7-sinf Jahon tarix №3

0

7-sinf Jahon tarix №3

15-21-mavzular yuzasidan testlar

1 / 40

1. Frank qirollarining ishonchli xizmatchisi hisoblangan aholi vakillari kimlar bo’lgan?

2 / 40

2. Quydagi hukmdorlar qaysi yillarda hukmronlik qilgan. 1.Vatslav 2.Simeon 3.Yustinian I 4.Otton I 5.Asparux a) 681-701-yy b) 936-973-yy c) 920-935-yy d) 527-565-yy e) 893-927-yy

3 / 40

3. Qaysi to`plam Yevropadagi eng mashhur odat huquqlari yodgorligiga aylanadi?

4 / 40

4. Qaysi hukmdor oʻziga qarshi chiqqan jangchini darhol jazolamasdan, harbiy ko‘rik paytidagina chopib tashlagan?

5 / 40

5. Qaysi davrda Vizantiyada feodallar hokimiyatining kuchayishi va markaziy hokimiyatning zaiflashishi yer egaligi munosabatlarining uzil-kesil o‘rnatilishiga olib keldi?

6 / 40

6. Quydagi ma’lumotlarni qaysi Kiyev Rusi knyaziga oid ekanligini to’g’ri tartibda joylashtiring. 1.Vladimir Monomax 2.Svyatoslav 3.Vladimir 4.Olga 5.Oleg 6.Igor a) slavyan qabilalarining isyonini bostirib,Kiyev Rusi chegaralarida yangi mudofaa qal’alarini qurdiradi; b) Vizantiya bilan manfaatli shartnoma tuzadi. Unga ko‘ra, Rus savdogarlariga Vizantiyada bojsiz savdo qilishga ruxsat beriladi; ic) lk bor qipchoq xonlari qo‘shinini yengadi; d) o‘z knyazligini ko‘chmanchi bijanak qabilalariga qarshi urushdan boshlaydi; e) Rus mavqeini harbiy yurishlar, istilolar bilan emas, mohirona diplomatiya orqali yuksaltirishga intilgan; f) Xazar xoqonligini mag‘lub etib, uning poytaxti Itil shahrini egallagan;

7 / 40

7. Arabiston yarim orolining janubi va g`arbiy qismida istiqomat qiluvchi aholining asosiy mashg`ulotini aniqlang.

8 / 40

8. Quydagi Sharqiy slavyan qabilalari: drevlyanlar, rodimichlar, tiverlar, dregovichlar, vyatichlar, sevoryanlar ilk o‘rta asrlarda qaysi daryo havzasida yashaganlar?

9 / 40

9. Eron hukmdori Xisrav I tomonidan Yamanni egallanishi natijasida karvon yo`li o`z yo`lini qaysi huduga o`zgartiradi?

10 / 40

10. Arab xalifaligida san’atning barcha sohalariga nisbatan qaysi soha yuksak taraqqiy etgan?

11 / 40

11. Iqtisodiy qoloqligi sabab Afrika qit`asi quyida keltirilgan qaysi manbalar makoniga aylangan edi?

12 / 40

12. Salib yurishlari ishtirokchilarining maqsad va vazifalari to‘g‘ri ko‘rsatilgan qatorni aniqlang. 1)dehqonlar; 2) ritsarlar; 3) gersoglar, graflar, qirollar hamda imperatorlar; 4) savdogarlar a)yangi hududlar va fuqarolarni bo‘ysundirish; b) shon- shuhrat va boylik ottirish; c) o‘zlarining og‘ir hayotidan qutulib, Sharqda mulkka va baxtli hayotga erishish; d) tez boyib ketish.

13 / 40

13. O'rta asrlarda Yevropada shaharlarning paydo bo'lishi va yuksalishi turli mamlakatlarda turlicha bo'lgan. Quyidagi davlatlarda shaharlarning vujudga kelishi, rivojlanishi bir- biriga mos kelgan javoblarni aniqlang. a)Italiya va Janubiy Fransiya; b) Fransiya shimoli, Niderlandiya, Angliya, Germaniya; c) Vengriya, Boltiqbo'yi, Rus yerlari; 1)IX-X asrlar; 2) X-XI asrlar; 3) XII-XIII asrlar

14 / 40

14. XI asr oxiriga kelib Kichik Osiyo hududlarini to`liq bo`ysundirishga muvaffaq bo`lgan xalqlar?

15 / 40

15. G‘arbiy Yevropada XIII–XV asrlarda mavjud bo’lgan Levant savdo yo’li qaysi davlatlarni dengiz orqali Vizantiya va Osiyo mamlakatlari bilan bog’lash uchun hizmat qilgan.

16 / 40

16. Lotinlar tomonidan Vizantiya hududlarini to`liq egallana olmaganligining sababi nima edi?

17 / 40

17. Xitoy o`rta asr me’morchiligida asosiy qurilish xom ashyolarini aniqlang.

18 / 40

18. Xrsitainlik dinini XI asrga kelib ikki qismga bo`linib ketishining asosiy sababi….

19 / 40

19. O‘rtа аsrlarda qaysi davlatning yirik shaharlаridа ahоli sоpоl quvurlаr оrqаli tоzа suv bilаn ta’minlаngаn, shaharni ахlаt vа chiqindilаrdаn tоzаlаsh, o‘t o‘chirish ishlаri yo‘lgа qo‘yilgаn?

20 / 40

20. Yaponiyaning oʻrta asr shaharlarini qayerda qurilganligiga koʻra toʻgʻri tartibda joylashtiring? 1)Nagoya. 2) Xeyyan va Nara. 3) Sapai va Xyogo. 4) Otsu a)dengiz sohilida. b) budda ibodatxonalari yaqinida. c) qalʼa yaqinida. d) chorrahada va karvon yoʻli boʻylab.

21 / 40

21. Birinchi salib yurishlarida Yevropaning qaysi hududlaridan kelgan ritsarlar ishtirok etgan? 1) Angilya 2) Fransiya 3) Ispaniya 4) Italiya 5) Vizantiya 6) Germaniya

22 / 40

22. Rivojlangan o`rta asrlarda kimlarning yetishtiradigan mahsulotlarini ko'payishidan manfaatdorligi oshib boradi?

23 / 40

23. G‘arbiy Yevropada XIII–XV asrlarda mavjud bo’lgan Shimoliy savdo yo’li qaysi shaharlarni o‘zaro bog‘lash uchun xizmat qilgan. 1) Parij 2) London 3) Bryugge 4) Bristol 5) Lyubech 6) Lyubek 7) Florensiya 8) Novgorod

24 / 40

24. Dastlabki(a), va So’nggi salib yurishlari(b) qachon va qaysi hukmdorlarni tashabbusi bilan boshlangan.

25 / 40

25. IX-X asrlardayoq yuksala boshlagan Yevropa shaharlarni aniqlang. 1)London 2)Venetsiya 3)Parij 4)Genuya 5)Brugge 6)Florensiya 7)Marsel 8)London 9)Sevilya 10)Tuluza

26 / 40

26. Raqamlar bilan bog’liq bo’lgan ma’lumotlarni to’g’ri tartibda joylashtiring. 1) 200 ming 2) 0,5 mln 3) 1 mln 4) 20 ming 5) 1 mlndan ko’proq 6) 10 ming 7) 80-100 ming 8) 600-700 9) 100 minglab a) salibchi ritsarlar … qo’shin bilan Konstantinopolni egallashga muvofiq bo’lgan; b) salibchilar Quddusni egallashda birgina jome masjidida … musulmonni o‘ldiradilar; c) XVI asrda Pekinda … aholi bo‘lgan; d) xitoyliklar … odam sig‘adigan yirik kemalar-jonkalarni qurishgan; e) davlat soliqlaridan ozod etilgan yerlarda cherkovdan ijaraga yer olgan… qaram dehqonlar mehnat qilgan; f) Isfaxon, Sheroz shaharlarida … kishi yashagan; g) salib yurishlari paytida Konstantinopolni … aholisi bo‘lgan; h) Nankinda … aholi bo‘lgan; i) salib yurishlarida qatnashgan … kishilar halok bo‘lgan; j) Parij, Konstantinopol, Milan, Florensiya, Kordova, Seviliyada aholi yashagan;

27 / 40

27. Hunarmandchilikni dehqonchilikdan alohida sohaga aylantirgan omilni aniqlang.

28 / 40

28. Arab xalifaligidan birinchi mustaqil amirlik ajralib chiqqan yili ….

29 / 40

29. Kimlarning davrida inkvizisiya o‘z qudratining cho‘qqisiga erishgan(a), va katolik cherkovi o‘z qudrati cho‘qqisiga erishgan(b).

30 / 40

30. Qaysi orden a'zolari xayriya va in’omlar olishdan tashqari, sudxo‘rlik bilan ham shug‘ullangan?

31 / 40

31. O’rta asr shaharlari Osiyoda Yevropadan farqliroq nima uchun yirik zamindorglarga qarshi kurash olib bormagan?

32 / 40

32. Yirik markazlashgan qaysi davlatlarning paydo bo‘lishi savdoni yuqori daromad manbaiga aylantiradi. 1) Turk xoqonligi 2) Dehli sultonligi 3) Tan imperiyasi 4) Muqaddas Rim imperiyasi 5) Arab xalifaligi

33 / 40

33. … savdo yo‘li bo‘ylab joylashgan Germaniyaning … ziyod shaharlari Ganza shaharlar ittifoqiga kirgan.

34 / 40

34. Shahar kambag`allari qo`zg`olonlari bo`lib o`tgan yerlar berilgan javobni toping. 1) Florensiya 2) Milan 3) Perudja 4) Seviliya 5) Kyoln 6) Siena 7) Parij

35 / 40

35. Rim papasi Innokentiy III qaysi davlat hukmdorlarini interdikt orqali tavba-tazarru qildiradi.

36 / 40

36. Fransiyaning qator shaharlarida qaysi davrda senyorlarga qarshi kurash bo‘lib o‘tgan?

37 / 40

37. Rivojlangan o’rta asrlarda shahar markazida nimalar joylashgan. 1) ma’lum kasb-kordagi hunarmandlar 2) ibodatxona 3) shahar kengashi binosi 4) dahalar 5) bozor maydoni

38 / 40

38. Vizantiyani zabt etgan salibchi ritsarlarning ko‘pchiligi vataniga qaytib ketgandan so’ng Lotin imperiyasida qolgan ritsarlar nima evaziga hokimiyatni ushlab turadi.

39 / 40

39. O’rta asrlardagi birinchi yopiq bozor qachon, qayerda qurilgan va qanday nomlangan.

40 / 40

40. Dastlabki banklar qachon va qaysi davlatning yirik shaharlarida paydo bo‘lgan.

Sizning ballingiz

0%

InfoMaster
Author: InfoMaster

Foydali bo'lsa mamnunmiz

InfoMaster

Foydali bo'lsa mamnunmiz

1 Izoh

Javob qoldiring

Info-Master.uz
Logo
Elementlarni Solishtiring
  • Jami (0)
Solishtiring
0