Uy » Mavzulatshitilgan testlar » Tarix mavzulashtirilgan » 6-sinf Tarix » 6-sinf Tarix №5 6-sinf Tarix 6-sinf Tarix №5 InfoMaster Aprel 7, 2023 36 Ko'rishlar 0 SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 0 0 123456789101112131415161718192021222324252627282930 6-sinf Tarix №5 21-25-mavzular yuzasidan testlar 1 / 30 1. Temirdan yasalgan zeb-ziynat buyumlari topilgan eng qadimiy yodgorliklar qaysi hududlarda joylashganligini aniqlang. A) Mesopotamiya va Indoneziyada B) Kichik Osiyo va Eronda C) Misr va Kavkazortida D) Falastin va Hindistonda 2 / 30 2. Qaysi Misr firavni davrida Old Osiyoda misrliklar hukmronligi o‘rnatildi? A) Tutmos III B) Tutmos II C) Yaxmos D) Menes 3 / 30 3. Kir II qayerni bosib olgach, ulkan qo'shin tuzib bosqinchilik urushlarini davom ettirgan? A) Bobil B) Parfiya C) Midiya D) Baqtriya 4 / 30 4. Qadimiy saklarning ko'pchilik qismi qanday nom bilan atalgan guruhga mansub bo'lgan? A) B va C javoblar to'g'ri B) saka-xau-movarka C) saka-tiay-taradarayya D) saka-tigra-xauda 5 / 30 5. Miloddan avvalgi VII-VI asrlarda Marg'iyona va Su'g'diyona hududlari quyidagi qaysi davlatning siyosiy va madaniy ta’siri ostida bo'lgan? A) Xorazm B) Parfiya C) Baqtriya D) Qang' davlati 6 / 30 6. “Disk uloqtiruvchi” haykali kim tomonidan ishlangan? A) Poliklet B) Miron C) Dedal D) Fidiy 7 / 30 7. Yunonlar umrbod tark etgan vatanning bir parchasi sifatida nimani olishgan? A) tuproq B) yogʻoch C) olov D) zaytun yogʻi 8 / 30 8. Afinada mansabdor shaxslarni lavozimga kim tayinlagan yoki saylagan? A) Har yil aholi o'rtasida o'tkaziladigan saylovlar vositasida saylangan. B) Aholining o'zi ko'rsatgan nomzodlarni xalq majlisi tasdiqlab bergan. C) Strateg tomonidan tayinlangan va xalq majlisi tomonidan tasdiqlangan. D) Xalq majlisi tomonidan muayyan muddatga saylangan va majlisga hisobot berishgan. 9 / 30 9. Marafon janggining hal qiluvchi pallasida yunonlar forslarning nechta kemasini egallab oldilar? A) 3 ta B) 7 ta C) 9 ta D) 8 ta 10 / 30 10. Qadimgi yunonlar «varvar»lar deb kimlarni atashgan? A) bosib olingan hududlardagi qulga aylantirilgan aholini B) ularning nazdida madaniyat jihatidan past turuvchi barcha xalqlarni C) o'zlashtirilgan yerlar tevaragida yashovchi yunon bo'lmagan xalqlarni D) Appenin yarimoroli aholisini 11 / 30 11. Qanday sabab bilan Yunonistonda manzilgohlar va shaharlar soni ortib bordi? A) qishloq aholisining shaharlarga ko'chib kelishlari hisobiga B) qo'shni hududlar bilan keng madaniy munosabatlar o'rnatilishi hisobiga C) dehqonchilik va hunarmandchilik rivoj topishi bilan D) aholi sonining ortishi va yangi hududlarga ehtiyoj sababli 12 / 30 12. Drakont qonunlarini arzimagan darajada buzganlik uchun qanday jazo berilgan? A) qullikka mahkum qilingan B) jarima C) oila a’zolari asirlikka berilgan D) oʻlim 13 / 30 13. Yunonlar qadim o'tgan zamonlarda shug'ullangan mashg'ulotlarni belgilang. A) hunarmandchilik va chorvachilik B) dehqonchilik va chorvachilik C) hunarmandchilik va savdo-sotiq D) savdo-sotiq va dehqonchilik 14 / 30 14. Afinada shahar aholisining koʻpchiligini kimlar tashkil etgan? A) chorvadorlar va hunarmandlar B) ziroatchilar va savdogarlar C) savdogarlar va hunarmandlar D) dehqonlar va hunarmandlar 15 / 30 15. Uning davlat boshqaruvidagi islohotlari Xalq Majlisi faoliyati tiklanishi va nasl-nasabidan qat’iy nazar fuqarolar uchun ham davlat mansablarini egallash imkoniyatini ko‘zda tutar edi. So'z kim haqida borayotganligini aniqlang. A) Oktavian B) Perikl C) Solon D) Drakont 16 / 30 16. Kimlar Afina fuqarosi bo'la olar edi? A) otasi va onasi ozod afinalik bo'lgan erkaklar B) Afinada tug'ilib o'sgan barcha shaxslar C) qullardan tashqari barcha qatlamlar D) ma’lum kasb-hunarni bilgan fuqarolar 17 / 30 17. Spartada necha yoshga to‘lgan hamma yigitlar jangchi qo‘shinlariga qabul qilinib, qo‘shinda keksa yoshga qadar xizmat qilganlar? A) 17 yosh B) 25 yosh C) 20 yosh D) 30 yosh 18 / 30 18. Afinada Perikl hukmronligi davrida amalga oshirilgan o'zgarishlarni ko'rsating. 1)Xalq Majlisidagi lavozimiarga ish haqi to'lash joriy etildi; 2)Parfenon ibodatxonasi qurildi; 3)Afinada katta qurilish ishlari amalga oshirildi; 4)mamlakatda demokratiya ravnaq topdi; 5)dehqonlarning qarzlari va qarzdorlarni qul qilish bekor qilindi; 6)davlat boshqaruvi tizimini o'zgartirib aristokratiyani demokratiyaga almashtirdi. A) 1, 2, 3, 4 B) 1, 3, 4, 5, 6 C) 1, 2, 3, 4, 5 D) 1, 2, 3, 4, 5, 6 19 / 30 19. Doriylar Mikenni … bo‘ysundirdilar. A) mil.avv. IX asrda B) mil.avv. VIII asrda C) mil.avv. XIII asrda D) mil. avv. XII sarda 20 / 30 20. Yunonistonda Finikiya alifbosiga asoslangan yangi yozuv(alifbo) qachon vujudga kelgan? A) Miloddan avvalgi X asrda B) Miloddan avvalgi IX asrda C) Miloddan avvalgi XII asrda D) Miloddan avvalgi VIII asrda 21 / 30 21. Afinada oliy ma’lumot beradigan o‘quv yurtlari ham bo‘lib, u yerda ta’lim olish muddati necha yil davom etgan? A) 2-3 yil B) 5-7 yil C) 3-4 yil D) 6-7 yil 22 / 30 22. Qaysi davlatda savdo-sotiq sust rivojlangan, san’at asarlari, chiroyli ibodatxonalar ham bo‘lmagan. A) Bobil B) Sparta C) Miken D) Afina 23 / 30 23. Quyidagilardan qaysi turdagi maktab Afinada mavjud bo’lmagan? A) xususiy gimnastika maktabi B) davlat maktabi C) oliy oʻquv yurti D) palestra 24 / 30 24. Marafon tekisligida yunonlar qancha vaqt o’tgandan so’ng forslarga qarshi hujum boshlagan? A) ikki hafta B) bir oy C) bir hafta D) 3 kun 25 / 30 25. Afinada necha yoshga toʻlgan fuqarolar Xalq sudida ishtirok etgan? A) 30 yosh B) 20 yosh C) 25 yosh D) 40 yosh 26 / 30 26. Quyidagi voqealardan qaysi biri mil. avv. VI asr boshida yuz bergan? A) Fors viloyatida Ahamoniylar davlati tashkil topdi B) Solon islohotlari o‘tkazildi C) Afinadan to Pirey dengiz portigacha mudofaa devorlari qurildi D) Eron shohlari Kichik Osiyodagi yunon polislarini bosib oldilar 27 / 30 27. Qadimgi qaysi davlatda fuqarolar og‘ir mehnat va salomatlikka zarar yetkazuvchi ishlardan ozod qilingan edilar? A) Sparta B) Makedoniya C) Rim D) Afina 28 / 30 28. Afinada qaysi davlat organiga strateg boshchilik qilgan? A) Senat B) Xalq tribuni C) Xalq sudyasi D) Beshyuzlar kengashi 29 / 30 29. Quyidagi qaysi sohalar Afina davlatiga katta daromad keltirar edi? A) mis qazib olish va kulolchilik mahsulotlarini sotish B) chetga go'sht va hunarmandchilik mahsulotlarini sotish C) qul savdosi va hunarmandchilik D) kumush konlari mahsuloti va tuz qazib olish 30 / 30 30. Miloddan avvalgi 480-yilda bo'lib o'tgan Fermopil darasi jangida yunon qo'shinlariga boshchilik qilgan sarkardani aniqlang. A) Afina harbiy sarkardalaridan biri Miltiad B) mashhur sarkarda Kalliy C) mashhur sarkarda Krass D) Sparta podshosi Leonid Sizning ballingiz 0% Tomonidan Wordpress Quiz plugin Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz