Uy » Mavzulatshitilgan testlar » Ona tili mavzulashtirilgan » 7-sinf Ona tili » 7-sinf Ona tili №13 7-sinf Ona tili 7-sinf Ona tili №13 InfoMaster Aprel 6, 2022 116 Ko'rishlar 1 izoh SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 0 0 Tomonidan yaratilgan InfoMaster 7-sinf Ona tili №13 SOF VA VAZIFADOSH BOG’LOVCHILAR BIRIKTIRUV BOG’LOVCHILAR AYIRUV BOG’LOVCHILAR ZIDLOV BOG’LOVCHILAR INKOR BOG’LOVCHISI YAKKA VA TAKROR BOG’LOVCHILAR Mavzular yuzasidan testlar 1 / 42 Siz borliqning mo’jizakor qudratini ,shiddatkor sevgi bo’ronini ,bunyodkorlik ,ijodkorlik girdobini ,intiqlik bilan kutganingiz : poklanishni ,bardamlik ,yangilanish ,yengillik ,saxiylik va mehrni o’zingizga singdirasiz Ushbu gapda nechta yasama so’z qo’llangan? A) 12 B) 10 C) 9 D) 11 2 / 42 Maza-ta’m sifatlari berilgan qatorni aniqlang. A) nimtatir, chuchmal B) serob, kamchil C) badbo’y, sovuq D) bo’ydor, xushbo’y 3 / 42 1 Yaxshiyam universitet yaqinda 2 Yaqinda o’qishni tugatadi Ushbu gaplardagi yaqinda so’zi haqidagi qaysi fikr to’g’ri ? A) birinchi gapda payt ravishi ,ikkinchi gapda o’rin ravishi B) birinchi gapda o’rin ravishi ,ikkinchi gapda payt ravishi C) har ikkala gapda o’rin ravishi D) har ikkala gapda payt ravishi 4 / 42 Leksik antonimlar berilgan qatorni aniqlang A) oq ko’ngil, ichi qora B) ishladi, ishlamadi C) yupqa , qalin D) xursand ,dili siyoh 5 / 42 Qaysi olmosh kamtarlik ma'nosini ham ifodalaydi? A) sen B) ular C) men D) biz 6 / 42 Qaysi o’rinda narsa-hodisa va o’rin-joy so’roqlari berilgan?1.kim? 2.nima? 3.qanday? 4.qancha? 5.nega? 6.qayer? 7.qachon? A) 2, 5 B) 2, 6 C) 3,5 D) 1, 6 7 / 42 Quyidagilarning qaysi biri bo’lishsizlik olmoshi emas? A) barchasi bo’lishsizlik olmoshi B) hech nima C) hech qachon D) hech bir 8 / 42 Munosabat shakllarini hosil qiluvchi qo'shimchalar qaysi bandda berilgan? A) -i, -im, -ning B) -guncha, -may, -ni C) -la, -gan, -ib D) -oq, -chi, -zor 9 / 42 Mingga kirmasak ham,Kirardik yuzga,Dunyoda bo‘lmasa dilozorlik.Nechta so'z bosh kelishik shaklida kelgan? A) Bunday so'z qo'llanmagan B) 1 ta C) 3ta D) 2ta 10 / 42 Sof ko’makchilar berilgan javobii toping. A) sari, sayin, sung, boshida B) kabi, tufayli, haqida, qadar C) tomom, boshida, uchun, orqali D) singari, misoli, haqida, bo’ylab 11 / 42 Qaysi qatorda nuqtalar o`rniga jo`nalish, chiqish kelishigi va uchun ko`makchisini o`zaro sinonim sifatida ishlatilishi mumkin. A) kelgani...xursand B) hamma…foydali C) maktab…kerak D) u…yaxshi 12 / 42 Qaysi ko`makchilar faqat bosh kelishikdagi so`zlar bilan qo`llanadi. A) sayin, sari. B) binoan, qarshi. C) so`ng, beri. D) qadar. 13 / 42 Ayiruv bog’lovchilar qo’llangan gapni toping. A) Dam salobatli. dam jozibador yangrovchi tanbur sadosi tinglovchini go’yo sehrli qayig’i bilan allaqanday maftunkor sohil sari boshlar. goh tebratib, goh to’lqinlatib borardi B) Tinchlik va ozodlik uning qo’shig’i C) Malika na yurib charchaydi na sovuqdan shikoyat qiladi D) U ketdi-yu,ham alamli uzuq-yuluq xotiralar qoldi 14 / 42 Qaysi javobda keltirilgan gapda ma’noviy jihatdan bir guruhga mansub sof va vazifadosh bog'lovchi qatnashgan? A) Miilat tushunchasi hamisha Vatan bilan yonma-yondir, misoli jism-u jondir. B) O'zi balo tog'ining va ofat bulog'ining boshida o'tirarmish, kun-u tun, yoz ham qish. C) Yupanch topdingmi dunyoga kelib,Ustoz yo sabog’idan yoki tengdoshdan D) Ona bilan bola - gul bilan lola. 15 / 42 Qaysi javobda vazifadosh zidlov bog'lovchilari keltirilgan? A) -u, -yu, -da, na . . na B) -u, yu, -da, balki C) -u, -yu, -da, ba’zan D) -u, -yu, -da, xoh 16 / 42 -u, -yu yuklamasi qaysi gapda zidlov bog’lovchisi sifatida qo’llangan? A) Erta-yu kech umidimiz sizdan B) Havo ochildi-yu. kun isimadi C) Dalada qo’y-u qo'zilar o’tlamoqda D) Sinfni boshida ko’targan bola shhu-yu 17 / 42 Garchi zug'um qilganlarni yoqtirmadim,She’r yozdim-u bo'lak ishni qotirmadim.Gapda bog‘lovchining qo‘llanishiga ko‘ra qaysi turi ishtitok etgan? A) teng bog’lovchi B) ergashtiruvchi bogiovchi C) yakka bog'lovchi D) takror bog‘lovchisi 18 / 42 Biriktiruv bog’lovchi qatnashgan gapni aniqlang. A) Mamlakatimizda bayramlar ko’p, lekin Navro’zning tarovati,shukuhi o’zgacha. B) Na qo’shiq, na kulgi, na churq etgan ovoz eshitiladi. C) Yaxshi xulq va adab sohibi qilib, Allo taologa muhabbat va e’tiqodimizni orttiradi. D) Yo bir maslahatni aytib bo’ladi, yo ro’zg’or ishini. 19 / 42 Inkor bog’lovchisi qo’llangan gap qatorini toping . A) Sog’lik undan bahramand kishiga ham , boshqalar uchun harii buyuk ne’matdir B) Hunar birla aqling birikkan hamon , Har ish bu jahonda yurishgay ravon. C) Xalqlarning hech biri boshqasiai takrorlamaydi : na tii , na qiyofa va na mehrda D) Bilim qayiarish va takrorlash mevasidir 20 / 42 Yakka holda qo’llangan takroriy bog’lovchi qaysi gapda mavjud? A) Uylarning derazalaridan bolalar hamda xotin-qizlarning kulgusi eshitiladi B) Televizor degan buyumni ko’rmaganmisan yoki eshitmaganmisan? C) Saida uyi tomon qayrildi biroq o’qituvchisini ko’rib to’xtadi D) Yig’ilganlar hammasi urushni o’ylardi, lekin hech kim og’iz ochmadi 21 / 42 Ayiruv bog`lovchilari gap ichida qay holatda kelganida verguldan foydalaniladi? A) B,C B) bu bog’lovchilar uyushiq bo’laklar orasida kelganida C) bu bog’lovchilar takror holda qo’llanganida D) bu bog’lovchilar yakka holda qo’llanganida 22 / 42 Faqat yakka holda qo’llanuvchi bog’lovchilar qatorini toping. A) shuning uchun, goh yo B) va, ammo, lekin C) dam, va, ham D) goh. yo. ba’zan 23 / 42 Qaysi javobda keltirilgan vazifadosh bog’lovchilardan keyin vergul qo’yilishi mumkin? A) -u(-yu), -da B) -u(-yu), -da, balki C) ammo, lekin, biroq, balki D) -u(-yu), -da, -ku, ya’ni 24 / 42 Biriktiruv bog’lovhchilarga mansub birliklar berilgan qatorni toping. A) A,B,C B) u (-yu). –da C) va, hamda D) bilan, ham 25 / 42 Zidlov bog’lovchisi qo’llangan gapni aniqlang. A) Na mashina boradi. na arava B) O’shanda yo men sinovdan o’tdim, yo siz sinovdan o’tdingiz C) Dunyoda yaxshi kitoblar ko’p, lekin bu kitoblar uni o’qib biladigan kishilar uchungina yaxshidir D) Tuzsiz sho’r ovqatlar bemaza bo’ladi 26 / 42 Suv - bu dunyodagi eng yumshoq modda, lekin qattiq narsalarni yengishda unga teng keladigani yo'q.Mazkur gapda qo'llanishiga ko'ra bog'lovchining qaysi turi qatnashgan? A) ergashtiruvchi bog'lovchi B) teng bog'lovchi C) zidlov bog'lovchisi D) yakka bog'lovchi 27 / 42 Qaysi qatorda bilan so’zi bog’lovchi vazifasida qo’llanmagan? A) O’qituvchi bilan o’quvchi o’tasidagi munosabat yaxshilandi. B) Aql bilan qul bo’lmish ozod. C) Nodira qizi bilan o’g’lini uyda qoldirdi D) Ruboiy bilan tuyuqning ne farqi bor ? 28 / 42 Qaysi gapda bilan so’zi bog’lovchi o’rnida ishlatilgan ? A) Ishchi bilan dehqonning mehnati teng emas B) Abror otasining so’zi bilan hushiga keldi C) Kechasi bilan yig’lab chiqdi D) Lobar bilan Chodakda tanishgan edim 29 / 42 Qaysi gapda -u (-yu) yuklamasi biriktiruvchi bog’lovchi vazfasida ishlatilgan? A) Qor yog’di –yu sovuq sezilmadi B) U erta-yu kech kitob o’qiydi C) Bordi -yu kelmasa-chi? D) Aytay dedim-u. iloji bo’lmadi 30 / 42 Qaysi gapda takror bog’lovchilar mavjud? A) Maktabning maqsadi tarbiya va faqat tarbiyadir. B) U Navro’z bayrami yoki dehqonlar kuni deb ham yuritiladi C) Qo’lini yuvdi-da hovuchlab suv ichdi D) Goh shamol keladi ,goh yomg’ir yog’adi . 31 / 42 ...bir maslahatni aytib bo'ladi, ...ro'zg'or ishini. (Cho ‘lpon)Nuqtalar o‘rniga qaysi ayiruv bog’lovchisini qo‘yish mumkir A) goh...goh B) na...na C) yo...yo D) ham...,ham. 32 / 42 Ba’zan...ba’zan bog’lovchisi yakka holda ishlatilsa qaysi so’z turkumiga oid bo’ladi? A) ravish B) ko’makchi C) bog’lovchi D) yuklama 33 / 42 Bog’lovchi vazifasidagi -u, -yu yuklamalari qaysi bog’lovchilar o’rnida qo’llanilishi mumkin? A) A va C B) biriktiruv bog’lovchilar o’rnida C) ayiruv bog’lovchilar o’rnida D) zidlov bog’lovchilar o’rnida 34 / 42 Bu jarang-jurung ovozlar uning g’ashini keltirmas, balki xayolini chalg’itib, unga orom bag’ishlardi.Ushbu gapdagi balki so’zi qanday vazifada kelyapti? A) mustaqil so’z turkumi vazifasida B) zidlov bog’lovchisi vazifasida C) modal so’z vazifasida D) inkor bog’lovchisi vazifasida 35 / 42 Mazmuni zid bo’laklarni bog’lash uclun qo’llangan bog’lovchini belgilang c A) Goh kulib. goh kuldiradi B) Balki baxt ham shudir C) Bu qir tep-tekis emas. balki past-baland qirlar edi D) Zaif yuragim balki chindan ham ko’tarolmasdi 36 / 42 Ayiruv bog’lovchilari to’g’ri berilgan qatorni toping. A) na, goh. va. Biroq B) yo. yoxud. yoki. goh-goh, dam-dam C) ammo. lckin. biroq D) va, hamda. bilan. yo. yoyinki 37 / 42 Ko’pincha zidlov bog’lovchisi o’rnida keladigan so’z berilgan javobni toping. A) biroq B) balki C) ammo D) lekin 38 / 42 Bog’lovchi-yuklama ishtirok etgan gapni aniqlang. A) Eshikka qarang, birov keldi-yov B) Bizning guruhimiz tayyor-ku-ya, sizniki-chi? C) Salimxon xonadan chiqdi-yu, telifon jiringladi. D) Qiziqsiz-a, buvi, eski mahalla qoldimi? 39 / 42 Na …,na inkor bog’lovchisi qo’llangan gaplarning kesimi qanday shaklda bo’ladi ? A) barcha javob to’g’ri B) bo’lishli shaklda C) o’rni bilan bo’lishli yoki bo’lishsiz shaklda D) bo’lishsiz shaklda 40 / 42 Takror holda qo’llanuvchi bog’lovchilar to’g’ri ko’rsatilgan javobni toping? A) sabab B) biriktiruv C) zidlov D) ayiruv 41 / 42 Qaysi gapda sof va vazifadosh bog'lovchi qo'llangan? A) Mehmonlar sut-qatig‘-u choy ichib, darhol o'tirgan joylariga uzandilar va aravada urinib kelganlari uchun uzanar-uzanamas uyquga ketdilar. B) Ey farzand, aqlli, farosatli va ilm-hunarli kishilar bilan do'st bo'l. C) Polvonning qo‘li kuch bilan o'ziga tortar, ammo bir qarich ham oldiga siljitolmasdi. D) Usmon Nosir ham mashhur siymolar kabi juda yoshligidan ko'p ijobiy xislatlarga ega bo'lgan edi. 42 / 42 Qaysi gapda zidlov bog’lovchisi vazifasidagi so’z qo’llangan? A) Ma’nisiz hayot kechirish yomon turmush kechirish degani emas, ammo sekin-asta o’lish demakdir. B) U turmushidan, o’tgan umridan rozi, lekin ana shu roziligini tushuntirib berolmasdi. C) Berilgan barcha gaplarda D) Bo’rondan so’ng Olimjon brigadasidagi ishlar ozaymadi, balki yana ko’paydi. 0% Testni qayta ishga tushiring Baholash mezoni 86%-100% 5 baho 71%-85% 4 baho 56%-70% 3 baho 55% va kamiga 2 baho Fikr-mulohaza yuboring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz