Uy » Abituriyent » Tarix abituriyent » Tarix abituriyent testi №2 Tarix abituriyent Tarix abituriyent testi №2 InfoMaster May 1, 2024 28 Ko'rishlar 0 SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 1 0% 1 Savol haqida xabar bering Bu savolda nima bo'ldi? Siz bo'sh hisobotni taqdim eta olmaysiz. Iltimos, ba'zi tafsilotlarni qo'shing. 123456789101112131415161718192021222324252627282930 OMAD YOR BO'LSIN! Tarix abituriyent testi №2 Abituriyent uchun tarix fanidan asosiy blok testlari. 1 / 30 Drakont qonunlari e’lon qilinganidan uch yuzu qirq bir yil keyin bo’lgan voqeani aniqlang. A) Antiox hokimiyat tepasiga kelgan. B) Doro I saltanatni satrapliklarga ajratdi. C) Aleksandr so’nggi fors shohi Doro III qo’shinlarini tor-mor etgan. D) Finikiyada 22 undosh harfdan iborat alifbo yaratilgan. 2 / 30 Qadimgi ko’kturk bitiklari Oltoy va Sharqiy Turkistondan tashqari yana qaysi hududlardan topib o’rganilgan? 1) Xorazm vohasi; 2) Farg’ona vodiysi; 3) Yettisuv o’lkasi; 4) Toshkent vohasi; 5) Zarafshon vodiysi. A) 2, 3, 5 B) 1, 2, 3 C) 2, 3, 4 D) 3, 4, 5 3 / 30 Miloddan avvalgi IV asrning oxirida tashkil topgan Salavkiylar davlati tarkibiga quyidagi qaysi hududlar kirar edi? 1) Kichik Osiyo; 2) Eron; 3) Misr; 4) Mesopatamiya; 5) Kavkazorti; 6) Arabiston yarimoroli; 7) Parfiya; 8) Marg’iyona; 9) Xorazm; 10) So’g’diyona; 11) Shimoliy Hindiston; 12) Baqtriya A) 2, 4, 7, 8, 10, 12 B) 2, 4, 7, 8, 10, 11, 12 C) 1, 2, 3, 4, 7, 8, 10, 12 D) 1, 3, 5, 6, 8, 11 4 / 30 V asrning 20- yillarida kidariylarning o’lkamizga kirib kelish yo’nalishi qaysi javobda to’g’ri berilgan? A) Kaspiy dengizi va Volgabo’yi orqali Xorazm hamda Amudaryo havzasiga B) Sirdaryo va Orol bo’ylari orqali Xorazm hamda Amudaryo havzasiga C) Badaxshon va Toxariston orqali janubiy Sug’d vohasiga D) Yettisuv va Qoshg’ar orqali Zarafshon daryosi havzasiga 5 / 30 Quyidagi fikrlarning qaysi biri tarixiy haqiqatga muvofiq emas? A) Baqtriya, So’g’diyona va Marg’iyona Qadimgi Baqtriya davlati tarkibiga kirgan. B) Aleksandr Makedonskiyning O’rta Osiyoga yurishlaridan so’ng Xorazm, Toshkent va Farg’ona hududlari mustaqilligicha qolgan emas. C) O’rta Osiyo bo’yicha eng qadimgi qoyatosh rasmlari mezolit davriga oid. D) Shumerlar sanoq tizimi, quyosh va oy taqvimlarini yaratishgan. 6 / 30 Xronologik xatoni aniqlang. A) mil. avv. 337- yil – Korinf ittifoqining vujudga kelishi B) mil. avv. 146- yil – rimliklar tomonidan Karfagenning vayron qilinishi C) 452- yil – Rimning vandallar tomonidan zabt etilishi D) mil. avv. 327- yil – makedonlar qo’shini Panjob o’lkasiga bostirib kirdi. 7 / 30 Quyidagi tarixchilarni yashagan davriga ko’ra, xronologik ketma-ketlikda joylashtirilgan javob variantini belgilang. 1) Strabon; 2) Poliyen; 3) Arrian; 4) Kvint Kursiy Ruf A) 2, 1, 4, 3 B) 1, 2, 3, 4 C) 3, 4, 1, 2 D) 4, 3, 2, 1 8 / 30 Yunon-Baqtriya davlati mavjud bo’lgan asrlarga oid Xorazm shaharlarini aniqlang. A) Ko’zaliqir, Jonbosqal’a B) Jonbosqal’a, Qo’yqirilganqal’a C) Oybo’yirqal’a, Jonbosqal’a D) Tuproqqal’a, Ko’zaliqir 9 / 30 Salavka o’z o’g’li Antioxni noib qilib tayinlagan hududlarga quyidagilarning qaysi biri kirmaydi? A) Marg’iyona B) Xorazm C) Parfiya D) So’g’diyona 10 / 30 563- yilda Eftallar davlati hududiga bostirib kirgan turklar Zarafshon vodiysidagi qaysi hududlarni egallashgan? A) Buxoro, Samarqand, Karmana B) Samarqand, Kesh va Naxshab C) Samarqand, Xo’jand va Jizzax D) Samarqand, Buxoro va Kesh 11 / 30 Quyidagi tarixiy voqealardan ayni bir asrga taaluqlilarini belgilang. 1) Xitoyda “Sariq ro’mollilar qo’zg’oloni” yuz berdi; 2) tarixchi Poliyen yashab, ijod qildi; 3) Rim imperiyasi tarixida “oltin asr” yuz berdi; 4) Dovon davlati barham topdi; 5) Xorazmda mahalliy taqvim ixtiro qilindi; 6) tarixchi Arrian yashab, ijod qildi. A) 1, 2, 3 B) 1, 2, 6 C) 2, 4, 5 D) 1, 3, 6 12 / 30 Qaysi hukmdor davrida Marg’iyona Ahamoniylar davlati tarkibiga kiritilgan? A) Doro I B) Kserks C) Kambiz II D) Kir II 13 / 30 Yunon-fors urushlari tugagan asrda … A) Buyuk Xitoy devorining qurilishi boshlangan. B) Rimga Alarix boshchiligidagi gotlar hujum qilgan. C) Afinada demokratiya ravnaq topgan. D) Qadimgi Baqtriya davlati vujudga kelgan. 14 / 30 Qadim Yunonistonda qanday sabab bilan manzilgohlar va shaharlar soni ortib bordi? A) dehqonchilik va hunarmandchilik rivoj topishi bilan B) to’rt tomondan xonavayron bo’lgan dehqonlarning ko’chib kelishi natijasida C) aholi sonining ko’payishi natijasida D) zafarli yurishlar natijasida 15 / 30 Qadimgi Xorazmda mahalliy … buyumlarining dovrug’i o’zga yurtlarga ham tarqalgan edi. A) kulolchilik, qurolsozlik, zargarlik B) temirchilik, mischilik, qurolsozlik, zargarlik C) to’quvchilik, kulolchilik, zargarlik D) to’quvchilik, kandakorlik, qurolsozlik 16 / 30 Ilk o’rta asrlarda qo’riq va bo’z yerlarga suv chiqarilib, katta-katta ekin maydonlari barpo etildi. Bunday obodonchilik ishlarini amlga oshirishda kimlar sarkor- ishboshi sifatida faol qatnashadilar? A) kashovarzlar, dehqonlar, chokarlar, kadivarlar B) mulkdor tabaqa vakillari, qishloq oqsoqollari, qabila boshliqlari C) qishloq jamoalarining a’zolari, chokarlar, mulkdor tabaqa vakillari D) kohinlar, mulkdor tabaqa vakillari, qabila boshliqlari, kadivarlar 17 / 30 Qaysi omil Choch va Eloqqa ichki va tashqi savdo- sotiqning kengayib, shaharlar aholisining ko’payishiga imkon bergan? A) yer egaligi munosabatlari va yangi ijtimoiy tabaqalarning vujudga kelganligi B) yaxshi rivojlangan tog’-konchilik tarmog’iga egaligi C) Turk xoqonligi davrida davlat markazining Choch viloyatiga ko’chirilganligi D) karvon yo’lining o’lka orqali o’tishi 18 / 30 Quyidagi tarixiy voqealarning qaysi biri mil. avv. II asrga taaluqli emas? A) Tarixchi va geograf olim tomonidan “Geografiya” asari yozildi. B) Tarixchi Poliyen yashab ijod qilgan. C) Yunon-Baqtriya davlati tarix sahnasidan ketdi. D) Rim-Karfagen o’rtasidagi puni urushlari nihoyasiga yetdi. 19 / 30 Turk xoqonligi chinakam markazlashgan davlat emas edi. Hukmdorning hokimiyati … A) urug’-aymoq udumlariga tayangan, harbiy- ma’muriy boshqaruvga asoslangan. B) demokratik munosabatlarga tayangan, harbiy- ma’muriy boshqaruvga asoslangan. C) feudal munosabatlar asosidagi harbiy-ma’muriy boshqaruvga asoslangan. D) harbiy-ma’muriy udumlar asosidagi rivojlangan qulchilik munosabatlariga asoslangan. 20 / 30 VI asrda turklar tomonidan mayda mahalliy hokimliklardan undirilgan to’lovlar qanday atalgan? A) kafsan va dorug’a B) xiroj va yasoq C) o’lpon, yasoq D) boj va yasoq 21 / 30 Makedoniyalik Aleksandr saklarga qarshi kurash maqsadida hozirgi qaysi shahar yaqinida “Aleksandriya Esxata” qal’asini barpo ettirgan? A) Jizzax yaqinida B) O’ratepa yaqinida C) Xo’jand yaqinida D) Sirdaryo yaqinida 22 / 30 Yuz bergan vaqti orasida 400 yil mavjud bo’lgan voqealarni aniqlang. A) Makedon qo’shinlarining Oks daryosidan kechib o’tishi; Rim imperiyasiga asos solinishi B) Zama jangida Karfagen armiyasining mag’lubiyatga uchrashi; Trayanning Rim imperiyasi taxtiga o’tirishi C) Yunon-fors urushlarining tugashi; Yuliy Sezarning Rim hokimiyatini egallashi D) Kir II ning halok bo’lishi; Makedoniyalik Aleksandr tomonidan Ahamoniylar davlatining bosib olinishi 23 / 30 Xronologik xatoni toping. A) Mil. avv. V-IV asrlarda O’rta Osiyo hududida dastlabki tanga pullar tarqalgan. B) Mil. avv. V asrda Afinada davlat ishlarida ishlaydigan fuqarolarga muayyan haq to’lana boshlandi. C) Mil. avv. II-I asrlarda Farg’ona yuksak taraqqiy etgan davlatga aylangan. D) Oybo’yirqal’a yodgorligi mil. avv. IV-III asrlar bilan belgilanadi. 24 / 30 Xato javobni aniqlang. A) Mil. avv. III mingyillik o’rtalaridan boshlab bronzadan mehnat qurollari yasala boshlandi. B) Eronning janubi-g’arbiy qismida Elam davlati vujudga kelgan. C) Attika viloyati O’rta Yunonistonning janubi-sharqiy qismida joylashgan. D) etrusklar Apennin yarimorolining janubi-g’arbiy qismida yashashgan. 25 / 30 Qadimda burgut qaysi o’lkalarda hukmronlik ramzi hisoblangan? A) Eftallar va Rimda B) Rim va Xorazmda C) Xorazm va Makedoniyada D) Rim va Xitoyda 26 / 30 Xato fikrni aniqlang. A) mil. avv. II asrning oxirida Qang’ qudratli davlat birlashmasiga aylangan. B) Qadimgi Xorazmda hunarmandchilik, binokorlik, qurolsozlik yuksak darajada rivojlangan. C) Farg’ona mil.avv. II-I asrlarda yuksak taraqqiy etgan davlat bo’lgan. D) Kushon davlati iqtisodiyotining asosini sug’orma dehqonchilik, savdo-sotiq va hunarmandchilik tashkil etgan. 27 / 30 Mil. avv. VI asrning o’rtalarida … A) Rim sarkardalari butun Italiyani zabt etishga erishdilar. B) Ossuriya davlati tarix sahnasidan ketdi. C) Afinada avvalgi boshqaruv tizimi – aristokratiya yangi boshqaruv shakli – demokratiyaga almashtirildi. D) Kir II barcha forslarni o’z hokimiyati ostida birlashtirdi. 28 / 30 Ilk o’rta asrlarga oid quyidagi tarixiy yodgorliklardan qaysi biri Zarafshon vohasida joylashmagan? A) Afrosiyob B) Panjikent C) Varaxsha D) Bolaliktepa 29 / 30 Uning davlat boshqaruvidagi islohotlari Xalq Majlisi faoliyati tiklanishi va nasl-nasabidan qat’i nazar afinaliklar uchun davlat mansablarini egallash imkoniyatini ko’zda tutar edi. So’z kim haqida borayotganligimni aniqlang. A) Oktavian B) Solon C) Drakont D) Perikl 30 / 30 Turk xoqonligining hujumidan foydalangan sosoniylar qaysi hududlarni eftaliylardan tortib oladi? A) Naxshab va Badaxshonni B) Toxariston va Badaxshonni C) Toxariston va Chag’oniyonni D) Chag’oniyon va Ustrushonani 0% Testni qayta ishga tushiring Tomonidan Wordpress Quiz plugin Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz