Fizika attestatsiya №3

0%
0

OMAD YOR BO'LSIN!


Fizika fanidan attestatsiya savollari №3

1 / 40

Vertolyot gorizontal ravishda 60 km uchib, 90 0 burchak ostida burildi va yana 80 km uchdi. Vertolyotni bosib o‘tgan yo‘lini toping(km).

2 / 40

Modda atomi qanday zarralardan tuzilgan?

3 / 40

Rasmda ko‘rsatilgan 10 kg massali parallelepiped shaklidagi jismni 1–holatdan 2–holatga o‘tkazish uchun kamida qancha ish bajarish kerak?

4 / 40

Kub shaklidagi jismning massasi 3 kg. Qirrasi 3 marta uzun bo’lgan va huddi shu moddadan tayyorlangan kub shaklidagi boshqa jismning massasi qanday bo’ladi?

5 / 40

Dinamometrga yuk osilganda uning ko`rsatishi 24,5 N ga teng bo`ldi. Unga qanday massali yuk osilgan?

6 / 40

Uzunligi 300 m bo’lgan teploxod dengizda to’g’ri chiziq bo’ylab o’zgarmas tezlik bilan suzmoqda. Tezligi 90 km/soat bo’lgan kater uning oxiridan tumshug’igacha borib qaytib kelishiga 37,5 s vaqt ketdi.Teploxodning tezligini toping? (m/s)

7 / 40

Metro eskalatori uzunligi 18 m. Eskalator sizni 12 sekundda yuqoriga olib chiqdi. Eskalatorning tezligini toping.

8 / 40

Rasmdagi sistema pastga a tezlanish bilan tushayotgan bo’lsa, ipdagi taranglik kuchi qancha (N)? g=10 m/s2.

9 / 40

8 litrli idishda 2,4·1024 ta gaz molekulasi bor. Gaz molekulalari kondensatsiyasini hisoblang.

10 / 40

Radiusi 4 m bo’lgan aylana trayektoriya bo'ylab tekis harakatlanayotgan jismning chiziqli tezligi 4 m/s ga teng. Jismning markazga intilma tezlanishini (m/s2 ) toping.

11 / 40

OX o‘qi bo‘ylab harakatlanayotgan jism kordinatasining vaqt bo‘yicha o‘zgarishi berilgan (t)=10-10t+t²   ([x]=m, [t]=s) Tezlik proeksiyasining vaqt bo‘yicha o‘zgarishi qaysi rasmga mos keladi?

12 / 40

Uzunligi 20 sm, bikirligi 300 N/m bo’lgan prujina uzunliklari 15 sm va 5 sm bo’lgan qismlarga ajratiladi. Kichkina prujinaning bikirligini toping.

13 / 40

Agar diametri 0,3 m bo‘lgan velosiped g‘ildiragining aylanish chastotasi 120 ayl/min bo`lsa, velosiped tezligi qanday (m/s)?

14 / 40

Uch yer radyusiga teng balandlikda erkin tushish tezlanishi.Yer sirtidagiga nisbatan qanday bo’ladi?

15 / 40

Radiusi 25 sm bo’lgan disk 12,56 m/s tezlik bilan harakatlanyapti. 0,04 sekund ichida qanday burchakka buriladi (rad ? =3,14)

16 / 40

Agar jismning tezlik va tezlanish vektori istalgan paytda o’zaro to’g’ri burchak hosil qilsa, jism qanday harakatda bo’ladi?

17 / 40

Avtomobil egrilik radiusi 40 m bo’lgan botiq ko’prikdan qanday tezlikda o’tsa, uning yuklanishi 3 ga teng bo’ladi? (m/s)

18 / 40

Jismning bir nuqtasiga 2 N va 8 N kuch birbiriga nisbatan 0° burchak ostida qoʻyiigan. Jismga taʻsir qiluvchi natijaviy kuchni toping (N).

19 / 40

Jism bir yo’nalishda o’zgarmas tezlanish bilan harakatlanib, ketma-ket keladigan davomiyligi 2 s dan bo’lgan vaqtda 16 m va 18 m yo’l bosdi. Harakatning birinchi bosqichi boshidagi tezligini toping (m/s).

20 / 40

Jism egri chiziqli harakat qilayotganida to‘la tezlanishi va chiziqli tezligi o‘zaro 60° burchak tashkil etdi. ??/?? nisbatning
son qiymatini toping.

21 / 40

Agar 90 kg massali kosmonavt kosmik kemada uchish vaqtida yuklanish 3 ga teng bo‘lsa, kosmonavtning og‘irligi qancha bo‘ladi (kN) ?

22 / 40

Rasmda miqdorlari ma’lum bo`lgan 3 ta vektor ko`rsatilgan. Natijaviy vektorining miqdorini toping. 

23 / 40

Sun’iy yo‘ldosh orbitasining diametri 2 marta ortganda yo‘ldoshning orbita bo’ylab harakat tezligi qanday o‘zgaradi ?

24 / 40

Jism 125 m balandlikdan 30 m/s tezlik bilan gorizontal otildi. U yerga qancha vaqtdan (s) so`ng tushadi? Havoning qarshiligini hisobga olmang. g=10 m/s².

25 / 40

Qachon jismning ko`chishi uning trayektoriyasi bilan mos tushadi

26 / 40

Jism yuqoriga vertical yo‘nalishda 360 km/soat tezlik bilan otildi. Jism qanday balandlikka ko‘tarilganda uning tezligi ikki marta kamayadi (m) ?g = 10 m/s².

27 / 40

Yеr Quyоsh аtrоfida аylаnаyоtgаnda mоddiy nuqtа bо‘lаdimi?

28 / 40

Tekis tezlanuvchan harakat qilayotgan “Neksiya” avtomobili 25 s davomida tezligini 36 km/soat dan 72 km/soatga oshirdi. “Neksiya” avtomobilining tezlanishini toping (m/s²).

29 / 40

Jismga bir vaqtning o`zida 3 N va 8 N kuchlar ta’sir qilishi mumkin. Quyidagidagi qaysi kuch yuqoridagi vektorlarning teng ta’sir etuvchisi bo`la oladi?

30 / 40

Jism 20 m/s tezlik bilan gorizontal otildi. Jismning uchish uzoqligi uning otilish balandligiga teng. Jism qanday balandlikdan otilgan (m) ? g = 10 m/s².

31 / 40

0,4 m/s² tezlanish bilan tekis tezlanuvchan harakat qilayotgan jismning ma’lum vaqtdagi tezligi 9 m/s ga teng. Jismning shu vaqtdan 10 s oldingi paytdagi tezligi qancha bo‘lgan (m/s)?

32 / 40

10 kg massali jismni vertikal yuqoriga 2 m/s² tezlanish bilan ko‘tarish uchun qancha kuch kerak bo‘ladi (N)? g=9,8 m/s²

33 / 40

Mototsikl sirk arenasida 25 m diametrli aylana bo‘ylab 45 km/soat tezlikda harakatlanmoqda. Agar mototsiklga ta’sir etayotgan markazdan qochma kuch 2,5 kN bo‘lsa, mototsikl bilan haydovchining birgalikdagi massasi qancha bo‘ladi (kg)?

34 / 40

Jism 40 m/s tezlik bilan gorizontal otildi. Jismning yerga urilish paytidagi tezligi 50 m/s ga teng. Jism qanday balandlikdan otilgan (m) ?

35 / 40

To`g`ri chiziqli harakatlanadigan jismning berilgan tezlik grafigidan foydalanib, uning 10 s ichidagi bosib o`tgan yo`lini toping. 

36 / 40

Agar jismning kinetik energiyasi 3 marta ortgan bo`lsa, tezlik necha marta ortgan?

37 / 40

Jism erkin tushishi vaqtining birinchi va ikkinchi yarmida og`irlik kuchining bajargan ishlari nisbatini toping.

38 / 40

Quyidagi kattaliklardan qaysi biri o`zgarsa ham yassi kondensatorning sig`imi o`zgarmaydi?

39 / 40

Nuqtaviy zaryadlar orasidagi masofani 12 sm ga qis­qartirganda, ularning ta’sir kuchi 16 mar­ta ortsa, ular orasidagi dastlabki masofani toping (sm).

40 / 40

Jism qachon to`g`ri chiziqli tekis tezlanuvchan harakat qilgan hisoblanadi

0%

Baholash mezoni

- 75 foiz va undan yuqori ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tdi, oliy malaka toifasi (bosh o’qituvchi lavozimi) saqlansin”;

- 75 foizdan past ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tmadi, birinchi malaka toifasi (yetakchi o’qituvchi lavozimi)ga tushirilsin”;

- 75 foiz va undan yuqori ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tdi, oliy malaka toifasi (bosh o’qituvchi lavozimi) berilsin”;

- 74 foizdan 65 foizgacha ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tdi, birinchi malaka toifasi (yetakchi o’qituvchi lavozimi) saqlansin”;

- 65 foizdan kam ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tmadi, ikkinchi malaka toifasi (katta o’qituvchi lavozimi)ga tushirilsin”

- 64 foizdan 60 foizgacha ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tdi, ikkinchi malaka toifasi (katta o’qituvchi lavozimi) saqlansin”;

- 60 foizdan kam ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tmadi, mutaxassis (oliy yoki o’rta maxsus, kasb-hunar ma'lumotli o’qituvchi) lavozimiga tushirilsin”

 

InfoMaster
Author: InfoMaster

Foydali bo'lsa mamnunmiz

InfoMaster

Foydali bo'lsa mamnunmiz

2 Izohlar
Hammasini ko'rsatish Eng Foydali Eng Yuqori Reyting Eng Past Reyting Sharhingizni qo'shing

Javob qoldiring

Info-Master.uz
Logo
Elementlarni Solishtiring
  • Jami (0)
Solishtiring
0