9-sinf Geografiya olimpiada №4 Yanvar 3, 2024 da chop etilgan InfoMaster tomonidan 9-sinf Geografiya olimpiada №4 ga fikr bildirilmagan. 24 123456789101112131415161718192021222324252627282930 9-sinf Geografiya olimpiada №4 2023-yil 17-oktyabr: 2023-2024 o'quv yilida tuman bosqichida tushgan savollar. 1 / 30 1. Agar odamning kuzatish balandligi 20 metr bo’lsa, u qancha masofani ko’ra oladi? A) 16 km B) 36 km C) 11 km D) 4 km 2 / 30 2. Shimoliy magnit qutbining geografik o‘rnini kim aniqladi? A) A.Makkenzi B) I.Fyodorov C) V.Bering D) R.Amundsen 3 / 30 3. Mamlakatimizning g‘arbiy, shimoli-g‘arbiy tekislik qismlarida bir yillik yog‘in miqdori qancha? A) 800-900 mm B) 1000-1200 mm C) 200 mm D) 500 mm 4 / 30 4. Ushbu ta’rif qaysi geograik ob’yektga tegishli? “Тuron tekisligining markazida, Ustyurt platosidan sharqda joylashgan, shimoli sharqdan janubi g‘arbga cho‘zilgan tektonik cho‘kmada hosil bo‘lgan”. A) Orol dengizi B) Sulton Uvays tog’i C) Sariqamish ko’li D) Qizilqum cho’li 5 / 30 5. Quyidagi mamlakatlar orasidan mutlaq teokratik monarxiya tipiga kiruvchi davlatlarni ajrating. 1. Ummon; 2. Daniya; 3. Qatar; 4. Saudiya Arabistoni; 4. Belgiya; 5. Buyuk Britaniya; 6. Bruney; 7. Vatikan. A) 1 va 3 B) 4 va 7 C) 3 va 4 D) 5 va 6 6 / 30 6. Quyidagi grafikdan foydalanib, 15 kunlik o‘rtacha havo haroratini aniqlang. A) 23.4 ⁰C B) 25.3 ⁰C C) 26.3 ⁰C D) 24.3 ⁰C 7 / 30 7. Rasmda ko‘rsatilgan A nuqtaning mutlaq balandligi 400 m, u yerdagi havo bosimi 730 mm Hg. B nuqtadagi havo bosimini aniqlang. A) 480 mm B) 380 mm C) 680 mm D) 580 mm 8 / 30 8. Toshkentda havo harorati 0O C, havo bosimi 720 mm bo‘lsa, Toshkentning dengiz sathidan balandligi qancha? A) 760 m B) 76 m C) 400 m D) 40 m 9 / 30 9. Tabiiy ko‘payishning eng yuqori ko‘rsatkichi qaysi materikka xos? A) Yevrosiyo B) Afrika C) Janubiy Amerika D) Shimoliy Amerika 10 / 30 10. Quyidagilardan “bir millatli” davlatlarni ajrating: Yaponiya, AQSH, Fransiya, Islandiya, Turkiya, Kanada, Belgiya, Afg‘oniston, Pokiston, Hindiston, Indoneziya, Norvegiya; A) Yaponiya, Islandiya, Norvegiya; B) Afg‘oniston, Pokiston, Hindiston, C) Turkiya, Kanada, Belgiya, D) Yaponiya, AQSH, Fransiya, 11 / 30 11. Xaritada 4 raqami bilan qaysi tabiat zonasi tasvirlangan? A) Sernam ekvatorial o‘rmonlar B) Dasht (Pampa) C) Qattiq bargli doimiy yashil o‘rmonlar va butazorlar D) Savanna va siyrak o‘rmonlar 12 / 30 12. Quyidagi Dunyo siyosiy xaritasidag o‘zgarishlarni sodir bo‘lgan yiliga moslab chiqing:1.Sovet Ittifoqi parchalandi. 2. Yugoslaviya Ittifoqi parchalandi. 3. Chexoslovakiya ikkiga bo‘lindi. 4. Germaniya va Yaman birlashdi. a) 1990 b) 1991 c) 1991 – 1992 d) 1993 A) 1-a, 2-b, 3-c, 4-d B) 1-c, 2-b, 3-d, 4-a C) 1-b, 2-c, 3-a, 4-d D) 1-b, 2-c, 3-d, 4-a 13 / 30 13. O‘simliklar uchun namlanish darajasi qancha bo‘lganda eng qulay sharoit bo‘ladi? A) 0,9 dan 1,9 gacha B) 1,0 dan 1,9 gacha C) 0,1 dan 1,9 gacha D) 1,1 dan 0,9 gacha 14 / 30 14. Meteorologik stansiyalarda havo harorati har necha soatda kuzatilib turiladi? A) 5 soatda B) 2 soatda C) 3 soatda D) 8 soatda 15 / 30 15. Ptolemey tuzgan “Dunyo xaritasi”da 2 va 3 raqamlari bilan qaysi daryolar ko‘rsatilgan? A) Ra va Istr B) Gang va Nil C) Yaksart va Oks D) Hind va Nil 16 / 30 16. Musson shamollari qaysi hududlarda kuchli bo‘ladi? A) Shimoliy va Sharqiy Amerikada B) Sharqiy va Janubiy Osiyoda C) Shimoliy va G‘arbiy Osiyoda D) G‘arbiy Afrikada 17 / 30 17. 1987-yilda bir nechta davlatlar freon gazlarini ishlab chiqarishga va ulardan foydalanishga cheklovlar to‘g‘risidagi xalqaro bitimni imzolagan edi. Ushbu bitim imzolangan davlat va shaharni toping A) Kanada-Monreal B) Fransiya -Parij C) Kanada-Ottava D) Fransiya-Monreal 18 / 30 18. Quyidagi ta’rif qaysi viloyat uchun mos keladi?“Sanoatning jadal sur’atlar bilan rivojlanishi shahar aholisining tez ko‘payishiga olib kelmoqda. Cho‘l chorvachiligi sohasida mamlakatda yetakchi, mamlakatimizning eng kenja viloyati.” A) Navoiy B) Buxoro C) Andijon D) Samarqand 19 / 30 19. 20°–30° shimoliy kengliklar oraligʻida joylashgan poytaxt shaharlarni aniqlang. A) La-Pas, Manama, Dakka, Nyu-Dehli B) Antananarivu, Nassau, Manama, Dakka C) Luanda, Nassau, Manama, Nyu-Dehli D) Ar-Riyod, Manama, Dakka, Nyu-Dehli 20 / 30 20. Yer yuzasidagi eng ko‘p yog‘in yog‘adigan joy qayer? A) Yangi Zellandiya B) Yangi Gvineya C) Kuba oroli D) Gavayi orollari 21 / 30 21. O‘rtа Оsiyo dаryolаri to‘yinishigа, ya’ni qаyеrdаn suv оlishigа qаrаb necha guruhgа bo‘linаdi? A) 3 guruhga B) 4 guruhga C) 5 guruhga D) 6 guruhga 22 / 30 22. Qaysi shamol har ikkala yarim sharning 30o kengliklaridan ekvatorga qarab doimiy esib turadi? A) g‘arbiy shamollar B) musson C) passat D) briz 23 / 30 23. Xaritada 8 raqami bilan qaysi davlat ko’rsatilgan? A) Yaman B) Afg’oniston C) Pokiston D) Hindiston 24 / 30 24. Quyidagi ta’rifda qaysi sanoat tarmog’i haqida gap ketmoqda? “Qishloq xo‘jalik zararkunandalariga qarshi defoliantlar ham ishlab chiqariladi. U ko‘plab tarmoqlarni xomashyo va materiallar bilan ta’minlar ekan, o‘z navbatida boshqa tarmoqlardan energiya, jihozlar va transport vositalarini oladi” A) kimyo B) mashinasozlik C) rangli metallurgiya D) elektroenergetika 25 / 30 25. Qutb yog‘dulari, “Yulduz uchishi” hodisalari Atmosferaning qaysi qatlamlarida ro‘y beradi? A) mezosfera va termosfera B) stratosfera va mezosfera C) troposfera va stratosfera D) termosfera va stratosfera 26 / 30 26. BMT qaysi yilda cho‘llashishga qarshi kurashish to‘g‘risidagi Xalqaro konvensiyani qabul qildi? A) 1995-yil; B) 978-yil; C) 1994-yil; D) 1987-yil; 27 / 30 27. Mahalliy dinlar va e’tiqod qiluvchilarning asosiy qismi tarqalgan davlatlarni belgilang. 1. Iudaizm 2. Konfutsiylik 3. Daosizm 4. Sintoizm 5. Sikxizm 6. Hinduizm a) Hindiston, Nepal, Shri Lanka b) Hindiston (Panjob shtati) c) Xitoy d) Yaponiya e) Isroil, AQSH A) 1-a, 2-b, 3-c, 4-c, 5-d, 6-e B) 1-a, 2-c, 3-d, 4-c, 5-e, 6-b C) 1-e, 2-c, 3-c, 4-d, 5-b, 6-a D) 1-e, 2-c, 3-d, 4-c, 5-b, 6-a 28 / 30 28. Toshkentda yillik amplituda qanchaga teng? A) 32 ⁰C B) 24 ⁰C C) 26 ⁰C D) 28 ⁰C 29 / 30 29. Xaritada E harfi bilan qaysi yarim orol belgilangan? A) Kaliforniya ya.o. B) Yukatan ya.o. C) Alyaska ya.o. D) Labrador ya.o. 30 / 30 30. Qaysi materik berk havzalar maydoniga ko‘ra yetakchi? A) Afrika B) Janubiy Amerika C) Yevrosiyo D) Shimoliy Amerika 0% Testni qayta ishga tushiring Author: InfoMaster Geografiya olimpiada