellikka borib qolgan bo'lsa ham, qomati sambitdek tik. 42 / 53 Teshaboy ham ikki-uch og’iz gap qildi. Ushbu gapda sonning ma'no jihatdan qaysi turi qo’llangan. A) tartib. B) miqdor. C) jamlovchi. D) chama. 43 / 53 Ushbu gapda qo’llangan sonning ma'no turi qaysi javobda to’g’ri berilgan. Ikkalangiz devoriy gazetaga maqola yozing. A) jamlovchi B) chama C) kasr D) tartib 44 / 53 Chama son ihtirok etgan gap berilgan qatorni aniqlang A) Shaharda bitta doktorxona bor B) Yetti o'lchab bir kes C) Qulupnayning mevasi naviga qarab uch -saksontagacha ham bo'lishi mumkin D) Besh -oltita tinish belgi kelib bugun o'tkazmoqqa qaror qildi jiddiy yig'in 45 / 53 Chama son yasovchi qo’shimchalarni belgilang. A) -larcha,-cha,-nchi B) -ta,-tadan C) –tacha,-lab,-larcha D) -ovlashib,-ov,-ala 46 / 53 Chama sonlar qanday hosil qilinadi? A) sanoq songa –tacha,-lab qo’shimchalarini qo’shish bilan B) A, B, С C) ikki sanoq sonni juftlab keltirish orqali D) sonlarga qo’shilgan ko’plik qo’shimchasi yordamida 47 / 53 Ruxsat bersangiz, oilamiz haqida ham... og‘iz so'zlabo‘tsam. Nuqtalar o‘rniga qanday son mos kelishi mumkin? A) taqsim son B) jamlovchi son C) dona son D) chama son 48 / 53 Dona son ishtirok etgan gap berilgan qatorni aniqlang A) Menga ikki dona non bering. B) Qulupnayning mevasi naviga qarab uch -saksontagacha ham bo'lishi mumkin C) Besh -oltita tinish belgi kelib bugun o'tkazmoqqa qaror qildi jiddiy yig'in. D) Ikkovining orasida hech qanday sir yotmaydi . 49 / 53 Qaysi gapda chama son qo’llangan? A) Biz bozordan kilolab baliq sotib oldik . B) Uzoqdan besh-oltita otliq ko’rindi C) U akasiga beyuzlarcha o’shqirib berdi . D) Grammlab yig’ilgan oltin obro’yim 50 / 53 Sanoq son ishtirok etgan gap berilgan qatorni aniqlang A) Laylak har yili uchtadan bola ochar ekan B) Shaharda bitta doktorxona bor C) Bu sopol ko’za-chi so’zimga ishon , Sodiq xizmat qildi ming yil odamga . D) Biz Turkiston tizma tog'ining etagida shahardan ikki-uch chaqirim naridagi qihloqda turar edik 51 / 53 Qaysi so’zdagi -ovlon qo’shimchasini -ala qo’shimchasi bilan almashtirish mumkin ? A) Ikkovlon yaxshi dam oldik B) Har uchala gapdagi-ovlon qo’shimchasini -ala qo’shimchasi bilan almashtirish mumkin. C) Oltovlon ola bo’lsa, og’izdagini oldirar D) Uchovlon botirlar g’ordan eshitilayotgan gaplarga diqqat bilan quloq tutishdi. 52 / 53 Dona son qatnashgan gaplarni aniqlang. 1.Bolalar davrani ikki aylandi, qo’l berib ko’rishishdi. 2.Kecha tog’ang berib ketgan zog’oradan i kkitasini olib qo’yganman , birgalashib choy ichamiz. 3.Ikki hafta davomida erta tongdan qorong’u tushguncha loy tashishdi. 4.Hovlimizdagi atirgullarning uch donasi ochildi . A) 2,4 B) 1,2,3,4 C) 4 D) 2 53 / 53 Jamlovchi son ishtirok etgan gap beritgan qatorni aniqlang A) Shaharda bitta doktorxona bor B) Besh -oltita tinish belgi kelib bugun o'tkazmoqqa qaror qildi jiddiy yig'in C) Durroj ham Sherning so'zini ma'qul ko'rdi va shu o'rmonda ikkovi do'stona yashay boshladi. D) Biz Turkiston tizma tog'ining etagida shahardan ikki-uch chaqirim naridagi qishloqda turar edik 0% Testni qayta ishga tushiring Baholash mezoni 86%-100% 5 baho 71%-85% 4 baho 56%-70% 3 baho 55% va kamiga 2 baho Fikr-mulohaza yuboring Tomonidan Wordpress Quiz plugin Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz