Uy » Abituriyent » Majburiy blok » Ona tili va adabiyot majburiy blok » Ona tili va adabiyot majburiy №4 Ona tili va adabiyot majburiy blok Ona tili va adabiyot majburiy №4 InfoMaster May 2, 2024 21 Ko'rishlar 0 SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 0 0% 3 12345678910 OMAD YOR BO'LSIN! Ona tili va adabiyot fanidan majburiy blok testlari №4 Abituriyent uchun ona tili va adabiyot fanidan majburiy blok testlari. 1 / 10 1. Qaysi gapda ajratib ko’rsatilgan sifat hajm-o’lchov ma’nosini ifodalab kelgan? A) Uning qovoqlari keng, yuzlari oq-qizil edi, shahlo ko’zlari esa har doim kulib turardi. B) Biz o’zimizdan kuchli, o’zimizdan baxtli avlodni tarbiya etmog’imiz lozim. C) Vazmin, mulohazali bu yigitni korxonada hamma yoqtirib qolgan edi. D) Tortinchoqqina Nigorani ham davraga sudrab chiqib raqs tushishga majbur qildi. 2 / 10 2. Qaysi gapdagi so’zlar imlosida faqat tovush almashish hodisasi kuzatiladi? A) U endi podshoning topshirig’ini bajarish uchun uni tinmay maqtar, butun ayyorligini ishga solar edi. B) Barmog’ingiz bilan tirnoq yuzasi burchagidagi nuqtani biroz bosib tursangiz, shunda tish og’rig’i darrov to’xtaydi. C) Ho’kiz kechqurun qorni ochib, charchab kelsa, uning oldiga bir bog’ quruq poyani tashlab qo’yar ekan. D) Garchi bu hol ularni oqlashga tirnoqcha asos bo’lmasa ham, ko’nglimda o’zimga tasalli berish, aldash kabi bir kayfiyat bor edi 3 / 10 3. Shu boisdan u o’ttizinchi yillar… boshida adabiyot… chetlatilgan, uning uchun nashriyot eshiklari yopib qo’yilgan edi. Ushbu gapda nuqtalar o’rniga qaysi kelishik qo’shimchalarini qo’llash uslubiy jihatdan to’g’ri sanaladi? A) qaratqich, tushum B) tushum, chiqish C) chiqish, tushum D) qaratqich, chiqish 4 / 10 4. Imlo qoidasiga ko’ra noto’g’ri yozilgan so’z qatnashgan gapni toping. A) Metall idishlarda ovqat saqlab yeyish sog’liq uchun zararlidir. B) Tamagirlik bilan adolat bir-biriga ziddir. C) Bulbul Arabiston yarim orolining janubida qishlab, aprelning oxirida yurtimizga uchib keladi D) Fitrat fors shoiri Bedil haqida ilmiy tadqiqotlar olib borgan. 5 / 10 5. Qaysi gapda ko’p nuqta o’rnida “urib” so’zini ham, “tushirib” so’zini ham qo’llash mumkin? A) Elmurod hammani mukofotga taqdim etganda o’zini … qoldirgan edi. B) Ertalabdan yomg’ir maydalab … turdi, kechga yaqin qorga aylandi. C) Endi sizni o’z lavozimingizdan …… jazolaganini bildirib qo’ymoqchi. D) Omon ikkalamiz bir kosa go’jani paqqos …… oldik. 6 / 10 6. Terakzorlar xushbichim, bog’larda hamma yoq jim. Ushbu gapda nechta so’z turkumiga mansub yasama so’zlar qo’llanganligini aniqlang. A) 1 ta B) 5 ta C) 2 ta D) 3 ta 7 / 10 7. To’ldiruvchi ajratib ko’rsatilgan gapni aniqlang. A) Ukasiga ham shu to’pni sovg’a qildi. B) Ikki dunyo ham mard va saxiylarniki, mard bo’l. C) Bajarilgan ishlar haqida hisobot berildi. D) Biz shaharda baland binolarni ko’rdik. 8 / 10 8. Afsuski, endi men ketaman. Yuqorida keltirilgan gap qaysi so’z turkumlaridan tashkil topgan? A) modal so’z, ravish, olmosh, fe’l B) kirish so’z, ravish, olmosh, fe’l C) undov so’z, hol, ega, kesim D) undov so’z, ravish, olmosh, fe’l 9 / 10 9. Pastda esa odamni oqizadigan katta suv xarsanglarga urilib, shovullab oqayapti. Berilgan gapda qaysi turkumga oid so’zni yozishda imloviy xatoga yo’l qo’yilgan? A) ravish B) ravishdosh C) ot D) fe’l 10 / 10 10. Qaysi gapdagiso’zlarning barchasi o’z ma’nosida qo’llangan? A) Bu achchiq gapni eshitgan zahotimoq peshonamdan sovuq ter chiqib ketdi, yuragimni qo’rquv eza boshladi. B) G’azal ham bo’lurmi buncha dilrabo, Bunchalar serishva, bunchalar tannoz? C) Bulut bugun o’zining ko’kish ko’ylagini erinmay yuvishga tushdi, shekilli, yomg’ir tinay demasdi. D) Men gulzordagi chiroyli gullardan guldasta yasab oyimga sovg’a qildim. 0% Testni qayta ishga tushiring Tomonidan Wordpress Quiz plugin Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 21 Ona tili va adabiyot fanidan majburiy blok testlari №32
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 7 Ona tili va adabiyot fanidan majburiy blok testlari №31
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 3 Ona tili va adabiyot fanidan majburiy blok testlari №30
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 3 Ona tili va adabiyot fanidan majburiy blok testlari №29