Uy » Online olimpiada » Tarix olimpiada » 11-sinf Tarix olimpiada №2 Tarix olimpiadaViloyat 2021-2022 o'quv yili 11-sinf Tarix olimpiada №2 InfoMaster Avgust 19, 2024 7 Ko'rishlar 1 izoh SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 0 0 123456789101112131415161718192021222324 11-sinf Tarix olimpiada №2 2021-2022 o'quv yili viloyat bosqichida tushgan savollar. 1 / 24 Buxoro amirlaridan kim Qur’oni Karimni yoddan bilgan va o‘zi ham madrasa talabalariga ma’ruzalar o‘qib turgan? A) Amir Muzaffar B) Doniyolbiy C) Amir Haydar D) Abdulahad 2 / 24 XIX asr o’rtalarida Buxoro amirligi va Xiva xonligi o’rtasida talash yerlarni toping. A) Chorjo’y va Marv B) Kesh va Andxud C) Marv va Hirotda D) Maymana va Andxud 3 / 24 Turkiston ASSRda ocharchilikka qarshi kurash Markaziy komissiyasi qachon tuzildi? A) 1918-yil 20-noyabr B) 1918-yil 25-iyun C) 1918-yil 22-noyabr D) 1919-yil 27-mart 4 / 24 Quyidagi atamalarning ma’nolari to‘g‘ri ko‘rsatilgan javobni belgilang. 1) moliya; 2) trest; 3) kapital; 4) ssuda; a)moddiy boyliklar garovi hisobiga foiz to‘lash va qaytarib berish sharti bilan muayyan muddatga qarzga beriladigan pul yoki moddiy boylik; b) sarmoya, o‘z egasiga daromad keltiruvchi jami vositalar va mablag‘lar, ya’ni qiymat keltiruvchi, o‘zini o‘zi ko‘paytiruvchi qiymat; c) ishlab chiqarish va savdoni o‘zlaricha emas, markaziy boshqaruv qarori asosida olib boradigan korxonalar birlashmasi; d) maqsadli pul jamg‘armalarini vujudga keltiruvchi, jamlash, taqsimlash va ishlatish bilan bog‘liq munosabatlar A) 1-b, 2-d, 3-a, 4-c B) 1-d, 2-a, 3-b, 4-c C) 1-b, 2-d, 3-c, 4-a D) 1-d, 2-c, 3-b, 4-a 5 / 24 BRIKS tashkilotiga a’zo bo‘lgan Lotin Amerikasi davlatini aniqlang. A) Peru B) Braziliya C) Argentina D) Meksika 6 / 24 Berilgan variantlardan qaysi biri voqea xronologik jihatdan keyinroq sodir bo‘lgan ? A) Efiopiya hukmdori Menelik sudanliklar foydasiga bitim imzoladi B) Xartumga misrlik Abdul Qodir general-gubernator etib tayinlandi C) Sudanda mustaqil mahdiylar davlati tuzildi D) Istanbulda Suvaysh kanali bo‘yicha konvensiya imzolandi 7 / 24 Toshkentda yuz bergan “Vabo isyoni”dan so‘ng “Favqulodda muhofazada” deb e’lon qilingan joylarda hokimiyat kimning qo‘liga o‘tdi? A) viloyat harbiy gubernatori va volostnoy B) general-gubernator yoki u tayinlagan bosh noib C) shu hududdagi politsiya mahkamasi boshlig‘i yoki uyezd qo‘mondoni D) Rossiya imperiyasi ichki ishlar vaziri va Duma 8 / 24 XIX asr o‘rtalarida Qo‘qon xonligining janubiy chegaralari qaysi tog‘li o‘lkalarni o‘z ichiga olgan? A) Sho‘g‘non, Darvoz, Vaxsh, O‘sh B) Vaxsh, Hisor, Darvoz, Qorategin C) Panj, Ko‘lob, O‘zgan, Sho‘g‘non D) Qorategin, Ko‘lob, Darvoz, Sho‘g‘non 9 / 24 Quyidagilardan qaysi biri Jaloliddin Manguberdi haqida ma’lumot beruvchi asarlar sirasiga kirmaydi? A) “Al-Komil fit-tarix” B) “Tarixi jahonkusho” C) “Habib us-siyar” D) “Ravzat us-safo” 10 / 24 To‘g‘ri ma’lumotni toping. A) Doro I Suza shahridan Qora dengiziga qadar “shoh yo‘li” degan savdo yo‘lini qurdirgan. B) Doro I saltanatni “satrapliklar” deb nomlangan alohida harbiy-ma’muriy o‘lkalarga taqsimladi. C) Doro I Qizil dengizi bo‘ylarida yashovchi skiflar ustiga yurish qildi. D) Doro I butun mamlakat uchun “numisma” deb nomlangan mis tangani muomalaga kiritdi. 11 / 24 XIX asr boshlarida quyidagi qaysi davlatda yagona fuqarolik ham bo‘lmagan? A) Angliya B) Fransiya C) Shvetsiya D) Germaniya 12 / 24 1842-yilda Buxoro amiri tomonidan qatl etilgan Ch. Stoddart va A. Konnolilar Buxoroga qanday taklif bilan kelgan edi? A) o‘zbeklar va tojiklar yashaydigan Amudaryoning janubiy sohillarida ingliz harbiy istehkomlarini qurish B) O‘rta Osiyo davlatlariga harbiy sohada yordam berish va ular bilan Rossiya imperiyasiga qarshi harbiy ittifoq tuzish C) Angliya bilan aloqalarni yo‘lga qo‘yish, ingliz harbiy mutaxassislarini Buxoroga yuborish, savdo aloqalarini yo‘lga qo‘yish D) Sirdaryo sohillarida harbiy istehkomlar qurish, ularning qurilishida ingliz muxandislarini taklif qilish 13 / 24 IV аsrdа Vizаntiya tаrkibigа qaysi hududlar kirgаn? A) Bоlqоn yarim оrоli, Apinnin yarim oroli, Galliya, Suriya, Fаlаstin, Misr va Kiрr оrоllаri B) Sitsiliya oroli, Kichik Оsiyo, Apinnin yarim oroli, Sardiniya, Fаlаstin, Malta va Kiрr оrоllаri C) Bоlqоn yarim оrоli, Kichik Оsiyo, Kаvkаz, Suriya, Fаlаstin, Misr, shuningdek, Krit va Kiрr оrоllаri D) Pireney yarim оrоli, Old Оsiyo, Germaniya, Liviya, Misr, shuningdek, Krit, Korsika va Kiрr оrоllаri 14 / 24 Ilk o‘rta asrlarda Arab xalifaligida boshlangan qaysi jarayon mamlakatda hunarmandchilik va savdoning yuksalishiga olib keladi? A) Bag‘dod va Damashqda rasadxonalar barpo etilishi B) Islom dining qabul qilinishi C) aniq fanlar – matematika, astronomiya, geografiyaning taraqqiyoti D) Mulkiy tengisizlikning kuchayishi 15 / 24 Qaysi davlat sut va sut mahsulotlari yetkazib beruvchi dunyoning ilg‘or mamlakatlari qatoriga kiradi? A) Estoniya B) Moldaviya C) Ukraina D) Belorussiya 16 / 24 Quyida berilganlardan to‘g‘ri ma’lumotlar berilgan javobni belgilang. 1) Yosimune Tokugava 1716-1745-yillarda hukmronlik qilgan; 2) 1864-yilda Yevropa davlatlari Turkiyaga qarshi “Muqaddas Liga” tuzdilar; 3) Argentinada 1810-yilda mustaqillik uchun qurolli kurash boshlandi; 4) 1816-yilda Paragvay mustaqillikka erishdi; 5) 1325-yilda Dehli sultonligi taxtiga Muhammad Tug‘luq keldi. A) 2, 3, 4 B) 1, 2, 4 C) 1, 4, 5 D) 1, 3, 5 17 / 24 Eron tarixida nasab (familiya) joriy qilingan yili yuz bergan voqeani aniqlang. A) Chan Kayshi boshchiligidagi armiya Shimolga yurish boshladi; B) Italiyada Mussalini tomonidan irqiy qonunlar chiqarildi; C) Millatlar Ligasi tomonidan “Qullik haqida” konvensiya qabul qilindi; D) Aleksandr Flem tomonidan Penicillium ixtiro qilindi; 18 / 24 Qoraqalpoqlarda dastlabki sanoat korxonalari qaysi sohalarda paydo bo‘ldi? A) yog‘-moy va paxtachilik sanoati B) paxta tozalash va baliqchilik sanoati C) teriga ishlov berish va tog‘-kon sanoati D) baliq va go‘sht sanoati 19 / 24 1960-yillarning oxiriga kelib Yaponiya qanday ko‘rsatkich bo‘yicha dunyoda AQSHdan keyin ikkinchi o‘ringa chiqib oldi? A) yengil avtomabil eksporti B) yalpi ichki mahsulot hajmi C) neft mahsulotlari importi D) chetga kapital chiqarish 20 / 24 Qashshoqlik, jabr-zulm va dehqonlar asoratiga qarshi qaratilgan qo‘zg‘olon nomini aniqlang? A) Mahmud Torobiy qo‘zg‘oloni B) Bobiylar qo‘zg‘oloni C) Sipohiylar qo‘zg‘oloni D) Abruy qo‘zg‘oloni 21 / 24 Xorazm qaysi hududlar bilan diplomatik aloqa olib borgan? A) Vizantiya va turklar bilan B) Arablar va yahudiylar bilan C) Kushon podsholigi va qang‘lar bilan D) Rim imperiyasi va saljuqiylar bilan 22 / 24 O‘rta asrlarda Fransiyada qanday ehtiyoj viloyatlar orasidagi feodal tarqoqlikni tugatishni taqozo etardi? A) mehnat taqsimoti B) yangi tabaqalar shakllanishi C) kuchli qirol hokimiyatiga bo‘lgan ehtiyoj D) iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish 23 / 24 Dehli sultonligiga shimoldan mo‘g‘ullar hujumlarini qaytarish imkonini bergan omil qaysi javobda ko‘rsatilgan? A) Harbiylar, qo‘shin boshliqlari noiblikka tayinlanishi B) Butun mamlakat hududida musulmonlar hokimiyati o‘rnatilishi C) Mamlakatning markazlashuvi D) Kuchli va intizomli qo‘shin bo‘lishi 24 / 24 Kimlar Kserks qo‘shinidagi eng yaxshi jangchilardan hisoblangan? A) xorazmlik jangchilar B) sak va massaget piyodalari C) sak va baqtriya suvoriylari D) so‘g‘d va massaget suvoriylari 0% Testni qayta ishga tushiring Tomonidan Wordpress Quiz plugin Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz