Uy » Mavzulatshitilgan testlar » Tarix mavzulashtirilgan » 6-sinf Tarix » 6-sinf Tarix №1 6-sinf Tarix 6-sinf Tarix №1 InfoMaster Aprel 6, 2023 167 Ko'rishlar 1 izoh SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 1 2 123456789101112131415161718192021222324252627282930 6-sinf Tarix №1 1-5-mavzular yuzasidan testlar 1 / 30 1. Mezolit davri oxirida... A) qabilalar o'troq turmush tarziga o'tib, doimiy turarjoylar qura boshlagan. B) hayvonlar qo'lga o'rgatila boshlangan. C) misdan foydalanishga, undan mehnat qurollari yasashga o'tilgan. D) O'rta Osiyoning janubiy viloyatlaridagi aholi ziroatchilikka o'tgan. 2 / 30 2. Quyidagilarning qaysi tarixiy davrga xos ekanligini aniqlang. 1)O'rta Osiyo hududida dastlabki ibodatxonaning barpo etilishi; 2)O'rta Osiyo janubida sun’iy sug'orishga asoslangan dehqonchilikning vujudga kelishi; 3)tolalar va jundan kiyim-kechak tayyorlash tarmog'i - to'quvchilik hunarmandchiligining vujudga kelishi; 4)O'rta Osiyo hududida ilk davlat birlashmalarining vujudga kelishi; a)neolit davri; b) eneolit davri; c) bronza davri; d) temir davri. A) 1-c, 2-b, 3-a, 4-d B) 1-b, 2-d, 3-a, 4-c C) 1-c, 2-a, 3-b, 4-d D) 1-a, 2-d, 3-c, 4-b 3 / 30 3. Kulolchilk sohasidagi ixtirolarning kashf etilgan davrini to‘g‘ri beigilang. 1)kulolchilik vujudga keldi; 2)kulolchilik charxi ixtiro qilindi; 3)kulolchilik xumdoni ixtiro qilindi; a)mezolit davri; b) neolit davri; c) eneolit davri; d) bronza davri; e) temir davri. A) 1-b, 2-d, 3-c B) 1-b, 2-c, 3-d C) 1-a, 2-c, 3-d D) 1-a, 2-b, 3-c 4 / 30 4. Bronza davriga oid quyidagi ma’lumotlarning qaysi birida xatolikka yo'l qo'yilgan? A) Sopollitepa manzilgohi qurilishi tarxida shaharning ilk alomatlari ko'zga tashlanadi B) Bronza davriga oid bronza ko'zgular Zamonbobo manzilgohidan topilgan C) Sopollitepa manzilgohidan zeb-ziynatlar yasalgan ustaxona qoldiqlari topilgan D) Bronza davriga kelib Ota urug’ davriga o’tilgan 5 / 30 5. Temirdan yasalgan zeb-ziynat buyumlari topilgan eng qadimiy yodgorliklar qaysi hududlarda joylashganligini aniqlang. A) Kichik Osiyo va Eronda B) Misr va Kavkazortida C) Mesopotamiya va Indoneziyada D) Falastin va Hindistonda 6 / 30 6. Temirdan yasalgan bezaklar topilgan Maykop qo’rg’oni qayerda joylashgan? A) Misrda B) Kavkazda C) Ispaniyada D) Surxondaryoda 7 / 30 7. Neolit davrida o'troq turmush tarzi va mehnat qurollarining yanada takomillashishi jamoalarning... A) kulolchilik xumdonini kashf qilishiga sabab bo'ldi B) dastlabki sun’iy boshpanalar qurishiga imkoniyat yaratdi C) xo'jalikning yangi tarmoqlari - ibtidoiy ziroatchilik va chorvachilikni kashf etishlariga olib keldi D) dehqonchilikka o'tish imkoniyatini vujudga keltirdi 8 / 30 8. Quyidagi tarixiy jarayonlarning qaysilari davrlarga bo'lganda ma’lum bir davrning so'nggi bosqichlarida yuz bergan? 1)o'q yoyning kashf etilishi; 2)turar-joylar qurishning boshlanishi; 3)hayvonlarni qo'lga o'rgatishning boshlanishi; 4) misdan foydalanishning boshlanishi; 5)ancha takomillashgan mehnat qurollarining vujudga kelishi; 6)xom g'ishtdan ko'p xonali uylarning qurilishi; 7)kulolchilik va to'quvchilikning kashf etilishi. A) 1, 5, 7 B) 2, 3, 6 C) 4 D) 3, 4 9 / 30 9. Insoniyatning qadimgi tarixiga oid quyidagi o'zgarishlardan qaysi biri neolit davriga xos emas? A) kulolchilik, to‘quvchilikning vujudga kelishi B) Qadimgi Sharqda ilk shahar va davlatlarning vujudga kela boshlashi C) agrar sivilizatsiya insoniyat tarixini shu davrida boshlangan D) aksariyat qabilalarning o'troq turmush tarziga o'tib, doimiy turar joylar barpo etila boshlanishi 10 / 30 10. Mezolit davriga oid manzilgohlar O'zbekistonning qaysi hududlarida ko'plab uchraydi? 1) Farg'ona vodiysining tog'oldi va tog'lik tumanlarida; 2)Toshkent vohasida; 3)Xorazm vohasida; 4)Samarqand viloyatining tog'lik va dasht hududlarida; 5)O'zbekiston janubida. A) 1, 2, 3 B) 1, 2, 5 C) 2, 3, 5 D) 1, 4, 5 11 / 30 11. Yirik xumlarda aqlangan bug'doy va arpa doni topilgan respublikamizdagi yodgorlik qaysi davrga oid? A) Mezolit B) Neolit C) Bronza D) Eneolit 12 / 30 12. Yurtimizda Mezolit davriga oid bo'lgan qaysi manzilgohda qoyatosh rasmlari mufassal o'rganilgan? A) Obishir B) Zarautsoy C) Machay D) Qo'shilish 13 / 30 13. Insoniyat tarixining qaysi davrida urug' jamoalarida ortiqcha qishloq xo'jalik mahsulotlari vujudga keldi va chorvachilik asta-sekin dehqonchilikdan ajralib chiqa boshladi? A) Mezolit davrida B) Neolit davrida C) Eneolit davrida D) Bronza davrida 14 / 30 14. Quyidagilarning qaysi biri nisbatan keyinroq sodir bo'lgan? A) qabilalarning o'troq turmush tarziga o'tib, doimiy turar joylar qura boshlashi B) toshga ishlov berishning oldin ma’lum bo‘lmagan silliqlash va parmalash usullarini kashf qilinishi C) odamlar ancha takomillashgan kesuvchi va arralovchi mehnat qurollari yasaydigan bo‘lishi D) sopol idishlar hayvonlarning, qushlarning tasvirlari va o'simlik naqshlari (yaproqlar, gullar) bilan bezatila boshlanishi 15 / 30 15. Insonlar tomonidan munchoqlar, tumorlar va uzuklar qaysi tarixiy davrdan boshlab yasala boshlangan? A) Ilk paleolit B) Mezolit C) So'nggi paleolit D) O'rta paleolit 16 / 30 16. Mezolit davri oxirida qaysi hududda xo‘jalikning yangi tarmoqlari-ibtidoiy ziroatchilik va chorvachilik vujudga kelgan? A) Old Osiyoda B) O’rta Osiyoda C) Kichik Osiyoda D) Sharqiy Yevropada 17 / 30 17. Eng qadimiy tasviriy san’at rivoji uchun asos bo'lib xizmat qilgan omilni aniqlang. A) Odamzotning dunyoni tushunishga intilishi B) Buyuk muzlik davrining boshlanishi C) sun’iy turarjoylar barpo etishning boshlanishi D) urug' jamoalarining vujudga kelishi 18 / 30 18. Quyidagi manzilgohlarni qadimiyligiga ko‘ra to‘g‘ri ketma- ketlikda joylashtiring. 1) Maykop qo‘rg‘oni; 2) Obishir manzilgohi; 3) Kopova g'ori; 4) Teshiktosh g'ori; 5) Selung‘ur manzilgohi; 6) Sopollitepa manzilgohi. A) 5, 3, 4, 2, 1, 6 B) 5, 4, 1, 2, 6, 3 C) 4, 5, 2, 3, 6, 1 D) 5, 4, 3, 2, 6, 1 19 / 30 19. Qaysi davrda odamlarda chopqir hayvonlarni ovlash imkoniyati vujudga kelgan? A) so‘nggi paleolit B) mezolit C) o‘rta paleolit D) ilk paleolit 20 / 30 20. Qaysi davrlarda odam toshdan kichik mehnat qurollari - mikrolitlar yasashni kashf qilishgan? A) bronza davriga kelib B) neolit davrida C) so'nggi paleolit davrida D) mezolit davrida 21 / 30 21. ... - insoniyat tarixining boshlang‘ich davri bo‘lib, bu paytda barcha mehnat qurollari umumiy bo‘lgan va hamma birgalikda mehnat qilgan. A) urug' B) qabila C) ibtidoiy to'da D) Ibtidoiy jamoa tuzumi 22 / 30 22. Quyidagi qaysi davlat hududidan ilk paleolit davriga oid odam izlari topilganligini aniqlang. A) Xitoy B) Germaniya C) Fransiya D) Yunoniston 23 / 30 23. Quyidagi ma’lumotlarning qaysi biri eng qadimgi odamlarda diniy tasavvurlari bo'lgani to'g'risidagi ma’lumotlarni tasdiqlaydi? A) kishilarning yashash uchun kurashi va mehnat hamda ov qurollari yasashni o'rganishlari B) kishilarning yovvoyi hayvonlardan qo'rqib, to‘da bo'lib ov qilganliklari C) odamlarning dunyoni tushunishga intilishlari D) so'nggi paleolit davriga oid bo'lgan qoya rasmlarining topilishi 24 / 30 24. Boshqirdistondagi Kapova g'ori qanday topilmasi bilan mashhur? A) qoyatosh suratlari bilan B) eng qadimiy ziroatchilik manzilgohi ekanligi bilan C) temirdan yasalgan ziynat buyumlari bilan D) 8-9 yoshli ibtidoiy bola suyaklari topilganligi bilan 25 / 30 25. Yurtimizdagi ko'hna qadamjolarni qazish chog'ida arxeologlar qaysi hududlar hunarmandlari tomonidan tayyorlangan sopol va metall idishlar, zargarlik buyumlarini topisfigan? A) Hindiston, Xitoy, Yunoniston va Rim B) Xitoy, Hindiston, Rim va Kavkazorti C) Hindiston, Eron va Mesopotamiya D) Misr, Xitoy va Old va Kichik Osiyo 26 / 30 26. Patriarxat davri bilan birga kechgan buyuk tarixiy jarayonni belgilang. A) muzlik davrining poyoniga yetishi B) o'zlashtirma xo'jalikdan ishlab chiqaruvchi xo'jalikka o'tilishi C) temirdan foydalanishning dastlabki davri boshlanishi D) eng qadimgi urug'chilik tuzumining nihoyasiga yetishi 27 / 30 27. Qaysi tarixiy davrda odamlar qarindoshlardan tarkib topgan ixcham guruhlarga - urug‘ jamoalariga birlashdilar? A) Neolit B) Bronza C) Mezolit D) So‘nggi paleolit 28 / 30 28. Insoniyat hayotidagi o‘zgarishlardan qaysi birlari eneolit davriga oid?1)Sharqda dastlabki shahar-davlatlar vujudga keldi; 2)mikrolit qurollar yasala boshlandi; 3)ko‘p xonali uylar qurilishi boshlandi; 4)ishlab chiqaruvchi xo'jalikka o'tildi; 5)kulolchilik xumdoni kashf etildi; 6)O'rta Osiyo janubida ziroatchilik xo'jaligi vujudga keldi. A) 1, 3, 5 B) 1, 3, 5, 6 C) 2, 4, 6 D) 1, 2, 3, 6 29 / 30 29. Quyidagi kashfiyotlarning qaysi biri nisbatan oldinroq(qadimiyroq) yuz bergan? A) dastlabki dafn etish tartiblarining yuzaga kelishi B) hayvonlarni qo'lga o'rgatishning boshlanishi C) zeb-ziynat buyumlari yasala boshlanishi D) toshdan mayda mehnat qurollari yasashning qo'llanilishi 30 / 30 30. O'zbekistonning qaysi hududlaridan bronza davriga oid eng qadimgi dehqonchilik manzilgohlari topilgan? 1) Buxoro viloyatidan; 2) Toshkent viloyatidan; 3) Xorazm vohasidan; 4) Farg'ona vodiysidan; 5)Surxondaryo viloyatidan; 6)Samarqand shahri hududidan. A) 1, 4, 5 B) 1, 3, 5 C) 1, 2, 5 D) 2, 4, 6 Sizning ballingiz 0% Tomonidan Wordpress Quiz plugin Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz