Uy » Online olimpiada » Geografiya olimpiada » 10-sinf Geografiya olimpiada №1 Geografiya olimpiadaTuman 2021-2022 o'quv yili 10-sinf Geografiya olimpiada №1 InfoMaster Avgust 19, 2024 6 Ko'rishlar 3 izohlar SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 0 0 10-sinf Geografiya olimpiada №1 2021-yil tuman bosqichida tushgan savollar 1 / 25 Deltalardagi qurigan kichikroq ko‘llarning botiqlar landshaftning qaysi birligiga mos keladi? A) urochishe B) fatsiya C) joy D) provinsiya 2 / 25 O‘zbekistonning tog‘li qismida tog‘ oralig‘i botiqlarining paydo bo‘lishi nima bilan bog‘liq? A) doimiy shamollarning esishi B) relyefning notekisligi C) vulqonlarning otilishi D) tog‘ tizmalarining ko‘tarilishi 3 / 25 Mirzacho‘lning tekislik qismi qaysi davrda dengiz suvi ostida bo‘lgan? A) devon B) toshko‘mir C) yura D) silur 4 / 25 Aholining tug‘ilganlar soniga nisbatan o‘lganlar sonining ko’pligi hisobiga ko‘payishi nima deb ataladi? A) abiiy ko‘payish B) reurbanizatsiya C) depopulyatsiya D) mexanik ko‘payish 5 / 25 Litosfera okean tubida va quruqliklarda necha kilometr qalinlikka ega? A) 50-60 va 100-200 B) 60-70 va 100-150 C) 35-40 va 70-80 D) 20-50 va 200-300 6 / 25 Tabiiy gazdan azotli o‘g‘it va kimyoviy tola ishlab chiqaradigan zavodlar qaysi shaharlada bunyod etilgan? A) Andijon va Nukus B) Yangiyo‘l va Marg‘ilon C) Buxoro va Samarqand D) Farg‘ona va Navoiy 7 / 25 Agar dengiz sathida havo bosimi 757 mm Hg ga, harorat esa +24°C ga teng bo‘lsa, 5895 m balandlikdagi havoning harorati va bosimini aniqlang. A) –9,5°C, 158,5 mm Hg B) –11,37°C, 167,5 mm Hg C) –8,54°C, 127,5 mm Hg D) –10,5°C, 176,5 mm Hg 8 / 25 Kavkaz tog‘larining shimoliy yonbag‘ri uchun qanday iqlim xos? A) subekvatorial B) tropik C) subtropik D) mo‘tadil 9 / 25 Janubiy Amerika materigining 30° va 40° janubiy kengliklari oralig‘idagi hududlarda qaysi iqlim mintaqasi tarkib topgan? A) subtropik B) tropik C) subekvatorial D) ekvatorial 10 / 25 Kongo daryosi havzasining bir qismi va Gvineya qo‘ltig‘i sohillarida yil davomida qanday havo massalari hukmronlik qiladi? A) ekvatorial B) kontinental C) mo‘tadil D) tropik 11 / 25 Islandiyadagi geyzerlarning biridan otilib chiqayotgan suvning harorati +93°C bo‘lsa, bu suv qancha chuqurlikdan otilib chiqayotganligini aniqlang. A) 2818,2 m B) 2182,8 m C) 2188,2 m D) 2281,8 m 12 / 25 Kermadek cho‘kmasi Yava cho‘kmasidan necha metrga chuqur? A) 2031 m B) 1706 m C) 2318 m D) 1840 m 13 / 25 Paleozoy erasining kaledon tog‘ hosil bo‘lish bosqichida qaysi tog‘lar hosil bo‘lgan? A) Yuqori Yana, Markaziy Kordilyera, Qozog‘iston tog‘lari, Alp-Himolay mintaqasidagi tog‘lar B) Oltoy, Tyanshan, Qozog‘iston past tog‘lari, Shimoliy Skandinaviya, Shimoliy Appalachi C) Baykalbo‘yi, Tyanshan, Ural, Markaziy Yevropa D) And, Janubiy Appalachi, Chukotka, Kamchatka, Yangi Zelandiya 14 / 25 Magmatik va metamorfik jinslar Afrikaning qaysi hududlarida uchraydi? A) cho‘kmalar va pasttekisliklarda B) tog‘lar va platolarda C) daryo havzalarida va botiqlarda D) tog‘lar va pasttekisliklarda 15 / 25 Respublikamizdagi qaysi shaharda Xitoy kompaniyasi ishtirokida oyna zavodi qurildi? A) Chirchiq B) Jizzax C) Urganch D) Olmaliq 16 / 25 Janubiy Amerikaning qaysi davlatlari Atlantika va Tinch okean havzalari bilan tutash emas? A) Argentina, Gayana B) Surinam, Peru C) Venesuela, Kolumbiya D) Boliviya, Paragvay 17 / 25 Kelib chiqishiga ko‘ra muz hosil qilgan ko‘lni belgilang. A) Katta Ayiq B) Baykal C) Tanganika D) Nyasa 18 / 25 Xo‘jakent GESi qaysi daryoda qurilgan? A) Sirdaryo B) Amudaryo C) Qashqadaryo D) Chirchiq 19 / 25 Shamolning tezligi qaysi asbob yordamida o‘lchanadi? A) Fluger B) Anemometr C) Barometr D) Termometr 20 / 25 Nima Atlantika okeanining shimoliy qismida, Florida yarimoroli, Folklend orollari yonida katta maydonlarni egallaydi? A) suv osti tog‘ tizmasi B) dengiz sayozligi C) port shaharlar D) okean botiqlari 21 / 25 Quyidagi qaysi hodisaning sodir bo‘lishi Oyning Yerni tortishi bilan bog‘liq emas? A) qirg‘oqbo‘yi hududlarda Dunyo okeani sathining ko‘tarilishi B) Yerning o‘z o‘qi atrofida aylanishi sekinlashishi C) Yer aylanishining burchak tezligi qiymati ekvatordan qutblarga tomon kamayib borishi D) qalqish hodisasi 22 / 25 Tog‘ va tepalik yonbag‘irlarining ufq tomonlariga, quyosh nurlari tushadigan tomonga nisbatan joylashuvi nima deb ataladi? A) balandlik mintaqalanishi B) sektorlik C) geografik o‘rin D) yonbag‘ir ekspozitsiyasi 23 / 25 Psilofitlar Yer taraqqiyotining qaysi davrida shakllangan? A) silur B) kembriy C) prem D) yura 24 / 25 Quyidagi ma’lumotlar asosida havoning sutkalik o‘rtacha haroratini aniqlang: soat 1:00 da +8°C; 4:00 da+4°C; 7:00 da +7°C; 10:00 da +15°C; 13:00 da +19°C; 16:00 da +21°C; 19:00 da +13°C; 22:00 da +9°C. A) +15°C B) +12°C C) +13°C D) +19°C 25 / 25 Ushbu xarita-sxemadagi yo‘nalish bo‘yicha sayyohlar A nuqtadan B nuqtaga borishlari uchun qaysi tabiat zonalaridan o‘tishlari kerak? A) Nam ekvatorial o‘rmonlar zonasidan savannalar zonasiga B) Savannalardan chalacho‘l va cho‘l zonasiga C) Savannalardan nam ekvatorial o‘rmonlar zonasiga D) Qattiq bargli doimiy yashil o‘rmonlar zonasidan chalacho‘llar zonasiga 0% Testni qayta ishga tushiring Tomonidan Wordpress Quiz plugin Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz