5-sinf Matematika olimpiada №3 Aprel 8, 2024 da chop etilgan InfoMaster tomonidan 5-sinf Matematika olimpiada №3 ga fikr bildirilmagan. Savol haqida xabar bering Bu savolda nima xato? Siz bo'sh hisobot yubora olmaysiz. Iltimos, ba'zi tafsilotlarni qo'shing. 115 123456789101112131415161718192021222324252627282930 Vaqtingiz tugadi! Yaratilgan sanasi Aprel 19, 2024 5-sinf Matematika olimpiada №3 2024-yil 6-aprel: Informatika fanidan xalqaro olimpiadaga saralash uchun. Tuman bosqichi savollari 1 / 30 Ikki sonning yig’indisi 49 ga teng. Birinchi son ikkinchi sondan 11 ga kam. Ikkinchi sonni toping. A) 19 B) 30 C) 21 D) 22 2 / 30 O‘q nishonning qaysi qismiga tegishiga ko‘ra o‘sha bal beriladi. Aziz tasvirlangan nishonga qarata 3 marta o‘q uzdi. U qanday balni to‘play olmaydi?(Izoh: har bir o‘q nishonga tekgan) A) 11 B) 9 C) 7 D) 8 3 / 30 Quyidagi sonlar ketma-ketligida jami 111 ta son berilgan, bu sonlar yig’indisini toping. 4, 0, 1, 2, 3, 0, 1, 2, 3, 0, 1, 2, 3, 0 …. TekshirishXato kritdingiz 4 / 30 Quyida raqam tushurilgan tayoqchalar uyimi ko‘rsatilgan. Akbar bu tayoqchalarni birin ketin olyapti (olinayotgan tayoqchadan boshqa tayoqchani qo‘zg‘atmagan holda). U oladigan to‘rtinchi tayoqchada qanday raqam yozilgan? A) 6 B) 7 C) 4 D) 3 5 / 30 Agar Diyora daqiqasiga 50 metr tezlikda yursa, u maktabga qo'ng'iroq chalinganidan 3 minut o'tib yetib boradi. Agar u daqiqasiga 80 metr tezlikda yursa, qo‘ng‘iroq chalinishidan 3 daqiqa oldin yetib boradi. Qo'ng'iroq necha daqiqadan so'ng chalinadi? TekshirishXato kritdingiz 6 / 30 Soat 6 dan x daqiqa o‘tganda soat va minut millari orasidagi burchak 120° ni tashkil qilsa,x ni toping. Tekshirish 7 / 30 501 < 𝑛 < 990 oraliqdagi natural sonlar orasida birinchi raqami oxirgi ikki raqami yig‘indisiga teng bo`lgan sonlar nechta? TekshirishXato kritdingiz 8 / 30 Sariq sochli, qizil futbolka kiygan yolg’onchi quyidagi javoblardan qaysi birini ayta olmaydi? (yolg‘onchi faqat yolg‘on gapiradi) A) Men sariq futbolkadaman B) Meni sochim qizil C) Men rostgo’yman D) Sen 5-sinfda o`qiysan 9 / 30 Raqamlari ko’paytmasi 6 ga teng bo‘lgan nechta uch xonali son bor? TekshirishXato kritdingiz 10 / 30 1 dan 4 gacha bo'lgan raqamlar har bir satrda va har bir ustunda faqat bir marta bo'lishi uchun X o'rniga qanday raqam qo‘yish kerak? TekshirishXato kritdingiz 11 / 30 Quyida berilgan sonlarning nechtasi olti burchak va doira ichida joylashgan, lekin uchburchakka tegishli emas? A) 2 B) 4 C) 1 D) 3 12 / 30 Quyidagi sonlarning nechtasi 9 ga karrali? 1234…89, 13579, 123321123321123, 787878…787, A) 1 B) 2 C) 3 D) 4 13 / 30 Madina to’g’ri to’rtburchak shaklidagi taxtani 2 ta qismga ajratdi. Quyida berilgan shakl birinchi bo‘lak bo‘lsa, javoblardan qaysi biri uning ikkinchi bo‘lagi bo‘lishi mumkin? A) A B) D C) B D) C 14 / 30 Quyida bo‘yalgan shaklning yuzini toping. A) 48 B) 86 C) 88 D) 90 15 / 30 Mirsaid 3 ballik va 5 ballik masalalardan jami 12 ta yechib, 42 ball to’pladi. U nechta 5 balli masalani yechgan? A) 3 B) 2 C) 4 D) 9 16 / 30 Quyidagi shaklning perimetrini toping(cm). A) 35 B) 46 C) 44 D) 40 17 / 30 Bir nuqtadan qarama-qarshi tomonga ikki mototsiklchi yo‘lga chiqdi. Ular orasidagi masofa har 3 soatda 108 km ga ortadi. Agar birinchi mototsiklchi tezligi 11 km/soat bo‘lsa, ikkinchi mototsiklchi tezligini toping. A) 25 B) 18 C) 47 D) 15 18 / 30 100 dan kichik sonlar orasida nechta son 2 ga va 3 ga bo‘linadi lekin, 5 ga bo‘linmaydi? Tekshirish 19 / 30 Nargiza 7 kunga poyezd chiptalarini sotib olmoqchi. Chipta narxlari quyidagicha 1 kun uchun 8 $; 2 kun uchun 14$; 3 kun uchun esa 23$. Nargiza qanday eng kam pul sarflab bu ishni amalga oshira oladi? A) 49$ B) 51$ C) 50$ D) 54$ 20 / 30 A va B shaharlar orasidagi masofa 396 km. A va B shahardan bir vaqtda bir-biriga qarab ikki velosipedchi yo‘lga chiqdi, birinchi velosipedchining tezligi ikkinchisinikidan 8 𝑘𝑚/𝑠𝑜𝑎𝑡 ortiq. Agar velosipedchilar 11 soatdan keyin uchrashgan bo‘lsa, birinchi velosipedchining tezligini toping. A) 20 B) 14 C) 22 D) 12 21 / 30 Hozir Nazokat 19 yoshda, Umida esa 34 yoshda. Necha yil oldin Nazokat Umidadan 4 marta kichik bo‘lgan? A) 5 B) 15 C) 20 D) 14 22 / 30 Quyida berilgan shaklda nechta uchburchak bor? A) 15 B) 14 C) 12 D) 11 23 / 30 Agar ∆ + ∎ + ◯ = 13 bo‘lsa, ∆ ⋅ ∎ ⋅ ◯ ko‘paytma quyidagilardan qaysi biriga teng bo‘la omaydi? A) 22 B) 11 C) 80 D) 35 24 / 30 Ali doskaga birdan boshlab 3 raqami ishtirok etmagan natural sonlarni ketma-ket yozmoqda. Agar u 50 ta son yozgan bo‘lsa, u yozgan oxirgi sonni toping? TekshirishXato kritdingiz 25 / 30 Aziz, Doston, Shavkat va Ahmad yoshlari 12, 18, 24, 30 sonlar bilan ifodalanadi. Aziz Shavkatdan 12 yosh kichik va Ahmad Azizdan 6 yosh kichik bo‘lsa, Doston necha yoshda? TekshirishXato kritdingiz 26 / 30 123456789101112131415..… natural sonlar ketma-ket yozilgan. Ushbu ketma-ketlikning 10000-o‘rnida qanday raqam turadi? TekshirishXato kritdingiz 27 / 30 Ikki sonning yig’indisi 24 ga teng. Birinchi sonni 2 marta orttirib, ikkinchi sonni 3 marta ortirib yig’indi qayta hisoblansa yig’indi 55 bo’ldi. Shu sonlardan kichigini toping. A) 17 B) 6 C) 7 D) 9 28 / 30 Hisoblang: 87 ⋅ 23 − 34 ⋅ 23 + 53 ⋅ 47 − 70 ⋅ 13 A) 3500 B) 3200 C) 2400 D) 2800 29 / 30 Agar Ali 8 kunda 60 ta masala yechgan bo‘lsa, 90 ta masalani necha kunda yechadi? A) 6 B) 11 C) 10 D) 12 30 / 30 Bitta pitsa narxi necha pul tursa chorak pitsa narxi undan 60000 so‘m kam. Bitta pitsa necha ming so‘m turadi? A) 80 B) 70 C) 60 D) 75 0% Testni qayta ishga tushiring Author: InfoMaster Matematika olimpiada