Uy » Mavzulatshitilgan testlar » Ona tili mavzulashtirilgan » 7-sinf Ona tili » 7-sinf Ona tili №20 7-sinf Ona tili 7-sinf Ona tili №20 InfoMaster Aprel 6, 2022 546 Ko'rishlar 1 izoh SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 3 1 Tomonidan yaratilgan InfoMaster 7-sinf Ona tili №20 EGALIK VA KELISHIK SHAKLLARI YUZASIDAN O’TILGANLARNI TAKRORLASH YORDAMCHI SO’ZLAR YUZASIDAN O’TILGANLARNI TAKRORLASH UNDOV ,TAQLID VA MODAL SO’ZLAR YUZASIDAN O’TILGANLARNI TAKRORLASH Mavzular yuzasidan testlar 1 / 49 Qaysi so‘z imlosiga ko‘ra xato yozilgan? A) boshmaldoq B) badhazim C) boshboshdoq D) burushmoq 2 / 49 Agar so’zlar eskirib, ular ifodalagan tushuncha boshqa so’zlar bilan ifodalansa, bunday so’zlar qanday nomlanadi. A) sinonimi mavjud so’zlar B) tarixiy so’zlar C) iste’moldan chiqqan so’zlar D) arxaik so’zlar 3 / 49 Quyidagi gapda ko’tarmoq so’zining qaysi manosi ifodalangan?Bemorga yengil ovqat bering, oshni ko’tarolmaydi A) oshirmoq B) ichmoq. C) yo’qotmoq D) hazm qilmoq 4 / 49 Zid ma’noli so’zlar qo’llangan gap qatorini toping A) Vijdon – aqlning qon tomiri B) Do’stlarning hasadi ,dushmanlarning xusumatidan yomondir C) So’z doriga o’xshaydi ,ortiqchasi zarar keltiradi D) Hayo qalbning haqiqiy ko’zgusidir 5 / 49 Qaysi gapda qaratqich kelishigi shaklidagi ko‘rsatish olmoshi mavjud?1 Buning meni bir kuni adoyi tamom qiladi.2 Buning nimasi sizga yoqmadi?3 Uning shikoyatlari o‘rinsiz. A) 2,3 B) l,2 C) 1,3 D) faqat 2 6 / 49 So'roq olmoshlnri nimalarga nisbatan so'roqni bildiradi? A) jins, tur, xil B) sabab, maqsad o’rin part C) shaxs, narsa-hodisa, belgi-xususiyat, miqdor D) А va C. 7 / 49 Quyidagi xususiyatlardan qaysi biri gumon olmoshlariga xos? A) so'roq olmoshlariga va narsa so'ziga alla- yoki -dir qo'shimchalarini qo'shish yo'li bilan gumon olmoshlari hosil qilinadi B) A va B. C) faqat kim, nima olmoshlariga alla- yoki -dir qo 'shimchalarini qo 'shish yo'li bilan gumon olmoshlari hosil qilinadi D) narsa so'zi faqat alla- qo'shimchasi yordamida gumon olmoshiga aylanadi 8 / 49 Nadir millat qudratining tamadduni?Amir Temur haykalidan so’rang buni.Ot mindirb kim qaytardi yurtga uni?Jahongiri bexonumon yurt edi bu.Ushbu she’riy parchada olmosh necha o’rinda qo’llangan? A) 3 B) 2 C) 4 D) 5 9 / 49 Adab kichkinalar mehrini ulug'lar ko‘ngliga soladi va u mehr kattalar ko'nglida abadiy qoladi. (Alisher Navoiy)Berilgan gapda qaratqich kelishigi qo'shimchasi necha o'rinda belgisiz qo'llangan? A) 3 B) 1 C) 2 D) 4 10 / 49 Ko‘makchilarga xos xususiyat qaysi qatorda noto‘g‘ri izohlangan? A) Ko‘makchilar sifatdoshlardan keyin kelib, ulami hokim so‘zga bog‘lash uchun xizmat qiladi. B) Ko‘makchilar ravishdoshlardan keyin kelib, ulami hokim so‘zga bog‘lash uchun xizmat qiladi. C) Ko‘makchilar olmoshlardan keyin kelib, ularni hokim so‘zga bog‘lash uchun xizmat qiladi D) Ko‘makchilar harakat nomidan keyin kelib, ulami hokim so‘zga bog‘lash uchun xizmat qiladi. 11 / 49 Quyidagi gaplarning qaysi birida jo`nalish kelishigi qo`shimchasini ko`makchi bilan almashtirsa bo`ladi? A) Qarab tur, seni otangga chaqmasammi! B) Men o`zimning kimligimni sizga aytdim. C) Gapingizga qaraganda uzoqdan kelibsiz. D) Olimga vijdon ham o`tkir ilm kabi zarur 12 / 49 Qaysi ko`makchilar qaratqich kelishigidagi so`zga birikishi mumkin? A) kabi, singari. B) sari, qadar C) bilan, uchun D) sayin, tufayli. 13 / 49 Bog’lovchi-yuklama ishtirok etgan gapni aniqlang. A) Salimxon xonadan chiqdi-yu, telifon jiringladi. B) Eshikka qarang, birov keldi-yov C) Bizning guruhimiz tayyor-ku-ya, sizniki-chi? D) Qiziqsiz-a, buvi, eski mahalla qoldimi? 14 / 49 Qaysi qatordagi gapda teng bog’lovchini ergashtiruvchi bog’lovchi bilan almashtirish mumkin. A) Yigitlar, mehmonlarni o’lka bo’ylab kezdinglar va bog’imizni ko’rsating. B) Biz yaxshi tayyorlandik va birinchi g’alaba qo’lga kirdi. C) Kasalning kelishi oson, lekin ketishi ancha qiyin. D) Tig’ yarasi tuzaladi, lekin dil yarasi tuzalmaydi. 15 / 49 Vazifadosh yuklamalarni belgilang. A) axir, xuddi, nahotki B) ya’ni , deb, go’yo C) -mi, -chi, -oq D) -u(-yu), -da 16 / 49 Bolalar-ku, mayli-ya, kuniga savat-savat narsa tashib, uzoq-yaqindari keladigan ota-onalarning xarhashasini aytmaysizmu. yuklamalar miqdorini aniqlang. A) 2. B) 4 C) 3 D) 5 17 / 49 Fikrdan qaytarish uchun qo’llanilgan undov so’z qatnashgan gapni toping A) Hay-hay ,tegmang B) Vay-bo’ ,juda mazali ovqat ekan C) Hay-hay, shoshqoloqlik qilmang D) Eh, yoshlar sizlar tushunmaysizda 18 / 49 Modal so’zlarning sintaktik xusususiyatlari qaysi javoblarda berilgan? A) A,C B) Morfemalarga ajralmaydi C) Gapda vazifa bajarmaydi D) Gap bo’laklari bilan sintaktik bog’lanmaydi 19 / 49 Modal so’zlar deb… A) So’zlovchining tashqi olamga munosabati natijasida yuzaga keluvchi hisni hayajonni bildiruvchi so’zlarga aytiladi B) Tabiat hodisalari, predmetlarning tovushlarni taqlidni bildiruvchi so’zlarga aytiladi C) So’zlovchining o’z fikriga munosabatini bildiruvchi so’zlarga aytiladi D) Hayvon va parrandalarni haydash uchun qo’llanadigan so’zlarga aytiladi 20 / 49 Sof modal so’zlar berilgan javobni belgilang A) haqiqatan,xullas,albatta B) afsuski ,attang,taxminan,aftidan C) avvalambor,xullas,masalan,shubhasiz D) albatta,xullas,ehtimol,chamasi 21 / 49 Afsus. achinish ma'nosini ifodalagan modal so’zlar qaysi qatorda to’g’ri ko’rsatilgan? A) baxtga qarshi. attang, afsuski, taasufki B) baxtimizga, xayriyat, shukr, yaxshi C) inchunon, modamiki, ehtimol, albatta D) mayli, xo’p, essiz, attang 22 / 49 Fikrning tartibini bildiruvchi modal so‘zlarni aniqlang. A) avvalo, avvalambor B) masalan, jumladan C) xullas, demak D) albatta, shaksiz 23 / 49 Vazifadosh modal so’zlar berilgan javobni belgilang A) taxminan,darhaqiqat,balki ,shekilli B) albatta,afsuski ,tahminan,aftidan C) aftidan ,attang,taxminan,umuman D) aftidan ,ehtimol,chamasi,shubhasiz 24 / 49 Ushbu gapdagi olmoshlar turini aniqlang.Shu yaqin oradan qandaydir ovoz eshitilar, ammo bundan hech narsani anglab bo’lmasdi. A) ikkala gapda ham mustaqil fe’l B) ikkala gapda ham ko'makchi fe'l C) birinchi gapda —mustaqil fe'l ikkinchi gapda —ko'makchi fe'l D) birinchi gapda —ko'makchi fe'l ikkinchi gapda —mustaqil fe'l 25 / 49 Qaysi qatordagi otlarga II-shaxs birlikdagi egalik qo’shimchasi qo’shilgan? A) singlisi idroki. B) xulqingiz,akangiz C) kitobim, opam D) daftaring, ukang 26 / 49 Qaratqich kelishigi qachon belgisiz qo'Ilanishi mumkin ?1 Qaratqich bilan qaralmish yonma-yon kelganda2 Qaratqich keiishigi atoqli otga qo'hilganda3 Qaratqich keiishigi olmoshlarga qo'shilganda4 Qaratqich keiishigi sifatdohlarga qo'shilganda A) 1 B) 2.4 C) 2.3,4 D) 1.2.3,4 27 / 49 Saida bunga ham e'tibor qildi. Ushbu gapda olmoshning qaysi turi qo’llangan. A) ko’rsatish. B) kishilik. C) o’zlik. D) belgilash. 28 / 49 Kimdir eshikni taqillatdi. Kimdir bu? –so’rayman eshikka yaqinroq kelib.Ushbu matnda kimdir so’zi.... A) gumon olmoshi. B) birinchisi gumon, ikkinchisi so’roq olmoshi. C) birinchisi so’ roq, ikkinchisi gumon olmoshi. D) so’roq olmoshi. 29 / 49 Mendan rozi bolinglar, men ham roziman. Ushbu gapda olmoshning qaysi turi qo’llangan? A) ikkala gapda ham mustaqil fe’l B) birinchi gapda —mustaqil fe'l ikkinchi gapda —ko'makchi fe'l C) birinchi gapda —ko'makchi fe'l ikkinchi gapda —mustaqil fe'l D) ikkala gapda ham ko'makchi fe'l 30 / 49 Sof yordamchi so‘zni aniqlang. A) lekin B) -chi C) bilan D) -gina 31 / 49 Bu yerda na ofat, na kulfat, na g 'am. Yordamchining ma’no turini aniqlang. A) ayiruv bogiovchisi B) gumon yuklamasi C) inkor bog'lovchisi D) inkor yuklamasi 32 / 49 Ifodalanayotgan fikrga so’zlovchining munosabatini bildirgan so’zlar... A) undov so’zlar B) ko’makchilar C) taqlid so’zlar D) modal so’zlar 33 / 49 Yordamchi so’zlarning vazifalari qaysi qatorda to’g’ri berilgan?1.Mustaqil so’zlarni yoki gaplarni bir-biriga bog’laydi.2.So’zlarga qo’shimcha ma’no yuklaydi. 3.Mustaqil ravishda gap bo’lagi bo’lib keladi.4.Atash ma’noli so’zlar o’rnida qo’llana oladi. A) faqat 1 B) 1,2 C) 1,2,3,4 D) 1,2,3 34 / 49 Qaysi gapda ovozga taqlid so’z turlangan ? A) Bolalarning qiqirlashi quloqni qomatga keltirgan edi B) Tuyoqning dupuridan navkarlar bir safga chizilishgan edi C) Suvning shitirlashidan uyg’onib ketdim D) Shundan so’ng afg’ondan tarsaki yeganim bejiz emasligiga -mening navkar ekanligimga ishonishdi 35 / 49 Bir boshing uchun muncha harakat qilasan! Sen ham men kabi rohatda yashasang bo'lmaydimi, chunki mening hayotimda hech bir mashaqqat yo'q. Ushbu ikki gapda qanday yordamchilar ishtirok etgan? A) 1 ta ko'makchi, 1 ta bog'lovchi, 3 ta, yuklama B) 3 ta ko'makchi, 1 ta bog'lovchi, 1 ta yuklama C) 2 ta ko'makchi, 1 ta bog'lovchi, 2 ta yuklama D) 1 ta ko'makchi, 2 ta bog'lovchi, 2 ta yuklama 36 / 49 Qaysi qatordagi so‘zlar yordamchi so‘z turkumiga mansub? A) oshiq, samo, balki B) va,faqat,uchun C) taq-taq, va, lekin D) jiz, balli, kisht 37 / 49 Kishilarni chaqirish yoki to'xtatish uchun qo‘llanadigan undovlar qatnashgan gapni toping. A) Hammasi o'tkinchi, xo‘sh, nima o'tkinchi emas? B) O’ , ma’lumotli ekansiz-ku! C) Oh, bizning odamlar, dilkash odamlar... D) Eу, nega terakni nobud qilding? 38 / 49 Qaysi javobda taqlid so’zning otlashuvi kuzatiladi ? A) Daryoning shov-shuvidan quloqlarimiz bitib qolayozdi. B) Ilonning vishillashiga qaldirg’ochlar balandroq chirqillab javob qaytarishardi. C) Cholimning aytishicha tabib sigirini ham sizlab gapirarkan. «Chu» demay, «chuing» derkan. D) Yong’oqning shiqillashi anchadan beri ko’pchilikni qiziqtirmay qo‘ydi. 39 / 49 Qaysi javobda ham yuklama, ham modal so'zlar ifodalaydigan ma'no to'g'ri ko'rsatilgan? A) taajjub B) ishonch C) gumon D) achinish 40 / 49 Modal so’zni toping.1) attang; 2) faqat; 3) birdan 4) aftidan 5) masalan; 6) nihoyat 7) nahotki 8) hayriyat 9) biroq 10) ehtimol A) 4,5,7,8 B) 1,3,6,8,10 C) 1,4,7,8,9,10 D) 1,4,5,6,8,10 41 / 49 Taqlid so'z qo'llanmagan gap berilgan javobni aniqlang. A) Uzoq vaqtga qadar davom etgan shivir-shivir tindi. B) Tongga qadar poyladik, tiq etgan tovush eshitilmadi. C) Bog'imizdagi olmalar pishib yetilgach, duv-duv to'kilishga boshladi. D) O'tin biroz nam tortgan ekan, biroz tutab, keyin chars-churs alanga olib yondi. 42 / 49 Afsuski, besh qo’l barobar emas.Ushbu gapdagi modal so’zning ma’nosini ayting. A) fikrni xulosalash B) gumon C) achinish D) quvonch 43 / 49 Oltin qafas ichra gar qizil gul butsa,Bulbulg’a tikondek oshyon bo’lmas emish. Ushbu misralarda yordamchi so’zlarning qaysi biri qo’llangan? A) yuklama B) ko’makchi C) bog’lovchi D) yordamchi so’zlar qo’llanmagan 44 / 49 Deb yordamchisi — bu... A) ko'makchi B) sabab bog'lovchisi C) maqsad bog'lovchisi D) yordamchi fe'l 45 / 49 O’rtada bo’lsin deb qadr ham izzat Ayriliq; va o’lim yaralgaimi -yo? Ushbu misralarda berilgan yordamchi so’zlar turi va miqdorini toping. A) bitta. ko’makchi, bitta yuklama, ikkita teng bog’lovchi B) bitta yuklama, uchta teng bog’lovchi C) bitta ko’makchi, ikkita biriktiruv bog’lovchisi, bitta ayiruv bog’lovchisi D) bitta yuklama, ikkita teng bog’lovchi 46 / 49 Avvalo, insonning qalbi go’zal bo’lmog’i kerak.Ushbu gapdagi modal so’zning ma’nosini toping. A) fikrning tartibi B) gumon C) ishonch D) fikrni xulosalash 47 / 49 Yordamchi so’zlar berilgan qatorni aniqlang. A) ko’makchi, bog’lovchi, yuklama, taqlid so’z B) ko’makchi, bog’lovchi C) ko’makchi, bog’lovchi, yuklama D) undov, taqlid va modal so’zlar 48 / 49 Barcha yordamchi so’z turkumlari ishtirok etgan gapni aniqlang A) Hammasini tinglardim ,ammo o’xshashini topmasdim aslo B) Bu zanjir ila zamonga daxldorsan va sen ham ahli olam qatori uchinchi ming yillikda yashamoqdasan C) Ey farzand,ilm olmoqning fazilatlari ko’pdirkim ,ilm orqali hayoting farog’atda ,yurish –turishing hurmatda bo’lur D) Ilmning foydasi shu qadar ko’pki ,ta’riflagan bilan ado qilish mumkin emas 49 / 49 Otlashgan taqlid so’z qatnashgan gapni toping. A) Chiroq lip-lip etdi. B) To’rtta savag’ich bilan tap-tap urib, par singari qilib titibdi. C) Odamlarning g’ovur-g’uvuri endi to’xtadi. D) Shoikrom onasining barmoqlari tars-tars yorilib ketganini endi payqadi. 0% Testni qayta ishga tushiring Baholash mezoni 86%-100% 5 baho 71%-85% 4 baho 56%-70% 3 baho 55% va kamiga 2 baho Fikr-mulohaza yuboring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz