Fizika attestatsiya №5

0%
0

OMAD YOR BO'LSIN!


Fizika fanidan attestatsiya savollari №5

Test muallifi: Navoiy viloyati Xatirchi tuman 54-maktabning fizika fani o'qituvchsi Toshev Anvar

1 / 40

Massasi 18 kg bo`lgan muz qancha hajmni egallaydi?

2 / 40

Mexanik harakat va jismlarning o`zaro ta`siri haqidagi ta`limot kim tomonidan yaratilgan?

3 / 40

an = 0, ar ≠ 0 qanday harakat?

4 / 40

Jism koordinatalari (6;5) bo’lgan nuqtadan koordinatalari (12;13) bo’lgan nuqtaga ko’chdi. Uning ko’chish moduli qanday (m)?

5 / 40

A mashinaning tezligi 20 m/s, B mashinaning tezligi 30 m/s va ular to`g`ri yo`lda bir xil yo`nalishda harakatlanib ketishmoqda. A mashinaning B mashinaga nisbatan tezligini toping.

6 / 40

45 m balandlikdan14 km/soattezlik bilan gorizontal otilgan jism qanday(m) uzoqlikka borib tushadi? g=10 m/s².

7 / 40

Birinchi idishga 4 litr suv quyildi va sathining balandligi 8 sm bo’ldi. Ikkinchi idishga 0,5 litr suv quyildi va uning sathining balandligi 12 sm bo‘ldi. Idishlarning tublaridagi gidrostatik bosimlarini taqqoslang?

8 / 40

Tinch turgan mushuk 108 m yo’lni 10 s da bosib o‘tdi. U dastlabki 2 s da tekis tezlanuvchan, qolgan vaqtda tekis harakat qilgan. Uning tezlanishini toping.

9 / 40

Yer sirtidan 21600 km balandlikda harakatlanayotgan sun’iy yo’ldoshning tezligi, 600 km balandlikda harakatlanayotgan sun’iy yo’ldoshning tezligidan necha marta farq qiladi?

10 / 40

Massasi m zaryadi q bo’lgan sharcha kuchlanganligi E ga teng va yer sirtiga parallel bir jinsli elektr maydonga erkin tushmoqda . Sharchaninig y=y(x) tenglamasini tuzing.

11 / 40

Linza oldidagi buyum bilan uning haqiqiy tasviri orasidagi eng qisqa masofa 28cm ga teng bo’lsa, linzaning optik kuchini (D) toping.

12 / 40

Tezliklari 10 m/s va 15 m/s bo’lgan jismlarning nisbiy tezliklari qaysi oraliqda bo’ladi?

13 / 40

Silindr yon sirti yuzi 24π ga, hajmi 48π ga teng. Silindrning balandligini toping.

14 / 40

O’zgarmas bosimda vodorodni 50K ga isitish uchun bajarilgan ish, kislorodni 50K ga isitish uchun bajarilgan ishlarni taqqoslang. (mH₂=m₀₂ MH₂=2g/mol M₀₂=32g/mol )

15 / 40

Qo’zg’almas blokka o’tkazilgan vaznsiz ip ikki uchiga massalari 8kg va 2kg bo’lgan ikki yuk osilgan. Yuklarning nisbiy tezlanishi qanday (m/s²)?

16 / 40

Moddiy nuqta A (-1;4) nuqtadan B (2;8) nuqtaga 5s da, so’ngra C (-5;1) nuqtaga 3s da o’tdi. Butun harakat davomidagi o’rtacha tezlikni aniqlang (m/s).

17 / 40

Avtomobil YPX postiga 72km/s tezlikda tekis harakatlana boshladi. Avtomobil postga kirib kelishi bilan YPX xodimi ushbu avtomobilni tekis tezlanuvchan harakat qilib quva boshladi. Quvib yetish oldidan GAI avtomobili tezligi qanday bo’lgan (m/s)?

18 / 40

Egri chiziqli tekis harakatda tezlanish vektori…

19 / 40

505 m/s tezlik bilan uchayotgan 200kg massali snaryad relslarga parallel yo’nalishda uchib massasi 20 t bo’lgan tinch turgan qumli platformaga urildi va qumga tiqilib qoldi. Platforma qanday tezlik bilan harakatlanadi (m/s)?

20 / 40

Yig’uvchi linzaning bosh optic o’qiga nisbatan 30° burchak ostida yorug’lik tushmoqda. Agar nur linzadan o’tgach bosh optic o’qdan 20cm masofada unga parallel tarqalsa, linzaning focus masofasini aniqlang (m).

21 / 40

Havoning qarshiligi bo’lmagan joyda boshlang’ich tezliksiz erkin tushayotgan jism harakatning oxirgi uch sekundida 180m masofani bosib o’tdi. Jism tushgan balandlikni aniqlang (m). g=10 m/s²

22 / 40

Ideal issiqlik mashinasi isitgich harorati ortib, sovutgich harorati kamaysa, FIKi qanday o’zgaradi?

23 / 40

Mutlaq silliq stolda M=10kg massali taxta, taxtada esa m=4kg massali taxtacha yotibdi. Taxta va taxtacha orasidagi ishqalanish koeffitsiyenti µ=0,2. Taxtachaga F=10N gorizontal kuch qo’yilgan. Taxta qanday a tezlanish (m/s²) bilan harakatlanishini aniqlang.

24 / 40

Radianga o’tkazing: 15°

25 / 40

Jismning harakat tenglamasi x= 5+6t+3t² ko’rinishda berilgan. Jismning dastlabki 2s da bosib o’tgan yo’lini toping (m)/

26 / 40

Uzunligi l₁ bo’lgan birinchi mayatnik 5s davr bilan, uzunligi l₂ bo’lgan ikkinchi mayatnik 3s davr bilan tebranmoqda. Uzunligi l=(l₁-l₂)/2 bo’lgan mayatnik tebranish davrini aniqlang.

27 / 40

Jism biror balandlikdan erkin tashlanganda oxirgi ikki sekundda 160m yo’l yurdi. Jism tashlangan balandlikni toping (m).

28 / 40

Miqdori 12 mol bo’lgan argon gazi 12°C dan -88°C gacha sovutilganda, uning ichki energiyasi qanday o’zgaradi?

29 / 40

Yer sirtidan qanday balandlikda erkin tushish tezlanishi yer sirtidagi qiymatiga nisbatan 49 marta kichik bo’ladi? Yerning radiusi R.

30 / 40

Prujinaga m massali yuk osildi. Agar prujinaning 1/6 qismi kesib tashlanib yana shu yuk osilsa, nisbiy uzayish qanday o’zgaradi?

31 / 40

3q, 2q va 3q nuqtaviy zaryadlar bir to’g’ri chiziqda o’zaro a masofada ketma-ket mahkamlangan. Agar zaryadi 3q, massasi m bo’lgan zaryad bo’shatilsa, qanday maksimal tezlikka erishadi?

32 / 40

Jism yo’lning 1/3 qismini 20m/s, qolgan qismini 30m/s tezlikda bosib o’tdi. Butun harakat davomidagi o’rtacha tezligini aniqlang (m/s).

33 / 40

Issiqlik muvozanatda turgan ikki jismning qanday parametri teng bo’ladi?

34 / 40

Quyidagi fizik kattaliklardan qaysi biri vector kattalik emas?

35 / 40

Jismning bir nuqtasiga bir vaqtning o’zida modullari 50N va 30N ga teng bo’lgan ikki kuch ta’sir etmoqda. Bu kuchlarning natijaviysi quyidagilarning qaysi biriga teng bo’lishi mumkin (N)?

36 / 40

O’z inersiyasi bilan harakatlanayotgan jismga ishqalanish kuchlari ta’sir eta boshlagach tekis sekinlanuvchan harakatlana boshladi. Shu vaqtdan boshlab toki to’xtaguncha bo’lgan yo’lning birinchi yarmida tezligi qanday o’zgaradi?

37 / 40

X₁=5+2t, X₂=6t-15 (m) qonuniyat bo’yicha harakatlanayotgan jismlarning uchrashish vaqti t va uchrashish joyi s ni toping.

38 / 40

Disk gardishidagi nuqtaning tezligi 8 m/s, undan sm markazga yaqin nuqtaning chiziqli tezligi 6 m/s ga teng. Disk radiusini aniqlang (cm).

39 / 40

Moddiy nuqta 5 m/s tezlik bilan tekis harakatlanib 40s dan so’ng daraxt yonidan o’tdi. Daraxtni koordinatalar boshi va moddiy nuqta harakat yo’nalishini musbat yo’nalish sifatida tanlab, t=60 s da jism koordinatasini aniqlang (m).

40 / 40

dishda suv va suv bug’I bor. Harorat pasayganda suv bug’I molekulalarining konsentratsiyasi qanday o’zgaradi?

0%

Baholash mezoni

- 75 foiz va undan yuqori ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tdi, oliy malaka toifasi (bosh o’qituvchi lavozimi) saqlansin”;

- 75 foizdan past ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tmadi, birinchi malaka toifasi (yetakchi o’qituvchi lavozimi)ga tushirilsin”;

- 75 foiz va undan yuqori ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tdi, oliy malaka toifasi (bosh o’qituvchi lavozimi) berilsin”;

- 74 foizdan 65 foizgacha ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tdi, birinchi malaka toifasi (yetakchi o’qituvchi lavozimi) saqlansin”;

- 65 foizdan kam ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tmadi, ikkinchi malaka toifasi (katta o’qituvchi lavozimi)ga tushirilsin”

- 64 foizdan 60 foizgacha ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tdi, ikkinchi malaka toifasi (katta o’qituvchi lavozimi) saqlansin”;

- 60 foizdan kam ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tmadi, mutaxassis (oliy yoki o’rta maxsus, kasb-hunar ma'lumotli o’qituvchi) lavozimiga tushirilsin”

 

InfoMaster
Author: InfoMaster

Foydali bo'lsa mamnunmiz

InfoMaster

Foydali bo'lsa mamnunmiz

1 Izoh

Javob qoldiring

Info-Master.uz
Logo
Elementlarni Solishtiring
  • Jami (0)
Solishtiring
0