Fizika attestatsiya №8 Mart 16, 2022Mart 16, 2022 da chop etilgan InfoMaster tomonidan Fizika attestatsiya №8 ga fikr bildirilmagan. 0% 6 12345678910111213141516171819202122232425262728293031323334353637383940 OMAD YOR BO'LSIN! Fizika fanidan attestatsiya savollari №8 DIQQAT! Endi siz o'z bilmingizni sinab ko'rish bilan birga sertifikatga ham ega bo'lishingiz mumkin. Sertifikat olish uchun barcha ma'lumotlarni to'g'ri kriting! e-mail manzilini to'g'ri kriting, barcha ma'lumotlar sizga yuboriladi. Testda 76% va undan yuqori natija oling va sertifikatni yuklab oling. 1 / 40 Yuguruvchi dastlabki 7 s ichida 4m/s tezlik bilan tekis so’ngra 4m/s² tezlanish bilan tekis tezlanuvchan harakat qildi. Harakatning dastlabki 10s davomidagi o’rtacha tezligini toping (m/s). A) 4 B) 4.6 C) 5.8 D) 6.2 2 / 40 Silliq qiya tekislikda jism sirpanib tushmoqda. Qiyalik burchagi 60 0 bo’lsa jism qanday tezlanish bilan harakatlanadi (m/s²)? Ishqalanish hisobga olinmasin. g=10m/s² . A) 5√3/2 B) 5 C) 5√3 D) 10/√5 3 / 40 Jism qachon to`g`ri chiziqli tekis tezlanuvchan harakat qilgan hisoblanadi A) tezlik vektorining yo`nalishi bir tekisda o`zgargani holda uning moduli bir tekisda ortib borsa B) tezlik vektorining yo`nalishi o`zgarmagan holda uning moduli bir tekisda kamayib borsa C) tezlik vektorining yo`nalishi bir tekisda o`zgargani holda uning moduli o`zgarmasa D) tezlik vektorining yo`nalishi o`zgarmagan holda uning moduli bir tekisda ortib borsa 4 / 40 O’ta gigant Antares yulduzining massasi Quyosh massasidan 50 marta diametri esa 5 marta katta bo’lsa, Antares yulduzi sirtidan uning radiusi balandlikdagi erkin tushush tezlanishini (m/s²) toping? Quyosh sirtidagi erkin tushshush tezlanishi 50 m/s² ga teng deb hisoblang. A) 100 B) 200 C) 25 D) 50 5 / 40 Havoning qarshiligi bo’lmagan joyda boshlang’ich tezliksiz erkin tushayotgan jism harakatning oxirgi uch sekundida 180m masofani bosib o’tdi. Jism tushgan balandlikni aniqlang (m). g=10 m/s² A) 281,25 B) 605 C) 226,4 D) 1711,25 6 / 40 dishda suv va suv bug’I bor. Harorat pasayganda suv bug’I molekulalarining konsentratsiyasi qanday o’zgaradi? A) Ortadi B) Haroratga bog’liq C) O’zgarmaydi D) ) Kamayadi 7 / 40 Bosimi 60 kPa va hajmi 1 m³ bo’lgan gaz izotermik ravishda 4 m³ gacha kengaydi. Gazning keyigi bosimini (kPa) da toping? A) 20 B) 15 C) 30 D) 45 8 / 40 Yuzalari 30 sm² va 330 sm² bo’lgan gidravlik press kuchdan necha marta yutuq beradi ? Ishqalanish yo’q. A) 12 B) 7 C) 11 D) 9 9 / 40 20 m/s tezlik bilan ketayotgan avtomobil tormozlanish natijasida 5 s da to‘xtadi. Avtomobilning tormozlanish yo‘lini aniqlang (m). A) 150 B) 20 C) 100 D) 50 10 / 40 Aerostatdagi barometr 610 mm.sim.ust. ga teng bo’lgan bosimni ko‘rsatdi. U qanday balandlikda bo’lgan? A) 1,2 km B) 1,5 km C) 2,1 km D) 1,8 km 11 / 40 Muhitda to‘lqin uzunligi 8π m bo‘lgan ko‘ndalang to‘lqin hosil qilinmoqda. Agar muhit zarralarining maksimal tezligi 20 cm/s, tebranish amplitudasi 8 cm bo‘lsa, to‘lqinning tarqalish tezligini (m/s) toping. A) 10 B) 20 C) 5 D) 8 12 / 40 Radioaktiv preparatning aktivligi 105 Bq, yarim yemirilish davri 3 oy. Bir yildan so‘ng preparatning aktivligi (Bq) qanday bo‘ladi? A) 4750 B) 8500 C) 3500 D) 6250 13 / 40 Nuqta fokus masofasi −20 cm bo‘lgan sochuvchi linzaning bosh optik o‘qidan 9/4 cm balandlikda turibdi. Nuqta va linza orasidagi masofa 25 cm. Uning tasviri bu o‘qdan qanday balandlikda (cm) hosil bo‘lgan? A) 9/4 B) 1 C) 81/16 D) 2 14 / 40 Tezligi 0,1c bo‘lgan zarraning impulsi p ga teng. Tezligi 2 marta ortsa, impulsi qanday bo‘ladi? c - yorug‘lik tezligi. A) 1 B) 3 C) 2 D) 4 15 / 40 Zarraning tezligi 0,2c va foton unga yetib olmoqda. Ularning nisbiy tezligi qanday? c - yorug‘lik tezligi. A) 0,2c B) 0,92c C) c D) 0,8c 16 / 40 Agar R₁ = R, R₂ = R, R₃ = 2R bo‘lsa, mos ravishda rezistorlardan o‘tayotgan tok kuchlarining nisbati I₁ : I₂ : I₃ ni aniqlang. A) 1:2:3 B) 3:2:1 C) 3:1:2 D) 1:3:2 17 / 40 Jadvalda moddalar va ularning nur sindirish ko‘rsatkichlari berilgan. Agar bu moddalarda yorug‘likning tarqalish tezligi o‘lchansa, qaysi moddada yorug‘lik eng kichik tezlik bilan tarqaladi? A) olmos B) suv C) shisha D) yoqut 18 / 40 Bir jinsli M=3 kg massali sterjen prujinalar bilan rasmda ko‘rsatilganidek muvozanatga keltirilgan. Agar prujinalarning bikrligi k2=2k1=1 kN/m bo‘lsa, ularning mos holdagi cho‘zilishlarining yig‘indisi Δx1 + Δx2 ni (cm) toping. g=10 m/s² A) 8 B) 6 C) 4 D) 2 19 / 40 Ichki qarshiligi 2 Ω bo‘lgan manbaning FIK 20 % ga teng bo‘lsa, u qanday qarshilikli (Ω) iste’molchiga ulangan? A) 0,33 B) 8 C) 0,5 D) 12 20 / 40 Q nuqtaviy zaryaddan birinchi nuqta r, ikkinchi nuqta 2r masofada joylashgan. Bu ikki nuqtadagi elektr maydon kuchlanganliklarining nisbati qanday? A) 12 B) 8 C) 32 D) 4 21 / 40 Teng yarmi yerga ko‘milgan diametri 1 m bo‘lgan 5 kg massali shar berilgan. Uni yer sirtidan balandligi 3 m bo‘lgan stol ustiga chiqarish uchun og‘irlik kuchiga qarshi qancha ish (J) bajarish kerak? g=10 m/s² A) 105 B) 165 C) 145 D) 175 22 / 40 Magnit maydon induksiyasi x o‘qi bo‘ylab yo‘nalgan bo‘lsa, Lorens kuchi y o‘qi bo‘ylab yo‘nalishi uchun bu maydondagi protonning tezligi qanday yo‘nalgan bo‘lishi kerak? A) x o‘qi bo‘ylab B) z o‘qi bo‘ylab C) z o‘qiga qarshi D) y o‘qiga qarshi 23 / 40 Quyida jism koordinatasining vaqtga bog‘lanish grafigi berilgan. Qaysi sohalarda jism x o‘qi bo‘ylab harakat qilgan? A) 1, 3, 4 B) 3, 4 C) 1, 6, 7 D) 2, 5, 8 24 / 40 O‘zgaruvchan tok zanjirida kuchlanish u = 12√2 sin(2t + 0, 1) [V] qonun bo‘yicha o‘zgaradi. Unga ulangan qarshiligi 6 Ω bo‘lgan rezistordagi o‘rtacha quvvatni (W) aniqlang. A) 18 B) 36 C) 24 D) 48 25 / 40 0,3 m/s tezlik bilan harakatlanayotgan 20 t massali vagon 0,2 m/s tezlik bilan harakatlanayotgan 30 t massali vagonni quvib yetadi. Agar to‘qnashuv noelastik bo‘lsa, sistema to‘qnashuvda qancha (%) mexanik energiyasini yo‘qotadi? A) 18 B) 8 C) 4 D) 12 26 / 40 4 valentli kremniyga birinchi holatda 3 valentli indiy, ikkinchi holatda 5 valentli mishyak qo‘shildi. Bu ikki holatda aralashma qanday o‘tkazuvchanlikka ega bo‘ladi? A) birinchi holatda - kovakli, ikkinchi holatda -elektronli B) birinchi holatda - elektronli, ikkinchi holatda- kovakli C) har ikkala holatda - kovakli D) har ikkala holatda - elektronli 27 / 40 Ideal gaz (bir atomli) ustida grafikda ko‘rsatilganidek yopiq sikl bajarildi. Gaz 1-2 jarayonda 1,2 kJ issiqlik miqdori berib qizdirildi, 2-3 jarayonda 1 kJ issiqlik miqdori lib sovitildi, oxirida adiabatik siqildi. Adiabatik jarayonda tashqi kuchlarning gaz ustida bajargan ishini (kJ) hisoblang. A) 0,2 B) 0,28 C) 0,56 D) 0,52 28 / 40 Kislorod atomini ionlashtirish energiyasi 14 eV. Ionlashtirishni vujudga keltiruvchi nurlanishning minimal chastotasi (Hz) topilsin. h = 6, 63 · 10−34 J · s A) 4·10¹⁵ B) 2,3·10¹⁵ C) 3·10¹⁵ D) 3,4·10¹⁵ 29 / 40 Fotonning energiyasi hν yorug‘lik tezligiga yaqin tezlik bilan harakatlanayotgan elektronning kinetik energiyasiga teng. Elektronning impulsini fotonning impulsiga nisbati qanday? Elektronning tinchlikdagi massasi m. c - yorug‘lik tezligi. A) 3 B) 4 C) 2 D) 1 30 / 40 Radiusi 1 cm bo‘lgan temir sharni radiusi 3 cm ga yetguncha oltin (ρoltin = 19300 kg/m³) bilan qoplandi. Bu jarayonga qancha (kg) oltin sarflanganini aniqlang. π = 3 A) 1,54 B) 0,62 C) 1 D) 2 31 / 40 m1=4 kg va m2=1 kg massali jismlar rasmda ko‘rsatilganidek muvozanatga keltirilgan. m₁ massali jismning qancha hajmi (dm³) suv ostida ekanligi aniqlansin. ρsuv=1000 kg/m³ A) 4 B) 2 C) 3 D) 1 32 / 40 Moddiy nuqta x = A sin(πt/8) qonun bo‘yicha tebranmoqda. Vaqt o‘lchovi t=0 dan boshlansa qanday t vaqtda (s) moddiy nuqta bosgan yo‘l 1,5A ga yetadi? A) 28/3 B) 23/3 C) 20/3 D) 19/3 33 / 40 m massali ideal gaz ustida grafikda ko‘rsatilganidek ikki xil izobarik jarayon bajarildi. Agar p2/p1=2,25 bo‘lsa, grafikning A va B nuqtalariga mos keluvchi xolatlarda gaz molekulalari o‘rtacha kvadratik tezliklarining nisbati v1/v2 ni aniqlang. A) 9/4 B) 2/3 C) 3/2 D) 4/9 34 / 40 Liftdagi jismning og‘irligi 9 N, unga ta‘sir etuvchi natijaviy kuch 6 N (pastga yo‘nalgan). Jismning og‘irlik kuchi (N) qanday? A) 17 B) 15 C) 3 D) 13 35 / 40 Geliy gaziga izoxorik tarzda 90 J issiqlik miqdori berildi, so‘ngra gaz izobarik sovitilganida 150 J issiqlik miqdori ajralib chiqdi. Gazning ichki energiyasi necha J o‘zgardi? A) 0 B) 45 C) 30 D) 15 36 / 40 Quyida jismning Ox o‘qidagi harakatining tezlik grafigi berilgan. Jismning dastlabki 8 sekund davomidagi yo‘li S ni (m) va ko‘chishi L ni (m) aniqlang. A) S=15, L=35 B) S=25, L=10 C) S=35, L=15 D) S=30, L=20 37 / 40 Jism 15 m/s tezlik bilan tik yuqoriga otildi va ma’lum vaqtdan keyin yerga qaytib tushdi. Oy o‘qining musbat yo‘nalishi sifatida jismning yuqoriga otilish yo‘nalishini qabul qilib, jismning tezlik grafigini ko‘rsating. g=10 m/s² A) 3 B) 4 C) 2 D) 1 38 / 40 C sig‘imli kondensatorning musbat va manfiy zaryadli qoplamalari akkumulyatorning musbat va manfiy qutblariga mos holda ulanmoqda. Agar akkumulyatorning EYuK U, kondensatordagi kuchlanish 2U bo‘lsa, bu jarayonda akkumulyator elektr energiyasi qanchaga o‘zgaradi? A) 1,5CU² B) CU² C) −1,5CU² D) −CU² 39 / 40 Uzunligi 300 m, ko‘ndalang kesim yuzasi 1 cm² bo‘lgan misdan yasalgan sterjenning bikrligini (kN/m) aniqlang. Misning elastiklik moduli 120 GPa ga teng. A) 20 B) 40 C) 80 D) 60 40 / 40 2 kg massali jismga gorizontal yo‘nalishda 5,2 N tashqi kuch qo‘yildi. Agar jism va sirt orasidagi ishqalanish koeffitsiyenti μ=0,04 bo‘lsa, jismning tezlanishini (m/s²) aniqlang. g=10 m/s² A) 2,2 B) 3 C) 0,4 D) 2,6 0% Testni qayta ishga tushiring Baholash mezoni - 75 foiz va undan yuqori ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tdi, oliy malaka toifasi (bosh o’qituvchi lavozimi) saqlansin”; - 75 foizdan past ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tmadi, birinchi malaka toifasi (yetakchi o’qituvchi lavozimi)ga tushirilsin”; - 75 foiz va undan yuqori ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tdi, oliy malaka toifasi (bosh o’qituvchi lavozimi) berilsin”; - 74 foizdan 65 foizgacha ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tdi, birinchi malaka toifasi (yetakchi o’qituvchi lavozimi) saqlansin”; - 65 foizdan kam ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tmadi, ikkinchi malaka toifasi (katta o’qituvchi lavozimi)ga tushirilsin” - 64 foizdan 60 foizgacha ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tdi, ikkinchi malaka toifasi (katta o’qituvchi lavozimi) saqlansin”; - 60 foizdan kam ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tmadi, mutaxassis (oliy yoki o’rta maxsus, kasb-hunar ma'lumotli o’qituvchi) lavozimiga tushirilsin” Fikr-mulohaza yuboring Author: InfoMaster Fizika attestatsiya