Uy » Mavzulatshitilgan testlar » Ona tili mavzulashtirilgan » 7-sinf Ona tili » 7-sinf Ona tili №6 7-sinf Ona tili 7-sinf Ona tili №6 InfoMaster Aprel 6, 2022 8 Ko'rishlar 1 izoh SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 0 0 7-sinf Ona tili №6 O’ZLIK OLMOSHLARI SO’ROQ OLMOSHLARI BELGILASH OLMOSHLARI Mavzular yuzasidan testlar 1 / 35 Til oldi undoshi qaysi qatorda berilgan? A) к B) d C) g D) p 2 / 35 Qaysi qatorda juft sifat ishtirok etmagan? A) Qo'llari kctmon ,o'roq ,ayri ushlayverganlaridan g'adir-budir haqiqiy dchqon edilar B) Ba'zan pi ilka shokoladni ,arzon-garov qo'g'irchoqni olib keladi C) Shu sevinch ikkovlariga ham kuch-g'ayrat ,dadillik baxh etgandek bo'ldi D) Menga o'xshash esli -hushli yigitga zoriqib o'tirgan ekan 3 / 35 O’rin ravishi qaysi qatordagi gapda mavjud? A) Osmon bulut. B) Buloqdan nariroqda do’nglik bo’lib ,atrofga shox otib ketgan tok Shoxlari ko’zga tashlanar C) Atrofga kulrang harir parda bo’lib yoyila boshlagan oqshom qorong’iligi quyuqlashib borardi D) Nihoyat ,kichik bir qiyalikda so’qmoq ko’rindi 4 / 35 Leksik antonimlar berilgan qatorni aniqlang A) xursand ,dili siyoh B) yupqa , qalin C) ishladi, ishlamadi D) oq ko’ngil, ichi qora 5 / 35 Qaysi gapda u ko’rsatish olmoshi qo’llangan. A) Muattar uning shodlikdan uchqun sezilib turgan ko’zlariga qaradi. B) U ko’pchilikning kuchini birinchi marta sezgan edi. C) U majlisga raislik qilishning qiyinligini birinchi marta his qildi. D) U odamning suhbatini ko’pchilik yoshlar qumsar edi. 6 / 35 O’zlari olmoshi qanday ma’nolarda kelishi mumkin? A) ko’plik B) hurmat C) A, B, C D) kesatish 7 / 35 O’zlik olmoshi qaysi gapda qollangan? A) Xalqim, o’zing -ilhomimning oltin o’zagi. B) Sizga bir dasta gul keltirdim, onajon! C) Biz ota-onalarimiz so’zlariga doim amal qilmog’imiz zarur. D) Kimdir eshikni taqillatdi. 8 / 35 Qaysi gapda o’zlik olmoshi hurmat ma’nosida qo’llangan? A) Donolar uchun o’zlarining hayotlari o’zlariga ravshan B) O’zlarimi ,kelsinlar C) Rais amakim o’zlari kelib ketdilar D) O’zlari xon ,ko’lankalari maydon 9 / 35 So'roq olmoshlnri nimalarga nisbatan so'roqni bildiradi? A) sabab, maqsad o’rin part B) shaxs, narsa-hodisa, belgi-xususiyat, miqdor C) А va C. D) jins, tur, xil 10 / 35 Qaysi qatorda belgilash olmoshi ishtirok etgan ? A) Eshik orqasidan kimningdir xirgoyisi eshitiladi B) Siz bilan allaqayerda uchrashganmiz C) Har kim o’z qilmishiga yarasha mukofot oladi D) Hech bir his aqldan bo’lmaydi 11 / 35 Qaysi qatordagi gapda belgilash olmoshi qo’llanmagan? A) Bunda har bir nuqta ko’z kabi jonli . B) Har qaysimiz o’zimiz sevgan kasb to’g’risida insho yozdik . C) U har gal marraga birinchi bo’lib kelardi . D) Butun bir inshoni madhiyamizga bag’ishladik . 12 / 35 O’quvchilar nima qilyapti? (O’quvchilar dars tayyorlayapti.) Birinchi gapdagi so’roq olmoshi qaysi guruhga mansub?1. shaxsga so’roq 2.narsa-hodisaga so’roq 3.belgiga so’roq 4.miqdorga so’roq 5.harakat-holatga so’roq 6.o’ringa so’roq 7.paytga so’roq 8.sabob va maqsadga so’roq A) 5 B) 8 C) 6 D) 1, 2, 3 13 / 35 Qaysi gapda to'pdan ajratilgan shaxsni ifodalagan olmosh qo'llangan? A) Men kelajagi buyuk Vatanning farzandiman. B) Rostini aytsam, o'zim ham unchalik yomon bola emasman. C) Kim ko'p o'qisa, u ko'p biladi. D) Vatan har bir inson uchun aziz va muqaddasdir. 14 / 35 Qaysi qatordagi gapda o’zlik olmoshi ta'kid ma'nosida qo’llangan. A) Men o’zim sizni kutib olgani chiqdim. B) O’z uyim -o’lan to’shagim. C) O’zingiz bajargan ishlar uchun javjobgarlikni zimmangizga oling. D) U bizga ertalab, ba'zan kechqurun yorug’ yulduz bo’lib ko’rinadi. 15 / 35 O’zlik olmoshi bog’lanib kelgan ot tarkibida asosan qanday qo’shimcha bo’ladi. A) egalik va kelishik. B) ko’plik. C) egalik. D) kelishik. 16 / 35 Belgilash olmoshi ishtirok etgan gapni toping. A) O’zini hurmat qilgan odam boshqalarni ham izzat ehtiromga o’rgatadi. B) Hamma qiyinchiliklardan faqat mehnat bilan qutilish mumkin C) So’z qanday ishga yo’llashi bilangina qimmatlidir. D) Axloqqa tayanmagan ilm hech narsaga arzimaydi. 17 / 35 Belgini aniqlash uchun ishlatiladigan olmoshlar qaysi qatorda berilgan. A) hech qanday, hech qaysi. B) qanday?, qanaqa?. C) har qaysi, har bir. D) allanima, allanarsa. 18 / 35 Donolar uchun o’zlarining hayotlari o’zlariga ravshan.Mazkur gapdagi o’zlari olmoshi qanday ma’noni ifodalayapti? A) kesatish B) hurmat C) belgilash D) ko’plik 19 / 35 Qaysi gapda so'roq olmoshi ishtrok etgan? A) Har kim o'z qilmihiga yarasha rnukofot oladi B) Oybek o'z ijodi bilan butun bir kutubxona yaratdi C) Uzoqdan allaqanday qora ko'rindi D) Nima kishiga ko'p ziyon keltiradi ? 20 / 35 Qaysi gapda belgilash olmoshi ishtirok etgan? A) Har kim o'z qilmishiga yarasha mukofot oladi B) Oybek o'z ijodi bilan butun bir kutubxona yaratdi C) Uzoqdan allaqanday qora ko'rindi D) Nima kishiga ko'p ziyon keltiradi ? 21 / 35 Quyidagi qaysi gapda belgilash olmoshlari ishtirok etgan.1. Bolalarining har ikkovi ham odobli. 2. Bolalarning hammasi darsga qatnashdi.3. Har vaqt qizi bilan onasi esiga tuskib ketardi. A) 2 B) 2, 3 C) 1, 2, 3 D) 1,2 22 / 35 Qaysi o’rinda narsa-hodisa va o’rin-joy so’roqlari berilgan?1.kim? 2.nima? 3.qanday? 4.qancha? 5.nega? 6.qayer? 7.qachon? A) 2, 6 B) 2, 5 C) 1, 6 D) 3,5 23 / 35 Qaysi o’rinda sabab-maqsad va belgi-xususiyat so’roqlari berilgan?1.kim? 2.nima? 3.nega? 4.qancha? 5.qanday ? 6.qayer? 7.qachon? A) 3,5 B) 2,6 C) 2,7 D) 1. 7 24 / 35 Qaysi qatorda belgilash olmoshi ishtirok etmagan? A) Dildora hali yosh bo‘lsa ham, aqli butun. B) Dunyoning shodligi yig‘ilsa butun, Do‘stlar diydoridan bo‘lolmas ustun. C) Har kim o‘z quvonch, shodliklarini bildirib turarkan. D) Barcha shodlik senga bo’lsin, Bor sitam, zorlik menga. 25 / 35 Qaysi so’roq gap tarkibida qo’llangan olmosh miqdorni aniqlash uchun ishlatilgan. A) Uni kim bergan edi sizga? B) Siz qachon ishga borasiz? C) Mana o’zingiz ayting -hozirning o’zida necha kishi kechikdi? D) Men qaysi otni minib borayin? 26 / 35 Predmetni ko’rsatuvchi o’zlik olmoshi qatnashgan gapni toping . A) Ikromjon xotinini qoldirib, o’zi idora tarafga qarab ketdi . B) Biz o’z tuprog’imizni ko’z qorachig’iday asraymiz . C) Rostini aytsam,o’zim ham unchalik yomon bola emasman . D) O’zining ovozi o’ziga uzoqdan eshitilganday tuyuldi . 27 / 35 Belgilash olmoshi berilgan qatorni aniqlang. A) hech yoqdan. B) har qaysi. C) hech qachon. D) har yerda. 28 / 35 Bulbulga don berish nozik ish, deb o’zlaridan boshqa kishiga ishonmaydilar. Mazkur gapdagi o’zlari olmoshi qanday ma’noni ifodalayapti? A) sof ko’plik B) hurmat C) kesatish D) ta’kidlash 29 / 35 O’zlik olmoshi asosan qaysi olmosh o’rnida qo’llanadi? A) bo’lishsizlik olmoshi B) kishilik olmoshi C) belgilash olmoshi D) o’zlik olmoshi hech qanday olmosh o’rnida qo’llanmaydi 30 / 35 Qaysi gapda belgilash olmoshi ishtirok etgan? A) Har bir bekning navkarlari yuklarni aravalarga ortib ketmoqda edilar B) Berilgan gaplarning barchasida belgilash olmoshi ishtirok etgan C) Yig’ilishda har xil masalalarga ko’proq e’tibor berishdi D) Ba’zi kamchiliklarimiz ham yo’q emas. 31 / 35 Belgilash olmoshlari berilgan qatorni toping. A) butun, bari, har bir B) bir zum, batamom, ba’zi C) nechta, nechanchi, qancha? D) bu, shu, o’sha, anovi 32 / 35 Qaysi gapda so’roq olmoshi noo’rin qo’llangan. A) Unga qay yuz bilan qaraysan? B) Bu ishga nechun rozi bo’lmadi. C) To’yga kim-kim keldi? D) Uning yoshi qanchada? 33 / 35 So’roq olmoshlari bilan qo’shilib keladigan - alla va - dir qo’shimchalari olmoshlarga qanday ma’no kiritadi? A) jamlik B) ta’kid C) noaniqlik D) so’roq 34 / 35 Kelishik qo’shimchalarini qabul qimaydigan so’roq olmoshini toping. A) qancha? B) qachon? C) nega? D) necha? 35 / 35 Belgilash olmoshi qaysi gap tarkibida ishtirok etgan. A) Keng bog’dagi har bir nihol qonib-qonib suv ichdi. B) Hamma ishlar va rejalar sizning zimmangizda. C) Kelaganlarning bari sizni izlashdi. D) Yoshlikda o’rgangan hunar o’zinga o’lja qolar. 0% Testni qayta ishga tushiring Baholash mezoni 86%-100% 5 baho 71%-85% 4 baho 56%-70% 3 baho 55% va kamiga 2 baho Fikr-mulohaza yuboring Tomonidan Wordpress Quiz plugin Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz