Uy » Mavzulatshitilgan testlar » Tarix mavzulashtirilgan » 7-sinf Jahon tarix » 7-sinf Jahon tarix №5 7-sinf Jahon tarix 7-sinf Jahon tarix №5 InfoMaster Aprel 11, 2023 31 Ko'rishlar 1 izoh SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 0 0 12345678910111213141516171819202122232425262728293031323334353637383940 7-sinf Jahon tarix №5 29-35-mavzular yuzasidan testlar 1 / 40 1. German xalqlari hayotida boshlangan qaysi jarayon ularning ijtimoiy taraqqiyotini yanada tezlashtirgan edi? A) ikki dalali almashlab ekishga o`tilishi; B) ijtimoi va mulkiy tengsizlikning boshlanishi; C) qabila ittifoqlarining vujudga kelishi; D) xristianlikning tarqalishi 2 / 40 2. Qaysi to`plam Yevropadagi eng mashhur odat huquqlari yodgorligiga aylanadi? A) “Rus haqiqati” B) “Ming bir kecha” C) “Sali haqiqati” D) “Anglosakson solnomasi” 3 / 40 3. O`rta asr Xitoy maktablarida tahsil oluvchi o`quvchilardan fanning qaysi sohlarini bilish qat`iy talab qilinar edi? A) matematika, grammatika, falsafa, adabiyot; B) tibbiyot, arifmetika, geometriya, astronomiya; C) geografiya, tarix, kimyo, tibbiyot; D) musiqa, geometriya, matematika, astronomiya; 4 / 40 4. Qaysi xalq tabiblari murakkab jarrohlik muolajalarini o‘tkazib,turli o‘simliklarning shifobaxsh xususiyatlarini aniqlab, ulardan dori-darmonlar tayyorlaganlar(a), va tabiblar murakkab jarrohlik asboblari va og‘riqni bosadigan dori-darmonlar ko‘magida jarrohlik muolajalarini o‘tkazganlar, davolashda maxsus tayyorlangan suyuq va quyuq dorilardan foydalanganlar(b). A) Eron(a), Xitoy(b) B) Xitoy(a), Arabiston(b) C) Hindiston(a), Eron(b) D) Xitoy(a), Hindiston(b) 5 / 40 5. O‘rtа аsrlarda qaysi davlatning yirik shaharlаridа ahоli sоpоl quvurlаr оrqаli tоzа suv bilаn ta’minlаngаn, shaharni ахlаt vа chiqindilаrdаn tоzаlаsh, o‘t o‘chirish ishlаri yo‘lgа qo‘yilgаn? A) Хitоy B) Yaponiya C) Hindiston D) Arab xalifaligi 6 / 40 6. Dastlabki banklar qachon va qaysi davlatning yirik shaharlarida paydo bo‘lgan. A) XIV-XV asrlar, Italiya B) XIV-XV asrlar, Angilya C) XIV-XV asrlar, Fransiya D) XIV-XV asrlar, Germaniya 7 / 40 7. O`rta asrlarda qaysi davlatda xalfa sexi- ziyofat uyushtirib, so`ng ustalikka ruxsat olgan? A) Germaniya B) Xitoy C) Italiya D) Fransiya 8 / 40 8. Yuz yillik urushda qaysi jangda Angliyaga qaraganda Fransiyani qoʻshini son jihatdan ikki barabar koʻp boʻlgan? A) Azenkur jangi B) Puate jangi C) 1340-yilgi dengiz jangida D) Kresi jangi 9 / 40 9. Fransiya qiroli 1302-yilda uch toifa vakillarini chaqirib, nimani muhokama qilishni taklif etadi? A) aholiga yangi soliq belgilashni; B) tampliyerlarning mol-mulkini musodara qilishni; C) papa bilan mojaroni muhokama qilishni; D) cherkovga soliq joriy etishni; 10 / 40 10. O`rta asrlarda Germaniya siyosatiga o‘z ta’sirini o‘tkazgan Rim papasini aniqlang. A) Grigoriy IX B) Urban II C) Bonifatsiy VIII D) Innokentiy III 11 / 40 11. O’rta asrlarda tashkil topgan qaysi davlatni keyingi taraqqiyotiga Vizantiya bilan qo‘shni bo‘lgani qo‘l keladi. A) Saljuqiylar davlati B) Oltin O’rda davlati C) Usmonlilar davlati D) Dehli sultonligi 12 / 40 12. Rivojlangan o’rta asrlarda cherkov va monastir binolari qanday haykallar bilan bezatilgan? 1) xudo 2) avliyolar 3) ruhoniylar 4) qirollar 5) qahramonlar 6) jangchilar A) 1, 2, 4 B) 1, 3, 4 C) 4, 5, 6 D) 1, 2, 3 13 / 40 13. Me’morchilikning qaysi uslubida cherkov derazalari orasida rasmlar chizish uchun joy ham bo‘lgan. A) Arab me’morchiligi uslubi B) Roman uslubi C) Vizantiya uslubi D) Gotika uslubi 14 / 40 14. Usmonlilar davlati qaysi hududlarni o’z ichiga olgan. 1) Uzoq Sharq 2) qisman Kavkaz va Qrim 3) Yaqin Sharq 4) O’rta Osiyo 5) Sharqiy Yevropa 6) Shimoliy Afrika 7) Hindiston 8) Kichik Osiyo A) 1, 3, 5, 6, 7 B) 2, 3, 5, 6, 8 C) 2, 3, 4, 5, 8 D) 1, 3, 4, 5, 7 15 / 40 15. Nimalarni rivojlanishi bilan o’rta asrlarda odamlarda dunyoni ko‘rish imkoniyati tug‘iladi. A) hunarmandchilik va savdo B) hunarmandchilik va savdo-sotiq C) Shaharlar va savdo D) Mol ayirboshlash va savdo 16 / 40 16. O’rta asrlarda yashagan quydagi shaxslardan qaysi birining hayoti qiyinchiliklar va xavf-xatarlar ichida, cherkov ta’qibida o‘tgan. A) Rojer Bekon B) Jon Lokk C) Jon Boll D) Kolyuchcho Salyutati 17 / 40 17. Shaharda kitob chop etish yuksalgan(a), va Shahar hokimlari to‘plangan boyliklar hisobidan me’morchilik obidalarini bunyod ettirib, haykaltaroshlik va rassomchilikni yuksaltirganlar(b). A) a-Neapol, b-Venetsiya B) a-Venetsiya, b-Florensiya C) a-Sevilya, b-Venetsiya D) a- Florensiya, b-Venetsiya 18 / 40 18. Qachondan boshlab Usmonlilar davlatida asirga olingan sog‘lom va baquvvat xristian bolalaridan sultonning shaxsiy gvardiyasi jangchilari tashkil etilgan. A) XIV asr o’rtalari B) XV asr oxirlari C) XIV asr boshlari D) XIV asr oxirlari 19 / 40 19. Kitob ishlab chiqarishni yanada qulaylashtirgan(a), va kitobni ommaviy tarqalishiga olib kelgan(b), va kitoblarni arzonlasha boshlashiga(c) sabab bo’lgan voqealarni aniqlang. A) a-xattotlar tomonidan bitilishi, b-shaharlarda maxsus ochilgan ustaxonalarda hunarmandlar tayyorlashi, c-qog‘ozdan keng foydalanish; B) a- kitob bosish dastgohini kashf qilinishi, b-xattotlar tomonidan bitilishi, c-qog‘ozdan keng foydalanish; C) a- shaharlarda maxsus ochilgan ustaxonalarda hunarmandlar tayyorlashi, b- qog‘ozdan keng foydalanish, c- kitob bosish dastgohini kashf qilinishi; D) a-qog‘ozdan keng foydalanish, b-kitob bosish dastgohini kashf qilinishi, c-shaharlarda maxsus ochilgan ustaxonalarda hunarmandlar tayyorlashi; 20 / 40 20. O’rta asrlarda qurilishida toshlari bo‘lmagan qaysi davlatlarda saroylar, ibodatxonalar pishiq g‘ishtdan qurila boshlaydi. A) Italiya va Polsha B) Angliya va Polsha C) Norvegiya va Daniya D) Angliya va Daniya 21 / 40 21. Bolqondagi dastlabki bosqinlar XIV asr o‘rtalarida bo‘lgan, turklar Bolqonning asosiy qismini necha yil davomida egallaydilar. A) 30 yil B) 40 yil C) 50 yil D) 20 yil 22 / 40 22. Qaysi masalasida Tver va Moskva knyazlari o‘rtasida jiddiy kurash ketadi va oqibatda, knyazlardan bir nechtasi mo‘g‘ullar qo‘lida o‘lim topadi. A) soliq yig‘ish B) knyazlik taxti C) sud qilish D) harbiy qo’mondon 23 / 40 23. Kiyev bilan aloqasini uzgan dastlabki knyazlik qachon vujudga kelgan? A) XI asr B) XII asr C) XIII asr D) XIV asr 24 / 40 24. Qachondan boshlab kitoblarni shaharlarda maxsus ochilgan ustaxonalarda hunarmandlar tayyorlay boshlaydi? A) 1445-yil B) XII asr C) XIV asr D) XIII asr 25 / 40 25. Qaysi uslubda qurilgan cherkovlarda derazalar orasida rasm chizish uchun joy ham bo’lgan? A) vizantiya B) arab C) roman D) gotika 26 / 40 26. Bir yilda sodir bo’lgan voqealarni aniqlang. 1)Chingizxon O‘rta Osiyo va Eronning shimolini istilo qilganidan so‘ng mo‘g‘ullar rus yerlariga bostirib kiradi. 2)Onon daryosi bo‘yidagi qurultoyda Temuchin ulug‘ xon deb e’lon qilinadi. 3) Chingizxon Shimoliy Xitoyga qarshi urush boshlaydi 4) mo’g’ullar Kavkaz orqali Dashti Qipchoqqa chiqadi 5) Chingizxon zabt etilgan hududlarni o‘z o‘g‘illariga taqsimlab beradi A) 1, 3 B) 2, 4 C) 2, 5 D) 1, 4 27 / 40 27. O`rta asrlarda inson hayoti….. A) cherkov o`rnatgan taqvimga qarab belgilangan; B) bir kunning o`tishiga qarab belgilangan; C) tong, kun, kech va kechadan iborat bo‘lgan; D) yil fasllarining almashinuviga qarab belgilangan; 28 / 40 28. Kulikovo jangidan necha yil o'tib Moskva,Oltin O'rdaga boj-yasoq to'lashdan bosh tortdi va shu tariqa Rusda mo'g'ullar hukmronligi tugadi? A) 100 yil B) 200 yil C) 250 yil D) 130 yil 29 / 40 29. Oltin O‘rda xonligini dastlabki poytaxti Saroy Botu qayerda joylashgan. A) Volga daryosining quyi oqimida B) Yoyiq daryosining quyi oqimida C) Visla daryosining quyi oqimida D) Dnepr daryosining quyi oqimida 30 / 40 30. Italiyaliklarning qadimgi yunon qo‘lyozmalari, antik san’at va me’morchilik yodgorliklari bilan tanishishiga imkon bergan omilni aniqlang. A) Shimoliy savdo yo’li bilan doimiy aloqalar; B) Yevropada me’morchilik, san’at va adabiyotning rivojlanishi; C) Yangi Uyg‘onish yoki Gumanizm madaniyati namoyandalari inson va uning yaratuvchilik dahosi; D) Sharqdagi salib yurishlari va undan keyingi Levant bilan savdo- madaniyat borasidagi doimiy aloqalar; 31 / 40 31. O’zi suzadigan kema, suv osti kemasi va havoda uchadigan apparatlar qurish mumkinligini aytgan shaxs fanning qaysi sohalariga oid tajribalar o‘tkazadi. 1) fizika 2) matematika 3) kimyo 4) geometriya 5) optika 6) astrologiya A) 1, 3, 5 B) 2, 4, 6 C) 1, 3, 6 D) 2, 5, 6 32 / 40 32. Kichik Osiyoni deyarli to‘liq bosib olgan o‘g‘uzlar qachon unda o‘zlarining qator amirliklarini tuzadilar. A) XI asr boshlarida B) XI asr oxirlarida C) XI asr o’rtalarida D) XII asr boshlarida 33 / 40 33. Lyubech shahrida knyazlarning birinchi syezdi kimlar o'rtasida bo'lib o'tgan? A) Vladimir Monomax va Svyatopolk B) Vsevolod Mstislavich va Vladimir Monomax C) Svyatopolk va Yaroslav Donishmand D) Svyatopolk va Yuriy Dolgorukiy 34 / 40 34. Usmonlilar hukmdori O‘rxonning boshqaruviga oid ma’lumotlarni to’g’ri tartibda belgilang. 1) qo‘shinni piyoda va otliq qism («musallam»)larga bo‘lib,harbiy birliklarga aylantiradi. 2) tanga pul zarb qilingan 3) sulola asoschisi 4) davlat yerlari ma’muriy birliklarga bo‘linadi 5) ilk bor vazir lavozimi ta’sis etiladi 6) janglarda o‘zining tezkor g‘alabalari bilan shuhrat qozongan 7) harbiy islohot o‘tkazadi A) 1, 2, 4, 6, 7 B) 1, 2, 4, 5, 7 C) 2, 4, 5, 6, 7 D) 2, 3, 5, 6, 7 35 / 40 35. Botuxonning Sharqiy Yevropadagi istilochilik urushlari davrida bosib olingan hududlarni aniqlang. 1) Vengriya 2) Polsha 3) Rus knyazliklari 4) Sharqiy Turkiston 5) qisman Serbiya 6) Bolgariya A) 2, 3, 5, 6 B) 2, 3, 4, 5 C) 1, 3, 5, 6 D) 1, 2, 4, 5 36 / 40 36. Yevropadagi ilk uyg‘onish va gumanizm davri vakillarini aniqlang. (XIV-XV asrlar) A) Bekon, Robert de Sorbonn, Salyutati B) Eyngard, Bokachcho, Alkuin C) Petrarka, Bokachcho, Salyutati D) Avitsenna, Alkuin, Eyngard 37 / 40 37. XIV asrdan boshlab Rus yerlarining birlashuviga asos bo‘lgan hududlarni toping. 1) Galich-Volin knyazligi 2) Vladimir-Suzdal knyazligi 3) Novgorod knyazligi 4) Moskva shahri 5) Kiyev shahri A) 2, 4 B) 2, 5 C) 1, 4 D) 1, 3 38 / 40 38. Usmonlilar qo‘shiniga boshqa qabilalardan ham jangchilarning kelib qo‘shilishini ta’minlagan omilni aniqlang. A) Keng istilolar; B) Imperiyaga qarshi harbiy harakatlar; C) Davlat yerlari ma’muriy birliklarga bo‘linishi; D) Beylikning kuchayib borishi; 39 / 40 39. Rus yerlari va Sharqiy Yevropa Xalqlarining mo‘g‘ullar zulmidan ozod etilishida hal qiluvchi omil nima bo‘lgan. A) Moskva knyazligida Oltin O‘rdaga qarshi kurashish; B) Kulikovo jangining ahamiyati; C) Moskva Oltin O‘rdaga boj-yasoq to‘lashdan bosh tortganligi; D) Amir Temurning Oltin O‘rda ustidan qozongan g‘alabalari; 40 / 40 40. Usmonlilar davlatida beylarning asosiy vazifasi nimadan iborat bo‘lgan. A) turkiy qabilalar harbiy kuchlarining qo‘shni hududlarni istilo qilishini ta’minlash; B) beylik yerlarining kengayib borishini ta’minlashdan; C) ichki ziddiyatlarni bartaraf etishdan; D) boshqa qabilalardan ham jangchilarning kelib qo‘shilishini ta’minlashdan; Sizning ballingiz 0% Tomonidan Wordpress Quiz plugin Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz