Fizika attestatsiya №1 Yanvar 11, 2022Yanvar 11, 2022 da chop etilgan InfoMaster tomonidan Fizika attestatsiya №1 ga 1 fikr bildirilgan 0% 55 12345678910111213141516171819202122232425262728293031323334353637383940 OMAD YOR BO'LSIN! Fizika fanidan attestatsiya savollari №1 1 / 40 Rasmdagi sistema pastga a tezlanish bilan tushayotgan bo’lsa, ipdagi taranglik kuchi qancha (N)? g=10 m/s2. A) 8 B) 2 C) 6 D) 4 2 / 40 Moddiy nuqtaning tezligini vaqtga bog‘liqligi υ=6t tenglama bilan berilgan. Agar boshlangich momentda harakatlanuvchi nuqta koordinatlar boshida bo‘lgan bo‘lsa, x=f(t) bog‘lanishni yozing. A) X= 3 ∙ t² B) X= 5t + 3t² C) X= 6 ∙ t² D) X= 2t³ 3 / 40 Radiusi 4 m bo’lgan aylana trayektoriya bo'ylab tekis harakatlanayotgan jismning chiziqli tezligi 4 m/s ga teng. Jismning markazga intilma tezlanishini (m/s2 ) toping. A) 4 B) 8 C) 2 D) 6 4 / 40 Harakat tenglamalari X1 =20t va X2 =90-10t bo‘lgan ikkita jism qancha vaqtdan keyin uchrashadilar? A) 2,5s B) 4s C) 3 s D) ular uchrashmaydilar 5 / 40 Suyuqliklarning idish tubiga bòlgan bosimini qanday asboblar bilan òlchash mumkin? A) Suyuqlikli monometr B) Simobli barometr C) Suyuqlikli va metall monometrlar D) Android barometr 6 / 40 Bir xil miqdordagi ikkita kuchning teng ta’sir etuvchisi 6√3 N, bitta kuchning o‘zi 6 N. Ikkita kuch yo‘nalishlari orasidagi burchakni toping. A) 60° B) 120° C) 30° D) 90° 7 / 40 Aylana bo'ylab tekis sekinlanuvchan harakatlanayotgan moddiy nuqtaning chiziqli tezligi va to'liq tezlanishi orasidagi burchak qanday? A) 90° < α < 180° B) 30° < α < 90° C) 0° < α < 180° D) 11° < α < 90° 8 / 40 Yassi kondensator plastinalari oralig`i 2 marta kamaytirilsa, uning sig`imiqanday o`zgaradi? A) ikki marta ortadi B) ikki marta kamayadi C) to`rt marta ortadi D) o`zgarmaydi 9 / 40 0,5 m radiusli g‘ildirak gorizontal sirt bo‘yicha sirpanishsiz 2 m/s tezlik bilan g‘ildiramoqda. G‘ildirak gardishidagi g‘ildirak markazi bilan bir sathda joylashgan nuqtaning yerga nisbatan tezligi moduli qanday (m/s)? A) 2.8 B) 4 C) 3.5 D) 2 10 / 40 Bir xil ishorada zaryadlangan ikkita sharcha orasidagi masofa 100 mm ga teng. Ular orasidagi masofa 25 mm ga keltirilsa, ta`sir kuchi qanday o`zgaradi. A) 16 marta ortadi B) 8 marta ortadi C) 4 marta ortadi D) o`zgarmaydi 11 / 40 Yuguruvchi dastlabki 7 s ichida 4m/s tezlik bilan tekis so’ngra 4m/s² tezlanish bilan tekis tezlanuvchan harakat qildi. Harakatning dastlabki 10s davomidagi o’rtacha tezligini toping (m/s). A) 4.6 B) 6.2 C) 4 D) 5.8 12 / 40 Jismning bir marta aylanib chiqishi uchun ketgan vaqt nima deb ataladi? A) sklik chastotasi B) aylanish chastotasi C) tebranishi D) aylanish davri 13 / 40 Mexanik harakat va jismlarning o`zaro ta`siri haqidagi ta`limot kim tomonidan yaratilgan? A) Gey lyusak B) Nyuton C) Arximed D) Galeleyo Galiley 14 / 40 Qanday mexanik energiyalar mavjud? A) Potensial va elekr B) Potensial va kinetik C) Kinetik, potensial, yoruglik D) Elektr, yoruģlik, potensial, kinetic 15 / 40 OX o’qi bo’ylab jism tebranishi x=8sin(3t+π/3) tenglama bilan ifodalanadi. t=4 s paytdagi tebranish fazasi aniqlansin? A) A)12 B) 12+ π/3 C) π/3 D) 3t+π/3 16 / 40 Potensial energiya deb nimaga aytiladi? A) Jismlarning òzaro ta'siri natijasida hosil bòladigan energiyaga B) Jismlar harakatlanganda hosil bòladigan energiyaga C) Jismlar tinch turganda hosil bòladigan energiyaga D) Jismlarning òzaro ta'sirlari va harakatidan hosil bòladigan energiyaga 17 / 40 Vertolyot gorizontal ravishda 60 km uchib, 90 0 burchak ostida burildi va yana 80 km uchdi. Vertolyotni bosib o‘tgan yo‘lini toping(km). A) 140 B) 70 C) 20 D) 100 18 / 40 20m balandlikdan gorizontal otilgan jismning umumiy ko‘chishi 25 m bo‘lishi uchun uning boshlang'ich tezligi qanday bo‘lishi kerak? A) 7,5 m/s B) 5 m/s C) 7m/s D) 10 m/s 19 / 40 Moddiy nuqtaning berilgan sanoq sistemasidagi harakati x=7+6t va y=5+8t tenglamalar bilan berilgan. Jism dastlabki 2 s ichida qanchaga ko‘chadi (m)? A) 19 B) 15 C) 30 D) 20 20 / 40 Jism 4 s da 15 m, yana 6 s da 30 m masofa bosib o'tgan bo’lsa, uning o'rtacha tezligi (m/s) qancha bo’ladi? A) 4.5 B) 4 C) 6 D) 5 21 / 40 Ikki jism bir nuqtadan bir aylanada bir tomonga harakat boshladi. Birinchisining aylanish davri 5 s , ikkinchisiniki esa 3 s bo’lsa harakat boshlangandan qanday eng qisqa vaqtdan so’ng jismlar yana bir nuqtada bo’ladi?(s) A) 7.5 B) 8.3 C) 6.5 D) 8 22 / 40 45 kg massali bola 15 m/s tezlik bilan yurayotgan bòlsa, uning kinetik energiyasi (J) nimaga teng? A) 38954 B) 7654 C) 7462 D) 5062 23 / 40 40 m/s tezlikda kelayotgan mashina 5 s da tormozlanib to’xtadi. U oxirgi 2 s da qancha masofa bosib o’tgan (m)? A) 12 m B) 36 m C) 100 m D) 16 m 24 / 40 Piyodaning tezligi 4 km/soat. Undan 15 minut keyin yo‘lga chiqqan velosipedchi piyodani 5 minutda quvib yetishi uchun qanday tezlik bilan harakatlanishi kerak? A) 8 km/soat B) 12 km/soat C) 20 km/soat D) 16 km/soat 25 / 40 Jism koordinatasi (1;2) bo`lgan A nuqtadan koordinatasi (4;-1) bo`lgan B nuqtaga ko`chib o`tdi. Bunda jism ko`chish ektorining Ox o`qining musbat yo`nalishi bilan tashkil etgan burchagini toping. A) 45° B) 60° C) 135° D) 30° 26 / 40 G'altakdan 0,1 A tok òtganida magnit oqim 0,02 Vb bòlgan. Ğaltakda tòplangan energiyani aniqlang. A) 1mJ B) 1J C) 0,5mJ D) 2mJ 27 / 40 Suyuqlik zichligi 2 marta , chuqurligi 5 marta orrtirilsa, suyuqlik bosimi necha marta ortgan bòladi? A) 7 marta B) 5 marta C) 2 marta D) 10 marta 28 / 40 Dinamometrga yuk osilganda uning ko`rsatishi 24,5 N ga teng bo`ldi. Unga qanday massali yuk osilgan? A) 4.5 kg B) 4 kg C) 2.5 kg D) 3 kg 29 / 40 Rasmda jism tezlanishining vaqtga bog‘lanishi berilgan. Vaqtning qaysi oralig‘ida (s) jism tekis tezlanuvchan harakat qilgan? A) 0-3 B) 1-2 C) 2-3 D) 0-1 30 / 40 O`tkazgich uchlariga 10V kuchlanish qo`yilganda 5J ish bajaradi.O`tkazgichdan oqib o`tgan zaryad miqdori nimaga teng? A) 0.5 C B) 1 C C) 10 C D) 5 C 31 / 40 Rasimda ko’rsatilgan jism boshlang’ich tezliksiz harakatlana boshladi va qiyalikning oxiriga 4 s da tushdi. Jism va qiya tekislik orasidagi ishqalanish koeffitsiyentini toping. (sin37°=0,6; cos37° =0,8) A) 0,2 B) 0,5 C) 0,4 D) 0,3 32 / 40 Hajmlari bir xil bòlgan jismlar zichliklarining massaga boģliqligi qanday bòladi? A) Hajmi bir xil bolsa zichliklar ham bir xil boladi B) Massasi kichigining zichligi katta bòladi C) Zichlik narsaga boģliq emas D) Massasi kattasining zichligi katta bòladi 33 / 40 Ideal gaz molekulalarining konsentratsiyasi òzgarmagan holda molekulalar issiqlik harakatining òrtacha kvadratik tezligi 4 marta kamaygan. Bunda gazning bosimi qanday òzgargan? A) 4 marta ortadi B) 16 marta ortadi C) 16 marta kamaygan D) 4 marta kamaygan 34 / 40 Moddiy nuqta tezligining vaqt bo‘yicha o‘zgarish qonuni υ=4t (m/s) ko‘rinishga ega. Uning 5-sekundda o‘tgan yo‘li qanday (m)? A) 4 B) 13 C) 18 D) 32 35 / 40 Tosh tik yuqoriga V0 =30 m/s tezlik bilan otildi. Qanday h (m) balandlikda uning kinetik energiyasi potensial energiyasining 4/5 qismiga teng bo’ladi? A) 5 B) 25 C) 10 D) 15 36 / 40 Rasmda ko‘rsatilgan 10 kg massali parallelepiped shaklidagi jismni 1–holatdan 2–holatga o‘tkazish uchun kamida qancha ish bajarish kerak? A) 400J B) Ma’lumotlar yetarli emas C) 2000J D) 800J 37 / 40 Metro eskalatori uzunligi 18 m. Eskalator sizni 12 sekundda yuqoriga olib chiqdi. Eskalatorning tezligini toping. A) 1,5m/s B) 15m/s C) 1,9m/s D) 40m/s 38 / 40 ”Havo yoki gazga kuchli zaryadlar oqimi hosil bo`lishiga... deyiladi”. Gapni davom ettiring. A) elektr zaryadi B) magnit maydon C) elektroliz D) hech nma qo`yiw wart emas 39 / 40 Agar o`quvchining o`rtacha tezligi 1 m/s, uyidan maktabgacha bo`lgan masofa 600 m bo`lsa, u maktabga 750 da yetib borishi uchun uyidan soat nechada chiqishi kerak? A) 60sekund B) 10 minut C) 40 minut D) 15.4 minut 40 / 40 To`g`ri chiziq tekis harakat uchun quyidagi formulalardan qaysi biri to`g`ri? A) a=2s/t^2 B) v=s/t C) v=vo-at D) v=vo+gt 0% Testni qayta ishga tushiring Baholash mezoni - 75 foiz va undan yuqori ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tdi, oliy malaka toifasi (bosh o’qituvchi lavozimi) saqlansin”; - 75 foizdan past ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tmadi, birinchi malaka toifasi (yetakchi o’qituvchi lavozimi)ga tushirilsin”; - 75 foiz va undan yuqori ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tdi, oliy malaka toifasi (bosh o’qituvchi lavozimi) berilsin”; - 74 foizdan 65 foizgacha ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tdi, birinchi malaka toifasi (yetakchi o’qituvchi lavozimi) saqlansin”; - 65 foizdan kam ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tmadi, ikkinchi malaka toifasi (katta o’qituvchi lavozimi)ga tushirilsin” - 64 foizdan 60 foizgacha ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tdi, ikkinchi malaka toifasi (katta o’qituvchi lavozimi) saqlansin”; - 60 foizdan kam ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tmadi, mutaxassis (oliy yoki o’rta maxsus, kasb-hunar ma'lumotli o’qituvchi) lavozimiga tushirilsin” Fikr-mulohaza yuboring Author: InfoMaster Fizika attestatsiya