11-sinf Fizika olimpiada №2

0

11-sinf Fizika olimpiada №2

2019-yil  tuman bosqichida tushgan savollar

1 / 25

1. Prujinali mayatnikning garmonik tebranishida quyida keltirilgan parametrlardan qaysi biri vaqt bo’yicha garmonik o’zgarmaydi?

2 / 25

2. Ko’lning qanday chuqurligidagi bosim atmosfera bosimidan 5 marta katta? ? = 10 ?/?^2

3 / 25

3. Idishdagi gazning hajmi o‘zgarmas temperaturada 5% ga kamayishi uchun gaz bosimini necha foizga orttirish kerak?

4 / 25

4. Jism  h=19,6 m balandlikdan boshlang’ich tezliksiz tushmoqda. Jism o'z harakatining oxirgi 0,1 sekundda qanch yo`l o`tadi? Havoning qarshiligi hisobga olinmasin.

5 / 25

5. Mutlaq silliq stolda M=10 kg massali taxta, taxtada esa m=4 kg massali taxtacha yotibdi. Taxta va taxtacha orasidagi ishqalanish koeffitsiyenti μ=0,2. Taxtachaga F=10 N gorizontal kuch qo‘yilgan. Taxta qanday tezlanish (m/s2) bilan harakatlanishini aniqlang.

6 / 25

6. Oydagi portlash yerda eshitlishi mumkinki?

7 / 25

7. Bir atomli 1 mol gaz izobarik kengayganda160 J ish bajaradi va temperaturasi 100C gaortadi. Gazga qancha issiqlik miqdori (J)berilgan?

8 / 25

8. R radiusli metal shar bir jinsli hajmiy zaryadga ega. Quyidagi qaysi grafik sharning elektr maydon kuchlanganligining masofaga bog’liqligini ifodalaydi?

9 / 25

9. O’zgarmas tok manbaiga ulangan yassi kondensator plastinkalari orasidagi masofa 2 marta kamaytirilsa, elektr maydon energiyasi o’zgaradimi?

10 / 25

10. Shishadan fokus masofasi 20 sm bo‘lgan qavariqlinza tayyorlandi. Linzaning egrilik radiuslariteng. Shishaning nur sindirish ko‘rsatkichi 1,5ga teng bo‘lsa egrilik radiusini (sm) toping.

11 / 25

11. Gaz  PV²=const tenglamaga muvofiq siqilmoqda.  Bunda uning temperaturasi qanday o‘zgaradi?

12 / 25

12. A jism υ1 boshlang’ich tezlik bilan yuqoriga otilgan vaqtda, h balandlikdan υ2=0 boshlang’ich tezlik bilan B jism pastga tushib keladi. Agar jismlar bir vaqtda harakatlangan bo’lsa, A va B jismlar orasidagi x masofaning t vaqtga bog’lanishi topilsin.

13 / 25

13. Tekis harakatlanib tushayotgan aerostat xuddi shunday tezlikda yuqoriga ko'tarila boshlashi uchun, aerostatdan qancha og’irlikdagi ballastni (yukni) tashlab yuborish kerak?(kg) Aerostatning ballast bilan birga og’irligi 16 kN, yuqoriga ko'rsatuvchi kuchi 12 kN. Yuqoriga ko'tarilishda va tushishida havoning qarshilik kuchi birday hisoblansin.

14 / 25

14. Bir xil temperaturada turgan geliy (v₁), neon  (v₂ ) va argon (v₃) gazlari atomlarining issiqlik harakati o‘rtacha kvadratik tezliklarini  taqqoslang. Ularning nisbiy atom massalari quyidagicha: geliyniki - 4 m.a.b., neonniki -  20 m.a.b. va argonniki - 40 m.a.b.

15 / 25

15. Ikkita bir xil spiral 5 V li o’zgarmas kuchlanish tarmog’iga ketma-ket ulangan. Agar birinchi spiralning uzunligi 1,5 marta qisqartirilsa, uning uchlaridagi potensiallar farqi necha voltga teng bo’ladi?

16 / 25

16. 5 sm radiusli va 104 V potensialgacha zaryadlangan shar radiusi 3 sm li zaryadsiz shar bilan sim orqali tutashtirilgandan keyin sharlar potensiallari hisoblab topilsin.

17 / 25

17. Metropoliten ikki stansiyasining oralig’i 1,5 km. Poyezd bu masofaning birinchi yarmida tekis tezlanuvchan, qolgan ikkinchi yarmida tekis sekinlanuvchan harakat qiladi. Poyezdning maksimal tezligi 50 km/soat ga teng. Bu tezlanuvchan va sekinlanuvchan harakatning tezlanishlarini modul jihatdan teng bo`lsa,poyezdning ikki stansiya orasidagi harakat vaqti topilsin.(min)

18 / 25

18. Bo`ylama to`lqinda muhit zarrachalari qanday yo`nalishda tebranadilar?

19 / 25

19. Oyning siderik davri qancha?

20 / 25

20. Zaryadlangan shar sirtidan uning radiusiga teng masofaga uzoqlashilsa, elektr maydon potensiali qanday o’zgaradi?

21 / 25

21. Tosh gorizontal yo'nalishda 10 m/sek tezlik bilan otilgandan 3 sek o'tgach, tosh trayektoriyasining egrilik radiusi topilsin. Havoning qarshiligi hisobga olinmasin.

22 / 25

22. Aylanma harakat qilayotgan g’ildirak gardishi nuqtasining υ1 chiziqli tezligi gardishdan o’qqa 5 sm yaqin bo’lgan nuqtasining υ2 chiziqli tezligidan 2,5 marta katta bo’lsa, g’ildirakning radiusi topilsin. (cm)

23 / 25

23. Kir yuvish mashinasining 40 sm diametrli bakiga sovunli suv quyilgan (σ=40 MN/m). Bu suv sirt qatlamining  energiyasini aniqlang.(mJ)

24 / 25

24. 0,02 lm yorug’lik oqimi yuzi 5 sm2 bo’lgan sirtga perpendikular tushmoqda. Sirtning yoritilganligi qanday?

25 / 25

25. Quyidagi moddalardan qaysi birining elektr o’tkazuvchanligi eng kichik?

0%

InfoMaster
Author: InfoMaster

Foydali bo'lsa mamnunmiz

203 Izohlar
Hammasini ko'rsatish Eng Foydali Eng Yuqori Reyting Eng Past Reyting Sharhingizni qo'shing

Javob qoldiring

Info-Master.uz
Logo
Elementlarni Solishtiring
  • Jami (0)
Solishtiring
0