Biologiya attestatsiya №12

0%
1

OMAD YOR BO'LSIN!


Biologiya fanidan attestatsiya savollari №12

DIQQAT! Endi siz o'z bilmingizni sinab ko'rish bilan birga  sertifikatga ham ega bo'lishingiz mumkin.

Sertifikat olish uchun barcha ma'lumotlarni to'g'ri kiriting! 

Testda 76% va undan yuqori natija oling va sertifikatni yuklab oling.

1 / 40

1. ....ning muhim xossasi oziq va quyosh nuridan tashqi energiya mambayi sifatida foydalanish. Nuqtalar o'rnini to'ldiring

2 / 40

2. Nilufarning suvostidagi barglari lansetsimon, suv ustidagi barglari voronkasimon shaklda boʻlishi qanday oʻzgaruvchanlikka misol boʻladi

3 / 40

3. Daryo qisqichbaqasining hid sezuvchi hujayralari impulsni qaysi nerv tuguniga olib boradi?

4 / 40

4. Noto’g’ri fikrni belgilang.

5 / 40

5. Bo’yining o’rtacha uzunligi 30 sm (a) va 30 metr bo’lgan (b) o’simliklar insonga qanday foyda beradi ?

6 / 40

6. O’rta Osiyo hududida tarqalgan bo’lib, boshqa o’l kalarda deyarli uchramaydigan sudralib yuruvchi цhayvonlar qaysi turkum vakillari hisoblanadi?

7 / 40

7. Changchilari oltita bo‘lgan oddiy gulqo‘rg‘onli o‘simliklarni aniqlang. 1. karam 2.lola 3.anzur piyoz 4. oddiy jag‘-jag‘ 5.boychechak 6. o‘sma 7. olg‘i 8. afsonak 9. tangao‘t 10. turp

8 / 40

8. Quyidagi to’qimalardan qaysi biri ksilema tarkibiga kirmaydi.

9 / 40

9. Gultojbarglari erkin (a) va gulkosachabarglari erkin (b) dorivor o’simliklarni aniqlang. 1) yerbag’ir tugmachagul; 2) cherkez; 3) oddiy jag’-jag’; 4) na’matak; 5) sachratqi; 6) dorivor gulxayri

10 / 40

10. O`rta Osiyo cho`llarida tarqalgan (a), keng bargli va nina bargli o`rmonlarda yashaydigan (b), xonadonlarda yashaydigan (c), cho`l va sahrolarda uchraydigan (d) parda qanotlilarni toping. 1) sariq fir`avn; 2) qir chumoli; 3) chopqir faeton; 4) sariq o`rmon chumolisi

11 / 40

11. Odam ovqat hazm qilish sistemasida ishtirok etadigan tizimlarning faoliyati to‘g‘ri ko’rsatilgan javobni aniqlang. a)simpatik nerv sistemasi; b) parasimpatik nerv sistemasi; qalqonsimon bez; gipofiz; 1)oshqozon bezlari faoliyatini kuchaytiradi; 2)buyrakda reabsorbsiya jarayonini kuchaytiradi; 3)ichak bezlari faoliyatini susaytiradi; 4) ichak muskullari qisqarishini susaytiradi; 5) ichak muskullari qisqarishini kuchaytiradi.

12 / 40

12. Eshakqurt va yomg‘ir chuvalchangining o‘xshashligi . 1.ochiq qon aylanish sistemasi 2. ikki uchi ochiq ayirish sistemasi 3. o‘simlik qoldiqlari bilan oziqlanishi 4. suv havzalarini tozalashda oshtirok etishi 5. tuproqni yumshatishi 6. biogumus olinishi 7. tana bo‘shlig‘iga ega 8. oqish yurak

13 / 40

13. Quyidagi ko’krak qafasining rasmidan faqat chin qovurg’a tartib raqamlarini aniqlang?

14 / 40

14. Zog’ara baliq va odam skeletining farq qiluvchi jahatlarini aniqlang. 1) kamar suyaklari mavjud 2) umurtqa pog’anasi kalla suyagi bilan harakatchan qo’shilgan 3) miya qutisi bosh miyani himoya qiladi 4) jag’ va tishlari og’iz bo’shlig’ini o’rab turadi 5) skeleti suyak va tog’aydan iborat 6) barcha qovurg’alarning ikkinchi uchi qorin muskullari orasida yotadi 7) skelet ichki a’zolarni himoya qiladi 8) qovurg’alar umurtqa pog’anasi bva to’sh suyagiga birikadi

15 / 40

15. Quyidagi atamalar qaysi sistematik birliklarni ifodalaydi? 1) lolasimonlar; 2) loladoshlar; 3) laminariya; 4) piyozdoshlar; 5) lola; 6) magnoliyasimonlar; 7) bir urug’ pallalilar; a-sinf; b-oila; c-turkum

16 / 40

16. Changchili to’pgulining gulpoyasi osilib turuvchi (a) va changchilari to’pgulidan osilib turuvchi (b) o’simliklarni aniqlang. 1) tol 2) zubturum 3) oq qayin 4) tut 5) bug’doy 6) bug’doyiq

17 / 40

17. Tobulg’i va kamxastak o’simligi qaysi oilaga mansub?

18 / 40

18. Drozofila pashshasi tanasining kulrang bo’lishi qora bo’lishi ustidan, qanotining uzun bo’lishi kalta bo’lishi ustidan dominantlik qilib, bitta autosomada xromosomada joylashadi. Ko’zining qizil bo’lishi oq bo’lishi ustidan dominantlik qilib, jinsiy xromosomada joylashadi. Shunga ko’ra digeterozigota (ushbu dominant genlarni faqat otasidan olgan ) kulrang tanali, normal qanotli, oq ko’zli urg’ochi pashsha va tanasi qora va kalta qanotli, qizil ko’zli erkak pashshalar chatishtirilgan bo’lsa, avlodning necha %ni fenotipini genotipiga qarab aniqlash mumkin? (krossengover 17%)

19 / 40

19. Quydagi jadvaldan foydalanib, X va Z ayirmasini toping.

20 / 40

20. Qora dengizda uchramaydigan hayvon turini aniqang.

21 / 40

21. Urug`kurtakka ega bo`lmagan o`simliklarni aniqlang. 1.kalamit 2.pixta 3.fillafora 4.porfira 5.kordoit 6. laminariya

22 / 40

22. Quyidagi qaysi organizmlarda ichki urug'lanish kuzatiladi? 1) gambuziya; 2) povituxa; 3) ko'lbuqa; 4) bog‘ moyqurti; 5) kvaksha; 6) kabarga; 7) semga; 8) qizilto'sh; 9) sarisor; 10) sargan.

23 / 40

23. Qaysi hayvonlar tipidan tibbiyotda qon tomiri kasalliklarini davolashda foydalaniladi?

24 / 40

24. Lama vikunyaning yuragidan chiquvchi qon tomirlarini va ularda qanday qon oqishini aniqlang.

25 / 40

25. Hidni yahshi sezuvchi hayvonlarni aniqlang. 1.daryo qisqichbaqasi 2.kana 3.baqachanoq 4. bronza qo`ng`izini erkagi 5. bronza qo`ng`izini urg`ochisi 6.maxaonni erkagi 7.maxaonni urg`ochisi 8.yomg`ir chuvalchangi

26 / 40

26. Qaysi parazit chuvalchang bilan zararlangan odam parazitni tarqatuvchisi bo’lmaydi. 1) jigar qurti 2) qoramol tasmasimon 3) askarida 4) rishta 5) bollar gijjasi 6) exinokokk 7) cho’chqa tasmasimon

27 / 40

27. Ulotriksning funariyadan farqini aniqlang. 1) rizoidning mavjudligi; 2) jinssiz usulda ko'payishi; 3) fotosintez jarayonining xromatoforada kechishi; 4) ko‘p hujayradan iborat arxegoniyda bitta tuxum hujayraning yetilishi; 5) tuban o‘simliklarga mansubligi; 6) o'tkazuvchi sistemaga ega emasligi; 7) jinsiy yo‘l bilan ko'payishi; 8) urug'lanishning suvda kechishi.

28 / 40

28. Odamlarda albinizm va fenilketonuriyani yuzaga chiqaruvchi genlar har xil autosomada joylashgan bo‘lib, retsessiv holda irsiylanadi. Digeterozigota ota- onadan tug‘ilgan ikki belgi bo‘yicha kasal farzandlarni hisobga olmaganda, ikki belgisi bo‘yicha sog‘lom farzandlarning tug‘ilish ehtimolini aniqlang.

29 / 40

29. Qutb meduzasi uchun xos bo‘lmagan xususiyatlarni belgilang. 1) shakli soyabonga o'xshaydi; 2) tanasi qalin mantiya bilan o'ralgan; 3) konsument organizm; 4) baliqlar bilan oziqlanadi; 5) paypaslagichlarida ko'plab so‘rg‘ichlari joylashgan; 6) ektoderma qavatida otuvchi hujayralari mavjud; 7) oziq zanjiri zvenosi; 8) jabrasi bilan nal'as oladi.

30 / 40

30. Barg shakli ikki xil marfologik tuzilishga ega sporali o`simliklar keltirilgan javobni aniqlang. 1)suv nilufari ; 2) suv yong`og`i ; 3) suv qirqulog`i; 4) suv qaroqchisi; 5)dala qirqbo`g`im; 6) funariya yo`sini; 7) zuxrasoch

31 / 40

31. Quyidagi baliqning qon aylanishi tasvirlangan rasmdagi 5-raqamdagi baliq organini aniqlang?

32 / 40

32. Qubba (a) sporangiy (b) va meva (c) kabi organlargga ega bo`lgan o`simliklar mos holatda to`gri juftlangan javobni toping. 1) sekvoyadendron 2) buldenej 3) psilofit 4) eman 5) magnoliya 6) qarag`ay 7) olg`I 8)sharq sauri 9) sershox qirqbo`g`im 10) ginko biloba 11) zuxrasoch 12) albitsiya

33 / 40

33. Og‘iz apparati kemiruvchi (1), kemiruvchi-so‘ruvchi (2)va sanchib-so'ruvchi (3) tipda bo‘lgan bo‘g‘imoyoqlilarni aniqlang. a-eshiktervatar; b-chigirtka; c-ishchi asalari; d-uy pashshasi; e-kana.

34 / 40

34. Hashoratlarga qarshi kurashishda ishlatiladigan zararli modda anabazin qaysi o’simlikdan olinadi?

35 / 40

35. Tanasi har xil darajada bo‘limlarga bo‘lingan hayvonlar sinfi uchun xos bo‘lmagan (a) va xos bo‘lgan (b) xususiyatlarni aniqlang. 1)yuragi qorin qismida joylashgan; 2)muskullari alohida muskul boylamlaridan iborat; 3)qorin bo‘limining hamma bo‘g‘imlari qo‘shilib ketgan; 4)tanasi 1000 tagacha bo‘g‘imlarga bo‘lingan; 5)postembrional rivojlanishda metamorfoz kuzatilmaydi; 6)ingichka naysimon nafas olish a’zosi mavjud; 7)har bir bo‘g‘imida bir juftdan qorinoyoqlari bor; 8)tasmasimon chuvalchanglar sinfiga mansub; 9)terisi shilimshiq modda bilan namlanib turadi; 10)shakli uzun yassi tasmaga o‘xshash; 11)ayirish a’zosi tuzilishi yomg‘ir chuvalchangiga o‘xshash

36 / 40

36. Virus (I), bakteriya (II), zamburug' (Ill)lar qo'zg'atuvchi kasalliklarni aniqlang. 1)quturish; 2)qizilcha; 3)o'lat; 4)kuydirgi; 5)vilt; 6)zang kasalligi

37 / 40

37. Issiqqonli organizmlarni ajrating. 1) kondor; 2) kabarga; 3) kallima; 4) kuropatka; 5) povituxa; 6)ko'lbuqa; 7) sargan; 8) kvaksha; 9) qiloyoq; 10) iguana.

38 / 40

38. Qaysi to’pgullarning gulpoyasida gullar bandsiz joylashgan. 1) shingil 2) so’ta 3) savatcha 4) kuchala 5) kallakcha 6) boshoq 7) qalqoncha 8) soyabon

39 / 40

39. Kamar suyaklari 8 ta (a), 9 ta (b), 10 ta (c), 12 (d) suyaklardan iborat organizmlarni ko’rsating. 1-kojan 2-giyena 3-povituxa 4-sezarka 5-skuns 6- kvaksha 7-qiloyoq 8-kapachi 9-dingo 10-triton.

40 / 40

40. Qovoq mevaga ega o’simliklarning poyasiga xos xususiyat.

0%

Baholash mezoni

- 75 foiz va undan yuqori ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tdi, oliy malaka toifasi (bosh o’qituvchi lavozimi) saqlansin”;

- 75 foizdan past ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tmadi, birinchi malaka toifasi (yetakchi o’qituvchi lavozimi)ga tushirilsin”;

- 75 foiz va undan yuqori ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tdi, oliy malaka toifasi (bosh o’qituvchi lavozimi) berilsin”;

- 74 foizdan 65 foizgacha ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tdi, birinchi malaka toifasi (yetakchi o’qituvchi lavozimi) saqlansin”;

- 65 foizdan kam ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tmadi, ikkinchi malaka toifasi (katta o’qituvchi lavozimi)ga tushirilsin”

- 64 foizdan 60 foizgacha ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tdi, ikkinchi malaka toifasi (katta o’qituvchi lavozimi) saqlansin”;

- 60 foizdan kam ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tmadi, mutaxassis (oliy yoki o’rta maxsus, kasb-hunar ma'lumotli o’qituvchi) lavozimiga tushirilsin”

InfoMaster
Author: InfoMaster

Foydali bo'lsa mamnunmiz

1 Izoh

Javob qoldiring

Info-Master.uz
Logo
Elementlarni Solishtiring
  • Jami (0)
Solishtiring
0