Uy » Abituriyent » Fizika abituriyent » Fizika abituriyentlar uchun №2 Fizika abituriyent Fizika abituriyentlar uchun №2 InfoMaster Aprel 16, 2022 117 Ko'rishlar 2 izohlar SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 1 1 Savollar 123456789101112131415161718192021222324252627282930 Vaqtingiz tugadi! Fizika abituriyentlar uchun №2 1 / 30 O`tkazgich uchlariga 10V kuchlanish qo`yilganda 5J ish bajaradi.O`tkazgichdan oqib o`tgan zaryad miqdori nimaga teng? A) 1 C B) 10 C C) 0.5 C D) 5 C 2 / 30 Bir xil miqdordagi ikkita kuchning teng ta’sir etuvchisi 6√3 N, bitta kuchning o‘zi 6 N. Ikkita kuch yo‘nalishlari orasidagi burchakni toping. A) 90° B) 30° C) 60° D) 120° 3 / 30 Bir xil ishorada zaryadlangan ikkita sharcha orasidagi masofa 100 mm ga teng. Ular orasidagi masofa 25 mm ga keltirilsa, ta`sir kuchi qanday o`zgaradi. A) o`zgarmaydi B) 16 marta ortadi C) 8 marta ortadi D) 4 marta ortadi 4 / 30 Rasmda jism tezlanishining vaqtga bog‘lanishi berilgan. Vaqtning qaysi oralig‘ida (s) jism tekis tezlanuvchan harakat qilgan? A) 0-1 B) 2-3 C) 0-3 D) 1-2 5 / 30 ”Havo yoki gazga kuchli zaryadlar oqimi hosil bo`lishiga... deyiladi”. Gapni davom ettiring. A) magnit maydon B) hech nma qo`yiw wart emas C) elektr zaryadi D) elektroliz 6 / 30 Ikkita mashina chorrahadan o’zaro tik yo’nalishda harakatlana boshladi. V1 =6 m/s, V2 =8 m/s bo’lsa, qancha vaqtdan keyin ularning orasidagi masofa 140 m bo’ladi (s). A) 14 B) 24 C) 70 D) 10 7 / 30 Rasimda ko’rsatilgan jism boshlang’ich tezliksiz harakatlana boshladi va qiyalikning oxiriga 4 s da tushdi. Jism va qiya tekislik orasidagi ishqalanish koeffitsiyentini toping. (sin37°=0,6; cos37° =0,8) A) 0,5 B) 0,2 C) 0,4 D) 0,3 8 / 30 Jismning bir marta aylanib chiqishi uchun ketgan vaqt nima deb ataladi? A) aylanish davri B) tebranishi C) aylanish chastotasi D) sklik chastotasi 9 / 30 Vertolyot gorizontal ravishda 60 km uchib, 90 0 burchak ostida burildi va yana 80 km uchdi. Vertolyotni bosib o‘tgan yo‘lini toping(km). A) 20 B) 100 C) 70 D) 140 10 / 30 Uzunligi 300 m bo’lgan teploxod dengizda to’g’ri chiziq bo’ylab o’zgarmas tezlik bilan suzmoqda. Tezligi 90 km/soat bo’lgan kater uning oxiridan tumshug’igacha borib qaytib kelishiga 37,5 s vaqt ketdi.Teploxodning tezligini toping? (m/s) A) 20 B) 30 C) 15 D) 10 11 / 30 Massasi 18 kg bo`lgan muz qancha hajmni egallaydi? A) 10 L B) 20 L C) 30 L D) 40 L 12 / 30 Aylana bo'ylab tekis sekinlanuvchan harakatlanayotgan moddiy nuqtaning chiziqli tezligi va to'liq tezlanishi orasidagi burchak qanday? A) 30° < α < 90° B) 90° < α < 180° C) 11° < α < 90° D) 0° < α < 180° 13 / 30 Piyodaning tezligi 4 km/soat. Undan 15 minut keyin yo‘lga chiqqan velosipedchi piyodani 5 minutda quvib yetishi uchun qanday tezlik bilan harakatlanishi kerak? A) 20 km/soat B) 12 km/soat C) 8 km/soat D) 16 km/soat 14 / 30 20m balandlikdan gorizontal otilgan jismning umumiy ko‘chishi 25 m bo‘lishi uchun uning boshlang'ich tezligi qanday bo‘lishi kerak? A) 5 m/s B) 10 m/s C) 7,5 m/s D) 7m/s 15 / 30 Yuguruvchi dastlabki 7 s ichida 4m/s tezlik bilan tekis so’ngra 4m/s² tezlanish bilan tekis tezlanuvchan harakat qildi. Harakatning dastlabki 10s davomidagi o’rtacha tezligini toping (m/s). A) 5.8 B) 4.6 C) 6.2 D) 4 16 / 30 Moddiy nuqta tezligining vaqt bo‘yicha o‘zgarish qonuni υ=4t (m/s) ko‘rinishga ega. Uning 5-sekundda o‘tgan yo‘li qanday (m)? A) 13 B) 32 C) 18 D) 4 17 / 30 Moddiy nuqtaning berilgan sanoq sistemasidagi harakati x=7+6t va y=5+8t tenglamalar bilan berilgan. Jism dastlabki 2 s ichida qanchaga ko‘chadi (m)? A) 15 B) 20 C) 19 D) 30 18 / 30 0,5 m radiusli g‘ildirak gorizontal sirt bo‘yicha sirpanishsiz 2 m/s tezlik bilan g‘ildiramoqda. G‘ildirak gardishidagi g‘ildirak markazi bilan bir sathda joylashgan nuqtaning yerga nisbatan tezligi moduli qanday (m/s)? A) 3.5 B) 4 C) 2.8 D) 2 19 / 30 Hajmlari bir xil bòlgan jismlar zichliklarining massaga boģliqligi qanday bòladi? A) Massasi kichigining zichligi katta bòladi B) Massasi kattasining zichligi katta bòladi C) Zichlik narsaga boģliq emas D) Hajmi bir xil bolsa zichliklar ham bir xil boladi 20 / 30 Ikki jism bir nuqtadan bir aylanada bir tomonga harakat boshladi. Birinchisining aylanish davri 5 s , ikkinchisiniki esa 3 s bo’lsa harakat boshlangandan qanday eng qisqa vaqtdan so’ng jismlar yana bir nuqtada bo’ladi?(s) A) 7.5 B) 8 C) 6.5 D) 8.3 21 / 30 Bir litr suv necha sm3 ga teng? A) 100 B) 10 C) 10000 D) 1000 22 / 30 Moddiy nuqtaning tezligini vaqtga bog‘liqligi υ=6t tenglama bilan berilgan. Agar boshlangich momentda harakatlanuvchi nuqta koordinatlar boshida bo‘lgan bo‘lsa, x=f(t) bog‘lanishni yozing. A) X= 6 ∙ t² B) X= 5t + 3t² C) X= 3 ∙ t² D) X= 2t³ 23 / 30 Dinamometrga yuk osilganda uning ko`rsatishi 24,5 N ga teng bo`ldi. Unga qanday massali yuk osilgan? A) 3 kg B) 4 kg C) 4.5 kg D) 2.5 kg 24 / 30 Yassi kondensator plastinalari oralig`i 2 marta kamaytirilsa, uning sig`imiqanday o`zgaradi? A) ikki marta kamayadi B) ikki marta ortadi C) to`rt marta ortadi D) o`zgarmaydi 25 / 30 Bir xil yònalishda katta harakatlanayotgan protonlar oqimi òzaro siqilib ingichka shnurni hosil qiladi. Qanday kuch tasirida protonlar oqimi siqiladi? A) Gravitatsion B) Elektr C) Magnit D) Markazga intilma kuch 26 / 30 Gorizontal tekislikdagi uchburchakli pona ?1 = √3 m/stezlik bilan gorizontal ravishda tekis siljitilmoqda (rasmga qarang). Bunda vertikal turgan AB sterjen qanday v2 tezlik bilan ishqalanishsiz ko'tariladi (m/s)? a=30° A) 3 B) 1 C) 2 D) √3 27 / 30 Kub shaklidagi jismning massasi 3 kg. Qirrasi 3 marta uzun bo’lgan va huddi shu moddadan tayyorlangan kub shaklidagi boshqa jismning massasi qanday bo’ladi? A) 4,5 kg B) 243 kg C) 81 kg D) 9 kg 28 / 30 Jism 4 s da 15 m, yana 6 s da 30 m masofa bosib o'tgan bo’lsa, uning o'rtacha tezligi (m/s) qancha bo’ladi? A) 6 B) 4.5 C) 5 D) 4 29 / 30 Mexanik harakat va jismlarning o`zaro ta`siri haqidagi ta`limot kim tomonidan yaratilgan? A) Gey lyusak B) Galeleyo Galiley C) Nyuton D) Arximed 30 / 30 45 kg massali bola 15 m/s tezlik bilan yurayotgan bòlsa, uning kinetik energiyasi (J) nimaga teng? A) 7654 B) 38954 C) 5062 D) 7462 Sizning ballingiz 0% Testni qayta ishga tushiring Baholash mezoni To'g'ri javob uchun 3,1 ball. Fikr-mulohaza yuboring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz