Uy » Online olimpiada » Fizika olimpiada » 11-sinf Fizika olimpiada №2 Fizika olimpiadaTuman 2019-2020 o'quv yili 11-sinf Fizika olimpiada №2 InfoMaster Avgust 19, 2024 238 Ko'rishlar 203 izohlar SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 0 1 Savollar 12345678910111213141516171819202122232425 Tomonidan yaratilgan InfoMaster 11-sinf Fizika olimpiada №2 2019-yil tuman bosqichida tushgan savollar 1 / 25 1. Tomoni 10 cm bo’lgan kvadrat ramka induksiyasi 0,2 T bo’lgan bir jisnli magnit maydonida joylashgan bo’lib, bunda ramkaning normali induksiya vektorlari bilan 60° burchak hosil qiladi. Ramkada hosil bo’ladigan magnit oqimi necha mVb ekanligini toping. A) 4 B) 1 C) 2 D) 3 2 / 25 2. Vertikal silindrdagi erkin ko`cha oladigan porshen ostida 1 mol bir atomli ideal gaz bor. Gazning bosimi 200 kPa. Agar gazga 6 kJ issiqlik miqdori berilsa, uning hajmi necha litrga ortadi? A) 10 B) 12 C) 48 D) 24 3 / 25 3. Bo`ylama to`lqinda muhit zarrachalari qanday yo`nalishda tebranadilar? A) To`lqin tarqalishiga perpendikulyar yo`nalishda. B) To`lqin tarqalishiga burchak ostida. C) To`lqin tarqalishiga teskari. D) To`lqin tarqalishi yo`nalishida. 4 / 25 4. 0,02 lm yorug’lik oqimi yuzi 5 sm2 bo’lgan sirtga perpendikular tushmoqda. Sirtning yoritilganligi qanday? A) 45 lx B) 50 lx C) 42 lx D) 40 lx 5 / 25 5. Oyning siderik davri qancha? A) 27,32 sutka. B) 21,32 sutka. C) 29,32 sutka. D) 22,32 sutka. 6 / 25 6. Quyidagi moddalardan qaysi birining elektr o’tkazuvchanligi eng kichik? A) metallar B) elektrolitlar C) dielektriklar D) yarim o’tkazgichlar 7 / 25 7. O’zgarmas tok manbaiga ulangan yassi kondensator plastinkalari orasidagi masofa 2 marta kamaytirilsa, elektr maydon energiyasi o’zgaradimi? A) √2 marta ortadi B) 2 marda oshadi C) √2 marta kamaydi D) o’zgarmaydi 8 / 25 8. Aylanma harakat qilayotgan g’ildirak gardishi nuqtasining υ1 chiziqli tezligi gardishdan o’qqa 5 sm yaqin bo’lgan nuqtasining υ2 chiziqli tezligidan 2,5 marta katta bo’lsa, g’ildirakning radiusi topilsin. (cm) A) 4,16 B) 6 C) 8,3 D) 5 9 / 25 9. Doimiy tok manbaiga ulangan yassi havo kondensatorining plastinkalari orasi dielektrik singdiruvchanligi Ԑ=10 bo`lgan muhit bilan to`ldirildi. Bunda plastinkalar orasidagi ta’sir kuchi qanday o`zgaradi? A) 100 marta ortadi. B) 10 marta ortadi. C) 10 marta kamayadi. D) 100 marta kamayadi. 10 / 25 10. 5 sm radiusli va 104 V potensialgacha zaryadlangan shar radiusi 3 sm li zaryadsiz shar bilan sim orqali tutashtirilgandan keyin sharlar potensiallari hisoblab topilsin. A) 75 V B) 82 V C) 62,5 V D) 65 V 11 / 25 11. Metropoliten ikki stansiyasining oralig’i 1,5 km. Poyezd bu masofaning birinchi yarmida tekis tezlanuvchan, qolgan ikkinchi yarmida tekis sekinlanuvchan harakat qiladi. Poyezdning maksimal tezligi 50 km/soat ga teng. Bu tezlanuvchan va sekinlanuvchan harakatning tezlanishlarini modul jihatdan teng bo`lsa,poyezdning ikki stansiya orasidagi harakat vaqti topilsin.(min) A) 10,8 B) 1,8 C) 3,6 D) 108 12 / 25 12. Shishadan fokus masofasi 20 sm bo‘lgan qavariqlinza tayyorlandi. Linzaning egrilik radiuslariteng. Shishaning nur sindirish ko‘rsatkichi 1,5ga teng bo‘lsa egrilik radiusini (sm) toping. A) 20 B) 25 C) 24 D) 22 13 / 25 13. Idishdagi gazning hajmi o‘zgarmas temperaturada 5% ga kamayishi uchun gaz bosimini necha foizga orttirish kerak? A) 10 B) 7 C) 4,9 D) 5,3 14 / 25 14. Bir atomli 1 mol gaz izobarik kengayganda160 J ish bajaradi va temperaturasi 100C gaortadi. Gazga qancha issiqlik miqdori (J)berilgan? A) 124 B) 160 C) 84 D) 284 15 / 25 15. R radiusli metal shar bir jinsli hajmiy zaryadga ega. Quyidagi qaysi grafik sharning elektr maydon kuchlanganligining masofaga bog’liqligini ifodalaydi? A) IV B) I C) II D) III 16 / 25 16. Jism h=19,6 m balandlikdan boshlang’ich tezliksiz tushmoqda. Jism o'z harakatining oxirgi 0,1 sekundda qanch yo`l o`tadi? Havoning qarshiligi hisobga olinmasin. A) 20 B) 9,8 C) 6,87 D) 1,9 17 / 25 17. Ikkita bir xil spiral 5 V li o’zgarmas kuchlanish tarmog’iga ketma-ket ulangan. Agar birinchi spiralning uzunligi 1,5 marta qisqartirilsa, uning uchlaridagi potensiallar farqi necha voltga teng bo’ladi? A) 4 B) 5 C) 6 D) 3 18 / 25 18. Tosh gorizontal yo'nalishda 10 m/sek tezlik bilan otilgandan 3 sek o'tgach, tosh trayektoriyasining egrilik radiusi topilsin. Havoning qarshiligi hisobga olinmasin. A) 58,6 B) 305 C) 196 D) 30 19 / 25 19. Gaz PV²=const tenglamaga muvofiq siqilmoqda. Bunda uning temperaturasi qanday o‘zgaradi? A) javob konstantaning qiymatiga bog‘liq B) pasayadi C) o‘zgarmaydi D) ko‘tariladi 20 / 25 20. Tekis harakatlanib tushayotgan aerostat xuddi shunday tezlikda yuqoriga ko'tarila boshlashi uchun, aerostatdan qancha og’irlikdagi ballastni (yukni) tashlab yuborish kerak?(kg) Aerostatning ballast bilan birga og’irligi 16 kN, yuqoriga ko'rsatuvchi kuchi 12 kN. Yuqoriga ko'tarilishda va tushishida havoning qarshilik kuchi birday hisoblansin. A) 600 B) 350 C) 800 D) 485 21 / 25 21. Bir xil temperaturada turgan geliy (v₁), neon (v₂ ) va argon (v₃) gazlari atomlarining issiqlik harakati o‘rtacha kvadratik tezliklarini taqqoslang. Ularning nisbiy atom massalari quyidagicha: geliyniki - 4 m.a.b., neonniki - 20 m.a.b. va argonniki - 40 m.a.b. A) v₁=v₂/√5=v₃/√10 B) v₁=√5v₂=√10v₃ C) v₁=v₂=v₃ D) aniqlab bo’lmaydi 22 / 25 22. Oydagi portlash yerda eshitlishi mumkinki? A) eshitilmaydi B) aniqlab bo’lmaydi C) eshitiladi D) portlash intensivligiga bog’lik 23 / 25 23. υ=600 m/sek tezlik bilan uchayotgan m=4,65·10-26 kg massali molekula normalga nisbatan idish devoriga 600 burchakda uriladi va shunday burchakda tezligini o'zgartmay elastik qaytadi. Urilish vaqtida idish devoriga berilgan kuch impulsi topilsin A) 2,8∙ 10⁻²³ B) 0 C) 1,4∙ 10⁻²³ D) 10⁻²³ 24 / 25 24. Zaryadlangan shar sirtidan uning radiusiga teng masofaga uzoqlashilsa, elektr maydon potensiali qanday o’zgaradi? A) 2 marta ortadi B) o’zgarmaydi C) 4 marta ortadi D) 2 marta kamayadi 25 / 25 25. A jism υ1 boshlang’ich tezlik bilan yuqoriga otilgan vaqtda, h balandlikdan υ2=0 boshlang’ich tezlik bilan B jism pastga tushib keladi. Agar jismlar bir vaqtda harakatlangan bo’lsa, A va B jismlar orasidagi x masofaning t vaqtga bog’lanishi topilsin. A) l=h-(gt²)/2 B) l=h-v₀t C) l=2v₀t-gt² D) l=v₀t-(gt²)/2 0% Testni qayta ishga tushiring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 1 9-10-11 sinflar Fizika olimpiada (viloyat 2025-2026) №6
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 4 9-10-11 sinflar Fizika olimpiada №6