Fizika attestatsiya №15 Fevral 5, 2024 da chop etilgan InfoMaster tomonidan Fizika attestatsiya №15 ga fikr bildirilmagan. Savol haqida xabar bering Bu savolda nima xato? Siz bo'sh hisobot yubora olmaysiz. Iltimos, ba'zi tafsilotlarni qo'shing. 0% 242 1234567891011121314151617181920212223242526272829303132333435363738394041424344454647484950 Fizika attestatsiya №15 Attsetatsiya 2024 Fizika fani ustozlari uchun 1 / 50 1. Bir-biri bilan vaznsiz cho’zilmas ip vositasida bog’langan ikkita 3 va 5 kg massali jismlarni silliq gorizontal sirt bo’ylab 5 kg massali jismga qo’yilgan 4 N gorizontal kuch tortib bormoqda. Jismlarni bog’lovchi ipning taranglik kuchi qanday (N)? A) 2 B) 1 C) 2,5 D) 1,5 2 / 50 2. Agar prujinani 10 mm ga cho’zish uchun 1J ish bajarilgan bo’lsa, uni muvozanat holatidan 30 mm ga cho’zish uchun qancha ish bajarish kerak bo’ladi (J)? A) 3 B) 16 C) 18 D) 9 3 / 50 3. F1 kuch ta’sirida jism 4 m/s² tezlanish bilan harakatlanadi. Teskari yo’nalishdagi F2 kuch ta’sir qilsa jism tezlanishi 3 m/s² ga teng. Agar ikkala kuchlar bir vaqtda ta’sir etsa, jismning tezlanishi qanday bo’ladi (m/s²)? A) 0 B) 5 C) 8 D) 1 4 / 50 4. Ikkita matematik mayatnik bir xil davr bilan tebranmoqda. Ikkinchi mayatnikning tebranishi birinchisiga nisbatan 1/6 davr kech boshlandi. Tebranishlarning fazalari farqini toping. A) π B) π/6 C) π/3 D) π/2 5 / 50 5. Tik yuqoriga 4 m/s boshlang’ich tezlik bilan otilgan jismning tezligi qancha vaqtdan so’ng boshlang’ich tezligidan modul jihatidan 2 marta kichik bo’ladi.(s) A) 0,3 va 0,5 B) 0,2 va 0,6 C) 0,1 va 0,4 D) 0,5 va 0,8 6 / 50 6. Erkin siljiy oladigan porshenli slindrda havo joylashgan.Agar atmosfera bosimi 105 Pa, porshenning massasi 6 kg va yuzi 2 10-3 m² ga teng bo’lsa , porshen ustiga qanday massali (kg ) yuk qo’yganimizda undagi havo hajmi izotermik ravishda 2 marta kamayadi? A) 16 B) 26 C) 20 D) 36 7 / 50 7. Ko’ndalang kesim yuzasi 20 mm² bo’lgan trubadan suv 4 m/s tezlik bilan otilib chiqmoqda. 10 min da qanday massali (kg) suv oqib chiqadi. A) 34 B) 24 C) 54 D) 48 8 / 50 8. Rasmda ko’rsatilgan mashinaning massasi 1 t , tezligi 108 km/h bo’lsa uning C nuqtadagi og’irligini toping ( kN ). (R=25 m, α= 60° ) A) 46 B) 41 C) 28 D) 44,6 9 / 50 9. Arqonga 80 N kuch bilan tasir qilib, qo’zg’aluvchan blok yordamida 13 kg yukni qurilayotgan binoning yettinchi qavatiga ko’tarildi. Qurilmaning FIK ni hisoblang? A) 75,4 % B) 60,4 % C) 81,25 % D) 45,55 % 10 / 50 10. Ikkita moddiy nuqtaning harakat tenglamasi x1 = 2t - 6 va x2 = 24 - 3t ko’rinishga ega. Ular qancha vaqtdan keyin uchrashadi? A) 4 s B) 12 s C) 2,25 s D) 6 s 11 / 50 11. Massasi 5 kg bo’lgan jism quyidagi kuchlar tasirida olgan tezlanishini aniqlang? m/s² A) 5 B) 2 C) 4 D) 3 12 / 50 12. Jismning harakat tenglamasi x = 20 + 32t - 2t² ko‘rinishga ega. U t=0 paytdan boshlab to‘xtaguncha qanday (m) yo‘l o‘tadi? A) 256 B) 640 C) 276 D) 128 13 / 50 13. Zichligi 8000 kg/m³ bo’lgan 40 kg massali metall bo’lagini suvning ichida ko’tarish uchun qancha kuch kerak bo’ladi(N)? ( ρs =1000 kg / m³ ) A) 296 B) 395 C) 350 D) 275 14 / 50 14. Aerostatda o‘lchangan atmosfera bosimi yer sirtida o‘lchangandagi qiymatidan 8 mm ga farq qilgan bo‘lsa, aerostatning qanday balandlikda ekanligini toping. A) 120m B) 144m C) 96m D) 84m 15 / 50 15. Tosh gorizontal yo’nalishda otilgandan 0,5 s o’tgach, uning tezligi boshlang’ich tezligidan 1,6 marta katta bo’lgan.Toshning boshlang’ich tezligini toping(m/s). A) 6 B) 4 C) 5 D) 3 16 / 50 16. Rasmda ko’rsatilgan bir jinsli sterjenni tutib turgan kuchlarning nisbatini aniqlang? A) 2/3 B) 3/4 C) 4/3 D) 3/2 17 / 50 17. Buyum qavariq linzadan 4 m uzoqlikda turubdi. Linzning fokus masofasi 50 sm bo’lsa linzaning chiziqli kattalashtirishi qanday bo’ladi? A) 4 B) 1/7 C) 0,25 D) 7 18 / 50 18. Sxemaning AC, nuqtalari orasidagi umumiy qarshiliklarni toping? (Har bir nuqtalar orasidagi qarshilik R ga teng) A) 7R/3 B) 5R/6 C) 6R/5 D) 4R/7 19 / 50 19. Dastagi 60 sm bo’lgan chig’iriqda 15 kg massali yuk 20 N kuch tasirida ko’tarilmoqda. Dastagning 20 marta aylanishida yuk qanday m balandlikka ko’tariladi? A) 10 B) 9,6 C) 6,8 D) 12 20 / 50 20. Berk idishda 500 kPa bosim ostida gaz bor. Agar jo’mrak ochilgandan keyin gazning 4/5 qism massasi chiqib ketsa, idishda qolgan gazning bosimi qanday bo’lib qoladi (kPa)? A) 92 B) 78 C) 86 D) 100 21 / 50 21. 2 kg massali jismni qiyaligi 53º bo’lgan tekislik bo’ylab yuqoriga 2 m/s² tezlanish bilan harakatlantirish uchun uni qanday kuch bilan tortish kerak (N)? ( µ = 0, 4; sin53º = 0,8; cos53º = 0,6; ) A) 28,8 B) 4 C) 24,8 D) 20,8 22 / 50 22. Yer sirtidan otilgan jismning nergiyasi E ga teng. Uning L nuqtadagi kinetik energiyasining dastlabki energiyasiga nisbatini toping. A) 3/4 B) 1/3 C) 3/2 D) 1/2 23 / 50 23. Massasi 200 kg, uzunligi 4 m bo‘lgan va yerda yotgan bir jinsli xodani bir uchidan ко`tarib, tik turg’izib qo‘yildi. Bunda qanday ish bajarilgan? A) 4kJ B) 6kJ C) 2kJ D) 8k J 24 / 50 24. 45° qiyalikka ega bulgan tepalikdan gorizontal yunalishda tosh 20 m/s tezlik bilan otildi. Tosh tepalikning chuqqisidan vertikal bo`yicha qanday masofaga tushadi? A) 86 B) 80 C) 74 D) 95 25 / 50 25. Yassi ko’zgular o’zaro to’g’ri burchak ostida joylashgan bo’lsa α ni toping. A) 60° B) 45° C) 75° D) 30° 26 / 50 26. Jism 0,5 m amplatudali garmonik tebranishlar bajarmoqda. Uning chetki vaziyatidan boshlab hisoblaganda yarim davr ichidagi ko‘chishi qanday? A) 0,5 m B) 0 C) 0,25 m D) 1 m 27 / 50 27. Jism 0,5 m amplatudali garmonik tebranishlar hosil qilmoqda. Uning chetki vaziyatidan boshlab hisoblaganda yarim davr ichidagi ko‘chishi qanday? A) 0 B) 1 m C) 0,5 m D) 0,25 m 28 / 50 28. 0,5 kg massali miltiqdan 5 g massali o’q 600 m/s tezlik bilan otilib chiqdi. Miltiqni orqaga tepish tezligi toping (m/s). A) 0,3 B) 6 C) 0,06 D) 0,6 29 / 50 29. Agar yer sirtidagi birinchi kosmik tezlik 8 km/s bo’lsa, yer sirtidan 19200 km balandlikda birinchi kosmik tezlik qanday bo’ladi (km/s)? (R=6400 km) A) 4 B) 2 C) 8 D) 4.62 30 / 50 30. Gorizontal aylanayotgan sharning ichidagi kubik ishqalanish bo’lmaganda qanday balandlikka ko’tarila oladi? D=10 m , ∂ =1/π (diametr, chastota) A) 2,5 B) 2,2 C) 2,4 D) 2 m 31 / 50 31. 1 Parsek necha km ga teng? A) 5,9348•10¹² B) 2,4568•10¹⁴ C) 1,86•10¹³ D) 3,086•10¹³ 32 / 50 32. Qavariq ko’zguda qanday tasvir hosil bo’ladi? A) Mavhum, to’g’ri, kichiklashgan B) Haqiqiy, teskari, kichiklashgan C) Mavhum, teskari, kichiklashgan D) Haqiqiy, teskari, kattalashgan 33 / 50 33. Massasi 50 g bo'lgan jezni 30°Cdan 130°Cgacha qizdirish uchun sarflangan issiqlik bilan, massasi 30 g bo'lgan oltinni 30°Cdan necha °Cgacha qizdirish mumkin? Jezni solishtirma issiqlik sig'imi 120J/kg·K, oltinniki esa 400 J/kg·K A) 80 B) 230 C) 50 D) 55 34 / 50 34. Hayot massasi 40 kg bo'lgan shkafni 150N kuch bilan itardi, lekin shkaf joyidan qo'zg'almadi. Shkaf tomonidan Hayotga qancha kuch ta'sir qilgan (N)? A) 250 B) 150 C) 400 D) 0 35 / 50 35. Yorug'lik tezligini birinchi bo'lib aniqlagan olim O.Ryomer qanday usuldan foydalangan? A) Astronomik usul B) Maykilson usuli C) Radiolokatsiya D) Fizo usuli 36 / 50 36. Axborotli texnologiyalari bu...? A) Pedagogik texnologiyaning tarkibiy qismi B) Nazorat turlari (joriy, oraliq, yakuniy) C) O’zaro ta’sirlar D) Pedagogikada monitoring 37 / 50 37. Talim tarbiya berishning suhbat metodiga asos solgan faylasuf. A) Demosfen B) Platon C) Suqrot D) Sitseron 38 / 50 38. Noverbal nutq turlari to’g’ri keltirilgan qatorni toping? A) Mimika, pantomimika nutq, signifikatsiya, daktilogik nutq, morze alifbosi B) Og’zaki va yozma nutq. C) So’z mimika aks sado axborot. D) Mimika, fantomimika, og’zaki nutq. 39 / 50 39. Texnologiya» so’zining lug’aviy ma’nosi? A) «Texne» - mehnat, san’at, «logos» - tushuncha bilim B) «Texne» - san’at, «logos» – tushuncha o’qitish C) «Texne» - qobiliyat, san’at, «logos» - tushuncha ta’lim D) «Texne» - mahorat, san’at, «logos» - tushuncha ta’limot 40 / 50 40. O`qituvchining tashkilotchilik qobilyati- A) Guruhiy faoliyatni shakllantirish qobilyati. B) Bolalarga yaqinlasha olish qobilyati. C) Hamkorlikdagi faoliyatni tashkil etish qobilyati. D) O`quvchilar jamoasini uyushtirsh, jipslashtirish, muhum vaifalarni hal etishga ruhlantirish qobilyati. 41 / 50 41. Pedagogik muloqot uslublari to’g’ri keltirilgan qatorni toping A) Avtoritar ,demokratik. B) Avtoritar, liberal, demokratik. C) Liberal, demokratik, trening. D) Demokratik, intelektual. 42 / 50 42. O`qituvchi nutq qobilyati – A) Nutq yordamida o`z fikr va tuyg`ularini aniq ifodalash qobilyati. B) To`g`ri muloqot maromlarini egallash qobiliyati C) Verbal qobiliyati D) Paralingvistik ta’sir o`tkazish qobilyati 43 / 50 43. Obro’ orttira olish qobiliyati ko’rsatilgan qatorni toping? A) O’quvchilarga bevosita emotsional irodaviy ta’sir ko’rsatish va obro’ orttira olishidir. B) O’z harakatlarining oqibatlarini oldindan ko’rish. C) To’g’ri muomala qila bilish qobiliyati. D) O’quvchilar jamoasini uyushtirish muhim vazifalarni hal etishga ruhlantirish. 44 / 50 44. Mahorat bu – A) S. O`qituvchilar uchun standart ish usuli. B) Tug`ma talant yoki nasldan naslga o`tuvchi xususiyat. C) Pedagogik mehnat samarasi. D) Yuqori darajadagi va doimo yuksalib boruvchi tarbiya va o`qitish san’atidan iborat. 45 / 50 45. Interaktiv metodning lug‘aviy ma'nosi? A) «Inter» - hamkor, «act» - harakat. B) «Inter» - hamkor, «act» - texnologiya. C) Inter- nofaol, faol-harakat D) «Inter» - metod, «act» - harakat. 46 / 50 46. Muloqot texnologiyasi necha bosqichda olib boriladi. A) 6 B) 7 C) 5 D) 8 47 / 50 47. Hamkorlikdagi o’qishni tashkil etish usullariga qaysi biri kirmaydi? A) «Aqliy hujum» B) «Birgalikda o’qiymiz» C) «O’ylang-juftlikda ishlang-fikr almashing» D) «Arra» 48 / 50 48. O`qituvchining kuzatuvchanlik qobilyati- A) O`quvchining ichki dunyosiga kira bilish, o`quvchi shaxsini va uning ruhiy holatini tushuna bilish bilan bog`liq bo`lgan psixologik kuzatuvchanlik qobilyati. B) Bolalarga yaqinlasha olish qobilyati. C) Hamkorlikdagi faoliyatni tashkil etish qobilyati D) Guruhiy faoliyatni shakllantirish qobilyati. 49 / 50 49. Muloqot bu – A) Odamning birgalikdagi faoliyatlari extiyojlaridan kelib chiqadigan turli faolliklari mobaynida bir-birlari bilan o’zaro munosabatga kirishish jarayoni B) Shaxslararo munasobatlar tizimi. C) Hamkorlikdagi faoliyat samarasini belgilovchi munosabat jarayoni D) Muloqot o’zaro axbort ayri boshlash jarayoni 50 / 50 50. Metodika bilan pedagogik tehnologiya tushunchalarini izohi qaysi javobda ko`rsatilgan? A) Metodika - bu o`quv jarayonini tashkil etish va o`tkazish bo`yicha tavsiyalar majmuasi; pedagogik tehnologiya – pedagogik muvaffaqiyatni kafolatlay oladigan o`quvchi shahsini shakllantirish jarayonining loyihalash tashkiliy-pedagogik hatti-harakatlar majmuasi; B) Metodika – bu hususiy pedagogika, tehnologiya esa usullar majmuidir. C) Pedagogik tehnologiya metodikaning tarkibiy qismiga kiradi D) Metodika – metod va usullar majmui, tehnologiya esa ta’lim tamoyillari va qonuniyatlaridir. 0% Testni qayta ishga tushiring Fikr-mulohaza yuboring Author: InfoMaster Fizika attestatsiya