11-sinf Biologiya olimpiada №3 Oktabr 24, 2022Oktabr 24, 2022 da chop etilgan InfoMaster tomonidan 11-sinf Biologiya olimpiada №3 ga 5 fikr bildirilgan 0 123456789101112131415161718192021222324 11-sinf Biologiya olimpiada №3 2022-yil 13-oktabr: 2022-2023 o'quv yili tuman bosqichida tushgan savollar! 1 / 24 1. Оdamning orqa miyasi 21-segmentidagi orqa (a), old (b) va yon (c) shoxlardan chiquvchi nervlarni to‘g‘ri juftlang? 1) sezuvchi; 2) harakatlantiruvchi; 3) simpatik; 4) parasimpatik A) a - 2; b - 1 B) a - 1; b - 2; c - 3 C) a - 1; b - 2; c - 4 D) a - 2; b - 1; c - 4 2 / 24 2. Odam organizmida B1 vitaminining yetishmasligi natijasida …. A) bronxlarning shilliq pardasi yallig‘lanadi, epiteliy to‘qimasining yangilanishi buziladi B) nerv tolalari falajlanadi, ko‘rish qobiliyati pasayadi C) milklar qonaydi, tishlar to‘kiladi, ko‘rish qobiliyati susayadi D) qo‘l-oyoq muskullari uvushib og‘riydi, nerv tolalari falajlanadi 3 / 24 3. Pleyotrop (I) va letal (II) genga egaorganizmlarni to‘g‘ri juftlangan javobni belgilang. 1) qoramollarda oq va qora yungning turlimiqdorda irsiylanishi; 2) gomozigota sariqsichqonlarning o‘limi; 3) to‘q qizil rangnita’minlovchi pigmentga ega o‘simliklarda poyava shoxlarning qizil bo‘lishi A) 1-2; II-3 B) 1-3; II-2 C) 1-2; II-l D) 1-1; 11-2 4 / 24 4. Fruktonuriyaàsiydik tarkibida qandning ortishi natijasida yuzaga keladigan retsissev kasallik bo`lib,2 xil tipda irsiylanadi. Birinchi tipi klinik belgilarsiz kechsa, ikkinchi tipi aqliy zaiflikni keltirib chiqaradi. Ota birinchi tipi bilan ona ikkinchi tipi bilan kasallangan bo`lsa, o`gil farzandlar 2 ta tip bo`yicha kasallanadi. Tug`ilgan farzandlarning necha foizi ikkila tip bo`yicha kasal bo`ladi? A) 100 B) 75 C) 50 D) 25 5 / 24 5. Komilning ovqat ratsionida oqsil, yog va uglevodning umumiy miqdori 350 g bo‘lib, oqsildan ajralgan energiya 205 kkal ni tashkil etadi. Agar ovqat tarkibidagi yog‘dan hosil bo‘lgan energiya oqsilning parchalanishidan hosil bo'lgan energiyadan 260 kkal ga ko‘p bo‘lsa, bir kecha-kunduzda hosil bo‘lgan jami energiyaning qanchasi (kkal) ertalabki ovqatlanishdan hosil bo'lgan? (Ratsional ovqatlanishning yuqori foiziga amal qilingan) A) 508.5 B) 254.25 C) 678 D) 339 6 / 24 6. G‘izol bilan bir turkumga kiruvchi tur (a) va zot (b) larni aniqlang. 1) zubr; 2) tarpan; 3) muflon; 4) kornuel; 5) kostroma; 6) arxar; 7) romanov; 8) axaltaka; A) a-1, 7; b-2, 8 B) a-1, 3; b-5, 8 C) a-3, 6; b-5, 7 D) a-1, 2; b-4, 8 7 / 24 7. Mutatsiya turi va sababi o‘rtasidagi muvofiqlikni aniqlang. 1)xromosoma mutatsiyasi; 2) gen mutatsiyasi a)xromosoma tuzilmasining o‘zgarishi; b) xromosoma sonining kamayishi; c) nukleotidlar ketma-ketligining o‘zgarishi; d) bir purinning boshqa puringa almashinishi; e) nukleotidlarning yo‘qolishi; f) xromosoma gaploid to‘plamining kamayishi A) 1 - a, d, f; 2 - c, b, e B) 1 - a; 2 - c, d C) 1 - b; 2 - a, c D) 1 - c, d, e; 2 - a, b, f 8 / 24 8. Ikki shoxli nosorog (1), to‘ng‘iz (2), o‘rdak (3) ga xos xususiyatlar to‘g‘ri juftlangan javobni belgilang. A) 1 − diafragmaga ega; 2 − oshqozoni to‘rt bo‘lmali; 3 − yuragi uch kamerali B) 1 − tabiiy holda Habashiston biogeografik viloyatda uchraydi; 2 – oshqozoni bo‘lmalarga bo‘linmagan; 3 − yuragi to‘rt kamerali C) 1 − zubr bilan bir turkumga mansub; 2 − diafragma rivojlangan; 3 − bosh miya yarimsharlari po‘stlog‘ida burmalar mavjud D) 1 − tabiiy holda Neotropik biogeografik viloyatda uchraydi; 2 – tuyoqli sutemizuvchilar turkumi vakili; 3 − jish bola ochadi 9 / 24 9. Monomerlarning birikishidan hosil bo‘lgan birikmalarni aniqlang. 1) treonin; 2) interferon; 3) xolesterol; 4) globin; 5) transpozaza; 6) triptofan; 7) tripsin; 8) tirozin; 9) maltoza; 10) xitin A) 2, 3, 4, 6, 10 B) 3, 5, 7, 8, 9 C) 1, 2, 6, 10 D) 4, 5, 7, 9 10 / 24 10. Qulonning yuragidan chiquvchi qon tomirlarini va ularda qanday qon oqishini aniqlang. A) o‘pka venasi - arteriya qoni; aorta qon tomiri - arteriya qoni B) o‘pka venasi - vena qoni; aorta qon tomiri - arteriya qoni C) aorta qon tomiri - arteriya qoni; o‘pka arteriyasi - vena qoni D) aorta qon tomiri - vena qoni, o‘pka arteriyasi - arteriya qoni 11 / 24 11. Quyida berilgan qaysi sistematik birlik makroevolutsiya natijasida paydo bo‘lgan? A) sudralib yuruvchilar sinf B) tovuqlarning Pervomaysk zoti C) qirg‘ovulning Murg‘ob kenja turi D) tovus kaptar 12 / 24 12. Kemiruvchilar (I) va hasharotxo‘rlar (II) turkumiga kiruvchi sutemizuvchilarni aniqlang. a)ko‘k sug‘ur; b) kutora; c) yerqazar; d) jayra; e) nutriya; f) vixuxol A) I – a, d, e; II – b, c, f B) I – a, d, f; II – b, c, e C) I – b, c, f; II – a, d, e D) I – c, d, e; II – a, b, f 13 / 24 13. Organik olamda evolutsiya natijasida himoya rangi (a), maskirovka (b) orqali moslashgan organizmlar to‘g‘ri ko‘rsatilgan javobni aniqlang. 1) gornostayning yozda bir, qishda boshqa rangda bo‘lishi; 2) qovog‘ari tana rangi bilan ko‘zga yaqqol tashlanishi; 3) ninabaliqning suv o‘tlarini eslatishi; 4) kallima kapalagi qanotlarining shakli, naqsh va tomirlari bargga o‘xshash bo‘lishi; 5) kvaksha baqasining yashil rangda bo‘lishi A) a-1; b-4 B) a-4; b-2 C) a-2; b-5 D) a-3; b-1 14 / 24 14. Gullari qiyshiq, asosiy ildizi rivojlangan, chatnaydigan meva hosil qiluvchi o‘simliklarni belgilang. A) oddiy jag‘-jag‘, g‘o‘za, karam B) bangidevona, turp, arpa C) lola, boychechak, bug‘doy D) beda, burchoq, loviya 15 / 24 15. Quyidagi xususiyatlardan aktiniya uchun xos bo‘lganlarini aniqlang. 1) mezoderma qavatidan spermatozoidlar rivojlanadi; 2) midiya bilan bir sinfga mansub; 3) endoderma qavatida soxta oyoqlar chiqarish xususiyatiga ega bo‘lgan yirik xivchinli va bezli hujayralari bo‘ladi; 4) murtak varaqasi uch qavatdan tashkil topgan; 5) ayrim aktiniyalar zohid qisqichbaqalar va baliqlar bilan simbioz yashashga moslashgan. A) 3, 5 B) 1, 4 C) 2, 5 D) 1, 2 16 / 24 16. Ulotriks (I) va nostok (II) uchun xos bo‘lgan belgilarni toping. 1) hujayra markazi hujayra bo‘linishida ishtirok etadi; 2) tarkibida xlorofill pigmenti mavjud; 3) erkin azotni o‘zlashtiradi; 4) irsiy material yadroda joylashgan; 5) donador endoplazmatik to‘rda oqsillar sintezlanadi; 6) mitoxondriyada kislorodli oksidlanish sodir bo‘ladi A) I – 1, 4; II – 5, 6 B) I – 3, 6; II – 4, 5 C) I – 3, 5; II – 2, 4 D) I – 4, 6; II – 2, 3 17 / 24 17. Rangni normal ajratadigan ota-onaning o‘g‘il farzandi daltonik bo‘lsa, shu oila uchun mos keladigan to‘g‘ri fikrni aniqlang. A) Ushbu oilada daltonik qizlarning tug‘ilish ehtimolligi 0%. B) O‘g‘il daltonizmni yuzaga chiqaradigan genni otadan olgan. C) Oilada barcha o‘g‘il farzandlarning 25%i sog‘lom tug‘iladi. D) Ushbu oilada sog‘lom farzandlarning tug‘ilish ehtimolligi 25%. 18 / 24 18. Qaysi aromorfozlar paleozoy erasida yuz bergan? A) jag‘siz qalqondor baliqlarning paydo bo‘lishi; dastlabki sutemizuvchi hayvonlarning kelib chiqishi B) xaltali sutemizuvchilar kenja sinf vakillarining paydo bo‘lishi; zamburug‘larning paydo bo‘lishi C) suvda hamda quruqlikda yashovchilar sinfining dastlabki turlarini vujudga kelishi; yo‘ldoshli sutemizuvchilar kenja sinf vakillarining paydo bo‘lishi D) zamburug‘larning paydo bo‘lishi; ochiq urug‘li o‘simliklarning paydo bo‘lishi 19 / 24 19. Oddiy lipidni aniqlang. A) glikoprotein B) fosfolipid C) glikolipid D) mum 20 / 24 20. Seleksiya sohasiga oid to‘g‘ri ma’lumotlarni aniqlang. 1) geterozis turlararo chatishtirishda olingan birinchi avlod duragaylarida kuzatiladi; 2) yalpi tanlash orqali olingan nav genetik jihatdan bir xil bo‘lmaydi; 3) kakao, oshqovoq, makkajo‘xori, qalampirning vatani Efiopiya markazi hisoblanadi; 4) yakka tanlash orqali genetik jihatdan bir xil organizmlar olinadi; 5) duragay kuchi retsessiv genlarning gomozigota holatga o‘tishi oqibatida namoyon bo‘ladi. A) 2, 5 B) 3, 4 C) 1, 2 D) 3, 5 21 / 24 21. Diploid navli karam (2n=18) o‘simligi changdonida mikrosporaning mitoz bo‘linishini anafaza bosqichida mutatsiya tufayli 2 chi va 6 chi juft gomologik xromosomalarning mustaqil xromatidalari tarqalmay bir qutbga o‘tib qolsa, hosil bo‘lgan spermiylardagi xromosomalar sonini aniqlang. A) 10 yoki 8 B) 14 yoki 22 C) 16 yoki 20 D) 11 yoki 7 22 / 24 22. Qaysi xususiyatlari bilan saxaroza maltozadan farq qiladi? 1) tarkibiga glukoza kiradi; 2) tarkibiga fruktoza kiradi; 3) suvda yaxshi eriydi; 4) lavlagi yoki shakarqamish shakari hisoblanadi A) 1, 3 B) 1, 4 C) 2, 3 D) 2, 4 23 / 24 23. Pleyotrop (I) va letal (II) genga ega organizmlar to‘g‘ri juftlangan javobni belgilang. 1) qoramollarda oq va qora yungning turli miqdorda irsiylanishi; 2) gomozigota sariq sichqonlarning o‘limi; 3) tovuq patining jingalak bo‘lishi, nasl qoldirish va hayotchanligiga salbiy tasir ko‘rsatadi A) I-1; II-2 B) I-3; II-2 C) I-2; II-3 D) I-2; II-1 24 / 24 24. Latchaga (a) va turnaga (b) tegishli ma’lumotlarni aniqlang. 1) issiq qonli organizm; 2) diafragmaga ega; 3) ilik suyagi mavjud; 4) diafragmaga ega emas; 5) miyachada burmalari mavjud; 6) ikki bo‘lmali oshqozonga ega; 7) tirik bola tug‘adi A) a-2, 3; b-4, 6 B) a-2, 7; b-3, 5 C) a-1, 5; b-2, 6 D) a-6, 7; b-1, 5 0% Testni qayta ishga tushiring Author: InfoMaster Biologiya olimpiada
See What Double Glazing Repairs Near Me Tricks The Celebs Are Utilizing double glazing repairs near Me
Article Marketing – Success Lies Inside The Number Of The Articles 검색엔진최적화 배우기 (http://talk.dofun.cc)
This Story Behind Real Money Slots Is One That Will
Haunt You Forever! Evoplay Slot Machines
See What Double Glazing Repairs Near Me Tricks The Celebs Are Utilizing
double glazing repairs near Me
How To Tell The Good And Bad About How Much
Is A Spare Car Key 99811760
Article Marketing – Success Lies Inside The Number Of The Articles 검색엔진최적화 배우기 (http://talk.dofun.cc)
14 Smart Ways To Spend Extra Single Person Buggy Budget Jenni