Uy » Online olimpiada » Geografiya olimpiada » 9-sinf Geografiya olimpiada №3 Geografiya olimpiadaTuman 2022-2023 o'quv yili 9-sinf Geografiya olimpiada №3 InfoMaster Avgust 19, 2024 59 Ko'rishlar 1 izoh SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 1 0 123456789101112131415161718192021222324252627282930 9-sinf Geografiya olimpiada №3 2022-yil 16-oktyabr: 2022-2023 o'quv yilida tuman bosqichida tushgan savollar. 1 / 30 1. Rasmda Toshkent viloyati bilan chegaradosh bo‘lgan qaysi davlatlarning hududi A va B harflari bilan ko‘rsatilgan? A) Tojikiston va Qozog‘iston B) Turkmaniston va Afg‘oniston C) Qozog‘iston va Qirg‘iziston D) Tojikiston va Qirg‘iziston 2 / 30 2. Pachkamar suv ombori qaysi daryoning oqimini tartibga solish maqsadida qurilgan? A) G‘uzordaryo B) Tanxozdaryo C) Qashqadaryo D) Oqsuvdaryo 3 / 30 3. Mamlakatimizda 11 000 ta ….…, 119 ta……va 1065ta …..… aholi manzillari bor. Nuqtalar o‘rniga kerakli so‘zlar qo‘yilgan variantni toping? A) Qishloq, shahar, shaharcha B) Shaharcha, shahar, qishloq C) Qishloq, shaharcha, shahar D) Shahar, qishloq, shaharcha 4 / 30 4. O‘zbekiton aholisining jinsiy tarkibida erkaklar va ayollarning ulushi qancha % ni tashkil etadi? A) Erkaklar 50% ni ayollar 50 % ni B) Erkaklar 53% ni ayollar 47 % ni C) Erkaklar 52% ni ayollar 48 % ni D) Erkaklar 48% ni ayollar 52 % ni 5 / 30 5. Mamlakatimizdagi 1)furon birikmalari, 2) biokimyo, 3) gidroliz zavodlari joylashgan shaharlarni belgilang? A) Farg‘ona, Muborak, Navoiy B) Farg‘ona, Andijon, Namangan C) Farg‘ona, Yangiyo‘l, Andijon D) Yangiyo‘l, Farg‘ona, Namangan 6 / 30 6. Ptolemey tuzgan “Dunyo xaritasi”da 5 va 6 raqamlari bilan qaysi daryolar ko‘rsatilgan? A) Ra va Istr B) Gang va Nil C) Hind va Nil D) Oks va Yaksart 7 / 30 7. Quyidagi qaysi tog‘ tizmasida balandlik mintaqalarining soni kamroq? A) Tyanshan B) Bruks C) Kilimanjaro D) Hindukush 8 / 30 8. Mamlakatimizda shahar aholisining salmog‘i 1989-yildagiga nisbatan 2019-yilda qanday o‘zgardi? A) 10,5 % ga ko‘paydi B) 9,5% ga kamaydi C) 9,5 % ga ko‘paydi D) 10,5 % ga kamaydi 9 / 30 9. Gvineya qo‘ltig‘i mamlakatlari orasida neft-gaz zaxiralariga eng boy davlat qaysi? A) Togo B) Gvineya C) Gana D) Nigeriya 10 / 30 10. Quyidagi mamlakatlar orasidan mutlaq teokratik monarxiya tipiga kiruvchi davlatlarni ajrating. 1. Ummon; 2. Daniya; 3. Qatar; 4. Saudiya Arabistoni; 4. Belgiya; 5. Buyuk Britaniya; 6. Bruney; 7. Vatikan. A) 3 va 4 B) 4 va 7 C) 1 va 3 D) 5 va 6 11 / 30 11. Italiyada shahar aholisining ulushi qancha? A) 70% B) 91% C) 57% D) 85% 12 / 30 12. Quyidagi rasmda Mariana va Kermadek cho‘kmalari qaysi raqamlar bilan ko‘rsatilgan? A) 1 va 2 B) 4 va 7 C) 4 va 6 D) 3 va 6 13 / 30 13. Hind okeani suvining o‘rtacha sho‘rligi 36,5 ‰. Okeandan olingan 4,5 tonna suvdan qancha tuz olish mumkin? A) 164,25 kg B) 164 250 kg C) 16,425 t D) 16,425 kg 14 / 30 14. Okeanlar va ularga tegishli dengizlar mos ravishda berilgan javobni aniqlang. A) 1-a, 2-b, 3-c, 4-d B) 1-c, 2-a, 3-d, 4-b C) 1-c, 2-d, 3-a, 4-b D) 1-a, 2-c, 3-b, 4-d 15 / 30 15. Terrigen yotqiziqlar ko‘p to‘planadigan joylar rasmda qaysi harf bilan belgilangan? A) F, B B) G, F C) D, A D) J, B 16 / 30 16. Yevropadagi kichik rivojlangan mamlakatlar qaysi variantda to‘g‘ri ko‘rsatilgan? A) Polsha, Norvegiya, Daniya B) Lyuksemburg, Belgiya, Italiya C) Shveysariya, Serbiya, Niderlandiya D) Belgiya, Avstriya, Shvetsiya 17 / 30 17. Grenlandiya va Islandiya orollari orasidagi bo‘g‘iz nomini belgilang. A) Daniya B) Deyvis C) Mak-Klintek D) Lankaster 18 / 30 18. Tamaki-fermentatsiya zavodi respublikamizning qaysi viloyatida ishga tushirilgan? A) Surxondaryo B) Toshkent C) Navoiy D) Samarqand 19 / 30 19. Iqlim xaritalarida yog‘in miqdori bir xil bo‘lgan nuqtalarni tutashtiruvchi chiziqlar nima deb ataladi? A) Izobaralar B) Izogipslar C) Izogiyetalar D) Izotaxalar 20 / 30 20. Qishda Murmansk portining muzlamasligiga sabab bo‘luvchi oqimlar quyidagi xarita-sxemada qaysi sonlar bilan ko‘rsatilgan? A) 9, 8, 7 B) 1, 2 , 4 C) 9, 10, 12 D) 16, 17, 19 21 / 30 21. Rasmda “k” harfi bilan daryo vodiysining qaysi elementi ko‘rsatilgan? A) daryo manbai B) irmoqlar C) estuariy D) suvayirg‘ich 22 / 30 22. Quyidagi rasmda nima tasvirlangan? A) Geotermik o‘choq B) Termik depressiya C) Sovuq front D) Iliq front 23 / 30 23. Jeneva ko‘li vujudga kelishiga ko‘ra qanday ko‘llar guruhiga mansub? A) Morena B) To‘g‘onli C) Tektonik D) Laguna 24 / 30 24. 1986-yil Yevropa Ittifoqiga a’zo bo‘lgan davlatlar rasmda qaysi raqamlar bilan ko‘rsatilgan? A) 2 va 6 B) 1 va 4 C) 3 va 9 D) 7 va 8 25 / 30 25. Quyidagi qaysi materik hududini qutbiy doira chizig‘i kesib o‘tmagan? A) Janubiy Amerika B) Antarktida C) Yevrosiyo D) Shimoliy Amerika 26 / 30 26. Sulina shahri 45° shimoliy kenglik, 29° sharqiy uzoqlikda joylashgan. Shahardan Janubiy qutbgacha bo‘lgan masofani kilometr hisobida aniqlang. A) 14 998,5 km B) 1 914, 5 km C) 4,999.50 D) 9 999 km 27 / 30 27. Quruqlikda tabiat zonalarining hosil bo‘lishi quyidagilarning qaysi biriga bog‘liq emas? A) Yog‘in miqdoriga B) Relyefga C) Albedoga D) Havo haroratiga 28 / 30 28. Quyidagi qaysi shaharlarda paxta tozalash hamda yog‘ sanoati uchun mashina va uskunalar ishlab chiqaruvchi zavodlar joylashgan? A) Toshkent, Farg‘ona, Navoiy, Andijon B) Toshkent, Qo‘qon, Jizzax, Namangan C) Toshkent, Samarqand, Buxoro, Termiz D) Toshkent, Andijon, Samarqand, Kattaqo‘rg‘on 29 / 30 29. Rasmda ko‘rsatilgan A nuqtaning mutlaq balandligi 400 m, u yerdagi havo bosimi 730 mm Hg. B nuqtadagi havo bosimini aniqlang. A) 580 mm Hg B) 600 mm Hg C) 550 mm Hg D) 610 mm Hg 30 / 30 30. Sovetskoye platosi quyidagi qaysi geografik obyektga eng yaqin joylashgan? A) Erebus vulqoniga B) Verxoyansk tizmasiga C) Pantanal botqoqligiga D) Shimoliy qutbga 0% Testni qayta ishga tushiring Tomonidan Wordpress Quiz plugin Testni PDF shaklida yuklab olish Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz