Uy » Mavzulatshitilgan testlar » Tarix mavzulashtirilgan » 6-sinf Tarix » 6-sinf Tarix №1 6-sinf Tarix 6-sinf Tarix №1 InfoMaster Aprel 6, 2023 165 Ko'rishlar 1 izoh SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 1 2 123456789101112131415161718192021222324252627282930 6-sinf Tarix №1 1-5-mavzular yuzasidan testlar 1 / 30 1. Patriarxat davri bilan birga kechgan buyuk tarixiy jarayonni belgilang. A) o'zlashtirma xo'jalikdan ishlab chiqaruvchi xo'jalikka o'tilishi B) eng qadimgi urug'chilik tuzumining nihoyasiga yetishi C) temirdan foydalanishning dastlabki davri boshlanishi D) muzlik davrining poyoniga yetishi 2 / 30 2. Insoniyat hayotidagi o‘zgarishlardan qaysi birlari eneolit davriga oid?1)Sharqda dastlabki shahar-davlatlar vujudga keldi; 2)mikrolit qurollar yasala boshlandi; 3)ko‘p xonali uylar qurilishi boshlandi; 4)ishlab chiqaruvchi xo'jalikka o'tildi; 5)kulolchilik xumdoni kashf etildi; 6)O'rta Osiyo janubida ziroatchilik xo'jaligi vujudga keldi. A) 1, 3, 5, 6 B) 1, 3, 5 C) 2, 4, 6 D) 1, 2, 3, 6 3 / 30 3. Quyidagi qaysi davlat hududidan ilk paleolit davriga oid odam izlari topilganligini aniqlang. A) Fransiya B) Yunoniston C) Xitoy D) Germaniya 4 / 30 4. Quyidagi kashfiyotlarning qaysi biri nisbatan oldinroq(qadimiyroq) yuz bergan? A) dastlabki dafn etish tartiblarining yuzaga kelishi B) zeb-ziynat buyumlari yasala boshlanishi C) toshdan mayda mehnat qurollari yasashning qo'llanilishi D) hayvonlarni qo'lga o'rgatishning boshlanishi 5 / 30 5. Quyidagi tarixiy jarayonlarning qaysilari davrlarga bo'lganda ma’lum bir davrning so'nggi bosqichlarida yuz bergan? 1)o'q yoyning kashf etilishi; 2)turar-joylar qurishning boshlanishi; 3)hayvonlarni qo'lga o'rgatishning boshlanishi; 4) misdan foydalanishning boshlanishi; 5)ancha takomillashgan mehnat qurollarining vujudga kelishi; 6)xom g'ishtdan ko'p xonali uylarning qurilishi; 7)kulolchilik va to'quvchilikning kashf etilishi. A) 3, 4 B) 1, 5, 7 C) 2, 3, 6 D) 4 6 / 30 6. Boshqirdistondagi Kapova g'ori qanday topilmasi bilan mashhur? A) temirdan yasalgan ziynat buyumlari bilan B) qoyatosh suratlari bilan C) eng qadimiy ziroatchilik manzilgohi ekanligi bilan D) 8-9 yoshli ibtidoiy bola suyaklari topilganligi bilan 7 / 30 7. Mezolit davri oxirida... A) qabilalar o'troq turmush tarziga o'tib, doimiy turarjoylar qura boshlagan. B) hayvonlar qo'lga o'rgatila boshlangan. C) misdan foydalanishga, undan mehnat qurollari yasashga o'tilgan. D) O'rta Osiyoning janubiy viloyatlaridagi aholi ziroatchilikka o'tgan. 8 / 30 8. Mezolit davriga oid manzilgohlar O'zbekistonning qaysi hududlarida ko'plab uchraydi? 1) Farg'ona vodiysining tog'oldi va tog'lik tumanlarida; 2)Toshkent vohasida; 3)Xorazm vohasida; 4)Samarqand viloyatining tog'lik va dasht hududlarida; 5)O'zbekiston janubida. A) 1, 4, 5 B) 2, 3, 5 C) 1, 2, 3 D) 1, 2, 5 9 / 30 9. O'zbekistonning qaysi hududlaridan bronza davriga oid eng qadimgi dehqonchilik manzilgohlari topilgan? 1) Buxoro viloyatidan; 2) Toshkent viloyatidan; 3) Xorazm vohasidan; 4) Farg'ona vodiysidan; 5)Surxondaryo viloyatidan; 6)Samarqand shahri hududidan. A) 1, 4, 5 B) 1, 2, 5 C) 2, 4, 6 D) 1, 3, 5 10 / 30 10. Mezolit davri oxirida qaysi hududda xo‘jalikning yangi tarmoqlari-ibtidoiy ziroatchilik va chorvachilik vujudga kelgan? A) Old Osiyoda B) O’rta Osiyoda C) Sharqiy Yevropada D) Kichik Osiyoda 11 / 30 11. Qaysi tarixiy davrda odamlar qarindoshlardan tarkib topgan ixcham guruhlarga - urug‘ jamoalariga birlashdilar? A) Bronza B) Neolit C) Mezolit D) So‘nggi paleolit 12 / 30 12. ... - insoniyat tarixining boshlang‘ich davri bo‘lib, bu paytda barcha mehnat qurollari umumiy bo‘lgan va hamma birgalikda mehnat qilgan. A) Ibtidoiy jamoa tuzumi B) ibtidoiy to'da C) qabila D) urug' 13 / 30 13. Temirdan yasalgan zeb-ziynat buyumlari topilgan eng qadimiy yodgorliklar qaysi hududlarda joylashganligini aniqlang. A) Falastin va Hindistonda B) Misr va Kavkazortida C) Mesopotamiya va Indoneziyada D) Kichik Osiyo va Eronda 14 / 30 14. Insonlar tomonidan munchoqlar, tumorlar va uzuklar qaysi tarixiy davrdan boshlab yasala boshlangan? A) O'rta paleolit B) So'nggi paleolit C) Mezolit D) Ilk paleolit 15 / 30 15. Yurtimizda Mezolit davriga oid bo'lgan qaysi manzilgohda qoyatosh rasmlari mufassal o'rganilgan? A) Machay B) Zarautsoy C) Qo'shilish D) Obishir 16 / 30 16. Neolit davrida o'troq turmush tarzi va mehnat qurollarining yanada takomillashishi jamoalarning... A) dehqonchilikka o'tish imkoniyatini vujudga keltirdi B) dastlabki sun’iy boshpanalar qurishiga imkoniyat yaratdi C) xo'jalikning yangi tarmoqlari - ibtidoiy ziroatchilik va chorvachilikni kashf etishlariga olib keldi D) kulolchilik xumdonini kashf qilishiga sabab bo'ldi 17 / 30 17. Qaysi davrda odamlarda chopqir hayvonlarni ovlash imkoniyati vujudga kelgan? A) o‘rta paleolit B) ilk paleolit C) mezolit D) so‘nggi paleolit 18 / 30 18. Yurtimizdagi ko'hna qadamjolarni qazish chog'ida arxeologlar qaysi hududlar hunarmandlari tomonidan tayyorlangan sopol va metall idishlar, zargarlik buyumlarini topisfigan? A) Hindiston, Xitoy, Yunoniston va Rim B) Hindiston, Eron va Mesopotamiya C) Misr, Xitoy va Old va Kichik Osiyo D) Xitoy, Hindiston, Rim va Kavkazorti 19 / 30 19. Kulolchilk sohasidagi ixtirolarning kashf etilgan davrini to‘g‘ri beigilang. 1)kulolchilik vujudga keldi; 2)kulolchilik charxi ixtiro qilindi; 3)kulolchilik xumdoni ixtiro qilindi; a)mezolit davri; b) neolit davri; c) eneolit davri; d) bronza davri; e) temir davri. A) 1-a, 2-b, 3-c B) 1-b, 2-c, 3-d C) 1-a, 2-c, 3-d D) 1-b, 2-d, 3-c 20 / 30 20. Yirik xumlarda aqlangan bug'doy va arpa doni topilgan respublikamizdagi yodgorlik qaysi davrga oid? A) Bronza B) Neolit C) Eneolit D) Mezolit 21 / 30 21. Temirdan yasalgan bezaklar topilgan Maykop qo’rg’oni qayerda joylashgan? A) Kavkazda B) Surxondaryoda C) Misrda D) Ispaniyada 22 / 30 22. Insoniyatning qadimgi tarixiga oid quyidagi o'zgarishlardan qaysi biri neolit davriga xos emas? A) agrar sivilizatsiya insoniyat tarixini shu davrida boshlangan B) Qadimgi Sharqda ilk shahar va davlatlarning vujudga kela boshlashi C) aksariyat qabilalarning o'troq turmush tarziga o'tib, doimiy turar joylar barpo etila boshlanishi D) kulolchilik, to‘quvchilikning vujudga kelishi 23 / 30 23. Qaysi davrlarda odam toshdan kichik mehnat qurollari - mikrolitlar yasashni kashf qilishgan? A) mezolit davrida B) bronza davriga kelib C) so'nggi paleolit davrida D) neolit davrida 24 / 30 24. Quyidagilarning qaysi biri nisbatan keyinroq sodir bo'lgan? A) odamlar ancha takomillashgan kesuvchi va arralovchi mehnat qurollari yasaydigan bo‘lishi B) toshga ishlov berishning oldin ma’lum bo‘lmagan silliqlash va parmalash usullarini kashf qilinishi C) sopol idishlar hayvonlarning, qushlarning tasvirlari va o'simlik naqshlari (yaproqlar, gullar) bilan bezatila boshlanishi D) qabilalarning o'troq turmush tarziga o'tib, doimiy turar joylar qura boshlashi 25 / 30 25. Quyidagilarning qaysi tarixiy davrga xos ekanligini aniqlang. 1)O'rta Osiyo hududida dastlabki ibodatxonaning barpo etilishi; 2)O'rta Osiyo janubida sun’iy sug'orishga asoslangan dehqonchilikning vujudga kelishi; 3)tolalar va jundan kiyim-kechak tayyorlash tarmog'i - to'quvchilik hunarmandchiligining vujudga kelishi; 4)O'rta Osiyo hududida ilk davlat birlashmalarining vujudga kelishi; a)neolit davri; b) eneolit davri; c) bronza davri; d) temir davri. A) 1-b, 2-d, 3-a, 4-c B) 1-c, 2-b, 3-a, 4-d C) 1-a, 2-d, 3-c, 4-b D) 1-c, 2-a, 3-b, 4-d 26 / 30 26. Eng qadimiy tasviriy san’at rivoji uchun asos bo'lib xizmat qilgan omilni aniqlang. A) Odamzotning dunyoni tushunishga intilishi B) urug' jamoalarining vujudga kelishi C) Buyuk muzlik davrining boshlanishi D) sun’iy turarjoylar barpo etishning boshlanishi 27 / 30 27. Bronza davriga oid quyidagi ma’lumotlarning qaysi birida xatolikka yo'l qo'yilgan? A) Bronza davriga oid bronza ko'zgular Zamonbobo manzilgohidan topilgan B) Sopollitepa manzilgohi qurilishi tarxida shaharning ilk alomatlari ko'zga tashlanadi C) Bronza davriga kelib Ota urug’ davriga o’tilgan D) Sopollitepa manzilgohidan zeb-ziynatlar yasalgan ustaxona qoldiqlari topilgan 28 / 30 28. Quyidagi ma’lumotlarning qaysi biri eng qadimgi odamlarda diniy tasavvurlari bo'lgani to'g'risidagi ma’lumotlarni tasdiqlaydi? A) odamlarning dunyoni tushunishga intilishlari B) kishilarning yashash uchun kurashi va mehnat hamda ov qurollari yasashni o'rganishlari C) kishilarning yovvoyi hayvonlardan qo'rqib, to‘da bo'lib ov qilganliklari D) so'nggi paleolit davriga oid bo'lgan qoya rasmlarining topilishi 29 / 30 29. Insoniyat tarixining qaysi davrida urug' jamoalarida ortiqcha qishloq xo'jalik mahsulotlari vujudga keldi va chorvachilik asta-sekin dehqonchilikdan ajralib chiqa boshladi? A) Eneolit davrida B) Mezolit davrida C) Bronza davrida D) Neolit davrida 30 / 30 30. Quyidagi manzilgohlarni qadimiyligiga ko‘ra to‘g‘ri ketma- ketlikda joylashtiring. 1) Maykop qo‘rg‘oni; 2) Obishir manzilgohi; 3) Kopova g'ori; 4) Teshiktosh g'ori; 5) Selung‘ur manzilgohi; 6) Sopollitepa manzilgohi. A) 5, 4, 1, 2, 6, 3 B) 5, 4, 3, 2, 6, 1 C) 5, 3, 4, 2, 1, 6 D) 4, 5, 2, 3, 6, 1 Sizning ballingiz 0% Tomonidan Wordpress Quiz plugin Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz