Uy » Abituriyent » Ona tili va adabiyot abituriyent » Ona tili va adabiyot abituriyent testi №1 Ona tili va adabiyot abituriyent Ona tili va adabiyot abituriyent testi №1 InfoMaster Aprel 5, 2022 154 Ko'rishlar 0 SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 0 1 123456789101112131415161718192021222324252627282930 Vaqtingiz tugadi! Tomonidan yaratilgan InfoMaster Ona tili va adabiyot abituriyentlar uchun №1 1 / 30 Asosiy yumushing shuki, boshliqning buyruqlarini bajarasan. Qo'shma gap turini aniqlang? A) aniqlovchi ergash gapli qo‘shma gap B) to‘ldiruvchi ergash gapli qo‘shma gap C) hol ergash gapli qolshma gap D) kesim ergash gapli qo‘shma gap 2 / 30 Qayidagi misrada qo`llanilgan san`at turini aniqlang G`uncha sevunub to`niga sig`mas, O`xshatsam o`qung boshoqi birla. A) tajnis B) tashxis C) talmeh D) tazod 3 / 30 Qo`shma gapning ikkinchi qismida qo`llanadigan bo`g`lovchilar qatorini aniqlang. A) ammo, lekin, agar, chunki, negaki B) toki, shuning uchun, bilan, hamda, basharti C) chunki, negaki, goh...goh, balki, mabodo D) chunki, negaki, balki, ammo, lekin, biroq, ya`ni 4 / 30 Jinoyatchilar to`dasiga qo`shilib qolgan erka o`g`il Hamidulla O`lmas Umarbekovning qaysi asari qahramoni? A) "Odam bo`lish qiyin" B) "Urush farzandi" C) "Sevgim sevgilim" D) "Fotima va Zuhra" 5 / 30 Quyida keltirilgan qo`shma gapning turini aniqlang. Bilgilki, bolalarim uch kundan buyon hech bir taom yemas edilar va men hech iloj topmay yurdi. A) bog`langan qo`shma gap B) murakkab qo`shma gap C) ergashgan qo`shma gap D) bog`lovchisiz qo`shma gap 6 / 30 Qaysi gapda ravishdan yasalgan fe`llar berilgan? A) Shokarim uxladimi, yo`qmi, bilolmadi. B) Izg`irindan ko`zlar yoshlandi, oyoq ostidagi qor g`irchillaydi. C) Peshonangiz devorga qarsillab urilganidan keyin esingiz kiradi. D) Mirtursun Xalifaning terakzoriga yaqinlashgach, qadamini sekinlatdi. 7 / 30 "Ravshan" dostoni voqealari haqida berilgan to`g`ri hukmni toping. A) Hasanxonni Yunus pari tarbiyalab voyaga yetkazdi B) Go`ro`g`li Hasanxonni Xunxordan olib kelib o`ziga o`g`il qildi C) Hasanxon Xon Dallini Vayangandan olib qochib kelib, qiriq kun shohona to`ylar berib, o`z rasm-rusmlari bilan oldi D) Avazxonga Gulqiz degan barno suluvni kelin qilib tushirib berdilar 8 / 30 Quyida berilgan gardagi fe`l yasovchi qo`shimchalar soni qaysi javobda to`g`ri ko`rsatilgan? Chollar kulgidan qotib qoldilar, ularning burishgan yuzlari ruhlanib ko`zlarini kulgu namladi A) 4 ta B) 1 ta C) 2 ta4 ta D) 5 ta 9 / 30 Bir asrcha muqaddam yozilgan bo`lsa-da, mustaqil O`zbekiston gerbidagi tasvirni yodga soladigan “Boshlar uzra soya salqin, Humo yetkur” misralari qaysi shoir she’ridan o`rin olgan? A) Zavqiy B) Avloniy C) Cho`lpon D) Hamza 10 / 30 Navoiy "Xamsa"sining qaysi dostonida "Beshinchi iqlim yo`lidan kelgan musofir hikoyati" keltiriladi? A) "Sab`ayi sayyor" B) "Layli va Majnun" C) "Farhod va Shirin" D) "Hayratul-abror" 11 / 30 Shaxs yoki narsalarni bir- biri bilan qiyoslash ma`nosini qaysi kelishik shakli ifodalashi mumkin? A) jo`nalish kelishigi B) chiqish kelishigi C) qaratqich kelishigi D) tushum kelishigi 12 / 30 Tarkibida o‘zaro shakldosh so‘z yasovchi qo‘shimcha ishtirok etgan bir necha ergash gapli murakkab qo‘shma gapni aniqlang. A) Istagimiz shuki, hayot farovon bo‘lsin, hech kim yomonlik ko‘rmasin. B) Sen nimani istasang, nimani so‘rasang, o‘shani muhayyo qilamiz. C) Suv ko‘p bo‘lsa, ekinlar yaxshi o‘sadi, dasturxon to‘kin bo‘ladi. D) Xalqimiz shuni istaydiki, yurtimiz tinch bo‘lsin, farzandlarimiz o‘kinch nimaligini bilmasin. 13 / 30 Hozir shu zulm va avvalgi adovat tikanlari o`zining ilk mevasini berdi. Ushbu gapda nechta bitishuv so`z birikmasi mavjud? A) 4 ta B) 2 ta C) 4 ta D) 3 ta 14 / 30 Qaysi javobda omonim asosga omonim qo`shimcha qo`shilishidan hosil bo`lgan shakldoshlik xususiyatiga ega bo`la oladigan so`z(lar) berilgan? 1) tilim; 2) bo`g`ma; 3) kechik; 4) oqar A) 1, 2, 3, 4 B) 2, 4 C) 1, 3, 4 D) 4 15 / 30 O`quv darsliklarida berilgan qaysi xalq dostonlari Ergash Jumanbulbul o`g`lidan yozib olingan. A) “Alpomish”, “Rustamxon” B) “Alpomish”, “Rustamxon”, “Kuntug`mish” C) “Rustamxon”, “Kuntug`mish”, “Ravshan” D) “Kuntug`mish”, ”Ravshan” 16 / 30 Quyidagi berilgan tez aytishning qaysi birida ravish ishtirok etmagan? A) Erkin ertagi ekin ekishni ertaga ertalab eplaydi. B) Norning nordon anori narida. C) O`tkir o`tkir o`roqda o`t o`rdi. D) Hali, Vali, Soli sholi o`rdi. 17 / 30 Quyidagi keltirilgan gapda fonetik o`zgarish asosida yozilgan so`z qanday bo`lak vazifasida kelgan? Ularning uyidagi gullarning-ku son-sanog`i yo`q. A) ega B) sifatlovchi aniqlovchi C) murakkab ot kesim D) qaratqich aniqlovchi 18 / 30 Bir g`uncha edingiz yel ham tegmagan, ifor taralardi sizdan muattar. Gapdagi hid bilduruvchi sifat qaysi bo`lakka tobelangan ? A) holga B) to`ldiruvchiga C) egaga D) kesimga 19 / 30 O`kin pushaymon bo`l, ko`rgiliging, taqdiring uchun, tarbiyat qilgan dono xoqoningga yemirilgan, qo`ldan ketgan yaxshi davlatingga. O`zing adashding, oraga yomonni kirgizding. Qurolli qaydan kelib tarqatib yubordi, nayzali qaydan kelib surib ketdi… Borgan yerda yaxshilik shu bo`ldi: qonning suvday oqdi, suyaging tog`day uyulib yotdi, bek bo`ladigan o`g`il bolang qul bo`ldi, suluv qiz bolang cho`ri bo`ldi”. Ushbu parcha qaysi asardan olingan? A) “Qutadg`u bilig” dostonidan B) Kul Tigin bitiktoshidan C) Tunyuquq bitiktoshidan D) “Devonu lug`atit-turk” asaridan 20 / 30 Quyida berilgan gapda qaysi so`zdan oldin tire qo`yiladi? Endi senlar o`qib, oq-qorani taniglar, deydi Xolyor amaki. Hozir dunyo ilmli odamlarniki. A) deydi, hozir B) deydi, dunyo C) taniglar, hozir D) deydi Xolyor amaki 21 / 30 O`zlik olmoshi predmetni ko`rsatish uchun qo`llangan gapni aniqlang. A) O`zlik olmoshi predmetni ko`rsatish uchun ishlatilmaydi. B) Rostini aytsam, o`zim ham unchalik yomon bola emasman. C) Olma o`zi pishib, o`zi to`kildi. D) Biz o`z tuprog`imizni ko`z qorachig`iday asraymiz. 22 / 30 Uslubiy betaraf so`zlarni belgilang. A) go`sht, gap, choyxona B) traktor, plug, mufta C) ega, gap, undosh D) futbol, kurash, shaxmat 23 / 30 Otamday rozi bo`l, onamday sevgin, Men ham senikiman, o`ksik qizginam. Bag`ringda ming yillik toshlar to`sig`in, Yorib chiqayotgan bir ildizingman! She`riy parchada fonetik o`zgarishga uchragan nechta yasama so`z ishtirok etgan? A) 2 B) 4 C) 1 D) 3 24 / 30 Qaysi javobda o`zlik olmoshi ta`kid ma`nosini ifodalash uchun xizmat qilgan gap(lar) to`g`ri ko`rsatilgan? Rostini aytsam, men o`zim ham unchalik yomon bola emasman. O`zi dumaloq, qor kabi oq. Ikromjon xotinini qoldirib, o`zi idora tarafga qarab ketdi. 4. O`zingni er bilsang, o`zgani sher bil. A) 1, 2 B) 1 C) 1, 3, 4 D) 1, 2, 3, 4 25 / 30 "Uch og`ayni botirlar" ertagida "Podshohlik - qonxo`rlik demak" degan fikrni kim aytgan? A) to`ng`ich botir B) Vazir C) kenja botir D) Podshoh 26 / 30 Qaysi gapdagi juft sifatlar yasama+yasama so`z shaklida tuzilgan? A) Kasbning katta-kichigi bo`lmaydi. B) U yoshligidan ota-onasiz katta bo`lgan. C) U paytda qing`ir-qiyshiq ko`chalar ko`p bo`lgan. D) Menga o`xshash esli-hushli yigitga zoriqib o`tirgan ekan. 27 / 30 Qaysi qatorda metafora usuli bilan ma`no ko`chgan so`z qatnashgan? A) Alisher Navoiy vafotini eshitib, butun Hirot yig`ladi B) Qalam ushladimmi, demak, o`yin bas… C) Yuragini ezib turgan tuyg`ular biroz chekinganday bo`ldi D) Bu darddan qora boshim oqardi 28 / 30 Quyidagi keltirilgan gapda qo`llanilgan yasama so`zlar sonini aniqlang. Siz borliqning mo`jizakor qudratini, shiddatkor sevgi bo`ronini, bunyodkorlik, ijodkorlik girdobini intiqlik bilan kutganingiz: poklanishni, bardamlik, yangilanish, yengillik, saxiylik va mehrni o`zingizga sindirasiz. A) 10 B) 9 C) 12 D) 11 29 / 30 Mirmuxsinning “Nevara” asari qaysi janrda yozilgan? A) Roman B) Hikoya C) Qissa D) Doston 30 / 30 Bag`rim yoniq, yuzim qora, ko`nglim siniq, bo`yim bukik, sening ziyoratingga keldim sultonim. Gapda fonetik yozuv qoidasi asosida yozilgan so`zlar soni nechta? A) 5 ta B) 3 ta C) 2 ta D) 4 ta 0% Testni qayta ishga tushiring Baholash mezoni To'g'ri javob uchun 3,1 ball. Fikr-mulohaza yuboring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 4 Ona tili va adabiyot abituriyent testi №3
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 0 Ona tili va adabiyot abituriyentlar uchun №2