Uy » Online olimpiada » Tarix olimpiada » 9-sinf Tarix olimpiada №3 Tarix olimpiadaViloyat 2021-2022 o'quv yili 9-sinf Tarix olimpiada №3 InfoMaster Avgust 19, 2024 26 Ko'rishlar 1 izoh SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 0 1 12345678910111213141516171819202122232425 9-sinf Tarix olimpiada №3 2021-2022 o'quv yilida viloyat bosqichida tushgan savollar. 1 / 25 1. XIX asrda Buxoro amirligi hududi shimolda qayergacha borgan? A) Sirdaryo B) Xiva xonligi C) Pomir tog‘lari D) Amudaryoning chap qirg‘ogi 2 / 25 2. 1240-yilda shvedlar…Novgorod yerlariga bostirib kiradilar. A) Boltiqbo’yi orqali B) Suzdal bo’ylab C) Neva daryosi bo’ylab D) Pskov chegaralari orqali 3 / 25 3. Baqtriyadan tashqari Yunon-Baqtriya podsholigi tarkibiga yana qaysi oʻlkalar kirgan? A) Margʻiyona va Soʻgʻdiyona B) Soʻgʻd va Xorazm C) Xorazm va Margʻiyona D) Xorazm va Parfiya 4 / 25 4. XIV asrda Chig‘atoy xonlaridan kim birinchi bo‘lib o‘z qarorgohini Movarounnahrga ko‘chirgan? A) Tug‘luq Temur B) Munke C) Abulxayrxon D) Kebekxon 5 / 25 5. Qadimgi hindlarning diniy e’tiqodiga oid quyidagi fikrlardan qaysi birida xatolik mavjud? A) Bosh xudolaridan biri-Ganesha donishmandlik xudosi bo‘lgan B) Quyosh xudosi osmondagi suvni tutqunlikdan xalos aylagach, yer yuzida qurg‘oqchilik tugadi C) Hindlar ayrim xudolarni yovvoyi hayvonlar timsolida tasavvur qilganlar D) Buddaviylik dini oldingilaridan insonning mavqei tabaqalarga ham, jamiyatdagi maqomiga ham bog‘liq bo‘lmasligi bilan farqlanadi 6 / 25 6. XII asr o‘rtalarida Yevropa me’morchiligida gotika uslubi qayerda vujudga kelgan? A) Janubiy Vizantiyada B) Shimoliy Fransiyada C) Janubiy Fransiyada D) Shimoliy Vizantiyada 7 / 25 7. Quyidagi qaysi shahar savdodan kelgan daromad hisobiga Yevropaning eng boy shahriga aylanadi? A) London B) Venetsiya C) Florensiya D) Rim 8 / 25 8. XIX asrning so‘nggi choragida AQSh iqtisodiyotining tez sur’atlar bilan o‘sishiga sabab nima? A) AQShning dunyo imperiyasiga aylanishi B) latifundiyalarning bekor qilinishi C) dunyoning turli burchaklarida ulkan mustamlakalarning qo‘lga kiritilishi D) XVIII asrdagi barqaror iqtisodiy o‘sish 9 / 25 9. Shayboniylar davrida oliy hukmdor xon davlat hududlarini sulola xonadoni a’zolariga bo‘lib berishi qanday oqibatlarga olib keldi? 1) markaziy hokimiyatning zaiflashuviga; 2) markaziy hokimiyatning kuchayishiga; 3) viloyat hokimlari hokimiyati kuchayishiga; 4) viloyat hokimlari hokimiyati kuchsizlanishiga; 5) siyosiy tarqoqlikning hukm surishiga; A) 1, 3, 4 B) 1, 3, 5 C) 1, 2, 3 D) 2, 3, 4 10 / 25 10. Eftaliylar davlatida qanday omil mamlakatda dehqonchilik, sun’iy sug‘orish, hunarmandchilik, bog‘dorchilik, chorvachilik ravnaq topishiga asos bo‘lgan? A) Savdo-iqtisodiy munosabatlarning izchil yo‘lga qo‘yilishi B) Mamlakatda qisman tinchlik o‘rnatilganligi C) Qo‘shni davlatlar bilan manfaatli hamkorlik aloqalari D) Hukmron sulola tomonidan amalga oshirilgan islohotlar natijasida 11 / 25 11. Germaniyada imperatorlikni boshlab bergan hukmdor qaysi suloladan bo‘lgan? A) frankoniyaliklar B) lyuksemburglar C) saksoniyaliklar D) shtaufenlar 12 / 25 12. Amir Temur qaysi xalqlar tarixini chuqur o‘rgangan? A) yapon, xitoy, koreys B) turk, arab, fors C) fransuz, ingliz, nemis D) rus, arab, tojik 13 / 25 13. Qadimgi davrda yunon shaharlarining ko‘pchiligi qay tarzda tashkil topgan? A) koloniyalarning o‘zlashtirilishi natijasida B) koloniyalarning birlashtirilishi natijasida C) bir qancha manzilgohlarning birlashishi yo‘li bilan D) uzoq davom etgan qonli urushlardan keyin 14 / 25 14. Ajnabiylar Spartada qanday mavqega ega edi? A) ajnabiylar Spartaga kiritilmagan B) ular aslida spartaliklar bo‘lishsada ulardan qul sifatida foydalanishgan C) ular mamlakat ishlarida ishtiroki uchun maosh to‘lashgan D) ular spartaliklarga qarindosh bo‘lishgan 15 / 25 15. Qaysi voqeadan so‘ng Jaloliddinning harbiy kuchi kuchsizlanib qoladi? A) Sind daryosi bo‘yida bo‘lgan jangdan so‘ng B) “Cho‘li Jaloliy” da bo‘lgan jangdan so‘ng C) Parvon dashtidagi g‘alabadan so‘ng D) Valiyon qal’asi yonida bo‘lgan jangdan so‘ng 16 / 25 16. Qaysi voqealar Xorazmshohlar va Chingizxon davlatlari o‘rtasida savdo aloqalari hamda elchilik munosabatlari tamomila uzilganini bildirar edi? A) Sharqiy Turkistonni Chingizxon tomonidan bosib olinishi B) Chingizxon Sulton Muhammaddan karvonni talagan O‘tror hokimini tuttirib, uning ixtiyoriga jo‘natishni talab qilganligi C) Chingizxon tomonidan jo‘natilgan karvonni talanishi va Chingizxon elchisini Xorazmshoh tomonidan o‘ldirilishi D) Chingizxonning Xorazmshohni o‘z og‘li sifatida tilga olishi 17 / 25 17. Qadimgi yunonlar orasida dengizchilik rivoj topishiga imkon yaratgan omillarni aniqlang. A) Egey dengizidagi ko‘p sonli katta-kichik orollar, qulay dengiz qirg‘oqlarining mavjudligi. B) O‘rmonlarning kamligi va mamlakatning tog‘lar bilan o‘ralganligi; C) Yelkanlardan foydalanib olis sayohatlarga – Misrga hamda O‘rtayer va Qora dengiz hududlariga suzib borishlari; D) Qadimgi Yunonistonning Bolqon yarim oroli va O‘rta yer dengizi hududlarida joylashganligi; 18 / 25 18. Jaloliddin Manguberdi qaysi davlatlar bilan munosabatni yaxshi o‘rnatib, mo‘g‘ullarga qarshi ittifoq tuzadi? A) Tabariston, Damashq, Misr B) Turkiya, Eron, Misr C) Tatariston, Ozarbayjon, Gurjiston D) Ko‘niya, Jazira, Eron 19 / 25 19. Quyidagi qaysi omil ashtarxoniylar davrida markaziy hokimiyatni deyarli yo‘qqa chiqardi? A) viloyatlarda butun hokimiyat viloyat hokimlari va ularni qo‘llab- quvvatlovchi mahalliy kuchlar qo‘lida to‘planishi B) Markazda butun hokimiyat dargohda to‘planib qolishi C) devonlar mahalliy hokimliklarni boshqarish imkoniyatini qo‘ldan chiqarishi D) Ashtarxoniylar davrida devonlar tizimi deyarli barbod bo‘lishi 20 / 25 20. Toshdan o‘ta oddiy mehnat qurollari yasashni bilgan eng qadimgi odamning suyak qoldiqlari topilgan hududni aniqlang? A) janubiy va sharqiy Afrika B) shimoliy va sharqiy Afrika C) g‘arbiy va shimoiy Afrika D) sharqiy va g‘arbiy Afrika 21 / 25 21. Shayboniylar davriga oid xato berilgan ma’lumotni aniqlang. A) Qo‘shin tarkibiga ko‘ra, asosan, qalb, o‘ng va chap qanot askarlardan iborat edi. B) Qo‘shin tuzilishi va uning harbiy yurishlari davridagi harakati tizimli va tartibli bo‘lgan. C) Shayboniylar ham o‘z davriga yarasha qudratli qo‘shin tuzishga muvaffaq bo‘lganlar. D) Qo‘shin o‘sha davrda foydalanilgan harbiy qurol-yarog‘larning barcha turidan mohirona foydalana olgan. 22 / 25 22. Quyidagilardan noto‘g‘ri mulohazani aniqlang. A) Abdullaxon II davrida qisqa muddatga bo‘lsa-da, xonlik hududi yana kengaydi. B) Shayboniyxonning o‘limidan so‘ng Xorazm butunlay qo‘ldan chiqdi. C) Shayboniyxon hukmdorligi davrida uning davlati tarkibiga Movarounnahrdan tashqari Eron va Xuroson hududlari ham kirgan. D) Muhammad Shayboniyxon tashkil etgan davlat hududining chegarasi har doim ham muqim bo‘lmagan. 23 / 25 23. O‘rta asrlarda Yevropada shaharlarning yuksalishi, hunarmandchilik va savdoning rivojlanishidan tashqari qaysi hududlar madaniyati bilan tanishuv yevropaliklar dunyoqarashi, bilim doirasini kengaytiradi? A) Vizantiya va Arab xalifaligi B) Yunonlar va Arab xalifaligi C) O‘rta Osiyo va Hindiston D) Rim va Vizantiya 24 / 25 24. Qadimgi spartaliklar kuchli davlat tuzish uchun qanday shart-sharoitlar yaratishga alohida e’tibor qaratganlar? 1) hamma amal qilishi lozim bo‘lgan qat’iy intizom; 2) xalqaro savdo yo‘llariga egalik qilish; 3) aniq rejalashtirilgan turmush tarzi; 4) tinimsiz harbiy yurishlarni olib borish; 5) yengilganlarga qarshi shafqatsiz zo‘ravonlik; 6) mustahkam qal’a va saroylar qurish. A) 2, 3, 6 B) 1, 3, 5 C) 2, 3, 4 D) 1, 2, 5 25 / 25 25. Ispan tarixchisi Pero Meksika tomonidan Amir Temur hayotiga bag‘ishlab yozilgan asarni ko‘rsating. A) “Buyuk Temur tarixi” B) “Temur tuzuklari” C) “Amir Temur hikmatlari” D) “Skifiyalik Tamerlanning ulug‘vorligi” 0% Testni qayta ishga tushiring Tomonidan Wordpress Quiz plugin Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz