Uy » Mavzulatshitilgan testlar » Ona tili mavzulashtirilgan » 7-sinf Ona tili » 7-sinf Ona tili №9 7-sinf Ona tili 7-sinf Ona tili №9 InfoMaster Aprel 6, 2022 143 Ko'rishlar 0 SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 0 0 Tomonidan yaratilgan InfoMaster 7-sinf Ona tili №9 EGALIK QO’SHIMCHALI SO’ZLARNING IMLOSI MUSTAHKAMLASH KELISHIK SHAKLLARI BOSH KELISHIK SHAKLI QARATQICH KELISHIGI SHAKLI TUSHUM KELISHIGI SHAKLI Mavzular yuzasidan testlar 1 / 37 “Human ” o’quv markazi tikuvchilik,astarli kastum shim ,pardalar,oqshom liboslari ,modellash va malaka oshirish kurslariga o’qishga taklif etadi Gapdagi yasama so’zlar miqdorini toping A) 5 ta B) 6 ta C) 4 ta D) 7 ta 2 / 37 Maza-ta’m sifatlari berilgan qatorni aniqlang. A) bo’ydor, xushbo’y B) serob, kamchil C) badbo’y, sovuq D) nimtatir, chuchmal 3 / 37 Quyidagi gapda ko’tarmoq so’zining qaysi manosi ifodalangan?Bemorga yengil ovqat bering, oshni ko’tarolmaydi A) hazm qilmoq B) oshirmoq C) yo’qotmoq D) ichmoq. 4 / 37 Qatorda nor bo’lsa ,yoking yerda qolmaydi Ushbu maqolda qo’llangan nor so’zining ma’nodoshini toping A) tuya B) hamroh C) do’st D) raqib 5 / 37 Kishilik olmoshlari berilgan qatorni aniqlang. A) qachon, qayer, kim, nima, o’sha, necha. B) bu, shu, o’sha, ana, mana, ana shu. C) men, sen, u, biz, siz, ular. D) hamma, barcha, bari, har kim, hech nima. 6 / 37 Qaysi qatordagi gapda belgilash olmoshi qo’llanmagan? A) U har gal marraga birinchi bo’lib kelardi . B) Bunda har bir nuqta ko’z kabi jonli . C) Har qaysimiz o’zimiz sevgan kasb to’g’risida insho yozdik . D) Butun bir inshoni madhiyamizga bag’ishladik . 7 / 37 Qaysi gарdа bo'lishsizlik olmoshi ishtirok etgan ? A) Hech qanday dard Vatandan ayrilish dardidan kuchli emas B) Biz hech gapni eshitmadik. C) Mo'minjon jimgina o'tirdi. hech indamadi D) Men bunday serhosil daraxtni hech ko'rmagan edim 8 / 37 Qaysi gapda takror olmosh ishtirok etgan gap berilgan ?. A) Bu ot uncha — muncha yukni oisand qilmaydi B) Mezbon zudlik bilan u-bu narsalarni jovondan olib dasturxonga qo'ydi C) Yigit o'z-o’ziga dedi," Bir balosi bo'lmasa ,shudgorda quyruq na qilur ? D) Yaxshiliklaming barchasi inson uchundir 9 / 37 Qisqasi, madaniyatli bo’lish uchun odamga faqat bilim, kiyim, taqinchoq, yaxshi ro‘zg‘orning o‘zigina kifoya emas.Gapda qaratqich kelishigining ishlatilishi haqidagi qaysi hukm to‘g‘ri? A) 1 ta belgili, 3 ta belgisiz B) 1 ta belgili, 2 ta belgisiz C) 1 ta belgili, 1 ta belgisiz D) faqat 1 ta belgili qaratqich shaklidagi so‘z mavjud 10 / 37 Tuproqto‘shagidayotgan ko‘pko‘rdim,Yer qaro bag‘riga botgan ko‘p ko‘rdim,Yo‘qlik olamiga ko‘z tashlaganda Kelmagan ko‘p ko‘rdim, ketgan ko‘p ko‘rdim.She’rda nechta o‘rinda tushum kelishigi qo‘shimchasi belgisiz qo‘llangan? A) 5ta B) 4ta C) 3 ta D) 1 ta 11 / 37 Sen esa, ey qalbim, shu umid uchunEng so‘nggi yolqining bera olsang bas.She’riy parchadagi belgisiz qoilangan kelishikni toping. A) qaratqich va o‘rin-payt B) tushum C) qaratqich D) qaratqich va tushum 12 / 37 Egalik qo'shimchasi qo'llanmagan qatorni toping A) mening kitobim , o'z bog'im B) Boburning kitobi ,Orolmirzoning qo’shig’i C) Bobur bog'i ,Orol dengizi D) kitobning muqovasi,o’zining she’ri 13 / 37 Adab kichkinalar mehrini ulug'lar ko‘ngliga soladi va u mehr kattalar ko'nglida abadiy qoladi. (Alisher Navoiy)Berilgan gapda qaratqich kelishigi qo'shimchasi necha o'rinda belgisiz qo'llangan? A) 1 B) 4 C) 3 D) 2 14 / 37 Qaysi so’zga III shaxs egalik qo’shimchasi –si shaklida qo’shiladi? A) avzo B) parvo C) mavzu 15 / 37 So'zlarga tushum kelishigi qo'shimchasi qo‘shilganda qanday fonetik o‘zgarish sodir boiishi mumkin? A) tovush almashishi B) tovush tushishi C) tovush almashishi va tushishi D) tovush orttirilishi va tushishi 16 / 37 Qaratqich keiishigi qachon belgisiz qo'Ilanishi mum kin ? A) Qaratqich bilan qaralmih yonma-yon kelganda B) Qaratqich keiishigi olmoshlarga qo'shilganda C) Qaratqich keiishigi atoqli otga qo'hilganda D) Qaratqich keiishigi sifatdoshlarga qo'shilganda 17 / 37 Qaratqich kelishigi qaysi so’zlarga qo’shilganda tushib qolmaydi ? A) atoqli otlar ,turdosh otlar va olmoshlarga B) atoqli otlar ,olmoshlar va sifatdoshlarga C) atoqli otlar ,olmoshlar va harakat nomiga D) atoqli otlar ,otlashgan so’zlar va harakat nomiga 18 / 37 Qaysi so’zlarga egalik qo’shimchasi qo’shilganda fonetik o’zgarish yuz bermaydi?1.ishtirok 2. chelak 3.nok 4.ocherk 5.yuk 6.chaqmoq 7.erk A) 1,3,4,5,7 B) 3,4,5,7 C) 1,2,3,7 D) 1,2,3,4,5,6,7 19 / 37 Qaysi gapda qaratqich kelishigi shaklidagi ko‘rsatish olmoshi mavjud?1 Buning meni bir kuni adoyi tamom qiladi.2 Buning nimasi sizga yoqmadi?3 Uning shikoyatlari o‘rinsiz. A) 2, 3 B) 1,3 C) faqat 2 D) l,2 20 / 37 Qachon egalik qo'himchaiari harakat bajaruvchisining shaxsi va sonini bildiradi A) harakat tarzi shakli bilan qo'llanganda B) to'liqiz fe'l bilan qo'llanganda C) mustaqil fe'l bilan qo'llanganda D) sifatdosh va harakat nomi bilan qo'llanganda 21 / 37 Qaraqtich kelishigiga xos xususiyatlar to’g’ri qayd etilgan javobni belgilang1) qaratqich kelishigidagi so’z qaratqichni qaralmishga tobelantirib bog’laydi;2) qaratqich kelishigidagi so’z qarashlilik va egalik ma’nolarini anglatadi;3) qaratqich va qaralmish o’rtasida boshqa so’z qo’llansa ,qaratqich kelishigi tiklanadi;4) qaratqich kelishigidagi so’z harakat nomi bilan ifodalanganda kelishik tushib qolmaydi ;5) qaratqich kelishigidagi so’z atoqli ot,olmosh va sifatdosh bilan ifodalanganda kelishik tushib qolmaydi; A) 1,2,3,5 B) 1,3,5 C) 1,2,3,4,5 D) 1,3,4,5 22 / 37 Bo‘yningdan ketgan yo‘q hali dor izi,Qo‘y» qora kunlarning o‘chsin qorasi!Sen borsan - Temurning ulug‘ vorisi,Osmoningga qaytdi oylaring, o‘zbek.She’riy parchadagi kelishik shakllari haqida berilgan to‘g‘ri hukmni aniqlang? A) 5 ta belgili, 2 ta belgisiz kelishik shakli ishtirok etgan B) 4 ta belgili, 3 ta belgisiz kelishik shakli ishtirok etgan C) 5 ta belgili, 3 ta belgisiz kelishik shakli ishtirok etgan. D) 4 ta belgili, 1 ta belgisiz kelishik shakli ishtirok etgan 23 / 37 Abu Rayhon Beruniy o‘lim to‘shagida yotganida uning huzuri… shogirdlari… biri kiritdi. U ustozining umri tugayotgani… sezib, ko‘nglini ko‘targan boiibdi.Qaysi javobda ushbu parchadagi nuqtalar o‘rniga yoziladigan qo‘shimchalar to‘g‘ri ko‘rsatilgan? A) qaratqich kelishigi, tushum kelishigi, tushum kelishigi qo‘shimchalari B) jo‘nalish kelishigi, chiqish kelishigi, tushum kelishigi qo‘shimchalari C) jo‘nalish kelishigi, tushum kelishigi, tushum kelishigi qo‘shimchaIari D) qaratqich kelishigi, chiqish kelishigi, qaratqich kelishigi qo‘shimchalari 24 / 37 Qaratqich o‘rnida tushum kelishigi qo‘shimchasi noto‘g‘ri qo‘llangan gapni aniqlang. A) Yaxshini maqtasang yarashur, yomonni maqtagan adashur. B) Ulug‘ saltanati bilan olamni titratgan Amir Temur ustozini oyoq tomoniga qo‘yilishini vasiyat qilgan edi. C) Ongni eskirgan, g'arazli maqsadlardan tozalash zarur. D) Paxtaning ziltga chidamli xillarini yaratish ustida tajriba olib borayotgan olimlarni ko‘rdik. 25 / 37 Mingga kirmasak ham,Kirardik yuzga,Dunyoda bo‘lmasa dilozorlik.Nechta so'z bosh kelishik shaklida kelgan? A) 3ta B) Bunday so'z qo'llanmagan C) 2ta D) 1 ta 26 / 37 Haq yo‘linda kim sanga bir harf o‘qutmish ranj ila,Aylamak bo'lmas ado oning haqin yuz ganj ila.Ushbu baytda tushum kelishigi qay tarzda qo‘llangan? A) bir o'rinda belgili, ikki o‘rinda belgisiz B) bir o'rinda belgili, bir o‘rinda belgisiz C) ikki o‘rinda belgili, bir o'rinda belgisiz D) ikki o'rinda belgili, ikki o'rinda belgisiz 27 / 37 Ajoyib milliy urf-odatlarimiz odamlami hamjihatlik, birodarlik va samimiyatga chorlaydi.Berilgan gapdagi nechta so‘z bosh kelishik shaklida qoilangan? A) 2 ta B) 3 ta C) 5 ta D) 1 ta 28 / 37 Tushum kelishigiga xos xususiyatlar to’g’ri qayd etilgan javobni belgilang 1) tushum kelihigidagi so’z faqat o’timli fe’llarga bog’lanadi ;2) tushum kelihigidagi so’z bilan o’timli fe’l yonma-yon turganda kelishik tuhib qolmaydi ;3) tushum kelihigi bilan o’timli fe’l o’rtasida boshqa so’z qo’llana oladi ;4) tushum kelihigidagi so’z taqlid so’z bilan ifodalanganda kelishik tushib qolmaydi ;5)tushum kelihigidagi so’z atoqli ot ,olmosh va sifatdosh bilan ifodalanganda kelishik tushib qolmaydi A) 1,3,5 B) 1,2,3,5 C) 1,3,4,5 D) 2,3,4,5 29 / 37 Egalik qo'himchasi qachon egalik ma'nosini ifodalaydi ?1 modda ma'dan +narsa oti qolipidagi birikmalarda2 zamon otiga qo'shilganda 3qarindoshlik otlariga qo'shilganda A) 1,2 B) 3 C) 1,2,3 D) 1,3 30 / 37 Abu Rayhon Beruniy o‘lim to‘shagida yotgani... uning huzuri... shogirdlari... biri kiribdi. U ustozining umri tugayotgani... sezib ko‘ngli... ko‘targan bo‘libdi. Kutilmaganda Beruniy unga bir savol berib golibdi.Ushbu parchada nechta o‘rinda tushum kelishigi qo‘shimchasi tushirib qoldirilgan? A) 1 ta B) 2 ta C) 4 ta D) 3 ta 31 / 37 So‘zga egalik qo‘shimchalari qo‘shilishi natijasida qanday fonetik hodisa yuz berishi mumkin?1) tovush tushishi; 2) tovush ortishi; 3) tovush almashishi. A) 2,3 B) l,3 C) faqat 1 D) 1,2,3 32 / 37 Egalik qo'shimchasi qachon egalik ma'nosini ifodalaydi ? A) egalik qo'shimchasi har doim egalik ma'nosini ifodalaydi B) zamon otiga qo'shilganda C) qarindoshlik otlariga qo'shilganda D) modda ma'dan +narsa oti qolipidagi birikmalarda 33 / 37 Qaratqich kelishigi qachon belgisiz qo'llanmaydi ?1 Qaratqich bilan qaralmih yonma-yon kelganda2 Qaratqich keiishigi atoqli otga qo'hilganda3 Qaratqich keiishigi olmoshlarga qo'shilganda4 Qaratqich keiishigi sifatdohlarga qo'shilganda A) 2,4 B) 2,3,4 C) 1,2,3,4, D) 1 34 / 37 Bunim yo’q,unim yo’q Uyimda unim yo’q . Ishimda unum yo’q , Aytishga unim yo’q .Ushbu she’riy parchada egalik qo’shimchasi nechta o’rinda qo’llangan ? A) 4 B) 7 C) 5 D) 6 35 / 37 1) idrok; 2) terak; 3) ishtirok; 4) chok; 5) bolalik.Berilgan so'zlarning qaysi biriga egalik qo'shimchasi qo'shilganda, asosqismda fonetik o'zgarish bo'ladi? A) 2,5 B) 1,3,4 C) faqat 5 D) 1,2,3,4 36 / 37 Yaxshi tarbiya ko’rgan odam… xislatlari… biri shuki, bunday odam o’z faoliyati… boshqalar…bir qadam oldin…o’tsa, sheriklari…yordam qo’li…uzatadi, safi…kengaytirib, yangi g’alaba…ko’zlaydi. A) -ning,-dan,-da,-dan,-ga,-ga,-ni,-ni,-ni B) -ning,dan,-da,-dan,-ga,-ga,-ni,-ni C) -ni,-dan,-da,-dan,-ga,-ga,-ni,-ni,-ni D) -ning,-dan,-da,-dan,-ga,-ni,-ni,-ni,-ni 37 / 37 Egalik qo’shimchalari mavjud bo’lgan so’zlarni aniqlang. A) so’lim, qo’nim, korim B) halim, terim,bo’lim C) bosim, bilim, to’zim D) tuzim, unim, qonim 0% Testni qayta ishga tushiring Baholash mezoni 86%-100% 5 baho 71%-85% 4 baho 56%-70% 3 baho 55% va kamiga 2 baho Fikr-mulohaza yuboring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz