Uy » Attestatsiya testlar » Fizika attestatsiya » Fizika attestatsiya №11 Fizika attestatsiya Fizika attestatsiya №11 InfoMaster Avgust 1, 2022 20 Ko'rishlar 0 SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 0 0% 0 12345678910111213141516171819202122232425262728293031323334353637383940 OMAD YOR BO'LSIN! Fizika fanidan attestatsiya savollari №11 Testni Toshev Anvar tayyorladi. DIQQAT! Endi siz o'z bilmingizni sinab ko'rish bilan birga sertifikatga ham ega bo'lishingiz mumkin. Sertifikat olish uchun barcha ma'lumotlarni to'g'ri kriting! Testda 76% va undan yuqori natija oling va sertifikatni yuklab oling. 1 / 40 1. Ikkita mashina chorrahadan o’zaro tik yo’nalishda harakatlana boshladi. V1 =6 m/s, V2 =8 m/s bo’lsa, qancha vaqtdan keyin ularning orasidagi masofa 140 m bo’ladi (s). A) 14 B) 24 C) 10 D) 70 2 / 40 2. Javohir o’z tezligini 14 m/s dan 10 m/s gacha tekis kamaytirib bordi va jami 192 m masofa bosib o’tdi. Buninguchun qancha vaqt sarflangan (s)? A) 8 B) 24 C) 90 D) 16 3 / 40 3. Rasmda miqdorlari ma’lum bo`lgan 3 ta vektor ko`rsatilgan. Natijaviy vektorining miqdorini toping. A) 4 birlik B) 13 birlik C) 14,5 birlik D) 6,5 birlik 4 / 40 4. m1=2,5 kg massali yuk S=3,6 m pastga tushgan vaqtda qanday tezlikka erishadi(m/s). m2=2 kg, bloklar vaznsiz, ishqalanishlar yo’q, ip cho’zilmas. A) 4 B) 7 C) 6 D) 5 5 / 40 5. Jismning bir nuqtasiga bir vaqtning o’zida modullari 50N va 30N ga teng bo’lgan ikki kuch ta’sir etmoqda. Bu kuchlarning natijaviysi quyidagilarning qaysi biriga teng bo’lishi mumkin (N)? A) 50√3 B) 150 C) 18 D) 26 6 / 40 6. Yer sirtidan cheksiz uzoqlikda m massali jismga yerga tomon 4 km/s tezlik berilsa u yerga qanday tezlik (km/s) bilan uriladi? Yer uchun birinchi kosmik tezlik 8 km/s ga teng. A) 16 B) 11,2 C) 12 D) 20 7 / 40 7. Moddiy nuqta yo’lning birinchi 4 km ini 2 km/h tezlik bilan, qolgan 1 h da esa 2,5 km/h tezlik bilan harakatlansa, uning boshlang’ich 2h dagi o’rtacha tezligini toping ( km/h )? A) 2,5 B) 2,25 C) 2 D) 4,5 8 / 40 8. Tezligi 0,1c bo‘lgan zarraning impulsi p ga teng. Tezligi 2 marta ortsa, impulsi qanday bo‘ladi? c - yorug‘lik tezligi. A) 1 B) 3 C) 4 D) 2 9 / 40 9. I=5A, ampermetr 4A ni ko‘rsatmoqda. Rezistor qarshiligi ampermetr qarshiligidan necha marta katta? A) 6 marta katta B) 2 marta katta C) 4 marta katta D) 8 marta katta 10 / 40 10. Jismga 10 N va 20 N kuchlar o‘zaro 120° burchak ostida ta’sir etmoqda. Bu kuchlarning teng ta’sir etuvchisini toping (N). A) 17,3 B) 27,3 C) 30 D) 10 11 / 40 11. 100 km yo’lda 10 kg benzin sarflaydigan avtomobil divigateli yonilg’i bakining sig’imi 60 litr bo’lsa, avtomobil bakidagi yonilg’i bilan qancha yo’l bosadi? ρbenzin=710 kg/m3 A) 600 km B) 710 km C) 426 km D) 213 km 12 / 40 12. Bir soatda dvigatel 20 kg dizel yonilg'isi sarflaydi. Dvigatelning mexanik quvvati 75 kW bo'lsa, uning FIK necha foiz? Dizel yonilg'isining solishtirma yonish issiqligi 42 MJ/kg. A) 40 B) 35 C) 20 D) 32 13 / 40 13. Magnit maydon induksiyasi 50 mTl bo’lgan g'altakning magnit maydon energiya zichligini toping (J/m3). μ= 45 . μ0=4π·10-7 H/m A) 44,2 B) 88,4 C) 22,1 D) 11,05 14 / 40 14. Massasi 2000 t bo‘lgan poyezd to‘g'ri chiziqli harakatlanayotib, tezligini 36 dan 72 km/soatga oshirdi. Impulsning o‘zgarishini toping. A) 4•10³ kg•m/s B) 2•10⁷ kg•m/s C) 2•10⁹ kg•m/s D) 10⁷ kg•m/s 15 / 40 15. Normal sharoitda vodorod zichligi 0,09 kg/m³ ekanligi o‘lchandi. Shu sharoitda kripton (M=84 g/mol) zichligi (kg/m³ ) qanday bo`ladi? A) 3,78 B) 7,56 C) 1,89 D) 0,94 16 / 40 16. Gaz 27° С dan 57° С gacha isitilgan. Agar bosim o‘zgarmagan bo‘lsa, gaz hajmi necha protsent ortgan? A) 110 B) 10 C) 15 D) 25 17 / 40 17. To`lqin uzunligi 700 nm bo`lgan yorug`lik vakuumdan muhitga o`tganda uning tezligi 20% ga kamaygan bo`lsa, yorug`likning shu muhitdagi to`lqin uzunligini (nm) aniqlang. A) 560 B) 350 C) 140 D) 600 18 / 40 18. Nomlari quyida zikr etilgan asboblarning qaysilari oq yorug’likni tarkibiy qismlarga (spektrga) ajratish uchun xizmat qiladi: 1) yassi ko'zgu; 2) yig'uvchi yupqa linza; 3) difraksion panjara; 4) shaffof uch yoqli prizma? A) faqat 4 B) 1,2 C) faqat 3 D) 3 ,4 19 / 40 19. Tosh yuqoriga vertikal ravishda 10 m/s tezlik bilan otildi. Qanday balandlikda toshning kinetik energiyasi uning potensial energiyasiga teng bo‘ladi? g=10 m/s2. A) 2,5 m B) 25 sm C) 2.3 m D) 5 m 20 / 40 20. Massasi 1,6 kg yuk osilgan ip gorizontal yo‘nalishda 12 N kuch ta’sirida yangi vaziyatga keltirildi. Ipning taranglik kuchini toping A) 4 N B) 20 N C) 16 N D) 24 N 21 / 40 21. Agar anod zanjiridagi tok kuchi 10A bolsa, katoddan 1000 s da nechta elektron chiqadi? e = 1,6·10-19 C. A) 5•10²² B) 6,25•10²² C) 1,25•10³³ D) 1,6•10²³ 22 / 40 22. Induktivligi L, sig’imi C bo’lgan tebranish konturida so’nmas elektromagnit tebranishlar hosil bo’lmoqda. Agar kondensator qoplamalarida maksimal kuchlanish Umax bo’lsa, tok kuchining maksimal qiymati qanday bo’ladi? A) Imax=Umax • √C/L B) Imax=Umax /√LC C) Imax=Umax •√L/C D) Imax=Umax • √LC 23 / 40 23. Katodga 3 s davomida kelgan ionlaming umumiy zaryadi 9 С bo’lsa, elektrolit eritmasidan o‘tib turgan o‘zgarmas tokning kuchi necha amper boladi? A) 1,5 B) 3 C) 1 D) 6 24 / 40 24. Qarshiligi 15Ω bo‘lgan reostat tayyorlash uchun ko‘ndalang kesimi 1,25 mm² bo‘lgan nikelin simdan necha kilogramm olish kerak? (Nikelin simning zichligi 8,8 g/sm³ , solishtirma qarshiligi 0,4Ω•mm²/m ). A) 0,2 B) 0,1 C) 0,4 D) 0,5 25 / 40 25. Bikrliklari 0,5 va 1 kN/m bo'lgan ikki prujina ketma-ket ulangan. Agar kuch ta ’sirida 1-prujina 2 sm uzaygan bo’lsa, 2-prujina necha sm uzaygan? A) 1 B) 3 C) 2 D) 4 26 / 40 26. Radiolampada elektronning katod yaqinidagi tezligi 0 ga, anod yaqinidagi tezligi 0,2 Mm/s ga teng. Elektrodlar orasidagi masofa 1 sm bo`lsa, elektronlar qanday tezlanish (m/s ) bilan harakat qiladi? A) 2 10 darajasi 12 B) 2 10 darajasi 15 C) 2 10 darajasi 10 D) 2 10 darajasi 13 27 / 40 27. Tebranish konturidagi kondensator qoplamalaridagi zaryad vaqt o’tishi bilan q=10-9 sin108 πt qonun bo’yicha o’zgaradi. Konturdagi tok kuchining vaqtga bog’liqlik qonunini yozing. A) I=0,314 cos10⁸ πt B) I=3,14 cos2•10⁸ πt C) I=0,314 sin10⁸ πt D) I=31,4 sin4•10⁸ πt 28 / 40 28. Jismga 11 s davomida 22 N kuch ta'sir etmoqda. Jism impulsining o`zgarishi (kg m/s) topilsin. A) 242 B) 33 C) 330 D) 206 29 / 40 29. Jismga 10 N va 20 N kuchlar o‘zaro 120° burchak ostida ta’sir etmoqda. Bu kuchlarning teng ta’sir etuvchisini toping (N). A) 10 B) 30 C) 27,3 D) 17,3 30 / 40 30. Agar 1 minutda amplitudasi 7 sm bo'lgan 180 tebranish bajarilsa, garmonik tebranishlar tenglamasini toping (m). Tebranishning boshlang'ich fazasi π/2 ga teng. A) X = 0,07•sin(6πt+π/2) B) X=7cos(6πt+π/2) C) X=0,7 cos(6πt+π/2) D) X=0,07 cos(12πt+π/2) 31 / 40 31. Gorizontal yo’nalishda harakatlanayotgan avtomobilga dvigatelning 1,5 kN tortish kuchi, 500 N ishqalanish kuchi va havoning 200 N qarshilik kuchi ta’sir qiladi. Bu kuchlarning teng ta’sir etuvchisi nechaga teng? A) 450 N B) 200 N C) 800 N D) 1050 N 32 / 40 32. Bir jinsli valning uchidan 20 sm qirqib tashlandi. Bunda og‘irlik markazi qayerga va qanchaga ko‘chadi? A) 1 – uchiga tomon 10 sm ga ko’chadi B) 2 – uchiga tomon 10 sm ga ko’chadi C) 2 – uchiga tomon 20 sm ga ko’chadi D) 1 – uchiga tomon 20 sm ga ko’chadi 33 / 40 33. Oq yorug’lik bilan qizil, sariq, yashil, ko‘k rangdagi shishalarning qaysi biri yoritilganda, o’tgan nur fotonining impulsi eng kichik bo’ladi? A) Yashil B) Sariq C) Ko’k D) qizil 34 / 40 34. Bir xil hajmli havo sharlariga teng miqdorda vodorod, azot va geliy gazlari qamaldi. Qaysi gaz solingan sharning ko’tarish kuchi eng katta? A) bir xil B) geliy C) azot D) vodorod 35 / 40 35. Elektron atomni ionlashi uchun kamida qanday tezlikka (Mm/s) ega bo`lishi kerak? Atomning ionizatsiya energiyasi 0,392 •10-17 J. Elektron massasi 9,1• 10-31 kg. A) 29,4 B) 3,22 C) 2,94 D) 3,37 36 / 40 36. Uy temperaturasidagi termistordan o`tayotgan tokning kuchi 4 mA edi. Termistor isitilganda tokning kuchi 0,01 A bo`lgan. Isitilmagan termistor qarshiligi isitilgan termistornikidan necha marta katta? A) 2,0 B) 2,5 C) 3,5 D) 3,0 37 / 40 37. Avtomobil A bekatdan В bekatgacha 40 km/h, qaytishda esa 30 km/h tezlik bilan harakatlandi. Reys davomidagi o'rtacha tezlikni toping (km/h). A) 35 B) 37 C) 33,5 D) 34,3 38 / 40 38. Agar 1000kg massali kubning qirrasi uch marta orttirilsa, uning massasi (t) qancha bo'ladi? A) 27 B) 400 C) 4000 D) 40 39 / 40 39. Burchak tezlanish bilan chiziqli tezlik orasidagi burchak qancha gradus? A) 360 B) 180 C) 90 D) 0 40 / 40 40. Tebranish konturi sig`imi 0,5 F bo`lgan kondensator va induktivligi 5 mH bo`lgan g`altakdan iborat. Agar kondensatordagi kuchlanishning maksimal qiymati 9V bo`lsa, konturdagi tok kuchining amplituda qiymati necha mA ga teng bo`ladi? A) 90 B) 45 C) 9 D) 22,5 0% Testni qayta ishga tushiring Fikr-mulohaza yuboring Tomonidan Wordpress Quiz plugin Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 4 Fizika fanidan attestatsiya savollari №15