Uy » Mavzulatshitilgan testlar » Ona tili mavzulashtirilgan » 7-sinf Ona tili » 7-sinf Ona tili №12 7-sinf Ona tili 7-sinf Ona tili №12 InfoMaster Aprel 6, 2022 601 Ko'rishlar 0 SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 1 0 7-sinf Ona tili №12 KO’MAKCHILAR BILAN BIRGA KELGAN SO’ZLARNING SHAKLLARI KO’MAKCHI BILAN BIRGA KELGAN SO’Z SO’ZLARNING SHAKLLARI (KO’MAKCHILARNING KELISHIKLAR BILAN QO’LLANISHI) MUSTAHKAMLASH BOG’LOVCHILAR TENG BOG’LOVCHILAR Mavzular yuzasidan testlar 1 / 41 Qaysi qatordagi barcha so'zlarda “ng” tovushi ishtirok etgan? A) nonga, keng, tushuncha B) unga, donga, o'tinga C) maymunga, yurganga, borganga D) ongga, yurting, o’zingga 2 / 41 Sifatdosh qaysi gap tarkibida qo’llangan ? A) Kosmonavt bo’lish uchun ko’p narsani bilish ,qunt bilan o’qish va ishlash lozim . B) Terakzorda chalinayotgan musiqa tobora yaqqol eshitilardi . C) Chin do’stlikning alangasi so’nmasin D) Erib ,sehrlanib quloq soldi uning yoniq so’ziga . 3 / 41 Oltita bola va uch-to’rt qiz bayramga tayyorgarlik ko’rishardi. Ushbu gapda sonning qaysi ma’noviy guruhlari mavjud? A) sanoq va tartib son B) dona va chama son C) taqsim va kasr son D) jamlovchi va chama son 4 / 41 Qarama qarshi ma’noli so’zlar qatnashgan gapni toping A) U nimadir xursand bo’lib uyg’onadi B) Qo’riq ochish xamirdan qil sug’urishdek oson emas C) Ozchilik ko’pchilikka bo’ysunadi D) Ariqlarda ko’m ko’k suv sharqirab oqmoqda 5 / 41 Olmoshlar qaysi so’z turkumlaridan yasalishi mumkin. A) olmosh. B) fe'l. C) ravish. D) sifat. 6 / 41 Belgilash olmoshi ishtirok etgan gapni toping. A) So’z qanday ishga yo’llashi bilangina qimmatlidir. B) O’zini hurmat qilgan odam boshqalarni ham izzat ehtiromga o’rgatadi. C) Hamma qiyinchiliklardan faqat mehnat bilan qutilish mumkin D) Axloqqa tayanmagan ilm hech narsaga arzimaydi. 7 / 41 Sodda yasama olmosh qatnashgan gapni aniqlang . A) Ko’cha darvozani allakim taqillatganday bo’ldi B) Baxtni har kim o’zicha tushunadi . C) Bu kabi nusxalarning bor-yo’qligidan hech kimga hech qanday foyda yoki zarar yo’q . D) Shu-shu biz u bilan qadrdon bo’lib qoldik . 8 / 41 Munosabat shakllarini hosil qiluvchi qo'shimchalar qaysi bandda berilgan? A) -guncha, -may, -ni B) -la, -gan, -ib C) -i, -im, -ning D) -oq, -chi, -zor 9 / 41 Egalik qo'shimchasi qo'llanmagan qatorni toping A) Boburning kitobi ,Orolmirzoning qo’shig’i B) mening kitobim , o'z bog'im C) kitobning muqovasi,o’zining she’ri D) Bobur bog'i ,Orol dengizi 10 / 41 Qo’shimcha shaklidagi so’zlar turkumini nima tashkil etadi ? A) kelishik B) bog’lovchi C) undov so’z D) yuklama 11 / 41 Qaysi gaplarda vazifadosh ko'makchi ishtirok etgan? 1 Yomonlaming qoshida yalinish yaxshilar ishi emas. 2. Barchasidan qovun soz, Paykal uzra dumalar. 3. To‘ydan keyin nog‘ora chalmoq nodonlar ishi. 4. Bitmas-tuganmas bilimning tagida mashaqqatli mehnat yotadi. A) 1, 2, 4 B) 1,2, 3,4 C) 1, 3, 4 D) 1,2,3 12 / 41 Chiqish kelishigidagi so`zlar bilan qo`llanadigan ko`makchini toping. A) o`zga B) chamasi C) bilan D) uzra 13 / 41 Qaysi ko`makchilar chiqish kelishigi shaklidagi so`z bilan qo`llanadi? A) sayin, sari. B) binoan, qarshi. C) so`ng, beri. D) qadar,uchun 14 / 41 Qaysi gapda teng bog’lovchi qo’llangan? A) Menga Pushkin bir jahon-u, Menga Bayron bir jahon, Lek Navoiydek bobom bor, Ko’ksi qalqon O’zbegim. B) Haqiqat tikanli gulga o’xshaydi, shuning uchun ham u hidlashni bilmaganlarning burniga sanchiladi. C) Barcha gaplarda teng bog’lovchi mavjud. D) El netib topgay menikim, Gar o’zimni topmasam 15 / 41 Qaysi ko`makchilar faqat bosh kelishikdagi so`zlar bilan qo`llanadi. A) so`ng, beri. B) qadar. C) sayin, sari. D) binoan, qarshi. 16 / 41 Bilimdonlikning sir-u asrori g'ayrat hamda matonat bilan o‘qish va o'rganishdadir. Ushbu gapda qatnashgan teng bog'lovchilarni ko'rsating. A) -u, hamda, va B) -u, hamda, bilan C) -u, hamda, bilan, va D) bilan, hamda 17 / 41 Bosh va qaratqich kelishigidagi so`z bilan qo`llanadigan ko`makchini toping. A) kabi B) beri C) sayin. D) binoan 18 / 41 Qaysi gapda ko'makchi ishtirok etmagan ? A) Marraga avval Salim keyin Shuhrat eng so'ng Behzod yetib keldi B) Marraga Shuhratdan avval Salim, undan keyin Behzod yetib keldi C) Urushdan oldin bu yer bo'm bo'sh edi D) Ishning boshiga srakor keldi 19 / 41 Qaysi qatorda vazifadosh ko’makchilar berilgan? A) ost,ro’para,bilan,kabi B) ust,oldin,avval,qosh C) avval,qadar,bo’ylab,deb D) so’ng,qarab,orqali,sari 20 / 41 Faqat sof ko’makchilar berilgan qatorni toping. A) kabi,bo’ylab,muvofiq B) uchun,doir,so’ng C) sari,yarasha,tomon D) sayin,uzra,qadar 21 / 41 Qaysi javobda teng bog'lovchilar haqidagi to'g'ri hukmlar ko'rsatilgan?1) bilan ko'makchisi uyushiq bo'laklarni bog'lab kelganda bog'lovchi vazifasini bajaradi; 2) teng bog'lovchilar uyushiq bo'lak va gaplarning mazmuniy munosabatlarini ham ro'yobga chiqaradi;3) ko'makchi, yukiama, modal so'zlar vazifadosh bog'lovchi vazifasida ham kelishi mumkin; 4) mazmuniy munosabat ifodalashiga ko'ra bog'lovchilar teng va ergashtiruvchi bog'lovchilarga bo'linadi;5) zidlov bog'lovchilari uyushiq bo'laklarni emas, qo'shma gap qismlarini bog'laydi. A) 1, 2, 3, 5 B) 1,2,3 C) 1,2, 3,4 D) 1,2,3, 4, 5 22 / 41 Bog'lovchilar vazifasiga ko'ra .. A) teng bog'lovchi .ergashtiruvchi bog'lovchi B) shart va aniqlov C) sof va vazifadosh D) yakka va takror 23 / 41 Qaysi ko`makchilar qaratqich kelishigidagi so`zga birikishi mumkin? A) sayin, tufayli. B) kabi, singari. C) bilan, uchun D) sari, qadar 24 / 41 Qaysi gapda ko‘makchi qo‘llangan? A) Bilar edim, shuning uchun indamadim. B) Endi xat jo‘natmayman, toki meni tezroq unutsin. C) Biz ona yurt, aziz Vatan debon sog‘inch va orziqishlarda yashaymiz. D) Bu bir hikoyat va yo rivoyatdir, balkim tiriklik ko‘yidagi aytilgan qo‘shiqdir. 25 / 41 Qaysi gapda ko’makchi ishtirok etmagan? A) Otxonaga Umid bilan cho’pon kirib ketishdi. B) Ark suv quygan kabi jimjit. C) Gap futbol o’yini ustida ketardi. D) Temur tig’i yetmagan joyni qalam bilan oldi Alisher. 26 / 41 Jo‘nalish kelishigidagi ismlar bilan birga qo‘llana oladigan ko'makchilar berilgan qatorni toping. A) ko‘ra, qaramay, yarasha, bo‘ylab, muvofiq B) ko‘ra, yarasha, asosan, qarab, sari C) tomon, yarasha, muvofiq, doir, asosan D) qaramay, asosan, doir, tomon, uzra 27 / 41 Qaysi gapda ko’makchi mavjud ? A) Gaplarning barchasida ko’makchi mavjud B) Oldinda chuqur soy ,orqada baland cho’qqi ,orada maydon C) Marraga avval Salim ,keyin Jahongir ,eng so’ng Oatbek yetib keldi D) Bu ishlarga siz tufayli erishdim ,ustoz 28 / 41 Qaysi bog’lovchilar teng bog’lovchilarga mansub emas? A) bog’lovchilar-yuklamalar B) zidlov bog’lovchilar C) sabab bog’lovchilar D) ayriuv bog’lovchilar 29 / 41 Teng bog’lovchilarning xususiyatlari tog’ri ko’rsatilgan javobni toping. A) uyushiq bo’laklar va gaplarni bog’lab keladi. B) uyushiq bo’laklar va gaplar o’rtasidagi mazmuniy munosabatni ham ro’yobga chiqaradi. C) A va B D) uyushiq bo’laklar va gaplar o’rtasidagi sabab va oqibat munosabatlarini ifodalab keladi 30 / 41 Qaysi bog'lovchilar uyushiq bo'laklarning birini tasdiqlab, ikkinchisini inkor qilib keladi? A) ayiruv bog'lovchilari B) inkor bog'lovchisi C) ergashtiruvchi bog'lovchilar D) zidlov bog'lovchilari 31 / 41 Qaysi ko'makchilar chiqish kelihigi shaklidagi so'zlar bilan birga keladi ? 1 so'ng 2 tomon 3 bilan 4 bo'lak 5 boshtab 6 keyin A) 2,3,4 B) 1,4,5,6 C) 1,2,3 D) 1,2 32 / 41 Ko‘makchi qo‘llangan gaplarni aniqlang.1. U o‘qib bo‘ldi. 2. U men bilan borib keldi.3 U biz tomon asta yurib keldi. A) faqat 1 B) l,3 C) 1,2,3 D) 2,3 33 / 41 Teng bog’lovchilar nimasiga ko’ra biriktiruv, zidlov, ayruv hamda inkor bog’lovchilariga bo’linadi? A) gaplar o’rtasidagi mazmuniy munosabatlarni ro’yobga chiqarganligi uchun B) so’zlar o’rtasidagi mazmuniy munosabatlatni ro’yobga chiqarganligi uchun C) so’z va gaplarni tobe qilmasdan bog’lab kelgani uchun D) B va C 34 / 41 Sezmadim mozoringda 0‘chib qolgan sham kabi,G‘ofil o‘ylar ichidaSo‘nib qolganin qalbim. ( Xurshid Davron ) Nechta ko’makchi qo’llangan? A) 3 ta B) 2ta C) 1 ta D) Ko‘makchi qo’llanmagan. 35 / 41 Bog‘lovchi ishtirok etmagan gap qaysi qatorda berilgan? A) Bu qizcha shu topda undan jon so‘rasa, balki ayamasdi. B) Avvalo shuki, kovush tikishga na charm bor, na sirach, na lok. C) Xoh o'zing bor, xoh ukangni jo'nat. D) Goh tentirab ketaman uzoq, Yerni quchib o'paman goho. 36 / 41 Qaysi qatordagi bog’lovchilar teng bog’lovchilarga mansub emas? A) biroq. lekin B) chunki. shuning uchun C) va. ham D) yo. yoki 37 / 41 Bosh kelishikdagi so`z bilan birikadigan ko`makchilar qatorini aniqlang. A) singari, haqida, tarzida, doir, so`ng. B) bilan, uchun, singari, haqida, tarzida. C) tufayli qarab, yarasha, beri, bilan. D) bilan, uchun, sayin, cho`g`li, so`ng. 38 / 41 Bilan, singari ko`makchilar qaysi kelishikdagi so`zlar bilan birga qo`llanadi. A) bosh kelishikdagi so`zlar bilan B) tushum va qaratqich. C) jo`nalish, o`rin-payt, chiqish. D) bosh, jo`nalish, o`rin-payt kelishigidagi so`zlar bilan. 39 / 41 Teng bog’lovchilarning ma’no munosabatiga ko’ra turlari qaysi javobda berilgan? A) yakka bog’lovchilar va takror bog’lovchilar B) Teng bog’lovchilar ergashtiruvchi bog’lovchilar C) birikliruv ayiruv. zidlov. inkor bog’lovchilar D) sabab ,shart,aniqlov bog’lovchilar 40 / 41 Chiqish kelishigidagi so`z bilan qo`llanadigan ko`makchini toping. A) uchun B) sayin C) qadar D) so`ng. 41 / 41 Qaysi gapda ko’makchi mavjud emas? A) Badia bilan Ma’suma beka arava tagiga kirib yashirindi. B) Yomonlarning qoshida yalinish yaxshilar ishi emas. C) Fursat g’animatdir, shoh satrlar-la bezamoq chog’idir umr daftarin D) Otni soy bo’yiga bog’ladi-da, o’zi yuqoriga chiqib ketdi. 0% Testni qayta ishga tushiring Baholash mezoni 86%-100% 5 baho 71%-85% 4 baho 56%-70% 3 baho 55% va kamiga 2 baho Fikr-mulohaza yuboring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz