Ona tili va adabiyot fanidan majburiy blok testlari №17 Fevral 14, 2024 da chop etilgan InfoMaster tomonidan Ona tili va adabiyot fanidan majburiy blok testlari №17 ga fikr bildirilmagan. Savol haqida xabar bering Bu savolda nima xato? Siz bo'sh hisobot yubora olmaysiz. Iltimos, ba'zi tafsilotlarni qo'shing. 0% 165 12345678910 OMAD YOR BO'LSIN! Ona tili va adabiyot fanidan majburiy blok testlari №17 Abituriyent uchun ona tili va adabiyot fanidan majburiy blok testlari. 1 / 10 1. Qaysi javobdagi birikmada ko‘chma ma’noda qo‘llangan narsa bildiruvchi so‘z qatnashgan? A) aybini yuvmoq B) choynakni tozalamoq C) iliq munosabat D) uzukning ko‘zi 2 / 10 2. Qaysi gapda qaratqich kelishigini tushirib qo‘llash uslubiy jihatdan xato sanaladi? A) Kitobning varag‘ini yirtmang, uni avaylab ishlating. B) Ikkalasining ham yuzida ajablanish aks etganini ko‘rdim. C) Bu loyiha mutaxassislarning fikriga asoslangan holda ishlab chiqildi. D) Bu Navoiyning g‘azaliga nazira tarzida yozilgan she’r edi. 3 / 10 3. Quyidagi qaysi juftliklardan qo‘shma so‘z hosil qilinganda qo‘shib yoziladi? A) hurmat//talab, bug‘doy//rang B) Boltiq//bo‘yi, ta’sir//et C) dev//qomat, har//xil D) hech//vaqt, Qum//qo‘rg‘on 4 / 10 4. Qaysi gapda bir so‘zi “o‘xshash”, “umumiy” ma’nolarini anglatgan? A) Unutma, bolam, kemaga tushganning taqdiri birdir. B) Uning xirgoyisi bir chiroyli, bir yoqimli, eshitganingiz sayin rohatlanasiz. C) Xonaga baland bo‘yli, keng yag‘rinli bir yigit kirib keldi. D) Bahor havosi g‘alati: bir yomg‘ir yog‘adi, bir quyosh charaqlaydi. 5 / 10 5. To‘g‘ri yozilgan so‘zlar qatorini toping. A) taxsimot, mayus B) ostona, rahmdil C) xalol, bepayon D) hatar, marifat 6 / 10 6. Qaysi javobda so‘z va ibora ma’nodoshligi berilgan? A) ko‘zi ilinmoq − pinakka ketmoq B) hafsalasi pir bo‘lmoq − tarvuzi qo‘ltig‘idan tushmoq C) uxlab qolmoq − mizg‘imoq D) gapirmaslik − og‘ziga olmaslik 7 / 10 7. Berilgan qaysi javobda sifatning bir ma’no turi qo‘llangan? A) Yashil barglari tukli, tuxumsimon yoki keng ellipssimon, shoxlarda ketma-ket joylashgan. B) Elchi o‘rnidan turib, ko‘zlari katta-katta, bo‘yi novcha Siparganizga ta’zim qildi. C) Sadafbibi qoramag‘izdan kelgan, yuzlari yumaloq, qosh-ko‘zlari qop-qora qiz edi. D) Yomg‘irda cho‘milgan ulkan bog‘, qizil qum sepilgan xiyobonlar, gulzorlar yanada go‘zal ko‘rinardi. 8 / 10 8. Qaysi gapda ajratib ko‘rsatilgan so‘z aniqlovchi vazifasini bajargan? A) B B) C C) D D) A 9 / 10 9. Qaysi gapda tinish belgisini qo‘llash bilan bog‘liq xatolik mavjud? A) Takrorlash − bilimning onasi. B) O‘g‘lim, Nosirjon sizga muhim topshiriq bor. C) Suv keldi − nur keldi. D) Haqiqat shunday jonki, pardoz uning husnini buzadi. 10 / 10 10. Qaysi gapda qo‘shimcha qo‘shilishi bilan bog‘liq imloviy xatolik mavjud? A) Biz ertaga tog‘ga chiqishga qaror qildik. B) Har kim o‘z ekkanini o‘radi. C) Hukmdor shu zahotiyoq bu qo‘zg‘olonni kuch bilan bostirdi. D) Men sirtqi bo‘limda o‘qishka qaror qildim. 0% Testni qayta ishga tushiring Author: InfoMaster Ona tili va adabiyot majburiy blok