Uy » Mavzulatshitilgan testlar » Adabiyot mavzulashtirilgan » 10-sinf Adabiyot » 10-sinf Adabiyot 8-mavzu 10-sinf Adabiyot 10-sinf Adabiyot 8-mavzu InfoMaster Mart 25, 2022 113 Ko'rishlar 1 izoh SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 0 0 Vaqtingiz tugadi! Tomonidan yaratilgan InfoMaster 10-sinf Adabiyot 8-mavzu yuzasida testlar 8 – MAVZU: SHE’RIY SAN’ATLAR 1 / 27 “Rustamxon” dostonida Sultonxon necha yilda qaytaman deb qayerga safarga otlanadi ? A) 10 yil ,Qo’ng’irot B) 13 yil ,Oqtosh C) 14 yil, Qurudim D) 12 yil ,Bujul 2 / 27 Mamlakat mustaqilligi, el-yurt farovonligi yurt osoyishtaligi, chegaralar daxlsizligi uchun tinimsiz kurash olib brogan qahramonlarni belgilang. A) To’nyuquq, Kultegin B) Alp Er To’nga, Yo’llug’ tegin C) Kuntug’di, o’zg’urmish D) Farhod, Iskandar 3 / 27 Ahmad Yassaviy «Ishq da'vosin manga qilma, yolg'on oshiq» misrasi bilan boshlanuvchi hikmatida kimlarni «ham joni yo'q, imoni yo'q» deya ta'riflaydi? A) oshiqlarni B) o'liklarni C) ishqsizlarni D) nodonlarni 4 / 27 Solib borma meni, ey Yusufl husn, Bukun Ya’qubtek bayt ul-hazanda Atoiyning „Jamoling vasfmi... “ deb boshlanuvchi g‘azaldan keltirilgan yuqoridagi parchada ostiga chizilgan birlikning ma’nosi qaysi jovobda to‘g’ri berilgan? A) Quyosh uyi B) Gam uyi C) Baland qad D) Shodlik uyi 5 / 27 Alisher Navoiyning «Tarixi anbiyo va hukamo» («Payg'ambarlar va hakimlar tarixi») kitobida nechanchi qism Allohga toat-ibodat qiluvchilar haqida? A) birinchi qism B) beshinchi qism C) ikkinchi qism D) uchinchi qism 6 / 27 Bobur musulmon axloqiga oid qaysi masnaviyni yaratgan? A) «Harb ishi» B) «Boburnoma» C) «Muxtasar» D) «Mubayyin» 7 / 27 Quyidagi bayt qaysi shoirning qaysi asaridan keltirilgan? Tor ko’ngullik beklar, manman demang, kenglik qiling. To’qson ikki bovli o’zbek yurtidir, tenglik qiling. A) Gulhaniy "Zarbulmasal" B) Bobur "Boburnoma" C) Turdi Farog’iy "Subhonqulixon" D) Muqumiy "Tanobchilar" 8 / 27 Ey bag‘ritosh, ko‘nglum evin aylama xarob, Kim surating chizilmish aning ich-u toshinda. Baytda qanday san’at qo‘llanilgan? A) tashbeh B) tajnis C) husni ta’lil D) talmeh 9 / 27 Quyidagi baytda qaysi she'riy san'at qo'llanilgan? O'qi bu Lutfiy mungluq niyoznomasini, Savob-u olqish-u yuz ming duo kerak bo'lsa. A) tajnis B) husni ta'lil C) tajohil ul-orif D) ta'did 10 / 27 Oybekning “Na'matak” she ridan keltirilgan quyidagi misralarda qanday badiiy san'at qo'llanilgan? Yuksakda raqs etar bir tup na’matak , Quvoshga bir savat gul tutib xursand. A) talmeh B) tazod C) iyhom D) tashxis 11 / 27 Atoyi qalamiga mansub quyidagi baytda qaysi she'riy san'atdan foydalanilgan? Sensiz u jahon ayshi alamdur manga, ey do'st, Shodlig'i ham mehnat-u g'amdur manga, ey do'st. A) nido B) tasdir C) tasbe D) husni ta'lil 12 / 27 Xorazmiy qalamiga mansub quyidagi baytda grammatik o'zaro bog'lanishlarning bir xil turidan ketma-ket foydalanish orqali qaysi she'riy san'at yuzaga kelgan? Ta'lim gulchehra nargis ko'zlilar bor, Shakar dudog'li, shirin so'zlilar bor. A) tajnis B) ta'did C) husni ta'lil D) tajohil ul-orif 13 / 27 Atoyining quyidagi baytida qaysi san'at qo'llanilgan? Men bu yuz mushtoqidurmen, bog'-u bo'stonkim bo'lur, Bo'lmasin nasrin-u tola, arg'uvon sizsiz menga. A) takrir B) tardi aks C) tasbe D) tasdir 14 / 27 Alisher Navoiy qalamiga mansub quyidagi baytda qaysi she'riy san'atdan foydalanilgan? Ey sabo, holim borib sarvi xiromonimg'a ayt, Yig'larimning shiddatin gulbargi xandonimg'a ayt. A) tasbe B) nido C) tasdir D) husni ta'lil 15 / 27 Ко zung ne balo qaro bo 'lubtur, Kim, jong 'a qaro balo bo 'lubtur Baytda qo'llanilgan badiiy san'atni ainqlang A) tashbeh B) tanosub C) tardi aks D) tamsil 16 / 27 0‘qi bu Lutfiy mungluq niyoznomasini, Savob-u olqish-u yuz ming duo kerak boisa. Lutfiy qalamiga mansub ushbu misralarda qanday badiiy san’at uchraydi? A) irsoli masal B) Tasdir C) Ta’did D) Tasbe 17 / 27 «...asosan, sanoq sonlar ishtirok etib, tartib sonlar nisbatan kam qo'llanadi, shuningdek, bu vazifani sanoq va tartibni ko‘rsatuvchi son, olmosh va ravishlar ham bajaradi». Nuqtalar o‘rniga qanday badiiy san’at nomi qo‘yiladi? A) Tasbe B) Ta’did C) Tasdir D) Tanosub 18 / 27 Quyidagi baytda qaysi she'riy san'atdan foydalanilgan? Nozuklik ichra belicha yo'q ton gesuyi, O'z haddini bilib belidin o'lturur quyi. A) husni ta'lil B) ta'did C) tajnis D) tajohil ul-orif 19 / 27 Quyidagi baytda qo'llanilmagan qaysi so'zning o'zi ishlatilmagani holda inson ko'ngli uchun naqadar aziz va qadrli ekanligi ta'kidlanmoqda? Tamanno qilg'ali la'lingni ko'nglum, Kishi bilmas oni kirn, qoldi qanda. A) so'z B) lab C) ishva D) qalb 20 / 27 Ahmad Yassaviyning quyidagi baytida qaysi san'atdan foydalanilgan? Dardga to'lding, g'amga to'lding, telba holding, Ishq dardini so'rsang hargiz darmoni yo'q. A) husni ta'lil B) tajnis C) ta'did D) tajohil ul-orif 21 / 27 Begona bo'lubtur oshnoin, Begonag 'a oshno bo 'lubtur. Baytda qo'llanilgan she'riy san'atni aniqlang. A) tardi aks B) tanosib C) tasdir D) tazod 22 / 27 Tashbehning bir necha qismlari mavjud bo'lib, shulardan biri hisoblangan holati tashbeh nima? A) o'xshatish vositasi B) o'xshagan narsa C) o'xshatilgan narsa D) o'xshatish sababi 23 / 27 «Rustamxon» dostonida Sultonxonning Rustamga: «qo'zim», - deb murojaat etishi, boshqa bir g'azalida esa lirik qahramon yorga: «Ey Yusufi husn», - deya murojaat etishi qaysi she'riy san'atni yuzaga keltiradi? A) tardi aks B) nido C) tajohil ul-orif D) tasdir 24 / 27 Qaysi baytda husni ta’lil san’atidan foydalanilgan? A) Quyosh Oydek yuzungning xijlatidin Qochib, to‘rtinchi ko‘k uzra chiqibdur. B) Nafs kofiri birla tun-u kun qildim urushni, Tanho qilichi birla urub, qiymalab o‘ttum. C) Haq ul kunkim, jamoling bor etibdur, Jahon husnin borin sizga beribdur. D) Dushman-u do‘st orasida men g‘ofilni mudom Besar-u po qiladurg‘on bu ko‘nguldur, bu ko‘ngul. 25 / 27 Atoyining quyidagi baytida so'z takroriga asoslangan qaysi san'at turi qo'llanilgan? Menga dushvor erur sensiz tirilmoq, Senga men bo'lmasam, eyjon, ne g'amdur. A) istiora B) tadid C) tasbe D) tardi aks 26 / 27 Kuchum yetguncha ko‘p qildim vafolar, Vafoli qulni asrar podsholar. Ushbu misralarda qanday badiiy san’at qo‘llangan? A) Tashbeh B) Tasdir C) Talmeh D) Tasbe 27 / 27 Husni ta’lil … A) ikki yoki uch so’zning qofiyalansihi B) o’z fikrini chiroyli dalillash san’ati C) Voqealarni o’ta kichraytirib ko’rsatish D) bir predmet tushunchani boshqa predmet tushunchaga o’xshatish 0% Testni qayta ishga tushiring Baholash mezoni 86%-100% 5 baho 71%-85% 4 baho 56%-70% 3 baho 55% va kamiga 2 baho Fikr-mulohaza yuboring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz