11-sinf Kimyo olimpiada №3

0

11-sinf Kimyo olimpiada №3

2022-yil 13-oktabr:

2022-2023 o'quv yili tuman bosqichida tushgan savollar!

1 / 25

1. Ra-226 izotopi α-yemirilishga uchraydi. Agar 1,13 g radiy-226 izotopi shunday parchalansa, qancha hajm (n.sh.da) gaz hosil bo‘ladi?

2 / 25

2. Quyida keltirilgan (1) va (2) reaksiyalarning muvozanat konstantalari qiymatlaridan (x va y) foydalanib, (3) reaksiyaning muvozanat konstantasi qiymatini (z) keltirib chiqaring.

3 / 25

3. Quyidagi tuzlarning qaysilari gidrolizga uchramaydi? 1) natriy sulfat; 2) ammoniy nitrit; 3) litiy nitrat; 4) alyuminiy karbonat; 5) kaliy xlorid; 6) ammoniy atsetat.

4 / 25

4. Noma'lum to'yingan aldegidning 1 moli oksidlanishidan olingan karbon kislota massasi shu aldegidning 0,75 moli yonishidan hosil bo'lgan karbonat angidrid massasidan 1,1 marta kichik bo'lsa, aldegidni aniqlang.

5 / 25

5. Qaysi birikmalar suvda eritilganda neytral muhit hosil bo‘ladi? 1) kaliy peroksid; 2) natriy nitrat; 3) kalsiy xlorid; 4) litiy sulfat; 5) natriy gidrokarbonat; 6) natriy gidrid.

6 / 25

6. Bor modeliga ko’ra vodorod atomidagi elektronning energiyasi quyidagicha aniqlanadi: bu yerda n – 1,2,3, … va h.k. butun sonlar. Bor modeliga ko’ra elektronni 1-orbitadan (n = 1) 5-orbitaga (n= 5) o’tkazish uchun qancha energiya (eV) talab qilinadi?

7 / 25

7. 3p, 3d, 4s va 4p energetik pog`onachalarni elektronlar bilan to`lish ketma-ketligida joylashtiring.

8 / 25

8. 1 molekula ozonning (O3) massasini aniqlang.

9 / 25

9. Quyida {A + B = AB} reaksiyaning energetik profili keltirilgan:

10 / 25

10. N2 + O2 = 2NO reaksiya uchun to`g`ri reaksiyaga massalar ta`siri qonunini ko`rsating.

11 / 25

11. Quyidagi birikmalardan qay biri piranoza formasida mavjud bo`la olmaydi?

12 / 25

12. Quyidagi qatorda kislotalar kuchi oshib borishi ketma-ketligini ko`rsating: ClH2CCOOH, Cl2HCCOOH, Cl3CCOOH

13 / 25

13. Tabiiy litiy ikki barqaror izotop 6Li (7.3%) va 7Li (92.7%) lardan iborat bo`lsa, litiyning atom massasini
aniqlang.

14 / 25

14. DNK yarimkonservativ replikatsiyaga uchraydi, ya`ni har bir zanjir alohida ko`payadi va yangi DNK  molekulasiga aylanadi. Yangi zanjirlarni 14N yoki 15N saqlovchi substartlar ishtirokida hosil qilish mumkin. Tajribada bir zanjiri faqat 14N, ikkinchi zanjiri esa faqat 15N tutuvchi DNK(gibrid DNK) ishlatildi. Gibrid DNK 14N saqlovchi substrat ishtirokida replikatsiya qilindi. Agarda tajriba boshida bitta gibrid DNK molekulasi bo`lgan bo`lsa, 4 ta replikatsiya siklidan so`ng 15N tutadigan ikkizanjirli molekulaning ulushini toping.

15 / 25

15. 2О3(g) → 3О2 (g) reaksiyasida kislorodning hosil bo`lish tezligi 3,0·10-7 mol/(dm3·s). Ozonning sarflanish tezligi qanday mol/(dm3·s)?

16 / 25

16. Quyidagilardan qay biri sis-trans-izomerlarga ega?

17 / 25

17. A – noma`lum oltingugurt oksidi. Uning 1 g ida 9.406·1021 ta molekula bo`lsa, noma`lum oksidni aniqlang.

18 / 25

18. Oltingugurtning allotropik ko`rinishlaridan birida (Sx) 8 g oltingugurt na`munasi 2.508·1022 ta molekula
saqlasa, oltingugurt molekulasi formulasini aniqlang.

19 / 25

19. Qaysi qatorda Zn2+ ionining elektron konfiguratsiyasi to’g’ri ko’rsatilgan?

20 / 25

20. 0.1 g natriy gidroksid saqlovchi 1 dm3 eritmaning vodorod ko`rsatkichini (pH) hisoblang. Ishqorni to`liq dissotsiyatsiyalanadi deb qarang.

21 / 25

21. Berilgan tartibda elemntlarning oxirgi elektroni uchun orbital kvant sonining qiymati qanday o`zgaradi (elementning tartib raqamlari berilgan)? 111→172→33→18 a) ortadi b) kamayadi c) o`zgarmaydi

22 / 25

22. Ma`lum reaksiyaning temperatura koeffisienti 2.5 ga teng. Shu reaksiya temperaturasi 20°C dan 45°C gacha oshirilganda reaksiya tezligi qanday o`zgaradi?

23 / 25

23. 10 l gaz 2 l gacha izotermik (T=const) qisilganda bosim 25 kPa bo`ldi. Dastlabki bosimni aniqlang.

24 / 25

24. 1.4 g A metal atmosfera azoti bilan reaksiyaga kirishib (6A + N2 = 2A3N) 2.33 g A3N hosil qilgan bo`lsa, A ni aniqlang.

25 / 25

25. NaOH eritmasi H+, Mg2+ va Al3+ ionlarini saqlagan rangsiz eritmaga tomchilatib qo`shildi. Hosil bo`layotgan cho`kma massasi (Y o`qda) ning sarflangan NaOH eritmasi hajmi (X o`qda) ga bog`liqligi to`g`ri ko`rsatilgan javobni tanlang.

0%

InfoMaster
Author: InfoMaster

Foydali bo'lsa mamnunmiz

1 Izoh

Javob qoldiring

Info-Master.uz
Logo
Elementlarni Solishtiring
  • Jami (0)
Solishtiring
0