Fizika attestatsiya №5 Yanvar 28, 2022Yanvar 28, 2022 da chop etilgan InfoMaster tomonidan Fizika attestatsiya №5 ga fikr bildirilmagan. 0% 14 12345678910111213141516171819202122232425262728293031323334353637383940 OMAD YOR BO'LSIN! Fizika fanidan attestatsiya savollari №5 Test muallifi: Navoiy viloyati Xatirchi tuman 54-maktabning fizika fani o'qituvchsi Toshev Anvar 1 / 40 Hajmlari bir xil bòlgan jismlar zichliklarining massaga boģliqligi qanday bòladi? A) Massasi kichigining zichligi katta bòladi B) Zichlik narsaga boģliq emas C) Massasi kattasining zichligi katta bòladi D) Hajmi bir xil bolsa zichliklar ham bir xil boladi 2 / 40 Potensial energiya deb nimaga aytiladi? A) Jismlarning òzaro ta'sirlari va harakatidan hosil bòladigan energiyaga B) Jismlarning òzaro ta'siri natijasida hosil bòladigan energiyaga C) Jismlar harakatlanganda hosil bòladigan energiyaga D) Jismlar tinch turganda hosil bòladigan energiyaga 3 / 40 “Neksiya” avtomobili 10 sekundda tezligini 108 km/h gacha yetkazdi. Avtomobilning tezlanishi qanday (m/s² ). A) 3 B) 10,8 C) 3,6 D) 15 4 / 40 Jism A(−1; −1,5; −3) nuqtadan B(0; 0; 0) nuqtaga 3 s da bordi. Keyin C(1; 1,5; 3) nuqtaga 4 s da bordi. Jismning butun yo’ldagi o’rtacha tezligini toping (m/s). A) 1,6 B) 0,6 C) 2,3 D) 1 5 / 40 Qachon jismning ko`chishi uning trayektoriyasi bilan mos tushadi A) jism siniq chiziqlar bo`ylab harakatlansa B) jism aylana bo`ylab harakatlansa C) jism to`g`ri chiziq bo`ylab harakatlansa D) har qanday holatda jismning ko`chishi uning harakat trayektoriyasi bilan mos tushadi 6 / 40 Jism 36 m balandlikdan gorizontal otildi. Agar jismning uchish uzoqligi otilish balandligiga teng bo’lsa, jism yerga qanday tezlik bilan uriladi (m/s) ? A) 72 B) 40 C) 36 D) 30 7 / 40 m1=2,5 kg massali yuk S=3,6 m pastga tushgan vaqtda qanday tezlikka erishadi(m/s). m2=2 kg, bloklar vaznsiz, ishqalanishlar yo’q, ip cho’zilmas. A) 5 B) 4 C) 7 D) 6 8 / 40 Harakat tenglamalari X1=10t va X2=50-10t bo‘lgan ikkita jism qancha vaqtdan keyin uchrashadilar? A) 5 s B) ular uchrashmaydilar C) 4s D) 2,5s 9 / 40 Massalari m va 3m bo’lgan jismlar o’zaro 90° burchak hosil qilib harakatlanmoqda. To’qnashuvdan so’ng m massali jism to’xtab qolgan bo’lsa, uning energiyasini qanday qismi issiqlikka aylangan?(yo’qolgan energiya issiqlikka aylangan) A) 1/4 B) 2/3 C) 3/4 D) 4/5 10 / 40 20 kg massali jism ishqalanish koeffitsiyenti 0,2 bo’lgan gorizontal tekislikda tinch turibdi. Unga 22 N kuch ta’sir qila boshladi. Jismga ta’sir qilayotgan ishqalanish kuchini toping. A) 40 N B) 22 N C) 20 N 11 / 40 Ideal issiqlik mashinasi isitgich harorati ortib, sovutgich harorati kamaysa, FIKi qanday o’zgaradi? A) O’zgarmaydi B) Ortadi C) Kamayadi D) Haroratga bog’liq 12 / 40 Egri chiziqli tekis harakatda tezlanish vektori… A) Moduli tekis ortib, yo’nalishi o’zgarmaydi B) Moduli va yo’nalishi o’zgarmaydi C) Moduli tekis kamayib, yo’nalishi o’zgarmaydi D) Moduli o’zgarmas, yo’nalishi uzluksiz o’zgarib turadi 13 / 40 Jismning harakat tenglamasi x= 5+6t+3t² ko’rinishda berilgan. Jismning dastlabki 2s da bosib o’tgan yo’lini toping (m)/ A) 24 B) 29 C) 18 D) 10,5 14 / 40 Yer sirtidan qanday balandlikda erkin tushish tezlanishi yer sirtidagi qiymatiga nisbatan 49 marta kichik bo’ladi? Yerning radiusi R. A) 6R B) 3R C) 2R D) 5R 15 / 40 Mutlaq silliq stolda M=10kg massali taxta, taxtada esa m=4kg massali taxtacha yotibdi. Taxta va taxtacha orasidagi ishqalanish koeffitsiyenti µ=0,2. Taxtachaga F=10N gorizontal kuch qo’yilgan. Taxta qanday a tezlanish (m/s²) bilan harakatlanishini aniqlang. A) 0,4 B) 1,2 C) 0,2 D) 0,8 16 / 40 Miqdori 12 mol bo’lgan argon gazi 12°C dan -88°C gacha sovutilganda, uning ichki energiyasi qanday o’zgaradi? A) 15kj ga ortadi B) 13,6 kj ga ortadi C) 15kj ga kamayadi D) 15,85 kj ga kamayadi 17 / 40 Jismning bir nuqtasiga bir vaqtning o’zida modullari 50N va 30N ga teng bo’lgan ikki kuch ta’sir etmoqda. Bu kuchlarning natijaviysi quyidagilarning qaysi biriga teng bo’lishi mumkin (N)? A) 26 B) 50√3 C) 18 D) 150 18 / 40 Yer sirtidan 4R masofadagi m massali jismni, Yer sirtidan 5R maaofaga olib chiqishda tashqi kuchlar bajargan ishni aniqlang. R-yer radiusi, g- yer sirtidagi erkin tushish tezlanishi A) mgr B) –mgr C) mgr/20 D) mgr/30 19 / 40 Qo’zg’almas blokka o’tkazilgan vaznsiz ip ikki uchiga massalari 8kg va 2kg bo’lgan ikki yuk osilgan. Yuklarning nisbiy tezlanishi qanday (m/s²)? A) 18 B) 6 C) 12 D) 0 20 / 40 Quyidagi fizik kattaliklardan qaysi biri vector kattalik emas? A) Ishqalanish kuchi B) Kuch momenti C) Bosim D) Kuch impulsi 21 / 40 Psixrometrning quruq termometri ko’rsatishi o’zgarmasdan nam termometr ko’rsatishi pasaysa, nisbiy namlik qanday o’zgaradi? A) O’zgarmaydi B) Kamayadi C) Ortadi D) Temperaturaga bog’liq 22 / 40 Moddiy nuqta 5 m/s tezlik bilan tekis harakatlanib 40s dan so’ng daraxt yonidan o’tdi. Daraxtni koordinatalar boshi va moddiy nuqta harakat yo’nalishini musbat yo’nalish sifatida tanlab, t=60 s da jism koordinatasini aniqlang (m). A) 200 B) -100 C) 100 D) 300 23 / 40 Radianga o’tkazing: 15° A) π/4 B) π/12 C) 2π D) π/9 24 / 40 O’zgarmas bosimda vodorodni 50K ga isitish uchun bajarilgan ish, kislorodni 50K ga isitish uchun bajarilgan ishlarni taqqoslang. (mH₂=m₀₂ MH₂=2g/mol M₀₂=32g/mol ) A) I B) III C) IV D) II 25 / 40 Tezliklari 10 m/s va 15 m/s bo’lgan jismlarning nisbiy tezliklari qaysi oraliqda bo’ladi? A) [12;18] B) [10;15] C) [20;25] D) [5;25] 26 / 40 Radiusi 10cm bo’lgan suv tomchisi 10ta bir xil tomchiga ajratildi. Bunda sirt energiyasi qanday o’zgaradi? σsuv=73mN/m A) Haroratga bog’liq B) Ortadi C) O’zgarmaydi D) Kamayadi 27 / 40 Issiqlik muvozanatda turgan ikki jismning qanday parametri teng bo’ladi? A) Kinetik energiyasi B) Hajmi C) Bosimi D) Harorati 28 / 40 Uzunligi l₁ bo’lgan birinchi mayatnik 5s davr bilan, uzunligi l₂ bo’lgan ikkinchi mayatnik 3s davr bilan tebranmoqda. Uzunligi l=(l₁-l₂)/2 bo’lgan mayatnik tebranish davrini aniqlang. A) 2 B) 1 C) √2 D) 2√2 29 / 40 Boshlang’ich tezligi 20m/s bo’lgan jism 10s ichida o’z tezligini 40m/s ga yetkazdi. Jismni tezligini vaqtga bog’lanish tenglamasini toping. A) v=20+2t B) v=20-2t C) v=60-2t D) v=40-2t 30 / 40 dishda suv va suv bug’I bor. Harorat pasayganda suv bug’I molekulalarining konsentratsiyasi qanday o’zgaradi? A) Haroratga bog’liq B) O’zgarmaydi C) ) Kamayadi D) Ortadi 31 / 40 A amplitude bilan garmonik tebranayotgan jismning muvozanat vaziyatidagi kinetik energiyasi 21 J. Muvozanat vaziyatdan A/3 nuqtada kinetik energiyasini aniqlang (J). A) 21 B) 14 C) 7/3 D) 56/3 32 / 40 2 m uzunlikdagi porshenning o’rtasiga ishqalanishsiz harakatlana oladigan porshen o’rnatilgan. Agar porshenning ikkala qismidagi bosim 3marta farq qilsa, porshen bo’shatilganda harorat o’zgarmasa, porshen siljishini aniqlang (m). A) 3/4 B) 2/3 C) 1,5 D) 0,5 33 / 40 Silindr yon sirti yuzi 24π ga, hajmi 48π ga teng. Silindrning balandligini toping. A) 6 B) 3 C) 4 D) 5 34 / 40 Jism yo’lning 1/3 qismini 20m/s, qolgan qismini 30m/s tezlikda bosib o’tdi. Butun harakat davomidagi o’rtacha tezligini aniqlang (m/s). A) 180/7 B) 22,5 C) 80/3 D) 25 35 / 40 Suvning temperaturasi 8°C dan 1°C gacha pasaydi. Bunda suv ichidagi jismga ta’sir etuvchi Arximed kuchi qanday o’zgaradi? Jism o’lchami o’zgarishini hisobga olmang. A) Ortadi B) Avval ortadi, keyin kamayadi C) O’zgarmaydi D) Kamayadi 36 / 40 Disk gardishidagi nuqtaning tezligi 8 m/s, undan sm markazga yaqin nuqtaning chiziqli tezligi 6 m/s ga teng. Disk radiusini aniqlang (cm). A) 16 B) 16/3 C) 2 D) 16/7 37 / 40 Asoslari teng bo’lgan qiya tekisliklar ustida ikki jism joylashgan. Agar birinchi qiya tekislikning qiyaligi 0,8 ga, ikkinchisining qiyaligi 0,6 ga teng bo’lsa jismlarning qiya tekislik etagidagi tezliklarini taqqoslang (v₁/v₂) µ=0 A) 4/3 B) √3/4 C) √4/3 D) ¾ 38 / 40 Prujinaga m massali yuk osildi. Agar prujinaning 1/6 qismi kesib tashlanib yana shu yuk osilsa, nisbiy uzayish qanday o’zgaradi? A) 5/6 marta kamayadi B) O’zgarmaydi C) 1/6 marta kamayadi D) 5/6 marta ortadi 39 / 40 Jism biror balandlikdan erkin tashlanganda oxirgi ikki sekundda 160m yo’l yurdi. Jism tashlangan balandlikni toping (m). A) 405 B) 85 C) 361,25 D) 451,25 40 / 40 3q, 2q va 3q nuqtaviy zaryadlar bir to’g’ri chiziqda o’zaro a masofada ketma-ket mahkamlangan. Agar zaryadi 3q, massasi m bo’lgan zaryad bo’shatilsa, qanday maksimal tezlikka erishadi? A) IV B) III C) I D) II 0% Testni qayta ishga tushiring Baholash mezoni - 75 foiz va undan yuqori ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tdi, oliy malaka toifasi (bosh o’qituvchi lavozimi) saqlansin”; - 75 foizdan past ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tmadi, birinchi malaka toifasi (yetakchi o’qituvchi lavozimi)ga tushirilsin”; - 75 foiz va undan yuqori ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tdi, oliy malaka toifasi (bosh o’qituvchi lavozimi) berilsin”; - 74 foizdan 65 foizgacha ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tdi, birinchi malaka toifasi (yetakchi o’qituvchi lavozimi) saqlansin”; - 65 foizdan kam ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tmadi, ikkinchi malaka toifasi (katta o’qituvchi lavozimi)ga tushirilsin” - 64 foizdan 60 foizgacha ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tdi, ikkinchi malaka toifasi (katta o’qituvchi lavozimi) saqlansin”; - 60 foizdan kam ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tmadi, mutaxassis (oliy yoki o’rta maxsus, kasb-hunar ma'lumotli o’qituvchi) lavozimiga tushirilsin” Fikr-mulohaza yuboring Author: InfoMaster Fizika attestatsiya