Uy » Attestatsiya testlar » Ona tili va adabiyot attestatsiya » On tili va adabiyot attestatsiya №7 Ona tili va adabiyot attestatsiya On tili va adabiyot attestatsiya №7 InfoMaster Mart 4, 2022 67 Ko'rishlar 0 SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 0 0% 0 12345678910111213141516171819202122232425262728293031323334353637383940 OMAD YOR BO'LSIN! On tili va adabiyot fanidan attestatsiya savollari №7 DIQQAT! Endi siz o'z bilmingizni sinab ko'rish bilan birga sertifikatga ham ega bo'lishingiz mumkin. Sertifikat olish uchun barcha ma'lumotlarni to'g'ri kiriting! e-mail manzilini to'g'ri kriting, barcha ma'lumotlar sizga yuboriladi. Testda 76% va undan yuqori natija oling va sertifikatni yuklab oling. 1 / 40 Ilon kabi buralib daryo shu yerga kelganda, ikkiga ajralgan, uch chaqirimdan so`ng yana birlashardi. Berigan gapda qaysi turkumlar qatnashgan? A) ot, ko`makchi, fe`l, ot, olmosh, ot, fe`l, son, fe`l, son ot, ravish, ravish, fe`l B) ot, ko`makchi, fe`l, ot, ravish, fe`l, son, fe`l, son, ot, ko`makchi, ravish, fe`l C) ot, ko`makchi, fe`l, ot, ravish, fe`l, son, fe`l, son, ko`makchi, ravish, fe`l D) ot, ko`makchi, ravish, ot, ravish, fe`l, son, fe`l, son ot, ravish, ravish, fe`l 2 / 40 Kesimi faqat til undoshlaridan tashkil topgan yasama so’z bilan ifodalangan gapni aniqlang. A) Do’stlikka yaramaydigan shaxsning eng yaramasi – chaqimchi. B) Tarixni anglash orqali insonda hayotini anglash qobiliyati shakllanadi. C) Hasad va baxillik nafratdan ham murosasizroqdir. D) Oshkora yomonlikka nisbatan yasama ezgulikdan inson ko’proq nafratlanadi. 3 / 40 Tilimizga boshqa tildan kirib kelgan so`zlarning butunlay singib ketishi yoki singib kelmasligiga ko`ra javoblarni moslashtiring. A) 1-d; 2-c; 3-b; 4-a; B) 1-c; 2-d; 3-a; 4-b; C) 1-c; 2-a; 3-b; 4-d; D) 1-c; 2-a; 3-d; 4-b; 4 / 40 Har kimki atog`a ko`p rioyat qilg`ay, O`g`lidin anga bu ish siroyat qilg`ay. Ushbu she`riy parchada ostiga chizilgan so`z qanday ma`no ifodalab kelyapti? A) hurmat, e`tibor qilish B) sitam,azob C) nopisandlik D) jabr,zulm; 5 / 40 “Kecha va kunduz” asarida domla – imom Ibrohim Xalilulloh to`g`risida kimdan dalil keltiradi? A) Muqimiydan B) Mashrabdan C) Yassaviydan D) So`fi Olloyordan 6 / 40 “Kamlikning kamoli bordir, Manmanlikning zavoli bordir…”, “O`zingdan kattani uchratsang pir bil, O`zingni er bilsang, birovni sher bil…” kabi hikmat darajasiga ko`tarilgan baytlar qaysi dostonda uchraydi? A) “Alpomish” B) “Ravshan” C) “Kuntug`mish” D) “Rustamxon” 7 / 40 Qaysi asarda mahallalarga chayon solig’ini solgani, odamlarni chayon zahri bilan o’ldirgani aytilgan? A) “Ulug’bek xazinasi” B) “Zulmat ichra nur” C) “O’tkan kunlar” D) “Yulduzli tunlar” 8 / 40 Musa Jalilning qaysi asari butun mamlakatda katta dovruq qozonadi va davlat mukofoti bilan taqdirlanadi? A) “Ordenli millionerlar” B) “Oltin soch” C) Okopdan xatlar” D) “Xat tashuvchi” 9 / 40 Quyidagi qaysi gaplarda kelishik qo‘shimchasining adabiy til me’yorlariga amal qilinmasdan xato qo‘llanishi kuzatiladi? 1) Biz sizni gazeta sharhi bilan tanishtiramiz; 2) Ularga fikrining ravon so‘zlamoqni o‘rgatish kerak; 3) Qadim zamonga Chin mamlakatida bir ulug‘ podshoh bo‘lgan ekan; 4) O ‘quvchilarga ot va sifatni farqlash vazifasi topshirildi. A) 1, 4 B) 1, 2, 3 C) 2, 3 D) 2, 3, 4 10 / 40 Og’ilxonada o’nga yaqin tuyoqlarimiz bor. Ostiga chizilgan so’zda ma’no ko’chishning qaysi turi qo’llangan? A) metafora B) metonimiya C) vazifadoshlik D) sinekdoxa 11 / 40 Sen men uchun bir xayol eding, Yaxshi bor, yo yaxshi qol eding. Jon kerakmi- mana, ol endi, Qiynar bo’lsang qiynab to’yding-ku. Berilgan she’riy parchada bir tovushdan iborat qo’shimchalar necha o’rinda qo’llangan? A) 6 B) 8 C) 5 D) 7 12 / 40 Uka, qo’zichoqni ushla. Mazkur gapdagi kesim vazifasidagi so’zning ma’nodoshiga shakldosh bo’la oladigan so’z qaysi javobda qatnashgan? A) Tut xalq xo’jaligida foydasi eng ko’p tegadigan daraxtlardan biridiur. B) Unaqa mulla emas u, uning nodonligidan Sodiq cholning jahli qo’zidi. C) Raqibini kuch bilan yengolmagach, uni hiyla bilan qo’lga tushiradi. D) Cho’ntagidan g’ijimlangan qog’ozni olib unga uzatdi. 13 / 40 Dunyo keng, do’stim, sen torlanma, Shashtiga mos tuhsmay xorlanma, Bir zum tin bergil deb zorlanma, O’zi tin izlagan olam bu. Ushbu satrlar muallifi kim? A) A.Obidjon B) E.Vohidov C) Zulfiya D) A.Oripov 14 / 40 Beg’amlik, beparvolik, o’yin-kulgi yoki ixlos qo’ymaslik nimalarga putur yetkazadi deydi Abay? A) aql va vijdonga B) aql va ilmga C) ilm va xulqqa D) aql va fe’l-atvorga 15 / 40 Quyida keltirilgan gapdagi ma’no ko’chishning turini aniqlang. Men Farmonbibi xonadoniga radiodan keldim. A) sinekdoxa B) vazifadoshlik C) metafora D) metonimiya 16 / 40 Ushbu matnda qanday xatoliklar kuzatiladi? 1.imloviy xato 2. ishoraviy xato 3.uslubiy xato A) 2.3 B) 1.2 C) 1,2,3 D) 1.3 17 / 40 Qaysi javobda uslubiy xoslangan so’zlarning o’zaro ma’nodoshlik hosil qilishi kuzatiladi? A) Hammamiz quyoshda pishgan jizzamiz, qachon tiz cho’kuvdik, hamon izzamiz. B) Chiroylidir go’yo yosh kelin, Ikki daryo yuvar kokilin. C) Barglarda raqs etar shabboda, O’ynar sabo shaklinda kecha. D) Yurganmisiz birga oy bilan Oqshom payti ko’m-ko’k o’rmonda? 18 / 40 Qaysi shoir fikricha, farzandlar ham har xil bo’ladi. Onaning baxtiga sherik bo’lib, baxtsizligida yolg’iz tashlab ketadigan farzandlar ham topiladi. Vatanning ham go’zal tabiatini, ko’rkam bog’-rog’larini xush ko’radigan, lekin tashvish-g’amlarini o’ylamaydigan farzndlari yo’q emas deydi? A) M.Jalil B) Avloniy C) E.Vohidov D) A.Oripov 19 / 40 Qaysi gapda og’zaki so’zlashuv uslubiga xos unsur kuzatiladi? A) Bahor kelishi bilan bog’larda ko’chat o’tqazish ishlari avj oldi. B) Akalari izidan Samarqand borsa, “Ko’nglim shuni xohladi, borib aytinglar otamga”, - deb ularni qaytarib yuborgan ekan. C) Bahorda yaylovga borganlaringizda og’iz ichgali bemalol tashrif buyurishlaring mumkin. D) Fuqarolar yig’inlari faoliyatini samarali yo’lga qo’yishda jamoatchilik komissiyalarining o’rni sezilarli bo’lyapti. 20 / 40 Qaysi gapda -dir qo‘shimchasi gumon ma’nosini bildirib kelgan? A) Taskin berib onam yig‘laydir, Qolganlari yolg‘on yig‘laydir. B) Ot mindirib kim qaytardi yurtga uni? Jahongiri bexonumon yurt edi bu. C) Bir vaqtlar meni deb halok bo‘lgan kimdir, Men uning uchun ham yashab yuribman. D) Nadir millat qudratining tamadduni, Amir Temur haykalidan so‘rang buni. 21 / 40 Kardiogramma so’zida nechanchi bo’g’inga urg’u tushadi? A) beshinchi bo’g’inga B) ikkinchi bo’g’inga C) uchinchi bo’g’inga D) to’rtinchi bo’g’inga 22 / 40 Qaysi gapning mazmuni fikrlar zanjiridan uzilib qolgan? A) Qalovini topsang, qor yonar. B) Bilganing daryo bo’lsa, bilmaganing – dengiz. C) Ertangi ishga bugun reja tuz. D) Tadbir bilan mushkul oson bo’lar. 23 / 40 Ostingda o’ynaydi chin tulpor oting, Rustamga o’xshaydi shon-u shvakating, Qayerda, mehmonjon, sening elating, Ajdaho nishonim, qaydin bo’larsan? “Go’ro’g’lining tug’ilishi” dostonidan olingan ushbu parchada bu gapni kim aytgan? A) Zaydinoy Go’ro’g’liga B) Go’ro’g’li Rayhon arabga C) Xoljuvon Go’ro’g’liga D) Bibi Hilol Ravshanga 24 / 40 Ushbu matnda nechta fonetik o’zgarish mavjud? A) 7ta B) 6ta C) 4ta D) 5ta 25 / 40 Qaysi gapda o’zaro sinonim so’zlar qo’llanmagan? A) Bu mo’ysafid Hotamtoy emas, Valiy emas, keksa, nuroniy B) Yaxshi kayfiyat charchoqni yo’q qiladi, toliqishni ham yo’q iladi.. C) Asror uning qalbida katta dard, alam borligini sezgan edi. D) Bog’-rog’larning husn-tarovati shahrimizga ko’rk bag’ishlaydi 26 / 40 Ul kirib zavraqig’a ayladi azm, Bo’lub ul kema ahli qatlig’a jazm. Ushbu baytda shakl va ma’no munosabatiga ko’ra o’zaro qanday so’zlar qo’llangan? 1.sinonim so’zlar 2. omonim so’zlar 3. paronim soz’lar 4. antonim so’zlar A) 1,2,3,4 B) 1,2,3 C) 1,3,4 D) 1,2 27 / 40 “O’tkan kunlar” romanida kimni zamona hokimlarining tuzugi bo’lsa ham, ko’p bo’lmasa ham, ozroq ularning ta’siri bunda hamn bor edi deb aytiladi? A) Musulmonqul B) O’tabboy C) Xoliqbek D) Normuhammad 28 / 40 Bunim yo’q, unim yocq, Uyimda unim yo’q. Ishimda unum yo’q, Aytishga unim yo‘q. Ushbu gapda o‘zaro shakldoshlik hosil qilgan so‘zlar haqidagi qaysi fikr to‘g‘ri? A) Ushbu gapdagi o’zaro shakldoshlik hosil qilgan barcha so’zlarning asoslari bir xil turkumga mansub so‘z sanaladi. B) Ushbu gapdagi o‘zaro shakldoshlik hosil qilgan so’zlar tarkibida vazifasiga ko‘ra faqat bir turga mansub qo’shimchalar qatnashgan. C) Ushbu gapdagi o’zaro shakldoshlik hosil qilgan so’zlar tub va yasama so’zlar sanaladi. D) Ushbu gapdagi shakldoshlik hosil qilgan so’zlarning barchasi o’zaro bir turkumga mansub so’zlar sanaladi. 29 / 40 Darhaqiqat, shunday illatlar borki, ular harom: jamiyatning olg’a qadam qo’yishiga to’sqinlik qiladi. Barcha yomonliklar kaliti va odam umrining kushandasi – “oq ajal”ga ruju qo’yish qanchadan qancha oilalarning buzilib, farzandlarini yetim qolishiga sababchi bo’ladi. Hali balog’at ostonasidan o’tmagan bolalarning qing’ir ish va bezorilikka qo’l urishi esa ota-onalar qaddini egib, sha’nini toptaydi. Bugun raqamli iqtisodiyotga o’tish jarayonining tezlashishi natijasida taraqqiyot kushandasining payi qirqilmoqda. Yoshlarimiz halol va haromnni farqlab olishlari, shubhasiz jamiyatga tushkan qurtlar olamining kamayishiga olib keladi. Insoniyat kelajagiga qora tamg’a bo’lgan bu illatlarni oynayi jahon va hayot ko’zgusi orqali ayovsiz fosh qilish, adolat qo’rg’oni hukmiga topshirish davr talabidir. Ushbu matnda necha o’rinda tasviriy ifoda qo’llangan? A) 8ta B) 9ta C) 7ta D) 6ta 30 / 40 Orzum shul, o’chmasin yongan charog’ing, Quyoshday nur sochsin chashming-qarog’ing, Magar chinor bo’lsang, chinorday yasha, Bevaqt uzilmasin biror yaprog’ing. Ushbu satrlarda nechta tovush o’zgarish mavjud? A) 2ta B) 5ta C) 3ta D) 4ta 31 / 40 Nigora egniga oq xalat kiydi, termometr bilan eshitish trubkasini cho’ntagiga solib, kasallar oldiga ketdi. Ostiga chizilgan so’zning qaysi ma’nodoshi ”vaqtincha deb tasavvur qilinadigan kasal” ma’nosini bildiradi? A) Shifoli kasal bo’lsa-chi, suv ham dorudek amal qilib, bemor tuzalaverar ekan. B) Bu faqir kasal bo’lsa-chi, suv ham dorudek amal qilib hujrada xasta yotgan do’stini tark etgisi kelmay, qayta-qayta to’xtab xayrlashdi. C) O’lar og’riqning o’lgani yaxshi, uydagilarning tingani yaxshi. D) Ham xudo bergan bir o’g’il, bir qizim bor. ularni notob deb eshitdim. 32 / 40 Qaysi gapda o’zaro shakldosh so’zlar qo’llanmagan? A) Nazarimda, yuragimning urishini butun dunyo eshitayotgandek edi. // Men dunyoga kelib, dunyo orttirdim. B) Dunyo ekan… ishq degan savdo Bormi faqat mening boshimda?! // Bir kuni qaynatasi Yodgorga maslahat soldi: “Qachongacha qishli-qirovli kunlardayam loy changallab yurasiz? Savdoga kiring – savdoda ga C) Ularning hozirgi hollarini sezib yotgan Kumushning-da qaynab chiqqan ko’z yoshlari ikki chekkasidan yostiqqa oqib tusha boshlandi. // Baqirlab qaynab yotgan dorini birov qoshiq bilan shopirib turdi D) O’ng qoshi ustidagi kichkina ortiq ham quruq qolmadi, tiniq yuzda “mana men” deb o’z rassomini quvontirdi. // Darrov hovlini o’z bahosidan ancha ortiqqa olibdi. 33 / 40 Ishq ichra oning fidosi yuz jon, Har jonki, sango fido bo’lubtur. Ushbu baytda qanday she’riy san’at qo’llangan? A) istiora B) tajohul orif C) iyhom D) husni ta’lil 34 / 40 Tarkibidagi har bir so’zning asosi shakldoshlik xususiyatiga ega bo’lgan gapni aniqlang. A) U uyalganidan bir zumda qizardi. B) Tepalikda zanglagan temir parchalari ko’rindi. C) Yangi olgan shimim tor tikilibdi, yoqmadi. D) To’rt quti pilla boqdik. 35 / 40 Gahi topdim falakdin notavonlig’, Gahi ko’rdum zamondin komronlig’, Base issig’, sovug’ ko’rdum zamonda, Base achchig’, chuchuk totdim jahonda. Navoiy ushbu baytlarni qaysi asarida keltirgan? A) “Hayrat ul-abror” B) “Mahbub ul-qulub” C) “Muhokamt ul-lug’atayn” D) “Saddi Iskandiry” 36 / 40 Qaysi asar uch xil yakun bilan tugamaydi? A) “ Shahzoda Plombir” B) “ Sahrodagi uy” C) “ Rinaldoning sarguzashtlari” D) “ Sehrli nog’ora” 37 / 40 “Yulduzlar mangu yonadi” qissasida kim men raisman, deb o’tirmay olishib keta beradi? A) Sanaqul polvon B) Bo’ri polvon C) Xidir polvon D) Normurod polvon 38 / 40 So’zlarning ma’nolarini moslashtiring. A) 1-a, 2-b, 3-c B) 1-c, 2-b, 3-a C) 1-b, 2-a, 3-c D) 1-b, 2-c, 3-a 39 / 40 Qaysi gapda imloviy xatolikka yo’l qo’yilmagan? A) Tabiat insonga turli-tuman ne’matlarni in’om etib, unga hayot bag’ishlab turadi. B) U bilan to’g’ridan-to’g’ri muomalada bo’lmaydiganlar uni “Mavlonov” deb atar edilar. C) Kattalar duosiga sazovor bo’lgan yoshlar bu duo barakasidan doyim bahramand bo’ladilar. D) Sog’lom dunyoqarash kishidan ma’suliyat tuyg’usi bilan yashashni talab qiladi. 40 / 40 Qaysi gapdagi xatolik paronimlarni qo’llash bilan bog’liq xatolik emas? A) Poygachilar tez suratda harakatlanib, oldingi marralarni ishg’ol etdilar. B) Uning bunday bezbetlikka hech qachon jurati yetmagan bo’lardi. C) Qishloqning kiraverishida adl teraklar saf tortib turgan uzun ko’cha bor ekan. D) Orif bobo tambur sadosiga mahliyo bo’lib, mayda-chuyda tashvishlarini jindak unutganday bo’ldi. 0% Testni qayta ishga tushiring Baholash mezoni - 75 foiz va undan yuqori ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tdi, oliy malaka toifasi (bosh o’qituvchi lavozimi) saqlansin”; - 75 foizdan past ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tmadi, birinchi malaka toifasi (yetakchi o’qituvchi lavozimi)ga tushirilsin”; - 75 foiz va undan yuqori ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tdi, oliy malaka toifasi (bosh o’qituvchi lavozimi) berilsin”; - 74 foizdan 65 foizgacha ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tdi, birinchi malaka toifasi (yetakchi o’qituvchi lavozimi) saqlansin”; - 65 foizdan kam ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tmadi, ikkinchi malaka toifasi (katta o’qituvchi lavozimi)ga tushirilsin” - 64 foizdan 60 foizgacha ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tdi, ikkinchi malaka toifasi (katta o’qituvchi lavozimi) saqlansin”; - 60 foizdan kam ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tmadi, mutaxassis (oliy yoki o’rta maxsus, kasb-hunar ma'lumotli o’qituvchi) lavozimiga tushirilsin” Fikr-mulohaza yuboring Tomonidan Wordpress Quiz plugin Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 10 Ona tili va adaviyot fanidan attestatsiya savollari №14
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 0 Ona tili va adabiyot attestatsiya №13
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 1 On tili va adabiyot attestatsiya №12
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 0 On tili va adabiyot attestatsiya №11