Biologiya attestatsiya №13 Yanvar 26, 2024 da chop etilgan InfoMaster tomonidan Biologiya attestatsiya №13 ga fikr bildirilmagan. Savol haqida xabar bering Bu savolda nima xato? Siz bo'sh hisobot yubora olmaysiz. Iltimos, ba'zi tafsilotlarni qo'shing. 0% 290 1234567891011121314151617181920212223242526272829303132333435363738394041424344454647484950 Biologiya attestatsiya №13 Attsetatsiya 2024 Biologiya fani ustozlari uchun 1 / 50 1. Tiriklikning qaysi xususiyati gomeostaz bilan bog‘liq? A) o‘zini-o‘zi tiklash B) o‘zini-o‘zi idora etish C) o‘sish va rivojlanish D) qo‘zg‘aluvchanlik 2 / 50 2. Quyidagi hayvonlarning qaysilari ochiq qon aylanish sistemasiga ega? A) qizil chuvalchang, kulrang satir B) midiya, yomg‘ir chuvalchangi C) ustritsa, nereida D) ipak qurti, taroqcha 3 / 50 3. Organizmlar tuzilishining umumiy darajasini, hayot faoliyatini oshiradigan evolutsion o‘zgarish nima deb ataladi? A) umumiy degeneratsiya B) aromorfoz C) regress D) idioadaptatsiya 4 / 50 4. Ibn Sino qalamiga mansub ”Tib qonunlari” asarining 2- kitobida nimalar haqida ma’lumot berilgan? A) o‘simlik, hayvon va ma’danlardan olinadigan dorilar haqida B) organlardagi kasalliklar, ularni aniqlash va davolash haqida C) organlarning tuzilishi, kasalliklari, davolash usullari haqida D) jarrohlik, suyaklarning sinishi va chiqishi haqida 5 / 50 5. Habashiston biogeografik viloyatining sutemizuvchi hayvonlarini belgilang. A) mindanoo, vapita B) qiloyoq, kanna C) malla revun, shinshilla D) kafr buyvoli, maral 6 / 50 6. Limfa aylanishining qon aylanishidan qanday farqi bor? A) limfa suyuqligi aorta orqali yurakka quyiladi B) limfa tomirlari to‘qima va organlardan boshlanadi C) limfa tomirlari yurakning chap bo‘lmachasidan boshlanadi va vena tomirlariga quyiladi D) farqi bo‘lmaydi 7 / 50 7. Nerv hujayralarida hosil bo‘ladigan qo‘zg‘alishlarning o‘tishi qaysi kimyoviy elementlarga bog‘liq? A) Na, K, Ca B) Na, K, Cl C) Fe, Mg, K D) Na, K, Fe 8 / 50 8. Periost nima va u qaysi to‘qimalardan iborat? A) yurakning tashqi qavati, biriktiruvchi to‘qima B) akson usti pardasi, biriktiruvchi parda C) suyak usti pardasi, biriktiruvchi to‘qima D) suyak usti pardasi, ko‘p qavatli epiteliy to‘qima 9 / 50 9. Qorin bo‘shlig‘i o‘ng tomonining yuqori qismida qaysi organ joylashgan? A) taloq B) jigar C) ayrisimon bez D) me’da osti bezi 10 / 50 10. Agar vazopressinning I-RNK molekulasida 9 ta kodon bo‘lsa, u nechta nukleotiddan tashkil topgan bo‘ladi? A) 9 B) 27 C) 54 D) 3 11 / 50 11. Sersut-go‘shtdor sigir zotlarini ko‘rsating. 1) Yaroslavl; 2) Simmental; 3) Gereford; 4) Shortgorn; 5) Qizil dasht; 6) Xolmogor; 7) Kostroma A) 2, 7 B) 3, 4, 5 C) 2, 4, 6 D) 1, 2, 7 12 / 50 12. O‘rdakburun qayerga uya quradi? A) ochiq dashtga B) daryo qirg‘og‘iga C) uya qurmaydi D) suv ostiga 13 / 50 13. Ildiz turlarini aniqlang. a)asosiy; b) o‘q ildiz; c) popuk ildiz; d) yon; e) qo‘shimcha. A) a, b, c B) b, c C) a, d, e D) d, e, c 14 / 50 14. Cherkez o‘simligining qaysi qismlaridan tayyorlangan dori qon bosimini pasaytirish uchun ishlatiladi? A) bargi va mevasi B) ildiz, poya va guli C) barchasi D) ildiz va poyasi 15 / 50 15. AACCDdGgJJYyUuXxkk quydagi genotipga ega organizmdan necha xil gameta olish mumkin? A) 64 B) 16 C) 32 D) 18 16 / 50 16. Yava, Sumatra orollari qaysi biogeografik viloyatga mansub? A) neotropik B) neoarktik C) paleoarktik D) hindomalay 17 / 50 17. Populyatsiyalarning geografik alohidalanishi ko‘proq qayerda ro‘y beradi? A) tur egallagan arealning chetki qismlarida B) tur egallagan arealning markazida C) populyatsiya arealida alohidalanish ro‘y bermaydi D) tur egallagan arealning barcha qismida 18 / 50 18. Quyidagi kodonlarning ichidan terminator kodonlarni ajrating. 1) UAG; 2) UAS; 3) UAA; 4) UAU; 5) UGA; 6) UGS A) 1, 4, 5 B) 4, 5, 6 C) 1, 3, 5 D) 1, 2, 3 19 / 50 19. Qaysi o‘simlikning barglari bir qavat hujayralardan iborat bo‘lib, uni mikroskopda butunligicha ko‘rish mumkin? A) spirogira B) piyoz C) g‘o‘za D) elodeya 20 / 50 20. Qaysi manzarali daraxtlarning mevasi qanotchali? A) zarang, terak B) qayrag‘och, burchoq C) barchasining D) shumtol, qayrag‘och 21 / 50 21. Temirtikan o‘simligi qanday poyaga ega? A) tik o‘suvchi B) chirmashuvchi C) palak yoyib o‘suvchi D) ilashuvchi 22 / 50 22. Odamda birinchi qon guruhi IOIO, ikkinchi qon guruhi gomozigota holatda IAIA, geterozigota holatda IAIO, uchinchi qon guruhi gomozigota holatda IBIB, geterozigota holatda IBIO, to‘rtinchi qon guruhi esa IAIB bilan ifodalanadi. I va geterozigota II-guruhiga ega bo‘lgan yigit va qiz nikohidan qanday qon guruhiga ega bo‘lgan farzandlar dunyoga keladi? A) II, III B) I, II, III, IV C) IV D) I, II 23 / 50 23. O‘z-o‘zidan ko‘paya oladigan organoidni aniqlang. A) golji majmuasi B) sentriola C) lizosoma D) ribosoma 24 / 50 24. Ovqat hazm qilish sistemasining qaysi qismida fermentlar ishlab chiqilmaydi? A) oshqozonda B) qizilo‘ngachda C) og‘iz bo‘shlig‘ida D) ingichka ichakda 25 / 50 25. Ensefalit nima? A) harakatlantiruvchi nerv tolasining yallig‘lanishi B) bosh miya to‘qimasining yallig‘lanishi C) muskul tolalari qisqarib, bo‘shasha olmay qolishi D) odam tanasining umumiy qaltirashi 26 / 50 26. Kapalaklarning xartumi nimalarning qo‘shilishidan hosil bo‘ladi? a)pastki jag‘; b) pastki lab; c) yuqori jag‘; d) yuqori lab A) a, b B) b, d C) a, c D) c, d 27 / 50 27. Kavsh qaytaruvchilar oshqozonida kletchatkaning hazm bo‘lishiga yordam beruvchi organizmlarni aniqlang. A) bakteriya va xivchinlilar B) bakteriya va infuzoriya C) infuzoriya va nozema D) sporalilar va soxta oyoqlilar 28 / 50 28. Go‘shti uchun ko‘plab ovlanadigan molluskalarni belgilang. A) midiya, taroqchalar, baqachanoq B) taroqchalar, ustritsa, midiya C) dreysena, midiya, ustritsa D) bitiniya, sadafdorlar, dreysena 29 / 50 29. Jag‘-jag‘ning ildiz bo‘g‘izida joylashgan (1) va poyada joylashgan (2) barglari nima bilan farqlanadi? a) qisqa bandli; b) patsimon qirqilgan; c) bandsiz; d) ketma-ket joylashgan A) 1-a, d; 2-b, c B) 1-b, c; 2-a, d C) 1-a, b; 2-c, d D) 1-c, d; 2-a, b 30 / 50 30. DNK molekulasi tarkibidagi (T) timin nukleotidi umumiy zanjirning 16% ni tashkil etadi. Qolgan ukleotidlarning har biri necha foizni tashkil qiladi? A) A−16, G−16, S−16 B) A−16, G−34, S−34 C) A−32, G−32, S−32 D) A−34, G−16, S−16 31 / 50 31. Quyidagi baliqning qon aylanishi tasvirlangan rasmdagi 5-raqamdagi baliq organini aniqlang? A) jabra kapilyari B) orqa aorta C) qorin aorta D) arteriya 32 / 50 32. Tanasi har xil darajada bo‘limlarga bo‘lingan hayvonlar sinfi uchun xos bo‘lmagan (a) va xos bo‘lgan (b) xususiyatlarni aniqlang. 1)yuragi qorin qismida joylashgan; 2)muskullari alohida muskul boylamlaridan iborat; 3)qorin bo‘limining hamma bo‘g‘imlari qo‘shilib ketgan; 4)tanasi 1000 tagacha bo‘g‘imlarga bo‘lingan; 5)postembrional rivojlanishda metamorfoz kuzatilmaydi; 6)ingichka naysimon nafas olish a’zosi mavjud; 7)har bir bo‘g‘imida bir juftdan qorinoyoqlari bor; 8)tasmasimon chuvalchanglar sinfiga mansub; 9)terisi shilimshiq modda bilan namlanib turadi; 10)shakli uzun yassi tasmaga o‘xshash; 11)ayirish a’zosi tuzilishi yomg‘ir chuvalchangiga o‘xshash A) a-4,7,9,10; b-1,3,6,11 B) a-3,7,2,11; b-1,8,10,5 C) a-4,3,6,11; b-1,7,9,10 D) a-8,9,4,10; b-3,6,5,11 33 / 50 33. Zog’ara baliq va odam skeletining farq qiluvchi jahatlarini aniqlang. 1) kamar suyaklari mavjud 2) umurtqa pog’anasi kalla suyagi bilan harakatchan qo’shilgan 3) miya qutisi bosh miyani himoya qiladi 4) jag’ va tishlari og’iz bo’shlig’ini o’rab turadi 5) skeleti suyak va tog’aydan iborat 6) barcha qovurg’alarning ikkinchi uchi qorin muskullari orasida yotadi 7) skelet ichki a’zolarni himoya qiladi 8) qovurg’alar umurtqa pog’anasi bva to’sh suyagiga birikadi A) 2,4,7 B) 4,5,6 C) 2,6,8 D) 1,3,7 34 / 50 34. Drozofila pashshasi tanasining kulrang bo’lishi qora bo’lishi ustidan, qanotining uzun bo’lishi kalta bo’lishi ustidan dominantlik qilib, bitta autosomada xromosomada joylashadi. Ko’zining qizil bo’lishi oq bo’lishi ustidan dominantlik qilib, jinsiy xromosomada joylashadi. Shunga ko’ra digeterozigota (ushbu dominant genlarni faqat otasidan olgan ) kulrang tanali, normal qanotli, oq ko’zli urg’ochi pashsha va tanasi qora va kalta qanotli, qizil ko’zli erkak pashshalar chatishtirilgan bo’lsa, avlodning necha %ni fenotipini genotipiga qarab aniqlash mumkin? (krossengover 17%) A) 20.75 B) 4.25 C) 25 D) 41.5 35 / 50 35. Qutb meduzasi uchun xos bo‘lmagan xususiyatlarni belgilang. 1) shakli soyabonga o'xshaydi; 2) tanasi qalin mantiya bilan o'ralgan; 3) konsument organizm; 4) baliqlar bilan oziqlanadi; 5) paypaslagichlarida ko'plab so‘rg‘ichlari joylashgan; 6) ektoderma qavatida otuvchi hujayralari mavjud; 7) oziq zanjiri zvenosi; 8) jabrasi bilan nal'as oladi. A) 2, 4, 6, 8 B) 3, 5, 7 C) 2, 5, 8 D) 1, 3, 6, 7 36 / 50 36. Pedagogik muloqot uslublari to’g’ri keltirilgan qatorni toping A) Liberal, demokratik, trening. B) Demokratik, intelektual. C) Avtoritar ,demokratik. D) Avtoritar, liberal, demokratik. 37 / 50 37. Obro’ orttira olish qobiliyati ko’rsatilgan qatorni toping? A) To’g’ri muomala qila bilish qobiliyati. B) O’z harakatlarining oqibatlarini oldindan ko’rish. C) O’quvchilarga bevosita emotsional irodaviy ta’sir ko’rsatish va obro’ orttira olishidir. D) O’quvchilar jamoasini uyushtirish muhim vazifalarni hal etishga ruhlantirish. 38 / 50 38. Texnologiya» so’zining lug’aviy ma’nosi? A) «Texne» - mehnat, san’at, «logos» - tushuncha bilim B) «Texne» - mahorat, san’at, «logos» - tushuncha ta’limot C) «Texne» - qobiliyat, san’at, «logos» - tushuncha ta’lim D) «Texne» - san’at, «logos» – tushuncha o’qitish 39 / 50 39. Muloqot texnologiyasi necha bosqichda olib boriladi. A) 5 B) 7 C) 8 D) 6 40 / 50 40. Kеys-stadi ilk marta qayеrda va qachon qo’llanilgan edi? A) Oksford univеrsitеtining huquq maktabida 1880 yilda B) Manchеstеr univеrsitеtining huquq maktabida 1870 yilda C) Garvard univеrsitеtining huquq maktabida 1830 yilda D) Garvard univеrsitеtining huquq maktabida 1870 yilda 41 / 50 41. Axborotli texnologiyalari bu...? A) Pedagogik texnologiyaning tarkibiy qismi B) O’zaro ta’sirlar C) Pedagogikada monitoring D) Nazorat turlari (joriy, oraliq, yakuniy) 42 / 50 42. Fikrlash jarayonining mustaqilligini yuqori darajada talab etuvchi vaziyat turi. A) Ko’rsatmali vaziyat B) Muammoli vaziyat C) Tasvirlovchi vaziyat D) Baholash uchun vaziyat 43 / 50 43. Mahorat bu – A) S. O`qituvchilar uchun standart ish usuli. B) Tug`ma talant yoki nasldan naslga o`tuvchi xususiyat. C) Pedagogik mehnat samarasi. D) Yuqori darajadagi va doimo yuksalib boruvchi tarbiya va o`qitish san’atidan iborat. 44 / 50 44. O`qituvchining tashkilotchilik qobilyati- A) Bolalarga yaqinlasha olish qobilyati. B) Guruhiy faoliyatni shakllantirish qobilyati. C) Hamkorlikdagi faoliyatni tashkil etish qobilyati. D) O`quvchilar jamoasini uyushtirsh, jipslashtirish, muhum vaifalarni hal etishga ruhlantirish qobilyati. 45 / 50 45. Hamkorlikdagi o’qishni tashkil etish usullariga qaysi biri kirmaydi? A) «Birgalikda o’qiymiz» B) «Arra» C) «O’ylang-juftlikda ishlang-fikr almashing» D) «Aqliy hujum» 46 / 50 46. Zig-zak metodiga to’gri ta’rif berilgan qatorni ko’rsating. A) Solishtirish, taqqoslash, mustahkamlash. B) Tushuncha, tikish, chiziq. C) Ilonizi, uzun chiziq, solishtirish. D) Siniq chiziq, ilonizi, egri-bugri. 47 / 50 47. Talim tarbiya berishning suhbat metodiga asos solgan faylasuf. A) Suqrot B) Sitseron C) Demosfen D) Platon 48 / 50 48. O`qituvchining kuzatuvchanlik qobilyati- A) O`quvchining ichki dunyosiga kira bilish, o`quvchi shaxsini va uning ruhiy holatini tushuna bilish bilan bog`liq bo`lgan psixologik kuzatuvchanlik qobilyati. B) Bolalarga yaqinlasha olish qobilyati. C) Hamkorlikdagi faoliyatni tashkil etish qobilyati D) Guruhiy faoliyatni shakllantirish qobilyati. 49 / 50 49. Muomalada verbal ta’sir? A) So’z orqali ta’sir etish. B) Ko’z qarashlari va xissiy ifoda. C) Xatti-harakatlar orqali ta’sir etish. D) Nutqsiz ta’sir etish. 50 / 50 50. Muloqot bu – A) Shaxslararo munasobatlar tizimi. B) Muloqot o’zaro axbort ayri boshlash jarayoni C) Odamning birgalikdagi faoliyatlari extiyojlaridan kelib chiqadigan turli faolliklari mobaynida bir-birlari bilan o’zaro munosabatga kirishish jarayoni D) Hamkorlikdagi faoliyat samarasini belgilovchi munosabat jarayoni 0% Testni qayta ishga tushiring Fikr-mulohaza yuboring Author: InfoMaster Biologiya attestatsiya