Tarbiya attestatsiya №9

0%
1

OMAD YOR BO'LSIN!


Tarbiya fanidan attestatsiya savollari №9

2022-yil  7-8 aprelda viloyatlarda tushgan savollar 2-qism

DIQQAT! Endi siz o'z bilmingizni sinab ko'rish bilan birga  sertifikatga ham ega bo'lishingiz mumkin.

Sertifikat olish uchun barcha ma'lumotlarni to'g'ri kiriting! 

e-mail manzilini to'g'ri kriting, barcha ma'lumotlar sizga yuboriladi.
Testda 76% va undan yuqori natija oling va sertifikatni yuklab oling.

1 / 40

1. o'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 52-moddasini aniqlang.

2 / 40

2. ''Agar siz kasbni muvaffaqiyatli tanlasangiz, ishlasangiz va ruhingizni unga bag‘ishlasangiz, unga baxtning o‘zi sizni topadi''.....

3 / 40

3. Tomonlar o’rtasida kelishmovchiliklar paydo bo’lishining oldini olish, mavjud kelishmovchiliklarning mojaroga aylanishiga yo’l qo’ymaslik, shuningdek, mojaroning tarqalishini cheklashga qaratilgan diplomatik harakatga nima deyiladi?

4 / 40

4. Missionerlik faoliyatining bir konfessiyaga eʼtiqod qiluvchilarni boshqa konfessiyalarga oʻtkazishga qaratilgan shakli nima deb ataladi?

5 / 40

5. Ilg’or fikrlash ko’nikmasini egallash yo’llarini aniqlang. 1. O’zgarmaslik yo’llarini aniqlash. 2. Ilg’or fikrlash ko’nikmasining muhimligini tushunish. 3. Ilg’or fikrlash ko’nikmalarini rivojlantirish. 4. Ilg’or fikrlash tajribalaridan foydalanish.

6 / 40

6. ’’Uzluksiz ma’naviy tarbiya konsepsiyasi’’ IV bobi.....

7 / 40

7. Betaraf tuyg‘ular qanday bo'ladi

8 / 40

8. Nima kishi faoliyatini belgilovchi jarayon bo‘lib, uni barcha xatolardan saqlaydi?

9 / 40

9. "Mahallada duv-duv gap" filmi rejissori kim?

10 / 40

10. Alohni eslatadi, qiyomatda oxiratni eslatadigan kim?

11 / 40

11. Tarbiyali va odobli inson har qanday holatda ham nimani óziga ep kórmaydi? (Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf)

12 / 40

12. Osmonda yetti rang? Udir kamalak, Yetti kun ham yashamas? Udir kapalak. Yetti go‘zalning biri - "U"dir go‘zal moh,"U"dir, ishqqa qul vale, yurtga shoh. Yetti tomon, yetti kun va yetti rafiq, Gashtak ohirida topildi aqiq. Savol: Aqiqni toping?

13 / 40

13. Oila aʼzolarining o‘z huquqlarini amalga oshirishlari hamda o‘z majburi￾yatlarini bajarishlari oilaning boshqa aʼzolari va o‘zga shaxslarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini buzmasligi shart.

14 / 40

14. Turklar uni "shayton ovozi", Inglizlar "eng baxtsiz kishilar ovozi" deya ta'rif berishgan. Bizda ham bu narsa yaxshlikka olib kelmaydi degan aqida bor. Gap nima haqda ketyapti?

15 / 40

15. Odamlar orasini isloh qilgan kazzob emas. Xayrni aytadi va xayrni yetkazadi. Ushbu hadisda qaysi kompetensiya elementlari shakllantirilmoqda?

16 / 40

16. An'ana - bu ....

17 / 40

17. "Odam savdosiga qarshi kurash to’g’risida"gi Qonunning yangi tahriri qachon qabul qilingan?

18 / 40

18. Innovatsion dars o’tishda asosan qaysi usuldan foydalaniladi?

19 / 40

19. Dinning vazifalarini aniqlang. 1). Tasalli beruvchi. 2). Birlashtirish. 3). Tartibga solish. 4). Kommunikativlik. 5). Ruhiy-ma'naviy tarbiyalash. a). Inson boshiga musibat tushganida dindan ovutuvchi, yupatuvchi kuch topgan. b). Insonlar orasida hamjihatlikni mustahkamlashga xizmat qilgan. c). Din axloq normalarini tartibga solib, halol va harom, savob va gunoh nimalagini belgilaydi. d). Diniy urf-odat, marosimlarni birgalikda o’tkazishga, birodarlik aloqalarini mustahkamlashga chaqiradi. e). Inson hayotining ezgulik mohiyatini ochadi.

20 / 40

20. Me'mor Ismoil Tohir Mahmud Isfaxoniy kimning buyurtmasiga ko’ra Buxoroda madrasa qurgan?

21 / 40

21. Mehnatga munosabat axloq kategoriyasiga kiradi. Baxt - axloq degani, axloq - mehnat degani bo’ladi. Axloq mukammalligi baxtga erishuv stimulidir. Fikr muallifi kim?

22 / 40

22. G’azab va nafratga qarshi eng yaxshi davo nima?

23 / 40

23. Mnemonika nima?

24 / 40

24. 4-sinf bitiruvchisiga qo’yiladigan malaka talablarini aniqlang.

25 / 40

25. Tiriklik sir-u asrori ilm, odob, ongli faoliyat bo’lsa uning asosi zukko aql, davomiyligi - ............dir” ("Hikmatlar xazinasi"dan)

26 / 40

26. Yaxshi odatlarni shakllantirishga qancha vaqt ketadi?

27 / 40

27. Tomas Edisonga oid ma'lumotlarni aniqlang. 1). Uni "kashfiyotlar dahosi" deyishgan, Saboqni onasidan olgan. 2). Cho’g’lanma chiroq, fonografni yaratgan. 3). O’n yoshida uyining yerto’lasida labarotoriya ochgan. 4). Telefon va konetografni ixtiro qilgan. 5). G’ildirakni o’ylab topgan. 6). Mototsikl yasash orzusiga erishgan. 7). Bosma uskunani kashf etgan. 8). Tarjimonlik bilan shug’ullangan.

28 / 40

28. 9-sinf bitiruvchisiga qo’yiladigan malaka talablarini aniqlang.

29 / 40

29. Keys stady ma'nosi nima?

30 / 40

30. Insonni ma'naviy kamolotga yetkazuvchi jarayon nima?

31 / 40

31. Bizga juda kerak bo’lmagan, usiz ham yashash mumkin bo’lgan narsalar.

32 / 40

32. Sen taqdiri azalni emas, avvalo o’zingni yengishga harakat qil. Dunyoni tartibga solishga urunma. Eng avvalo istaklaringni boshqara bil. Fikr muallifi kim?

33 / 40

33. Malala Yusufzay qayerlik bo’lgan?

34 / 40

34. Gravyura qanday san'at turi hisoblanadi?

35 / 40

35. Oila, jamoa, mahalla-ko’y miqyosida ahamiyatli bo’lgan, ammo jamiyat va insoniyat hayotiga sezilarli ta'sir ko’rsatmaydigan yoqimli insoniy xatti-harakatlarning majmui nima?

36 / 40

36. Quyidagi maqolni davom ettiring. "Rejasiz ish - ....".

37 / 40

37. Qaysi mutafakkir musiqani sonlarga birlashtirgan?

38 / 40

38. Namoyish (demonstratsiya) metodini belgilang.

39 / 40

39. Taomdan oldin qo’lni yuvish nimani anglatadi?

40 / 40

40. Malakali o’qituvchilar oylik maoshini 1000 AQSh$ ekvivalentiga yetkazish Taraqqiyot strategiyasining nechanchi bosqichi va qaysi yo’nalishida belgilab qo’yilgan?

0%

Baholash mezoni

- 75 foiz va undan yuqori ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tdi, oliy malaka toifasi (bosh o’qituvchi lavozimi) saqlansin”;

- 75 foizdan past ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tmadi, birinchi malaka toifasi (yetakchi o’qituvchi lavozimi)ga tushirilsin”;

- 75 foiz va undan yuqori ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tdi, oliy malaka toifasi (bosh o’qituvchi lavozimi) berilsin”;

- 74 foizdan 65 foizgacha ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tdi, birinchi malaka toifasi (yetakchi o’qituvchi lavozimi) saqlansin”;

- 65 foizdan kam ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tmadi, ikkinchi malaka toifasi (katta o’qituvchi lavozimi)ga tushirilsin”

- 64 foizdan 60 foizgacha ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tdi, ikkinchi malaka toifasi (katta o’qituvchi lavozimi) saqlansin”;

- 60 foizdan kam ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tmadi, mutaxassis (oliy yoki o’rta maxsus, kasb-hunar ma'lumotli o’qituvchi) lavozimiga tushirilsin”

InfoMaster
Author: InfoMaster

Foydali bo'lsa mamnunmiz

InfoMaster

Foydali bo'lsa mamnunmiz

1 Izoh

Javob qoldiring

Info-Master.uz
Logo
Elementlarni Solishtiring
  • Jami (0)
Solishtiring
0