Huquq attestatsiya №8 Mart 14, 2022Mart 14, 2022 da chop etilgan InfoMaster tomonidan Huquq attestatsiya №8 ga 1 fikr bildirilgan 0% 9 12345678910111213141516171819202122232425262728293031323334353637383940 OMAD YOR BO'LSIN! Huquq fanidan attestatsiya savollari №8 DIQQAT! Endi siz o'z bilmingizni sinab ko'rish bilan birga sertifikatga ham ega bo'lishingiz mumkin. Sertifikat olish uchun barcha ma'lumotlarni to'g'ri kiriting! e-mail manzilini to'g'ri kriting, barcha ma'lumotlar sizga yuboriladi. Testda 76% va undan yuqori natija oling va sertifikatni yuklab oling. 1 / 40 Bosma nashlar – gazetalar, jurnallar, kitoblar ustidan davlat nazorati bo‘lib, so‘z erkinligi sezilarli cheklab qo‘yilishini anglatuvchi termin? A) Subsidiya B) Litsenziya C) Patent D) Senzura 2 / 40 ,,Adolat -oxiratda najot,dunyoda saodat boshi" ushbu hikmatli soʻzlar muallifini aniqlang A) Amir Temur B) Ali ibn Abu Tolib C) Abu Ali Ibn Sino D) Abdulloh Muqni 3 / 40 Davlat belgilarini ko’rsating: A) Xududi, hokimiyati, suvereniteti, huquq ijod-korligining amalga oshirilishi, soliqlar to’plash. B) Tashqi siyosati, Ichki siyosati, hokimiyati, soliqlar to’plashi C) Majburlov vositalari, hokimiyati, chegaralari bo’lishi D) Xalqaro faoliyati, mamlakatni mudofaa qilish, chegaralari 4 / 40 Yakka tartibdagi sub'ektlarga kimlar kiradi A) hamma javoblar to'g'ri B) O'zb.Res . fuqarolari va fuqaroligi bo'lmagan shaxslar,ajnabiy fuqarolar C) yuridik va jismoniy shaxslar D) O'zb. Res. fuqarolari va fuqaroligi bo'lmagan shaxslar 5 / 40 «Ozon qatlamini buzuvchi moddalar to‘g‘risida»gi Monreal protokoli qachon qabul qilingan? A) 1985-yil 22-dekabr B) 1985-yil 22-fevral C) 1985-yil 22-mart D) 1985-yil 22-noyabr 6 / 40 Byudjet atamasi dastlab ........da Fransiyadagi burjua revolyutsiyasidan keyin o‘rnatilgan. A) XVII asrning 2-yarmida B) XVIII asrning 1-yarmida C) XV asrning 2-yarmida D) XVI asrning oxirida 7 / 40 Sudlanganlik nima? A) Shaxsning sodir etgan jinoyati uchun hukm etilganidan kelib chiqadigan huquqiy holatidir B) Shaxsning ikkinchi marta jinoyat sodir etishi C) Shaxsning huquqbuzarlik qilishiga moyilligi D) Eshitmaganman bilmayman? 8 / 40 BMT tomonidan Xalqaro bola yili deb e’lon qilindi A) 1969-yilda B) 1959-yilda C) 1989-yilda D) 1979-yilda 9 / 40 Mamuriy Javobgarlik to’g’risidagi qonun qachon qabul qilingan A) 1994 -yil 22- sentabrda B) 1994- yil 22- dekabrda C) 1995- yil 30- avgust D) 1998- yil 2-mart 10 / 40 Jinoyat Protsessual Kodeksi necha moddadan iborat A) 572 B) 408 C) 586 D) 540 11 / 40 Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasining 55-moddasiga oid qoida yozilgan qatorni aniqlang? A) Oila jamiyatning asosiy boʻgʻini B) Fuqarolar atrof tabiiy muhitga ehtiyotkorona munosabatda boʻlishga majburdirlar. C) Jamiyatning iqtisodiy negizini turli shakldagi mulk tashkil qiladi D) Yer, yer osti boyliklari, suv, oʻsimlik va hayvonot dunyosi hamda boshqa tabiiy zaxiralar umummilliy 12 / 40 Davlat boshqaruvi dastlabki bosqichda eng avvalo qanday usulga asoslangan? A) Qoʻriqlash B) Hamkorlik C) Tartibga solish D) Majburlash 13 / 40 Sudning umummajburiy ahamiyatga ega boʻlgan aniq bir ish boʻyicha chiqargan qarori …? A) Yuridik (huquqiy) akt B) Replika C) Poshlina D) Yuridik pretsedent 14 / 40 Maʼmuriy hokimiyatni amalga oshirish boʻyicha maxsus vakolatlarga ega boʻlgan ijro organlari (mansabdor shaxslar) tomonidan tashkiliy, jismoniy va ruhiy taʼsir oʻtkazish nima deb ataladi? A) Maʼmuriy majburlash B) Maʼmuriy jazoni qoʻllash C) Maʼmuriy ushlab turish D) Maʼmuriy javobgarlik 15 / 40 Totalitar va avtoritar tuzumdagi davlatlar etatik davlatga misol boʻla oladimi? A) Qisman boʻla oladi. B) Yoʻq boʻla olmaydi. C) Faqat avtoritar tuzum misol boʻla oladi. D) Ha boʻla oladi. 16 / 40 “Yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash toʻgʻrisida”gi qarorga muvofiq yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash ishlarining ikkinchi bosqichi necha yosh davrlarni oʻz ichiga qamrab oladi? A) 7–14 yosh B) 16–18 yosh C) 14–16 yosh D) 7–16 yosh 17 / 40 Oʻzbekiston Respublikasining Oila kodeksiga muvofiq fuqarolarning iltimosi asosida, uzrli sabablarga koʻra nikoh yoshini koʻpi bilan bir yilga kamaytirish qaysi organ tomonidan amalga oshiradi? A) Tuman, shahar fuqarolik sudi tomonidan. B) FXDYO C) Tuman, shahar hokimligi D) Oʻzini oʻzi boshqarish organlari tomonidan 18 / 40 Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining nechanchi bobida fuqarolarning konstitutsiyaviy burchlari belgilab qoʻyilgan? A) X bob B) XI bob C) VIII bob D) IX bob 19 / 40 Quyida vakolatlardan qaysi biri Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti vakolatlari sirasiga kirmaydi? A) Oliy Majlis Senatiga Konstitutsion, Oliy sud raislari, Markaziy bank raisi nomzodini taqdim qiladi B) Bosh prokurorini taqdimiga binoan Oliy Majlis Senati aʼzosini daxlsizlik huquqidan mahrum etish C) Oʻz huzurida akkreditatsiyadan oʻtgan diplomatik vakillarning ishonch yorliqlarini qabul qiladi D) Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilish va undan chiqarish masalalarini hal qiladi; 20 / 40 Markazlashgan fondlardan qanday foydalaniladi? A) Faqat shu hududlarning ehtiyojlari uchungina foydalaniladi. B) Boshqa ijtimoiy maqsadlar uchun foydalaniladi C) Ishlab chiqarish uchun sarflanadi D) Davlat va mahalliy organlarning byudjetdan tashqari jamgʻarmalari uchun foydalaniladi. 21 / 40 Aldash yoki ishonchni suiisteʼmol qilish yoʻli bilan oʻzganing mulkini yoki oʻzganing mulkiga boʻlgan huquqni qoʻlga kiritish qanday jinoyat hisoblanadi? A) Talonchilik B) Tovlamachilik C) Firibgarlik D) Rastrata yoʻli bilan talon-taroj 22 / 40 Quyida berilgan javoblarda koʻrsatilgan qaysi shaxs isteʼmolchi hisoblanmaydi? A) Toshkentdan Samarqandga sayohatga ketayotgan xorijiy fuqaro B) Oyoq kiyim xarid qilgan fuqaro C) Keyinchalik sotish uchun tovar turkumini sotib olayotgan fuqaro D) Kvartirasini taʼmirlash uchun xususiy firma bilan shartnoma tuzgan fuqaro 23 / 40 Mehnat kodeksiga muvofiq ishlab chiqarishda kasbga doir taʼlim olayotgan, ishlab chiqarishdan ajralmagan holda oʻqiyotgan xodimlarga ishni taʼlim bilan birga qoʻshib olib borishlari uchun zarur sharoitlar yaratib berish kimning vazifasi hisoblanadi? A) Taʼlim muassasasining B) Ish beruvchining C) Kasaba uyushmasining D) Vazirlar Mahkamasining 24 / 40 Fuqaro 23 yoshli M.N 7-sinf oʻquvchisi fuqaro S.B ni psixotrop modda isteʼmol etishga jalb qildi. Fuqaro M.N ga Jinoyat kodeksiga muvofiq jarima qancha miqdorda belgilangan? A) eng kam oylik ish haqining yuz baravaridan ikki yuz baravarigacha miqdorda B) eng kam oylik ish haqining oʻttiz baravaridan ellik yuz baravarigacha miqdorda C) eng kam oylik ish haqining ellik baravaridan yuz yuz baravarigacha miqdorda D) eng kam oylik ish haqining ellik baravaridan uch yuz baravarigacha miqdorda 25 / 40 Karantinli va inson uchun xavfli boʻlgan boshqa yuqumli kasalliklar paydo boʻlishi hamda tarqalishi sharoitida jamoat joylarida niqobsiz boʻlish bazaviy hisoblash miqdorining necha baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi? A) Oʻn baravarigacha miqdorda B) Oʻn besh baravarigacha miqdorda C) Uch baravarigacha miqdorda D) Besh baravarigacha miqdorda 26 / 40 Moliya huquqi jamoa subyektlarining eng koʻp sonli guruhini qaysi davlat organlari tashkil etadi? A) Ijroiya hokimiyati davlat organlari B) Vakillik organlari: C) Mahalliy davlat hokimiyati organlari D) Oʻzini oʻzi boshqarish organlari 27 / 40 Prokat shartnomasi koʻpi bilan qancha muddatga tuziladi? A) Olti oygacha B) Uch yilgacha C) Bir yilgacha D) Uch oygacha 28 / 40 Oʻzbekiston Respublikasida demokratik huquq va erkinliklar Konstitutsiya va qonunlar bilan himoya qilinishi asosiy qonunimizning nechanchi moddasida bayon qilingan? A) 32- modda. B) 13- modda. C) 15- modda. D) 18- modda. 29 / 40 Farzandlikka oluvchilar bilan farzandlikka olinganlar oʻrtasida tuzilgan nikoh haqiqiy deb topilishi mumkin. Berilgan fikr toʻgʻri yoki notoʻgʻri ekanligini aniqlang. A) Toʻgʻri B) Notoʻgʻri 30 / 40 Boshqaruvning qanday respublika shaklida Prezident hamda Parlament doimo hamkorlikda boʻladi? A) Dualistik Respublika. B) Prezidentlik Respublikasi. C) Aralash Respublika. D) Parlamentar Respublika. 31 / 40 Xalqaro huquq funksiyalari qaysi javobda toʻgʻri koʻrsatilgan? A) uyushtiruvchi, tartibga soluvchi, muhofaza etuvchi, huquqiy-tarbiyalovchi B) muvofiqlashtiruvchi, umumlashtiruvchi, muhofaza etuvchi, tarbiyalovchi C) barqarorlashtiruvchi, tartibga soluvchi, muhofaza etuvchi, axborot-tarbiyalovchi D) muvofiqlashtiruvchi, umumlashtiruvchi, muhofaza etuvchi 32 / 40 2018- yil 1- iyul holatiga koʻra, mamlakatimizda Adliya vazirligining roʻyxatidan oʻtgan fuqarolik jamiyati institutlari soni qanchani tashkil etadi? A) 9.418 tani tashkil etadi B) 9.478 tani tashkil etadi C) 9.438 tani tashkil etadi D) 9.468 tani tashkil etadi 33 / 40 Jinoyat protsessida oʻz manfaatlarini himoya qiladigan shaxslar himoyachilar va vakillari notoʻgʻri koʻrsatilgan javob variantini aniqlang? A) jabrlanuvchining qonuniy vakillari B) fuqaroviy daʼvogarning va fuqaroviy javobgarning vakillari C) gumon qilinuvchi D) guvohning advokati 34 / 40 Tarixiy qadriyatimiz boʻlgan qaysi tarixiy manbada ayol kishi shaxsiy mulkka ega boʻlishining huquqiy asoslari mavjud. Ayol kishi oʻz mulkidan xayriya maqsadlarida mustaqil foydalanishi mumkinligi haqida bayon etilgan? A) “Qurʼon”da B) “Hadis”da C) “Injil”da D) “Avesto”da 35 / 40 Davlat va huquq nazariyasi yuridik fan sohalariga nisbatan qanday funksiyani bajaradi? A) Metodologik B) Оntologik C) Amaliy tajriba D) Тashkilotchilik 36 / 40 16 yoshgacha boʻlgan voyaga yetmaganlarga aravacha va vagonetka yordamida yuk tashishlariga ruxsat etilmaydi. Toʻgʻri yoki notoʻgʻri ekanligini aniqlang? A) Toʻgʻri B) Notoʻgʻri 37 / 40 Jinoyat Kodeksiga kiritilgan 2020-yildagi oʻzgartirishlarga muvofiq qaysi jinoyatlar uchun ozodlikdan mahrum etish jazosi bekor qilindi. A) Ommaviy tartibsizlik, qabrni tahqirlash B) Nomusga tegish, Koʻp xotinli boʻlish C) Tuhmat, haqorat qilish D) Tamagirlik, Tilanchilik qilish 38 / 40 Jinoyatning ijtimoiy xavflilik darajasi nimada aks etadi. A) Jinoyat belgilarida B) Jinoiy qilmishda C) Jinoyatning elementlarida D) jinoiy oqibatda 39 / 40 Shaxsning huquqiy madaniyati deganda fuqaroning oʻz haq-huquqlarini huquqiy ongiga tayangan holda … tarzda amalga oshirilishi tushuniladi. Nuqtalar oʻrniga mos keladigan toʻgʻri javobni belgilang? A) oʻz ehtiyojlarini qondirishda axloq qoidalariga amal qilgan; B) Konstitutsiya normalariga rioya qilgan; C) qonunchilik talablariga zid kelmaydigan; D) oʻzgalar manfaatiga zid kelmaydigan; 40 / 40 Oʻz tarixi davomida insoniyat demokratiyaning nechta shaklini yaratgan? A) Toʻrtta shaklini B) Bitta shaklini C) Ikkita shaklini D) Uchta shaklini 0% Testni qayta ishga tushiring Baholash mezoni - 75 foiz va undan yuqori ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tdi, oliy malaka toifasi (bosh o’qituvchi lavozimi) saqlansin”; - 75 foizdan past ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tmadi, birinchi malaka toifasi (yetakchi o’qituvchi lavozimi)ga tushirilsin”; - 75 foiz va undan yuqori ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tdi, oliy malaka toifasi (bosh o’qituvchi lavozimi) berilsin”; - 74 foizdan 65 foizgacha ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tdi, birinchi malaka toifasi (yetakchi o’qituvchi lavozimi) saqlansin”; - 65 foizdan kam ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tmadi, ikkinchi malaka toifasi (katta o’qituvchi lavozimi)ga tushirilsin” - 64 foizdan 60 foizgacha ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tdi, ikkinchi malaka toifasi (katta o’qituvchi lavozimi) saqlansin”; - 60 foizdan kam ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tmadi, mutaxassis (oliy yoki o’rta maxsus, kasb-hunar ma'lumotli o’qituvchi) lavozimiga tushirilsin” Fikr-mulohaza yuboring Author: InfoMaster Huquq attestatsiya