Fizika attestatsiya №12

0%
0

OMAD YOR BO'LSIN!


Fizika fanidan attestatsiya savollari №12

Testni Toshev Anvar tayyorladi.

DIQQAT! Endi siz o'z bilmingizni sinab ko'rish bilan birga  sertifikatga ham ega bo'lishingiz mumkin.

Sertifikat olish uchun barcha ma'lumotlarni to'g'ri kriting! 

Testda 76% va undan yuqori natija oling va sertifikatni yuklab oling.

1 / 40

1. Agar o`quvchining o`rtacha tezligi 1 m/s, uyidan maktabgacha bo`lgan masofa 600 m bo`lsa, u maktabga 750 da yetib borishi uchun uyidan soat nechada chiqishi kerak?

2 / 40

2. “Neksiya” avtomobili 10 sekundda tezligini 108 km/h gacha yetkazdi. Avtomobilning tezlanishi qanday (m/s² ).

3 / 40

3. To`g`ri chiziqli harakatlanadigan jismning berilgan tezlik grafigidan foydalanib, uning 10 s ichidagi bosib o`tgan yo`lini toping. 

4 / 40

4. Ikki jism bir nuqtadan bir vaqtda biri yuqoriga , ikkinchisi pastga otildi. Ikkovi ham vertikaldan 60° burchak ostida 30 m/s boshlang’ich tezlik bilan otilgan bo’lsa, 2 s dan so’ng ular orasidagi masofa necha metr bo’ladi?

5 / 40

5. Mutlaq silliq stolda M=10kg massali taxta, taxtada esa m=4kg massali taxtacha yotibdi. Taxta va taxtacha orasidagi ishqalanish koeffitsiyenti µ=0,2. Taxtachaga F=10N gorizontal kuch qo’yilgan. Taxta qanday a tezlanish (m/s²) bilan harakatlanishini aniqlang.

6 / 40

6. Massasi 2 tonna bo’lgan avtomabil qanday tezlik (m/s) bilan harakatlanganda qavariq ko’prikning eng yuqori nuqtasida vaznsiz holatda bo’ladi? Ko’prikning egrilik radiusi 40 m ga teng. g=10m/s²

7 / 40

7. Moddiy nuqta yo’lning birinchi 4 km ini 2 km/h tezlik bilan, qolgan 1 h da esa 2,5 km/h tezlik bilan harakatlansa, uning boshlang’ich 2h dagi o’rtacha tezligini toping ( km/h )?

8 / 40

8. Ideal gaz (bir atomli) ustida grafikda ko‘rsatilganidek yopiq sikl bajarildi. Gaz 1-2 jarayonda 1,2 kJ issiqlik miqdori berib qizdirildi, 2-3 jarayonda 1 kJ issiqlik miqdori lib sovitildi, oxirida adiabatik siqildi. Adiabatik jarayonda tashqi kuchlarning gaz ustida bajargan ishini (kJ) hisoblang.

9 / 40

9. Elektronni A nuqdatan B nuqtaga ko‘chirilganda bajarilgan ish A1, A nuqtadan C nuqtaga ko‘chirishda bajarilgan ish A2 ga teng. A1 va A2 ishlarning modullarini taqqoslang?

10 / 40

10. Difraksion panjara yordamida hosil qilingan 1-tartibli ikkita maksimumlar o`zaro 60º  burchak ostida kuzatilayotgan bo`lsa, hosil qilingan maksimumlar soni qanchaga teng bo`ladi?

11 / 40

11. Magnit  maydon   induksiyasi 50 mTl  bo’lgan  g'altakning  magnit  maydon energiya zichligini toping (J/m3).

μ= 45 . μ0=4π·10-7 H/m

12 / 40

12. Radioaktiv elementning aktivligi 8 kunda 4 marta kamaydi. Yarim yemirilish davrini toping.

13 / 40

13. Kunduzgi yorug'likda material qizil rangda ko'rindi. Agar qorong'ida shu materialga havorang nur tushirilsa, u qaysi rangda ko'rinadi?

14 / 40

14. Kislorod atomini ionlashtirish uchun 14 eVga yaqin energiya zarur. Ionlashtiruvchi nurlanishning chastotasini toping. h = 6,63·10-34 J·s, c=3·108 m/s, e = 1,6·10-19 C

15 / 40

15. Difraksion panjaraga monoxromatik yorug`lik nuri tik tushmoqda. Panjaraning 1 mm da 100 ta shtrix bor. Ekrandagi birinchi tartibli ikkita maksimum orasidagi masofa 10 sm ga teng bo`ldi. Ekran bilan difraksiya panjarasi orasidagi masofa 1 m bo`lsa, yorug`likning to`lqin uzunligini ( μm) toping.

16 / 40

16. Barcha moddalar o‘z magnit xossalariga ko‘ra diamagnetik, paramagnetik va ferromagnetiklarga bo‘linadi. Magnit singdiruvchanligi 1 dan biroz katta bo‘lgan moddalar qaysi turga mansub?

17 / 40

17. Traktor birinchi 5 minutda 600 m yo’l o’tdi. U shu tezlik bilan harakatlanib 0,5 soatda qancha yo’l o’tadi.

18 / 40

18. Jismga 10 N va 20 N kuchlar o‘zaro 120° burchak ostida ta’sir etmoqda. Bu kuchlarning teng ta’sir etuvchisini toping (N).

19 / 40

19. O‘lchamlari 4 ·6 m2 bo‘lgan tomga normal atmosfera bosimida havo qanday kuch (kN) bilan bosishini hisoblang? Normal sharoitda atmosfera bosimi 101308 Pa deb hisoblansin.

20 / 40

20. Tomonlari 20 sm va 30 sm bo‘lgan to‘g‘ri to‘rtburchak shaklidagi ramkadan 40 A tok o‘tmoqda. Ramkaning magnit momenti nimaga teng ( A·m2)?

21 / 40

21. Tebranish konturida tok kuchi maksimal qiyrnatga yetganida ....

22 / 40

22. Atom E2 energiyali holatdan E1 energiyali holatga o'tganida nurlangan fotonning energiyasi qanday bo’ladi?

23 / 40

23. Tebranish konturida tok kuchi maksimal qiyrnatga yetganida ....

24 / 40

24. Og‘irlik deb ...

25 / 40

25. Agar jismga 3 s davomida 15 N kuch ta’sir etsa, jism impulsining o'zgarishi (kg·m/s) nimaga teng?

26 / 40

26. 10 sm uzunlikdagi o`tkazgich induksiyasi 50 mTl bo`lgan magnit maydon kuch chiziqlariga tik joylashgan. Amper kuchi o`tkazgichni o`zining yo`nalishida 8 sm siljitib, 0,004 J ish bajaradi. O`tkazgichdagi tok kuchi (A) qanday?

27 / 40

27. 45 m balandlikdan erkin tashlab yuborilgan metall sharcha yerga elastik urilib, 5 m balandlikka ko’tarildi. Yerga urilish  vaqtidagi sharcha impulsining o’zgarishini toping (kg·m/s). (m=5 kg). g=10m/s2.

28 / 40

28.
 

Tebranish konturidagi kondensator qoplamalaridagi zaryad vaqt o’tishi bilan q=10-9 sin108 πt qonun bo’yicha o’zgaradi. Konturdagi tok kuchining vaqtga bog’liqlik qonunini yozing.

29 / 40

29. 2 kg va 1 kg massali silindrlar qo`zg`almas blok orqali vaznsiz ipga osilgan. Bunda birinchi silindrning 4% qismi suvga botganda muvozanat vujudga kelgan. Silindrlarning zichligini (kg/m3 ) aniqlang.

30 / 40

30. Matematik mayatning uzunligi 2,5 m, unga osilgan  sharchaning massasi 100 gr. Tebranish davrini hisoblang(s). g=10m/s2.

31 / 40

31. Kuchni 3 marta orttirib, yelkani 2 marta kamaytirsak, kuch momenti qanday o’zgaradi?

32 / 40

32. Induktivligi L, sig’imi C bo’lgan tebranish konturida so’nmas elektromagnit tebranishlar hosil bo’lmoqda. Agar kondensator qoplamalarida maksimal kuchlanish Umax bo’lsa, tok kuchining maksimal qiymati qanday bo’ladi?

33 / 40

33. Fotoeffekt uchun Eynshteyn tenglamasi shu hodisa uchun qaysi qonunning qo‘llanishidir?

34 / 40

34. Tomonlari 20 sm va 30 sm bo‘lgan to‘g‘ri to‘rtburchak shaklidagi ramkadan 40 A tok o‘tmoqda. Ramkaning magnit momenti nimaga teng ( A·m2)?

35 / 40

35. Elektr plita tuzatilayotganda uning spirali dastlabki uzunligining 0,2 ulushiga qisqartirildi. Bu holda plitaning quvvati necha marta ortadi?

36 / 40

36. Katodga 4 s davomida kelgan ionlarning umumiy zaryadi 16 С bo’lsa, elektrolit eritmasidan o‘tib turgan o‘zgarmas tokning kuchi necha amper boladi?

37 / 40

37. C sig`imli kondensator q zaryad bilan, 2C sig`imli kondensator 3q zaryad bilan zaryadlangan. Bu kondensatorlar qutblarini teskari holda ulansa sistema elektr energiyasi qanchaga kamayadi?

38 / 40

38. α – zarraning tezligi 0 dan v=0,9 c gacha orttirilganda, uning massasi qanchaga ortadi? α-zarraning tinchlikdagi massasi m0=4,0 m.a.b. deb hisoblang. c=3·108 m/s.

39 / 40

39. Uzunligi 10 sm bo‘lgan prujinaga 0,4 kg massali yuk osilganida u 1 sm ga uzaydi. Prujinaning bikrligini aniqlang (N/m).

40 / 40

40. XBS dagi o’lchamligi N/T·m bo’lgan fizik kattalik birligining nomi nima?

0%

InfoMaster
Author: InfoMaster

Foydali bo'lsa mamnunmiz

99 Izohlar
Hammasini ko'rsatish Eng Foydali Eng Yuqori Reyting Eng Past Reyting Sharhingizni qo'shing

Javob qoldiring

Info-Master.uz
Logo
Elementlarni Solishtiring
  • Jami (0)
Solishtiring
0