7-sinf Ona tili №7 Aprel 6, 2022Aprel 6, 2022 da chop etilgan InfoMaster tomonidan 7-sinf Ona tili №7 ga fikr bildirilmagan. 6 7-sinf Ona tili №7 GUMON OLMOSHLARI BO’LISHSIZLIK OLMOSHLARI SODDA VA QO’SHMA OLMOSHLAR.ULARNING IMLOSI Mavzular yuzasidan testlar 1 / 36 Imlo qoidasiga ko‘ra qaysi qatordagi so‘zlaming ikkinchisi xato yozilgan? A) adl-adil B) qism-qisim C) ahl-ahil D) aks-akis 2 / 36 Har ikkala qismi ham mustaqil qo'llana olmaydigan so'zlardan tashkil topgan juft otlar qatorini toping A) uvali-juvali,alg'ov -dalg'ov,och-yalang'och,past-baland B) ota-bola,aka-uka ,bog'-u bo'ston ,chol-kampir C) g'ala-g'ovur ,ikr-chikir,alg'ov-dalg'ov ,poyintar-soyintar D) choy-poy,don-dun,temir-tersak,bola-chaqa 3 / 36 Oltita bola va uch-to’rt qiz bayramga tayyorgarlik ko’rishardi. Ushbu gapda sonning qaysi ma’noviy guruhlari mavjud? A) taqsim va kasr son B) jamlovchi va chama son C) dona va chama son D) sanoq va tartib son 4 / 36 Chin so’z mo’tabar ,yaxshi so’z muxtasar Tagiga chizilgan so’zning ma’nosi to’g’ri izohlangan javobni toping A) tugallangan B) foydali C) qisqa D) mantiqli 5 / 36 Kitobni ko’p o’qisangiz ,undan ko’p hikmat topasiz.Ushbu gapdagi undan olmoshi qaysi so’z o’rnida qo’llanyapti? A) hech qaysi so’z o’rnida qo’llangani yo’q B) ko’p C) o’qisangiz D) kitobni 6 / 36 Qaysi o’rinda narsa-hodisa va o’rin-joy so’roqlari berilgan?1.kim? 2.nima? 3.qanday? 4.qancha? 5.nega? 6.qayer? 7.qachon? A) 3,5 B) 2, 5 C) 2, 6 D) 1, 6 7 / 36 Bo'lishsizlik olmoshlari ishtirok etgan gaplarning kesimlari qanday shaklda bo'ladi? A) inkor shaklida B) o'tgan zamon shaklida C) А, В, С. D) ko'plik shaklda 8 / 36 Berilgan olmoshlardan qaysilari bo’lishsizlik olmoshi hisoblanadi. A) kim, u, bu. B) qayer, birov, kimdir. C) kim, qachon, bu. D) hech kim, hech qachon. 9 / 36 Gumon olmoshi ishtirok etmagan gapni aniqlang. A) Ayol qalbi tosh bo'lsa ham,allaqayeri paxtadan yumshoq, ipakdan mayin bo'ladi. B) Hazil-huzul bilan birpasda allaqancha piyozni qanorlarga joyladik. C) Barchasida gumon olmoshi ishtirok etgan. D) Kimdir qarshi so'z aytgan edi,muallim jerkib berdi. 10 / 36 Qaysi gapda bo’lishsizlik olmoshi mavjud? A) Hech kimni shafe keltirmay tura turing, hali . B) Bu cholni butun yurt izzat qiladi. C) Har narsaga jahl qilavermaslik lozim . D) Siz bolalik qilib, bunaqa xomxayollarga borib yurmang 11 / 36 Bo’lishsizlik olmoshi qaysi gapda berilgan. A) Bizga birov ish buyursa, darrov ho’p bo’ladi, deymiz. B) Poydevor qurilishi o’z vaqtida bajarildi. C) Allaqanday tovushlar, hayqiriqlar eshitildi. D) Hech kim hech qachon unitilmaydi. 12 / 36 Qaysi olmoshlar tarkibida qo’shma olmoshlar mavjud emas. A) bo’lishsizlik. B) belgilash. C) gumon. D) ko’rsatish. 13 / 36 Qaysi qatordagi gapda gumon olmoshi qo’llanmagan ? A) Ali Qushchi allanimalarni o’ylab ketdi B) Vaqt allamahal bo’lib qolgan edi C) Negadir taftishchining ovozi menga yoqmadi D) Ot nima uchundir o’rnidan jilmasdi 14 / 36 Bir so'zi qaysi so'zlarga qo'shiiib ularga gumon ma'nosini yuklaydi? A) kishi, narsa, nima B) inson. nimarsa, nimadir C) В va C. D) odam, kim, predmet 15 / 36 Quyidagi xususiyatlardan qaysi biri gumon olmoshlariga xos? A) narsa so'zi faqat alla- qo'shimchasi yordamida gumon olmoshiga aylanadi B) A va B. C) so'roq olmoshlariga va narsa so'ziga alla- yoki -dir qo'shimchalarini qo'shish yo'li bilan gumon olmoshlari hosil qilinadi D) faqat kim, nima olmoshlariga alla- yoki -dir qo 'shimchalarini qo 'shish yo'li bilan gumon olmoshlari hosil qilinadi 16 / 36 Olmoshlar tuzilishiga ko’ra necha hil bo’ladi? A) 5 . B) 7 C) 4 D) 3 17 / 36 9 Bo’lishsizlik olmoshi qaysi qatorda ko’rsatilgan? A) Yoshlik shu narsa bilan bahtiyorki, uning kelajagi bor. B) O’z tilin idora qilolmagan odamda haqiqat bo’lmaydi. C) Olg’irlar hech narsadan jirkanmaydilar. D) Iroda barcha dori darmonlardan ko’ra ko’proq yordam beradi. 18 / 36 Tarkibida quyidagi so’zlardan qaysi biri mavjud bo’lsa qo’shma olmosh yasaladi? 1. bir 2.yo’la 3.zum 4.hech 5.dam A) 1,2,3,5 B) 1,4 C) yuqoridagilarning barchasi D) 1,3,4,5 19 / 36 Olmoshlarning yozlishi haqidagi qaysi fikr noto’g’ri? A) yasama sodda olmosh qismlari qo’shib yoziladi. B) juft va takroriy olmoshlar chiziqcha bilan yoziladi. C) sodda olmoshlar ayrim yoziladi. D) qo’shma olmosh qismlari qo’shib yoziladi. 20 / 36 Quyidagilarning qaysi biri bo’lishsizlik olmoshi emas? A) barchasi bo’lishsizlik olmoshi B) hech qachon C) hech bir D) hech nima 21 / 36 Qaysi olmoshlar tuzilish jihatidan sodda va qo’shma turlarga bo’linadi. A) kishilik, belgilash, ko’rsatish va gumon olmoshlari. B) so’roq, belgilash, ko’rsatish, o’zlik olmoshlari. C) kishilik, bo’lishsizlik va ko’rsatish olmoshlari. D) ko’ rsatish, va belgilash olmoshlari. 22 / 36 Tarkibida gumon olmoshi qo’llangan gapni belgilang. A) Birov uni bo’g’ayotgandek, yelkalarini qimirlatib, nafasini rostladi. B) Bu hovuz ikki odam bo’yi chamasida chuqur edi. C) Hamma xotirjam.... D) Hech kim uni xunuk demaydi. 23 / 36 Berilgan olmoshlardan qaysilari bo’lishsizlik olmoshi hisoblanadi. A) hech kim, hech qachon. B) kim, qachon, bu. C) kim, u, bu D) qayer, birov, kimdir. 24 / 36 Qo’shma olmoshlar.... A) faqat bir asosdan iborat bo’lgan olmoshlardir. B) tarkibida so’z yasovchi qo’shimchasi bo’lgan olmoshlardir. C) old qo’shimchali so’z bilan kelgan olmoshlardir. D) ikki asosdan tashkil topgan olmoshlar qo’shma olmoshlardir. 25 / 36 Qanday olmoshlar ajratib yoziladi? A) yasama sodda olmoshlar B) tub olmoshlar C) B, C D) qo’shma olmoshlar 26 / 36 Mana shu ,o’sha-o’sha ,siz-biz ,hech kim , allaqaysi ,har bir Yuqoridagi qo’shma olmoshlar olmoshning ma’no jihatdan qaysi turiga mansub ? A) ko’rsatish ,bo’lishsizlik ,gumon, belgilash B) ko’rsatish ,bo’lishsizlik ,belgilash C) ko’rsatish ,kishilik,bo’lishsizlik ,belgilash D) ko’rsatish ,kishilik, bo’lishsizlik ,gumon,belgilash 27 / 36 Qaysi gapda gumon olmoshi ishtirok etgan? A) Oybek o'z ijodi bilan butun bir kutubxona yaratdi B) Har kim o'z qilmishiga yarasha mukofot oladi C) Uzoqdan allaqanday qora ko'rindi D) Nima kishiga ko'p ziyon keltiradi ? 28 / 36 Qaysi gарdа bo'lishsizlik olmoshi ishtirok etgan ? A) Hech qanday dard Vatandan ayrilish dardidan kuchli emas B) Mo'minjon jimgina o'tirdi. hech indamadi C) Biz hech gapni eshitmadik. D) Men bunday serhosil daraxtni hech ko'rmagan edim 29 / 36 Qaysi so’z faqat -alla qo’shimchasi yordamidagina gumon olmoshiga aylanadi? A) qachon B) kim C) narsa D) nima 30 / 36 Sodda yasama olmosh qatnashgan gapni aniqlang . A) Baxtni har kim o’zicha tushunadi . B) Shu-shu biz u bilan qadrdon bo’lib qoldik . C) Ko’cha darvozani allakim taqillatganday bo’ldi D) Bu kabi nusxalarning bor-yo’qligidan hech kimga hech qanday foyda yoki zarar yo’q . 31 / 36 Hech so'zini qaysi so'zlar oldidan keltirish bilan bo'lishsizlik olmoshlari hosil qilsa bo'ladi? A) kim, qanday, qancha B) А, В, С. C) nima, qachon D) bir, narsa, 32 / 36 Gumon olmoshi ishtirok etmagan qatorni aniqlang. A) Balki,svet yongandir . B) Allakim sizni so‘rab kelgandi. C) Kimlarningdir kasriga qolib, qamalib ketishni istamayman D) Eshikdan kimdir mo‘ralab, o‘tirganlarga bir-bir qaradi. 33 / 36 Qo’shma olmoshlar qatorini aniqlang. A) har bir, ana shu , hech qachon B) hech bir, har xil, har doim. C) kimdir , hech kim, hech qachon. D) qachondir, kimningdir, nimadir. 34 / 36 Qaysi gapdagi birov so’zini allakim ma’nodoshi bilan almashtirish mumkin A) Bolalardan birovi ko’zlarini chirt yumdi B) Bu gaplarni birov eshitmasin C) Uzoqdan birovning qorasi ko’rindi D) Botirlar birov eshitmasin deb ,sekin –sekin qadam bosishdi 35 / 36 Qaysi gapda gumon olmoshi ishtrok etgan? A) Har kim o'z qilmishiga yarasha mukofot oladi B) Uzoqdan allaqanday qora ko'rindi C) Nima kishiga ko'p ziyon keltiradi ? D) Oybek o'z ijodi bilan butun bir kutubxona yaratdi 36 / 36 Sodda kishilik olmoshlari qaysi qatordagi gapda mavjud. A) Bular siz ekkan daraxtlar. B) . Kimda savol bor. C) Salimaxon shu-shu qishloqqa qaytmadi. D) Yuzta siz-u bizdan bitta jiz-u biz yaxshi. 0% Testni qayta ishga tushiring Baholash mezoni 86%-100% 5 baho 71%-85% 4 baho 56%-70% 3 baho 55% va kamiga 2 baho Fikr-mulohaza yuboring Author: InfoMaster 7-sinf Ona tili