Fizika abituriyent testi №1

1
Tomonidan yaratilgan InfoMaster

Fizika abituriyentlar uchun №1

1 / 30

Massasi 58 kg bo’lgan ayol tomonining uzunligi 5 sm bo’lgan kub shaklidagi o’rindiqda o’tiribdi. O’rindiq polda joylashgan bo’lsa, uning sirtga bosimini toping. O’rindiqning massasi 2 kg.

2 / 30

Rasmda ko’rsatilgan m=20 kg massali L uzunlikdagi stergen va uning ustiga qo’yilgan M=40 kg massali brusok ikkita tayanchlarda muvozanatda turgan bo’lsa, chap tayanchning reaksiya kuchi F1 ni toping(N).

3 / 30

Po’lat sharcha h =120 m balandlikdan erkin tushmoqda. Agar uning tezligi har bir urilishda ikki marta kamaysa, sharchaning butun harakati davomidagi bosib o’tgan yo’lini toping (m).

4 / 30

Rasmdagi malumotlardan foydalanib jismning vertikal yo’nalishdagi ko’chishini toping. sin 400=0,6, cos 400=0,8.

5 / 30

Arava g’ildiraklarining yerga ishqalanish kuchini qanday yo’l bilan kamaytirish mumkin?

6 / 30

Agar linzаning optik kuchi 0,5 dptr bo'lsa, Shu linzаning fokus masofasi necha metr bo'ladi?

7 / 30

Rasimdagi prujinalar bikrligi 20 N/m va markazdagi yukning massasi 0,1 kg bo’lsa, sistemaning gorizontal silliq sirtdagi tebranish davrini toping.

8 / 30

Balandligi 80 sm bo’lgan silliq gorizontal stol ustida v=5 m/s tezlik bilan dumalab ketayotgan sharcha stol chetiga borib, sirtidan uzulganidan qancha vaqt o’tib yerga tushadi?

9 / 30

Inson yuragi har urganida 60 ml qonni 100 mmHg bosm ostida haydaydi va har minutda 65 marta uradi deb hisoblab, yurakning quvvatini toping.

10 / 30

Ikkita bir xil sharlarning massa markazlari orasidagi masofa 20 m. Ularning massalari mos ravishda m1=5 kg m2=8 kg. Sharlarning tortishish kuchi F aniqlansin (pN). Gravitatsiya doimiysi G=6,67.10-11 N.m2/kg2.

11 / 30

Ichki yonuv (Karburatorli) dvegatelida siqish takti qanday jarayon ostida kechadi?

12 / 30

13 / 30

Tok manbaining EYuK 2 V ga, ichki qarshiligi 1 Ω ga teng. Tashqi zanjir 0,75 W quvvat iste’mol qilsa, manbaning tok kuchini (A) aniqlang.

14 / 30

Rasmdagi katta porshen va uning ustidagi yuk bilan birgalikdagi vazni 100 N. Katta porshen yuzi 4 sm2 va sistema ichidagi simob sathlari farqi 10 sm bo’lsa, B nuqtadagi umumiy bosimni toping (kPa). Tashqi atmosfera bosimi 105 Pa ga teng. Simobning zichligi 13600 kg/m3.

 

15 / 30

Rasmda ko’rsatilgan A va C disklar tasmali B uzatma yordamida tekis aylanmoqda. rA=10 sm, rc=20 sm. Agar birinchi disk burchak tezligi wA=3 rad/s bo’lsa, C diskning aylanish davrini toping (s).π=3.

16 / 30

6 kg massali jismni 1,5 m/s2 tezlanish bilan tortib olish uchun qanday kuch zarur? Jismlar va jism bilan sirt orasidagi ishqalanish koeffisentlari bir xil va 0,4 ga teng.

17 / 30

Termodinamik jarayonda ideal gazning ichki energiyasi 300 J ga ortib, tashqariga 200 J issiqlik chiqqan. Bu jarayonda gaz qanday ish (J) bajargan?

18 / 30

Vertikal o’rnatilgan naysimon idishcha ustunining balandligi 2 sm bo’lgan yog’ (ρ=800 kg/m3) balandligi 8 sm bo’lgan suv ustiga quyilgan. Suyuqliklarning idish tubiga beradigan umumiy bosimini hisoblang.

19 / 30

Qarshiligi 40 Ω bo'lgan o'tkazgich 200 V kuchlanishli tarmoqqa ulandi. O'tkazgichda 10 min ichida qanchla (kJ) issiqlik аjralаdi?

20 / 30

Gorizontal holatdagi po’lat sirtida radiusi 10 sm, massasi 3 kg bo’lgan po’lat disk tekis dumalantirilmoqda. Bunda hosil bo‘lgan dumalash ishqalanish kuchini toping (N). μ=0,2 mm.

21 / 30

Induktivligi 40 mH bo’lgan g’altakda 1 A tok 1 mWb magnit oqimi hosil qilmoqda. G’altakdagi o’ramlar sonini toping.

22 / 30

Elektr zanjir qarshiligi 20 Ω bo’lgan rezistor, EYKi 22 V va ichki qarshiligi 2 Ω bo’lgan manbalardan tashkil topgan. Rezistorda kuchlanish (V) tushishi nimaga teng?

23 / 30

O’zgarmas tezlik bilan kelayotgan mashina 2 m/s2 tezlanish bilan sekinlanuvchan harakatlanib, 144 m masofani yurib to’xtadi. Mashinaning tormozlanish vaqtini toping.

24 / 30

Rasmda ko’rsatilgan hol uchun o’tkazgichga ta’sir qiluvchi Amper kuchi yo’nalishini aniqlang.

25 / 30

4 g vodorod tarkibidagi molekulalar sonini toping. NA=6.1023 mol-1 Vodorodning molyar massasi μ=2.10-3 kg/mol

26 / 30

Asosining tomonlari 1 m x 0,8 m va balandligi 0,5 m bo’lgan 60 kg massali parallelepiped shaklidagi jism suv sirtida suzib yuribdi. Uning suv ostidagi qismining balandligini toping.

27 / 30

Rasmda keltirilgan zanjirning umumiy qarshiligini (Ω) toping. R=4 Ω.

28 / 30

Bikrliklari teng bo’lgan 3 ta prujinalarga rasmda ko’rsatilganidek ikki xil holatda 1 kg va 9 kg massali yuklar osilgan. Yuklarning tebranish davrlari nisbati T1/T2 ni hisoblang.

29 / 30

A nuqtadan harakatlana boshlagan m massali jismga B nuqtadan o’tayotgan momentda, unga tasir qilayotgan natijaviy kuchni toping. Ishqalanishni hisobga olmang. Erkin tushish tezlanishi g ga teng.

30 / 30

Har birining sig’imi c bo’lgan kondensatorlar qoplamlari orasidagi fazoning yarmi rasmdagidek dielektrik singdiruvchanligi 2 bo’lgan modda bilan to’ldirilgan bo’lsa, umumiy sig’im qanday o’zgaradi?

0%

Baholash mezoni

To'g'ri javob uchun 3,1 ball.

InfoMaster
Author: InfoMaster

Foydali bo'lsa mamnunmiz

InfoMaster

Foydali bo'lsa mamnunmiz

1 Izoh

Javob qoldiring

Info-Master.uz
Logo
Elementlarni Solishtiring
  • Jami (0)
Solishtiring
0