Uy » Online olimpiada » Tarix olimpiada » 10-sinf Tarix olimpiada №5 Tarix olimpiadaTuman 2023-2024 o'quv yili 10-sinf Tarix olimpiada №5 InfoMaster Avgust 19, 2024 26 Ko'rishlar 0 SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 0 0 123456789101112131415161718192021222324252627282930 10-sinf Tarix olimpiada №5 2023-yil 17-oktyabr: 2023-2024 o'quv yilida tuman bosqichida tushgan savollar. 1 / 30 1. Amir Temur saltanatni o‘n ikki toifaga bo‘lib, ularga tayangan holda ish yuritgan bo‘lib shulardan 1- toifa vakillari kimlar edi? A) vazirlar, bosh kotiblar, devon munshiylari B) amirlar, sarhanglar, sipohsolor, lashkarboshi C) aqlli, tajribali, eng ishonchli kishilar D) Sayyidlar, ulamo, shayxlar, fozillar 2 / 30 2. Arab xalifaligida san`atning barcha sohalariga nisbatan qaysi soha yuksak taraqqiy etgan? A) tasviriy san`at B) me`morchilik C) haykaltaroshlik D) musiqa 3 / 30 3. Xitoyda ilmiy bilimlarning rivojlanishini taqozo etgan omil qaysi javobda to‘g‘ri berilgan? A) odamlarning o‘zini qurshab turgan tevarak-atrofni tushunishga intilishi; B) davlatning iqtisodiy taraqqiyot ehtiyojlari; C) mahalliy aholining kundalik hayoti ziroatchilik, hunarmandchilik, binokorlik bilan bog‘liqligi; D) yuqumli kasalliklar, ochlik va qurg‘oqchilikni tez-tez takrorlanib turishi; 4 / 30 4. Angliyada inqilob yuz berishining asosiy sababini aniqlang. A) Qirol parlament va puritanlarga qarshi kurash boshlagani B) Fransiya bilan urushda kelishuvchilik siyosati olib borgani uchun C) Savdogarlar uchun patentning narxi ko‘tarilgani uchun D) Qirolning asosiy raqibi Ispaniya bilan murosasozlik olib borayotgani 5 / 30 5. Qoraqalpoqlarni boshqarish qulayroq bo’lishi uchun kim “Qoraqalpoq ulusi”ni shakllantirdi? A) Muhammad Rahimxon II B) Eltuzarxon C) Olloqulixon D) Muhammad Rahimxon I 6 / 30 6. Toshkentda qachon “Shahar nizomi” joriy etilgan va unga muvofiq Shahar boshqaruvi Dumaga o’tgan edi? A) 1868-yil B) 1877-yil C) 1892-yil D) 1867-yil 7 / 30 7. O’rta Osiyoning Rossiya imperiyasi tomonidan bosib olinishi qaysi yillarda amalga oshirilgan? A) 1868-1880-yillarda B) 1845-1890-yillarda C) 1847-1885-yillarda D) 1870-1887-yillarda 8 / 30 8. Usmonli davlati tarixida kimning davri “zulm davri” nomini olgan? A) Abdulaziz B) Murod V C) Abdulhamid II D) Anvarbey 9 / 30 9. Tarixda “Vabo isyoni” deb nom olgan qo’zg’olon qachon yuz bergan? A) 1882-yil B) 1892-yil C) 1885-yil D) 1878-yil 10 / 30 10. 800-yilda Rim papasi Lev III qaysi hukmdorga imperatorlik tojini kiygizadi? A) Otton III B) Buyuk Alfred C) Xlodvig D) Buyuk Karl 11 / 30 11. Rim papasining gunohlarni avf etganlik to’g’risidagi maxsus yorlig’i qaysi javobdagi atamaga mos keladi? A) individualizm B) interdikt C) indulgensiya D) reformatsiya 12 / 30 12. Muhammad Shayboniyxon nima uchun 1507-yilda pul islohotini o’tkazdi? A) soliqlarni 4 barobar oshirish va tangadagi kumush foizini pasaytirish uchun B) xonlik iqtisodiyotini tartibga solish va savdoni rivojlantirish uchun C) xonlik xonadoni xarajatlarini qoplash uchun D) xonlik xazinasini boyitish uchun 13 / 30 13. Qaysi davr boshlanishi bilan muzlik davri o’z poyoniga yetdi? A) bronza B) eneolit C) mezolit D) neolit 14 / 30 14. O’rta Osiyoning Rossiya imperiyasi tomonidan bosib olinishining to’rtinchi bosqichida kimlar bo’ysundirilgan? A) turkmanlar B) Qo’qon xonligi C) Xiva xonligi D) qozoqlar 15 / 30 15. Eftallar yozuvi nechta harfdan iborat bo’lgan? A) 22 B) 25 C) 32 D) 28 16 / 30 16. Rossiyadan kimlar boshchiligidagi Xiva xonligiga yuborilgan ekspeditsiya muvaffaqiyatsizlik bilan tugagan? A) M.Murkford, A.Byorns B) A.Bekovich-Cherkasskiy, V. Perovskiy C) I.Volf, V.Perovskiy D) P.Lessar, M.Murkford 17 / 30 17. Makedoniyalik Aleksandr vafot etganidan so’ng, u barpo etgan davlat qaysi qismlarga bo’linib ketadi? A) Misr, Xitoy, Hindiston B) Makedoniya, Misr, Suriya C) Makedoniya, Eron, Hindiston D) Bobil, Parfiya, Eron 18 / 30 18. Yunon-shahar davlatlar qo’shinlarining asosini kimlar tashkil etgan? A) otliqlar B) goplitlar C) legionlar D) senturiylar 19 / 30 19. Dukchi Eshon boshchiligidagi Andijon qo’zg’oloni yuz bergan vaqtda bo’lgan voqeani toping A) Rossiya tarixida birinchi inqilob boshlandi B) Parij shahrida AQSH-Ispaniya tinchlik shartnomasi imzolandi C) Yaponiya konstitutsiyasi qabul qilindi D) Braziliyada Pedru II taxtdan voz kechdi 20 / 30 20. Qaysi davlat sanoat ishlab chiqarishning umumiy hajmi bo’yicha XX asr boshlarida AQSHdan keyingi ikkinchi o’ringa chiqib oldi? A) Buyuk Britaniya B) Fransiya C) Germaniya D) Italiya 21 / 30 21. Qo’qon xonligida qaysi lavozim nafaqat Bosh qo’mondon va ayni paytda Bosh vazir vazifasini ham bajargan? A) mingboshi B) parvonachi C) devonbegi D) mirzaboshi 22 / 30 22. 1898-yilda ikkinchi jadid maktabi kim tomonidan va qaysi shaharda ochilgan? A) Abdurauf Fitrat, Buxoroda B) Shamsiddin domla, Andijonda C) Mannon qori, Toshkentda D) Salohiddin domla, Qo’qonda 23 / 30 23. XIX asrning 70-yillarida ajnabiylar Xitoyning nechta bandargohiga bemalol kirardilar va o’zlarini xo’jayinlardek tutardilar? A) 17 B) 26 C) 22 D) 10 24 / 30 24. Buxoro amirligida aholi bog’lar va polizlardan olingan daromadlar uchun alohida qanday yig’im to’lashgan? A) tanobona B) kafsan C) solg’ut D) cho’p puli 25 / 30 25. XIX asrning ikkinchi yarmida Toshkent shahri nechta dahaga bo’lingan va shaharning nechta darvozasi bo’lgan? A) 3 daha, 6 darvoza B) 10 daha, 8 ta darvoza C) 2 daha, 12 darvoza D) 4 daha, 12 darvoza 26 / 30 26. Quyidagi javoblardan qaysi biri “Anneksiya” atamasiga mos keladi? A) bir davlat hududining butunlay yoki qisman boshqa davlatga qo’shib olinishi B) siyosiy hokimiyat birgina hukmdor shaxs yoki bir guruh shaxslarning irodasi, markazlashgan hokimiyatiga asoslangan davlat boshqaruv usuli C) biror narsaning muayyan joyda to’planishi D) bir yoki bir nechta davlatlarning boshqa davlat ichki ishlariga zo’ravonlik bilan aralashuvi 27 / 30 27. G’azna hukmdorlaridan kim Hindistonning shimoliga 17 marta bosqinchilik yurishlarini uyushtirgan? A) Sobuqtegin B) Mahmud G’aznaviy C) Ma’sud G’aznaviy D) Alptegin 28 / 30 28. Avstriya-Vengriya imperiyasining Vengriya qirolligi tarkibiga kiruvchi hududlarini toping 1.Chexiya 2.Xorvatiya 3.Galitsiya 4.Bukovina 5. Transilvaniya 6. Slovakiya 7. Moraviya A) 2,5,6 B) 1,2,7 C) 3,4,5 D) 4,6,7 29 / 30 29. VI asr oxirlarida qanday xavf Xitoyning birlashuviga sabab bo’ldi? A) mamlakatdagi qo’zg’olon xavfi B) Turk hoqonligining hujumi xavfi C) aholining kamayib ketish xavfi D) iqtisodiy inqiroz xavfi 30 / 30 30. Turkistonning qaysi viloyatlari paxta yetishtirish uchun eng muhim markazlar bo’lgan? A) Farg’ona, Sirdaryo, Samarqand B) Xorazm, Qashqadaryo, Toshkent C) Toshkent, Jizzax, Buxoro D) Qashqadaryo, Buxoro, Surxondaryo 0% Testni qayta ishga tushiring Tomonidan Wordpress Quiz plugin Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz