Ona tili va adabiyot attestatsiya №4

0%
0

Ona tili va adabiyot fanidan attestatsiya savollari №4

1 / 40

Imloviy jihatdan to’g’ri yozilgan so’zlar qatorini aniqlang?

2 / 40

“Suv qalqisa loyqasi yuqoriga chiqqanday, zamon qalqigandan buyon yomon ko’paydi”. Ushbu misralar qaysi asardan olinganligini aniqlang.

3 / 40

Iboralarni o`z muqobili bilan moslashtiring.
1) xafa; 2) xursand; 3) hovliqmoq; 4) yuvosh; 5) lallaygan; 6)sho‘x.
a)ichiga chiroq yoqsa yorimaydigan; b)og‘zi qulog'ida; c)o‘pkasini qo`ltiqlamoq; d)qo‘y og'zidan cho‘p olmagan;e) og‘zing qani desa qulogini ko‘rsatadigan; f) yerga ursang ko‘kka sapchiydigan;

4 / 40

Voqea-hodisa, shaxs-narsani nomlash uchun ishlatilgan (bir so‘z yoki so‘z birikmasi bilan ifodalangan) qisqa gapdan so‘ng ishlatiladigan tinish belgisi qaysi gapda qo`llangan?

5 / 40

T.To’laning ”Yetti zog’ora qissasi” asarida Navoiyni mahliyo qilgan donishmand deya kim tilga olinadi?

6 / 40

Baland bolaxonali uy. Ushbu jumlada qanday holatda uyning balandligi anglashiladi?

7 / 40

Avaylaylik so'zi qaysi qatorda ma'noli qism(morfema)larga to'g'ri ajratilgan?

8 / 40

"Bu ko'ylak sal qizilroq ekan." Ushbu gapda sifatning qaysi darajasi qatnashgan? Qaysi yo'l bilan hosil qilingan?

9 / 40

Ham qaratqich aniqlovchini, ham sifatlovchi aniqlovchini tobelantirgan ega ishtirok etgan javobni aniqlang.

10 / 40

“Odina qanday o‘qiyapti?” – deb so‘radi onasi. Berilgan gapni o‘zlashtirma gapga aylantirganda onasi so‘zi qanday o‘zgarishga uchraydi?

11 / 40

Urush oyoqlagan sayin umidim kuchaya boshladi. Ushbu gapdagi ostiga chizilgan so`zning ma`nodoshi qaysi gapda qo`llangan?

12 / 40

Tog`ay Murodning “Otamdan qolgan dalalar” romani qahramonlari haqidagi ma`lumotlarni moslashtiring.

13 / 40

Paxtafurush cholning holiga ko`p achindi va yerini haydab olgani bitta emas, ikkita xo`kiz berdi, lekin “kichkinagina” sharti bor. Ushbu gapdagi ko`chim turini aniqlang.

14 / 40

Qaysi so‘zlar qatorida boshqalari bilan o‘zaro ma’nodoshlik hosil qila olmaydigan so‘z ishtirok etgan?

15 / 40

Quyidagi qaysi gapda qattiq so`zining ko`chma ma`nosi bilan antonimlik hosil qiladigan so`z qatnashgan?

16 / 40

Qaysi qatordagi gapda olmosh shaxs oti o`rnida kelgan?

17 / 40

Shunda arilar bularning ahvolini ko`rib, bular ham bizga o`xshagan och qolganlardan ekan, deb qayoqqa ketishayotganini so`rabdi. (“Susambil”)

Ushbu gapda jami necha marta fonetik hodisa kuzatilgan?

18 / 40

Qaysi gapda yasama sifatning asosi faqat portlovchilardan iborat?

19 / 40

N. Dumbadzening zamonaviy mavzudagi qaysi asarlarida insonlarning bir-biriga munosabatidagi odamiylik, oqibat singari fazilatlar ulug'langan?

20 / 40

1989–1998 yillarda xalqimiz istiqlolining ilk nishonalaridan biri – “Cho‘lpon” nashriyotida bosh muharrir, direktor bo‘lib ishlagan ijodkorning asari qaysi qatorda berilgan?

21 / 40

“Kecha va kunduz” asarida domla – imom Ibrohim Xalilulloh to`g`risida kimdan dalil keltiradi?

22 / 40

Aruz vaznidagi ramal bahrining asosiy bosh rukni qaysi?

23 / 40

Quyidagi gapda portlovchi undosh bilan tugagan yopiq bo`g`inlar soni nechta? Ba`zi xo`rozlar raqibni bir choqib, so`ng chekkaga borib tomosha qilib turadi.

24 / 40

Quyidagi vazifadosh ko`makchilardan nechtasi ot turkumidan hosil bo`lgan?

Ost, tomon, oldin, yon, ust, orqa, so`ng, atab.

25 / 40

Vazifasi jihatidan bir turga mansub bo’lgan qo`shimchalar ketma-ket qo’shilgan so’zni aniqlang.

26 / 40

Tog’ning ko’rki tosh bilan, odamning ko’rki bosh bilan. Ushbu maqolda qaysi so’z turkumiga oid so’zlar ishtirok etgan?

27 / 40

Qaysi qatordagi gapda yordamchi so`z turkumlarining barcha turi ishtirok etgan?

28 / 40

Muqimiy “Qoqondan Farg’onaga” qilgan sayohatida qaysi qishloqning odamlarini “charchashni bilmas yursalar, purzor ketmon ursalar, vaqti namozga kelsalar, masjid soriga lang ekan” deya ta’riflaydi?

29 / 40

Saodat soatini soatsozga sozlatdi. Ushbu tez aytishdagi so`z yasovchi qo`shimchalar tarkibida nechta jarangli sirg`aluvchi undoshlar bor?

30 / 40

“Kamlikning kamoli bordir,

Manmanlikning zavoli bordir…”,

“O`zingdan kattani uchratsang pir bil,

O`zingni er bilsang, birovni sher bil…”

kabi hikmat darajasiga ko`tarilgan baytlar qaysi dostonda uchraydi?

31 / 40

...yomon bilan yurmagan, yomon joyda turmagan ekanlar. Ushbu ta`rif qaysi asarda keltirilgan va qaysi personajlarga nisbatan qo`llangan?

32 / 40

1995-yil 24-avgustda qabul qilingan imlo qoidalari ko`ra qaysi qatorda narsaning biror maqsad, ish uchun mo’ljallanganligini bildiruvchi qo’shma ot berilmagan?

33 / 40

Haqiqatdan qo`rqqan odam yolg`onning panasiga berkinadi. Berilgan gap haqida qaysi fikr to`g`ri?

34 / 40

1. Bir kun mag‘rur tilshunos sohilda turgan qayiqqa minib narigi qirg`oqqa o‘tmoqchi bo‘ldi. Sohilda yo‘lovchi kutib turgan qayiqchilardan biriga yuzlandi. Qayiq yaqinlashdi. Olim qayiqqa o‘tirdi. Dengizni tomosha qilib ketayotgan olim qayiqchidan so‘radi:
− Sen hech nahv o‘qiganmisan?
− Yo‘q men johil bir qayiqchiman.
Olim:
− E voh, juda xafa bo‘ldim. Demak, yarim umring bexuda
o‘tibdi, − deya achinib qayiqchiga qaradi.

2. Shu vaqt dovul turdi. Keyin dengizning o‘rtasida chayqala  boshladi, qayiqchi butun kuchi bilan xavfdan qutulish uchun harakat qildi. Bo‘ron borgan sayin kuchayar, qayiq esa cho‘kish arafasiga edi. Shu vaqt qo‘rquvdan dir-dir titrayotgan olimdan qayiqchi so‘radi:
− Ey, har narsani bilgan olim do‘stim. Suzishni bilasanmi?
Yo‘q javobini olgan qayiqchi:
− Voh, voh, sen umringni behuda sarflabsan.

3. Hozir butun umring ketdi. Chunki birozdan keyin qayig‘im  cho‘kadi. Yaxshi bilginki: bu yerda hozir nahv (grammatika) emas, mahv ilmi lozim. Agar mahv ilmini bilsang, qo‘rqmasdan dengizga sakra, − dedi. (Jaloliddin Rumiy, “Masnaviy”)

Jaloliddin Rumiyning “Masnaviy”si asosida tayyorlangan ushbu matnni o‘qing va raqamlab ko‘rsatilgan bandlarida ro‘y bergan xatoliklar turi moslashtirib ko‘rsatilgan to‘g‘ri javobni belgilang.

a) imloviy xatolik; b) ishoraviy xatolik (punktuatsion); c) uslubiy xatolik (qo‘shimcha qo‘llash bilan bog‘liq xatolik).

35 / 40

E.Vohidovning qaysi asarida xalqlar, millatlar, dinlar o’rtasidagi nizolar bashariyatga naqadar katta falokatlar olib kelishi teran tasvirlangan?

36 / 40

Qaysi gap tarkibida fe`l yasovchi qo`shimcha bilan omonim bo`la oladigan fe`llarning munosabat shakli qatnashmagan?

37 / 40

Mirmuhsinning quyidagi qaysi asarlarida zulm-u zo‘ravonlikga qarshi kurashgan shaxslarning o‘ziga xos obrazlari yaratilgan?

38 / 40

1. Bir kun mag‘rur tilshunos sohilda turgan qayiqqa minib narigi qirg`oqqa o‘tmoqchi bo‘ldi. Sohilda yo‘lovchi kutib turgan qayiqchilardan biriga yuzlandi. Qayiq yaqinlashdi. Olim qayiqqa o‘tirdi. Dengizni tomosha qilib ketayotgan olim qayiqchidan so‘radi:
− Sen hech nahv o‘qiganmisan?
− Yo‘q men johil bir qayiqchiman.
Olim:
− E voh, juda xafa bo‘ldim. Demak, yarim umring bexuda
o‘tibdi, − deya achinib qayiqchiga qaradi.

2. Shu vaqt dovul turdi. Keyin dengizning o‘rtasida chayqala  boshladi, qayiqchi butun kuchi bilan xavfdan qutulish uchun harakat qildi. Bo‘ron borgan sayin kuchayar, qayiq esa cho‘kish arafasiga edi. Shu vaqt qo‘rquvdan dir-dir titrayotgan olimdan qayiqchi so‘radi:
− Ey, har narsani bilgan olim do‘stim. Suzishni bilasanmi?
Yo‘q javobini olgan qayiqchi:
− Voh, voh, sen umringni behuda sarflabsan.

3. Hozir butun umring ketdi. Chunki birozdan keyin qayig‘im  cho‘kadi. Yaxshi bilginki: bu yerda hozir nahv (grammatika) emas, mahv ilmi lozim. Agar mahv ilmini bilsang, qo‘rqmasdan dengizga sakra, − dedi. (Jaloliddin Rumiy, “Masnaviy”)

Jaloliddin Rumiyning “Masnaviy”si ma’lumotlari asosida tayyorlangan ushbu matnni o‘qing va matnning uchinchi bandida nechta ravish ishtirok etgan?

39 / 40

Qaysi so`zning asosi quyi keng unlilar va jarangli undoshlardan tashkil topgan?

40 / 40

Charchamang, ko‘zlarim, boqay to'yguncha,
Bu zavq daryosidan shimir, ey ko'ngil.

Ushbu parchada qatnashgan fe’llar haqidagi qaysi fikr to‘g‘ri emas?

O'rtacha ball 0%

0%

InfoMaster
Author: InfoMaster

Foydali bo'lsa mamnunmiz

2 Izohlar
Hammasini ko'rsatish Eng Foydali Eng Yuqori Reyting Eng Past Reyting Sharhingizni qo'shing

Javob qoldiring

Info-Master.uz
Logo
Elementlarni Solishtiring
  • Jami (0)
Solishtiring
0