Uy » Mavzulatshitilgan testlar » Tarix mavzulashtirilgan » 8-sinf Jahon tarixi » 8-sinf Jahon tarixi №5 8-sinf Jahon tarixi 8-sinf Jahon tarixi №5 InfoMaster Iyun 12, 2023 18 Ko'rishlar 0 SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 0 0 123456789101112131415161718192021222324252627282930 8-sinf Jahon tarixi №5 II bob. XVI-XVIII ASRLARDA YEVROPA VA AMERIKA MAMLAKATLARI 2-variant 1 / 30 1. Rasmda tasvirlangan olimning kashfiyotlari to'g'ri berilgan javobni toping. 1)mexanika va astronomiyaning nazariy asoslarini yaratdi; 2)olamning cheksizligi va abadiyligi haqidagi nazariyani yaratdi; 3)butun olam tortishish qonunini ishlab chiqdi; 4)Katta sonlarni hisoblash mashinasini, mayatnikli soatni yaratdi 5)ko‘zguli teleskopni kashf qildi; 6)yevropalik olimlar orasida birinchi bo‘lib osmon jismlarini teleskop yordamida kuzatdi; A) 4, 5, 6 B) 2, 4, 6 C) 1, 3, 5 D) 1, 4, 5 2 / 30 2. Yangi davr boshlarida savdogarlar nima maqsadda aksionerlik kompaniyalariga birlasha boshlagan? A) xavf-xatar katta bo’lgan uzoq masofalar bilan savdo qilish uchun B) ichki bozorda raqobatdan qutulish uchun C) savdo qilish ruhsatnomalariga belgilangan katta miqdordagi to’lovlarni to’lamaslik maqsadida D) o’zlarining manufakturalarini tashkil etish maqsadida 3 / 30 3. 1483-1520-yillarda yashab ijod qilgan. Uning asarlari ichida “Sikistin madonnasi” mashhur bo’lib, zamondoshlari unga “shu xil dagilarning yagonasi” deb baho bergan. Bu ma’lumot qaysi ijodkorga tegishli? A) Rafael Santi B) Migel de Servantes C) Leonardo da Vinchi D) Uilyam Shekispir 4 / 30 4. Ilk umumjahon svilizatsiyasini aniqlang. A) Islom sivilizatsiyasi B) Yevropa sivilizatsiyasi C) Xitoy-konfutsiylik sivilizatsiyasi D) Yunon sivilizatsiyasi 5 / 30 5. 1721-yilda Rossiya tarixida qanday muhim voqealar yuz berdi? A) Rossiya – Turkiya urushi boshlandi va Pyotr I vafot etdi B) Nishtadt shartnomasi imzolandi va Pyotr I imperator deb e’lon qilindi C) Pyotr I taxtga o’tirdi va Nishtadt shartnomasi imzolandi D) Yekaterina II taxtga o’tirdi va Pugachev qo’zg’oloni boshlandi 6 / 30 6. 1721-yilda Rossiya-Shvetsiya o’rtasidagi shartnoma qayerda imzolangan? A) Niderlandiyaning Amsterdam shahrida B) Vengriyaning Budapesht shahrida C) Germaniyaning Nyurnberg shahrida D) Finlandiyaning Nishtadt shahrida 7 / 30 7. Rus podshosi Ivan IV ga podsholik unvonini berilishi ... A) uni G’arbiy Yevropa qirollari bilan tenglashtirdi B) Oltin O’rda podsholarining urushlariga sabab bo’ldi C) G’arbiy Yevropa qirollarining noroziliklariga sabab bo’ldi D) knyazlarning o’zaro kurashlarini yanada kuchaytirib yubordi 8 / 30 8. Rus podshosi Pyotr I faoliyati bilan bog’liq bo’lmagan tarixiy voqeani aniqlang. A) Rossiya Boltiq dengiziga chiqish huquqiga ega bo‘ldi B) Shimoliy urushdagi g’alaba C) Rossiya imperiyasining tashkil topishi D) Qrim xonligi Rossiyaga qaram davlatga aylandi 9 / 30 9. XVI asrning ikkinchi yarmiga kelib Germaniya orqali o’tadigan savdo yo’llarining ahamiyati yo’qola boshlagan edi. Buning asosiy sababini ko’rsating. A) quruqlik yo’llarining Turkiya orqali o’tganligi B) dengiz savdo yo’llarining Atlantika okeaniga ko’chganligi C) dengiz savdo yo’llarining O’rtayer dengiziga ko’chganligi D) dengiz savdo yo’llarining Hind okeaniga ko’chganligi 10 / 30 10. O’zbekiston tarixida qanday voqea ingliz qirolichasi Yelizaveta I o’limidan ikki yil oldin ro’y berdi? A) Shayboniylar hukmronligi boshlandi B) Ashtarxoniylar sulolasi hokimiyatga keldi C) Toqi zargaron va Toqi kitobfurushon savdo majmualari qurib bitkazildi D) Abdullaxon II markazlashgan davlat tuzdi 11 / 30 11. Angliya uchun XVI asr qanday yakunlandi? A) Angliyada Styuartlar sulolasi hokimiyatni egalladi B) Davlat qudratli bo‘ldi, xo‘jalikni rivojlantirishda va dengiz savdosida muvaffaqiyatlarga erishildi C) Angliya dengiz hukmdoriga aylansada, iqtisodiy jihatdan Germaniya va Ispaniyadan ortda edi D) Angliyada o’zaro urushlar avj olib, siyosiy parokandalik kuchaydi 12 / 30 12. Rossiya tarixida sodir bo’lgan voqealarni xronologik ketma- ketlikda joylashtiring. 1)Zemstvo sobori chaqirildi; 2)Ivan IV podsholik tojini kiydi; 3)Hojitarxon xonligi bosib olindi; 4)Qozon xonligi bosib olindi; A) 2, 1, 4, 3 B) 1, 2, 4, 3 C) 3, 2, 4, 1 D) 2, 3, 4, 1 13 / 30 13. Buyuk Britaniya AQSH davlatining tuzilganligini, uning mustaqilligini tan olgan shartnomani qayerda imzolagan? A) Parijda B) Sankt Peterburgda C) Londonda D) Filadelfiyada 14 / 30 14. Rossiyada polyaklarga qarshi kurashni boshqargan qishloq oqsaqolini aniqlang. A) Makariy B) Minin C) Stefan Bulavin D) Pojariskiy 15 / 30 15. Amerika millatining shakllanishiga olib kelgan omillarni aniqlang. A) hududning umumiyligi, mustamlakalarning iqtisodiy va xo’jalik manfaatlari, til va dinning yagonaligi B) boshqaruvning Yevropada joylashganligi, hindular bilan yevropaliklarning kelishuvi, xo’jalik manfaatlari C) turli dinlarning mavjudligi, iqtisodiy birlik, hududning umumiy bo’lmaganligi D) ispan va ingliz tillarida gaplashadigan xalqlarning birlashuvi, ijtimoiy birlik, din yagonaligi va armiyaning birligi 16 / 30 16. Germaniya knyazlarining milliy ozodlik qo’shini tuzilgan yili bo’lgan voqeani aniqlang. A) Germaniya Vena ostonalarida turklar qo’shinini tor-mor etdi B) Ubaydullaxon II pul islohoti o’tkazdi C) Charxpalak bilan harakatga keltiriladigan yigiruv mashinasi kashf etildi D) Fransiyada birinchi konstitutsiya qabul qilindi 17 / 30 17. XVI - XVII asrlarda Germaniya misining ahamiyatiga jiddiy putur yetkazgan voqeani aniqlang. A) Amerikadsan Yevropaga katta miqdorda oltin va kumushning keltirilishi B) Amerikadsan Yevropaga katta miqdorda mis keltirilishi C) Hindistondan Yevropaga oltinning katta miqdorda keltirilishi D) Rossiyadan rangli metallarning Germaniyaga ko’p keltirilishi 18 / 30 18. Qaysi bitimga ko’ra, Rossiya Qora dengiz bo’yida harbiy flot qurish huquqini qo’lga kiritgan? A) Yassi B) Kuchukqaynarji C) Buxarest D) Turkmanchoy 19 / 30 19. Buyuk Britaniya mustamlakasi bo’lgan Shimoliy Amerikada yagona ichki bozor qachondan shakllana boshlagan? A) XVII asr o’rtalaridan B) XVIII asrning o’rtalaridan C) XVIII asr boshlaridan D) XVIII asr oxirlaridan 20 / 30 20. Qaysi mamlakat parlamenti 1649-yilda qirollik hokimiyatini bekor qilgan? A) 19 B) 2 C) C)11 D) 12 21 / 30 21. Rasmda tasvirlangan Faust haqidagi qadimiy nemis afsonasini qayta yozgan buyuk nemis shoirini aniqlang. A) D.Defo B) F.Shiller C) I.Gyote D) D.Svift 22 / 30 22. 1792-yil Fransiyada ... A) Monarxiya ag’darib tashlandi B) “Inson va fuqaro huquqlari Deklaratsiyasi” qabul qilindi C) Birinchi konstitutsiya qabul qilindi D) Milliy Kengash “Ta’sis majlisiga” aylandi 23 / 30 23. Pyotr I ning tashqi siyosatining asosiy maqsadlaridan biri ... A) Yevropani bosib olib Rossiyaga bo’ysundirish B) Rossiyani musulmon davlatlari bilan yaqinlashtirish C) Afrika hududini ishg’ol qilish D) Rossiyani harbiy-dengiz flotiga ega davlatga aylantirish 24 / 30 24. Sanab o’tilgan voqealardan qaysi biri rasmda tasvirlangan hukmdor faoliyati bilan bog’liq emas? A) Astraxan xonligini bosib olinishi B) Shimoliy urush va Boltiq dengizining sohillarini bosib olinishi C) Qozon xonligini bosib olinishi D) Sibir xonligining bosib olinishi 25 / 30 25. J.Svift yashagan yillarni toping. A) 1667-1745-yillar B) 1799-1837-yillar C) 1759-1805-yillar D) 1732-1799-yillar 26 / 30 26. O’ttiz yillik urushdagi g’alaba natijasida ... A) Gogensollernlar Germaniyani boshqaradigan bo’ldi B) Yevropada siyosiy gegemonlik Fransiyaga o’tdi C) Gollandiya Fransiya tarkibiga kirdi D) Prussiya qirolligi tashkil topdi 27 / 30 27. Federal Konvent qaysi davlatda mustaqillikka erishishda katta ro’l o’ynadi? A) AQSHda B) Hindistonda C) Braziliyada D) Meksikada 28 / 30 28. XVI - XVII asrlarda Germaniyaning xalqaro miqyosdagi iqtisodiy ro’lini nima belgilab berar edi? A) oltin ishlab chiqarishda dunyoda birinchi o’rinni egallab kelishi B) mis ishlab chiqarishda dunyoda birinchi o’rinni egallab kelishi C) S) po’lat ishlab chiqarishda dunyoda birinchi o’rinni egallab kelishi D) qalay ishlab chiqarishda dunyoda birinchi o’rinni egallab kelishi 29 / 30 29. Amerikadagi mustaqillik tarafdorlari tomonidan boshqarilganqaysi tashkilot jamoatchilik orasida inqilobiy kayfiyatni avj oldirib yubordi? A) ”Yer va Erk” B) ”Jamiyat baxt-saodati ittifoqi” C) ”Ozodlik farzandlari” D) «Kontinental uyushma» 30 / 30 30. Qaysi kompazitorni zamondoshlari o’z davrining haqiqiy mo’jizasi deb atashgan? A) Shtrausni B) Motsartni C) Baxni D) Betxovenni Sizning ballingiz 0% Tomonidan Wordpress Quiz plugin Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz