Uy » Online olimpiada » Fizika olimpiada » 10-sinf Fizika olimpiada №1 Fizika olimpiadaTuman 2021-2022 o'quv yili 10-sinf Fizika olimpiada №1 InfoMaster Avgust 19, 2024 691 Ko'rishlar 3 izohlar SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 0 0 Tomonidan yaratilgan InfoMaster 10-sinf Fizika olimpiada №1 2021-2022 o'quv yilda tuman bosqichida tushgan savollar Ismi familiyangizni kriting! 1 / 25 A punktidan o’zaro perpendikulyar yo’llar orqali bir vaqtning o’zida ikki avtomobil : birinchisi 80 km/h va ikkinchisi 60 km/h tezliklar bilan jo’nab ketishdi. Ular qanday tezlik (km/h) bilan bir-biridan uzoqlashmoqdalar? A) 70 B) 20 C) 100 D) 140 2 / 25 EYuK bir gal 6 Om tashqi qarshilikka, ikkinchi gal 24 Om tashqi qarshilikka ulandi. Bunda har ikki holatda ham tashqi zajirdagi quvvat bir xil ekanligi ma’lum bo’ldi. Tashqi qarshilikning qanday qiymatida (Om) undagi quvvat maksimal bo’ladi? A) 12 B) 14 C) 16 D) 10 3 / 25 Jismga o’zaro 60˚ burchak ostida yo’nalgan 6ta kuch ta’sir etmoqda. Ularning 5tasi bir xil 50 N qiymatga ega. 6-si esa 30 N qiymatga ega. Jismning massasi m = 20 kg bo’lsa, u shu kuchlarning teng ta’sir etuvchisi ta’sirda qanday tezlanish (?⁄?^2) bilan harakatlanadi? A) 0 B) 3 C) 2 D) 1 4 / 25 Nuqtaviy zaryaddan 6 sm masofada joylashgan nuqtaning elektr maydon kuchlanganligi 50 kV/m ga teng bo’lsa, huddi shu zaryaddan 3 sm masofada joylashgan nuqtaning elektr maydon kuchlanganligi necha kV/m ekanligini toping. A) 110 B) 200 C) 100 D) 220 5 / 25 Ideal gazning bosimi 800 kPa va hajmi 5 l ga teng bo’lsa, molekulalarining ilgarilanma harakat to’liq kinetik energiyasi necha kJ ga teng ekanligini toping. A) 6 B) 12 C) 4 D) 16 6 / 25 Zaryad miqdori xato yozilgan javobni toping. A) 5 ∗ 10⁻¹⁹C B) 1.6 ∗ 10⁻¹⁹C C) 3.2 ∗ 10⁻¹⁹C D) 4.8 ∗ 10⁻¹⁹C 7 / 25 Bir to'g'ri chiziqda bir-biridan r masofada har birining zaryadi q dan bo'lgan to'rtta mahkamlangan zaryad izma ketin joylashgan. Agar ikki qo’shni zaryadning o’zaro ta’sir potensial energiyasi W = 600 J ga teng bo’lsa, sistemaning to’la potensial energiyasi (J) nimaga teng? A) 260 B) 2.6 C) 26 D) 2600 8 / 25 Muzning solishtirma erish issiqligi 330 kJ/kg ga teng. Suvning solishtirma muzlash issiqligining qiymati (kJ/kg) nimaga teng? A) 330 B) 165 C) 0 D) 660 9 / 25 Silindrik idishda porshen ostida joylashgan gaz doimiy 500 MPa bosim ostida kengayib, 200 kJ ish bajardi. Bunda gazning hajmi necha litrga kengaydi? A) 20 B) 0.4 C) 40 D) 4 10 / 25 Gaz -200 J ish bajardi. Bunda tashqi kuchlar gaz ustida qanday ish (J) bajaradilar? A) 400 B) -200 C) 0 D) 200 11 / 25 Bir-biri tomon harakatlanayotgan sharchalar absolut noelastik to`qnashsa ularning birgalikdagi kinetik energiyasi necha marta kamayadi. A) 4 B) O’zgarmaydi C) 10 D) 5 12 / 25 Chizmada ko’rsatilgan sxemadan foydalanib K va L nuqtalar orasidagi kuchlanishni (V) aniqlang. A) 90 B) 100 C) 80 D) 110 13 / 25 Chizmada ko’rsatilgan sxemaning A va B nuqtalar orasidagi umumiy qarshilikni toping. A) 6R B) R/2 C) 2R D) R/6 14 / 25 Tinch holatdan tekis tezlanuvchan harakatga kelgan jism tezligini har sekundda 2 m/s ga oshirib bormoqda. Shu jism o’zining 5 – sekundida qanday masofa bosib o’tadi? A) 25 B) Ma’lumotlar yetarli emas C) 9 D) 10 15 / 25 40 N kuch jismga 3 ?⁄?^2 tezlanish beradi. Necha nyuton kuch shu jismga 1.5 ?⁄?^2 tezlanish beradi? A) 10 B) 20 C) 30 D) 40 16 / 25 Yer sirtidan turgan o’quvchi yerni katta kuch bilan tortadimi yoki yer o’quvchini katta kuch bilan tortadimi? A) Tortish kuchlari teng B) O’quvchi C) Yer D) Taqqoslab bo’lmaydi 17 / 25 Odam yerda 220 N og`rilikdagi yukni ko`tara oldi, u qandaydir bir “alfa” sayyorada xuddi shu yukdan yana nechtasini ko`tara oladi? “Alfa” sayyora uchun erkin tushish tezlanishi yerdagidan 10 marta kichik. A) 8 ta B) 9 ta C) 15 ta D) 10 ta 18 / 25 Uchta bir xil qarshilik o’zgarmas kuchlanish manbaiga ketma – ket ulangan. Birinchi qarshilikning qiymatini o’zgartirmasdan, ikkinchi qarshilikning qiymati 3 marta, uchinchisiniki esa – 2 marta orttirilsa, birinchi qarshilikning kuchlanishi necha marta kamayadi? A) 6 B) 4 C) 2 D) 3 19 / 25 Chizmada ko’rsatilgan qaysi nuqtaning magnit induksiya vektori kattaroq qiymatga ega? A) K nuqta B) Barcha nuqtalarda magnit induksiya vektori bir xil C) L nuqta D) I ning qiymatiga bog’liq 20 / 25 Bikrligi 1 N/m dan bo’lgan 7 ta purjinani har birini 7 ga bo`lib eshib qo`yildi va hosil bo`lgan prujinalar ketma – ket ulandi, hosil bo`lgan prujina bikrligi (N/m) nimaga teng? A) 7 B) 9 C) 6 D) 8 21 / 25 Og’irligi 11/20 N bo`lgan jism qiyaligi 30° bo`lgan qiya tekislikdan tekis sirpanib tushmoqda jism va sirt orasidagi ishqalanish kuchini (N) toping. A) 11/40 B) 11/20 C) 11/5 D) 11/10 22 / 25 Tosh chizmada ko’rsatilgandek gorizontal uloqtirilganidan so’ng, yerga tushdi. Agar havoning qarshilik kuchi mavjud bo’lsa, toshning to’liq mexanik energiyasi trayektoriyaning qaysi nuqtasida eng katta bo’ladi? A) Yerga tushish nuqtasida B) Otilish nuqtasida C) Barcha nuqtalarda bir xil bo’ladi D) Trayektoriyaning o’rtasida 23 / 25 Galvanik elementning ichki qarshiligi 2 ?. Agar unga qarshiligi 8 ? bo’lgan resistor ulasak manbaning FIK i nimaga (%) teng bo’ladi? A) 50 B) 20 C) 80 D) 40 24 / 25 O’rtacha kvadratik tezligi 500 m/s ga teng bo’lgan geliyning haroratini toping. A) 40ᵒ? B) 0ᵒ? C) 40? D) 400? 25 / 25 Jism radiusi 1 m ga teng bo’lgan aylana bo’ylab qonuniyat bo’yicha harakatlanmoqda. Jismning t = 2 s vaqt momentidagi tangensial tezlanishini () aniqlang. A) 7 B) 6 C) 9 D) 8 0% Testni qayta ishga tushiring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 1 9-10-11 sinflar Fizika olimpiada (viloyat 2025-2026) №6
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 4 9-10-11 sinflar Fizika olimpiada №6