11-sinf Kimyo olimpiada №2

0

11-sinf Kimyo olimpiada №2

2019-yil tuman bosqichida tushgan savollar

1 / 25

1. Kaliy dixromat eritmasining konsentratsiyasini aniqlash uchun undan 10,0 ml alikvota olindi va suv bilan 250,0 ml hajmgacha suyultirildi. Hosil bo‘lgan eritmadan 10,0 ml alikvota olinib, unga 2 M 10 ml H2SO4 va 0,200 M 10,0 ml FeSO4 qo‘shildi. Biroz vaqt o‘tgach aralashma 0,020 M KMnO4 eritmasi bilan titrlandi. Titrlash uchun 5,0 ml titrant sarflangan bo‘lsa, dastlabki kaliy dixromat eritmasining konsentratsiyasini (M) aniqlang.

2 / 25

2. Bor modeliga ko‘ra vodorod atomidagi elektronning energiyasi quyidagicha aniqlanadi: bu yerda n – 1,2,3, … va h.k. butun sonlar. Bor modeliga ko‘ra elektronni 1-orbitadan (n = 1) 2-orbitaga (n= 2) o‘tkazish uchun qancha energiya (eV) talab qilinadi?

3 / 25

3. Orbital kvant soni 2 ga teng bo‘lgan pog‘onachaga eng ko‘pi bilan nechta elektron sig‘adi .

4 / 25

4. 500 g 32% li CuSO4 eritmasidan misni to‘liq ajratib olish uchun 5 A to‘k kuchini necha sekund davomida o‘tkazish kerak?

5 / 25

5. 124,65 kPa bosim, temperatura 77 °C ga teng bo‘lganda, 7 l metan tarkibidagi atomlar sonini toping.

6 / 25

6. Kaliy nitratning 30°C da to'yingan 150 g eritmasi 10 A tok bilan 71410 sekund davomida elektroliz qilinadi.  Agar kaliy nitrat  30°C  da  26%  tuz saqlasa, cho'kmaga tushgan tuz massasini (g) aniqlang.

7 / 25

7. 250 g 8,94% li KCl eritmasidan 3 A tok kuchi 9650 sekund davomida o‘tkazilganda hosil bo‘lgan eritmaning foiz konsentratsiyasini (%) toping.

8 / 25

8. Quyidagi reaksiyaning o‘ng tomonidagi moddalar koeffitsiyentlar yig‘indisi nechaga teng? As2S3 + HNO3= H3AsO4 + SO2 + NO2 + H2O

9 / 25

9. KClning 20oC dagi eruvchanlik koeffitsiyenti 34 ga teng. 350 g suvda 70 g KCl eritildi. Shu eritmani to‘yintirish uchun yana necha gramm KCl qo‘shish kerak?

10 / 25

10. HСl + О2 = Сl2 + Н2О reaksiya hajmi 8 litr bo‘lgan idishda olib borildi. Kimyoviy muvozanat qaror topganda moddalar konsentratsiyalari [HCl]=0,7, [O2]=0,6 va [Н2О]=0,4 mol/l ni tashkil qildi. Boshlang’ich moddalar miqdorini (mol) aniqlang.

11 / 25

11. 2CO(g) + O2(g) ↔ 2CO2(g) ushbu reaksiya bo‘yicha kislorodning sarflanish tezligi 4 mol/litr∙min. 2 litrli idishda shu reaksiya olib borilganda, kislorodning konsentratsiyasi 7 mol/litrdan 2 mol/litrgacha kamaydi. Reaksiyaning sekundlardagi davomiyligini aniqlang.

12 / 25

12. Qaysi birikmalar suvda eritilganda ishqoriy muhit hosil qiladi? 1) natriy; 2) natriy nitrat; 3) kaliy peroksid; 4) litiy xlorid; 5) kaliy sulfat; 6) natriy gidrokarbonat.

13 / 25

13. Alizaringa xrom (III) gidroksid qo'shilsa, qanday rang hosil bo'ladi?

14 / 25

14. 89,1 g ikki asosli karbon kislotaning kalsiyli tuzi pirolizga uchratilib olingan siklik keton qaytarilganda 37,8 g sikloalkan  olindi. Qanday sikloalkan olinganligini aniqlang .

15 / 25

15. Quyidagi tuzlarning qaysilari gidrolizga uchramaydi? 1) natriy sulfat; 2) ammoniy nitrit; 3) litiy nitrat; 4) alyuminiy karbonat; 5) kaliy xlorid; 6) ammoniy atsetat.

16 / 25

16. Geksan molekulasida nechta sp³-gibrid orbitallar mavjud?

17 / 25

17. Qaysi birikmalar suvda eritilganda kislotali muhit hosil bo‘ladi? 1) natriy peroksid; 2) alyuminiy nitrat; 3) magniy xlorid; 4) kaliy gidrid; 5) natriy gidrokarbonat; 6) rux sulfat.

18 / 25

18. Mol nisbatlari 5:2 bo'lgan CD4 va H2O tarkibidagi neytronlar soni ayirmasi 8,5 ga teng bo'lsa,  aralashmaning mol yig'indisini toping.

19 / 25

19. A+2B=C+D reaksiya bo‘yicha muvozanat qaror topgandan so‘ng moddalarning muvozanat konsentratsiyalari quyidagicha: [A]=0,4 mol/l, [B]=0,5 mol/l, [C]=0,25 mol/l, [D]=0,8 mol/l bo‘lsa, muvozanat konstantasini aniqlang.

20 / 25

20. SO2 + NO2 = SO3 + NO reaksiyada SO2 va NO2 ning dastlabki  konsentratsiyasi 6 va 7 mol/litr bo‘lsa, SO2 ning muvozanat konsentratsiyasini (mol/litr) hisoblang (Км=1).

21 / 25

21. 2A + B↔ C reaksiya muvozanat holatida boshlang‘ich moddalar konsentratsiyalari [A]=0,5 mol/l; [B]=0,2 mol/l ga teng bo‘lsa muvozanat holatidagi C moddaning konsentratsiyasini (mol/ l) toping (KM=1).

22 / 25

22. Quyidagi birikmalardan ham kation, ham anion bo‘yicha gidrolizga uchraydiganlarini aniqlang. 1) natriy sulfat; 2) ammoniy atsetat; 3)litiy nitrat; 4) ammoniy karbonat; 5) kaliy xlorid.

23 / 25

23. Qaysi birikmalar suvda eritilganda neytral muhit hosil bo‘ladi? 1) kaliy peroksid; 2) natriy nitrat; 3) kalsiy xlorid; 4) litiy sulfat; 5) natriy gidrokarbonat; 6) natriy gidrid.

24 / 25

24. 100oC dagi Ba(NO3)2 ning 336 g to‘yingan eritmasi 25 oC gacha sovitilsa, necha gramm tuz kristallanadi? S(250C)=10,5; S(1000C) =34,4)

25 / 25

25. 100 oC dagi KBr ning 408 g to‘yingan eritmasi 25oC gacha sovitilsa, necha gramm tuz kristallanadi? (S (25 oC)=66; S (100 oC)=104)

0%

InfoMaster
Author: InfoMaster

Foydali bo'lsa mamnunmiz

32 Izohlar
Hammasini ko'rsatish Eng Foydali Eng Yuqori Reyting Eng Past Reyting Sharhingizni qo'shing

Javob qoldiring

Info-Master.uz
Logo
Elementlarni Solishtiring
  • Jami (0)
Solishtiring
0