Uy » Mavzulatshitilgan testlar » Ona tili mavzulashtirilgan » 7-sinf Ona tili » 7-sinf Ona tili №12 7-sinf Ona tili 7-sinf Ona tili №12 InfoMaster Aprel 6, 2022 11 Ko'rishlar 0 SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 0 0 7-sinf Ona tili №12 KO’MAKCHILAR BILAN BIRGA KELGAN SO’ZLARNING SHAKLLARI KO’MAKCHI BILAN BIRGA KELGAN SO’Z SO’ZLARNING SHAKLLARI (KO’MAKCHILARNING KELISHIKLAR BILAN QO’LLANISHI) MUSTAHKAMLASH BOG’LOVCHILAR TENG BOG’LOVCHILAR Mavzular yuzasidan testlar 1 / 41 Aqlli o’zini ayblar, aqlsiz-do’stini.Ushbu gapdagi so’z yasovchi qo’shimchalar miqdorini aniqlang. A) 2 ta B) 3 ta C) 1 ta D) 4 ta 2 / 41 Quyidagi gapda yo’l so’zining qaysi ma’nosi ifodalangan? U paytlarda otda yurilsa ,uch kunlik yo’l edi A) safar B) yo’nalish C) usul D) masofa 3 / 41 Payt ravishi qatnashgan gapni aniqlang . A) U aravani Nuriddin minganini ko’rib xiyla yengil tortdi . B) Idoraga yaqin qolganda, Nuriddin otga qamchi urdi . C) Bular piyoda asta-sekin o’rdaga bordilar . D) Erta-indin rejani to’ldirgani haqidagi hushxabarni topshirmoqchi. 4 / 41 Qaysi qatorda omonim so’zlar berilgan. A) talaffuz ,muddat,xalq B) adash,to’q ,dasta C) g’or,kafil,hosil D) ko’r, shoir, biologiya. 5 / 41 Kishilik olmoshi berilmagan gapni aniqlang. . A) U to’g’i, chiroyli yozadi. B) Men nechun maqtamay ona-Vatanni. C) O’sha odamning o’zginasi, faqat bunday tugmali kiyimi yo’q edi. D) Sizsiz ishimizni bitirishimiz mushkul. 6 / 41 Donolar uchun o’zlarining hayotlari o’zlariga ravshan.Mazkur gapdagi o’zlari olmoshi qanday ma’noni ifodalayapti? A) belgilash B) hurmat C) kesatish D) ko’plik 7 / 41 Quyidagilarning qaysi biri bo’lishsizlik olmoshi emas? A) hech nima B) hech bir C) barchasi bo’lishsizlik olmoshi D) hech qachon 8 / 41 Ismlarning munosabat shakllariga qaysilar kiradi?1. egalik shakllari 2. kelishik shakllari 3. ko’plik qo’shimchasi 4. –man, -san, -dir qo’shimchalari 5. so’z yasovchi qo’shimchalar A) 1,2,3,5 B) 1,2,3,4,5 C) 1,2,4 D) 1,5 9 / 41 Egalik qo'shimchasi qo'llanmagan qatorni toping A) kitobning muqovasi,o’zining she’ri B) mening kitobim , o'z bog'im C) Boburning kitobi ,Orolmirzoning qo’shig’i D) Bobur bog'i ,Orol dengizi 10 / 41 Quyidagi hususiyatlarning qaysilari mustaqil va yordamchi so`zlarni farqlash uchun xizmat qiladi?1 Ma`lum so`roqqa javob bo`ladigan . 2 Bosh bo`laklar vazifalarini bajarishi va bajarmasligi 3Atash ma`nosining mavjudligi yoki mavjud emasligi 4 Gapda ma`lum gap bo`lagi vazifasida kelish kelmasligi so`z yasalish tiziminig bor yo`qligi A) 1.2. B) 3.4.5. C) 2.4.5. D) 1.3.4. 11 / 41 Qaysi qatorda vazifadosh ko’makchi otlashgan so’zdan keyin qo’llangan ? A) Bitmas –tuganmas bilimning tagida mashaqqat yotadi B) Insonning fe’l atvoriga qarab unga baho berishadi C) Yomonlarning qoshida yalinish yaxshilarning ishi emas D) To’ydan keyin nag’ora chalmoq –nodonlar ishi 12 / 41 Qaysi gapda ko’makchi ishtirok etmagan? A) Ark suv quygan kabi jimjit. B) Otxonaga Umid bilan cho’pon kirib ketishdi. C) Temur tig’i yetmagan joyni qalam bilan oldi Alisher. D) Gap futbol o’yini ustida ketardi. 13 / 41 Qaysi gapda ko’makchi mavjud emas? A) Yomonlarning qoshida yalinish yaxshilar ishi emas. B) Fursat g’animatdir, shoh satrlar-la bezamoq chog’idir umr daftarin C) Otni soy bo’yiga bog’ladi-da, o’zi yuqoriga chiqib ketdi. D) Badia bilan Ma’suma beka arava tagiga kirib yashirindi. 14 / 41 Bosh va qaratqich kelishigidagi so`z bilan qo`llanadigan ko`makchini toping. A) sayin. B) binoan C) kabi D) beri 15 / 41 Faqat sof ko’makchilar berilgan qatorni toping. A) sayin,uzra,qadar B) uchun,doir,so’ng C) sari,yarasha,tomon D) kabi,bo’ylab,muvofiq 16 / 41 Ko‘makchi qo‘llangan gaplarni aniqlang.1. U o‘qib bo‘ldi. 2. U men bilan borib keldi.3 U biz tomon asta yurib keldi. A) 2,3 B) 1,2,3 C) faqat 1 D) l,3 17 / 41 Qaysi gapda ko'makchi ishtirok etmagan ? A) Urushdan oldin bu yer bo'm bo'sh edi B) Marraga Shuhratdan avval Salim, undan keyin Behzod yetib keldi C) Ishning boshiga srakor keldi D) Marraga avval Salim keyin Shuhrat eng so'ng Behzod yetib keldi 18 / 41 Teng bog’lovchilarning xususiyatlari tog’ri ko’rsatilgan javobni toping. A) A va B B) uyushiq bo’laklar va gaplar o’rtasidagi sabab va oqibat munosabatlarini ifodalab keladi C) uyushiq bo’laklar va gaplar o’rtasidagi mazmuniy munosabatni ham ro’yobga chiqaradi. D) uyushiq bo’laklar va gaplarni bog’lab keladi. 19 / 41 Sezmadim mozoringda 0‘chib qolgan sham kabi,G‘ofil o‘ylar ichidaSo‘nib qolganin qalbim. ( Xurshid Davron ) Nechta ko’makchi qo’llangan? A) Ko‘makchi qo’llanmagan. B) 3 ta C) 1 ta D) 2ta 20 / 41 Qaysi qatordagi bog’lovchilar teng bog’lovchilarga mansub emas? A) chunki. shuning uchun B) va. ham C) biroq. lekin D) yo. yoki 21 / 41 Teng bog’lovchilarning ma’no munosabatiga ko’ra turlari qaysi javobda berilgan? A) birikliruv ayiruv. zidlov. inkor bog’lovchilar B) Teng bog’lovchilar ergashtiruvchi bog’lovchilar C) yakka bog’lovchilar va takror bog’lovchilar D) sabab ,shart,aniqlov bog’lovchilar 22 / 41 Qaysi ko`makchilar chiqish kelishigi shaklidagi so`z bilan qo`llanadi? A) binoan, qarshi. B) sayin, sari. C) qadar,uchun D) so`ng, beri. 23 / 41 Qaysi gapda ko‘makchi qo‘llangan? A) Endi xat jo‘natmayman, toki meni tezroq unutsin. B) Bu bir hikoyat va yo rivoyatdir, balkim tiriklik ko‘yidagi aytilgan qo‘shiqdir. C) Bilar edim, shuning uchun indamadim. D) Biz ona yurt, aziz Vatan debon sog‘inch va orziqishlarda yashaymiz. 24 / 41 Jo‘nalish kelishigidagi ismlar bilan birga qo‘llana oladigan ko'makchilar berilgan qatorni toping. A) tomon, yarasha, muvofiq, doir, asosan B) qaramay, asosan, doir, tomon, uzra C) ko‘ra, yarasha, asosan, qarab, sari D) ko‘ra, qaramay, yarasha, bo‘ylab, muvofiq 25 / 41 Qaysi gapda teng bog’lovchi qo’llangan? A) Haqiqat tikanli gulga o’xshaydi, shuning uchun ham u hidlashni bilmaganlarning burniga sanchiladi. B) Barcha gaplarda teng bog’lovchi mavjud. C) Menga Pushkin bir jahon-u, Menga Bayron bir jahon, Lek Navoiydek bobom bor, Ko’ksi qalqon O’zbegim. D) El netib topgay menikim, Gar o’zimni topmasam 26 / 41 Bog'lovchilar vazifasiga ko'ra .. A) sof va vazifadosh B) yakka va takror C) shart va aniqlov D) teng bog'lovchi .ergashtiruvchi bog'lovchi 27 / 41 Bog‘lovchi ishtirok etmagan gap qaysi qatorda berilgan? A) Avvalo shuki, kovush tikishga na charm bor, na sirach, na lok. B) Goh tentirab ketaman uzoq, Yerni quchib o'paman goho. C) Bu qizcha shu topda undan jon so‘rasa, balki ayamasdi. D) Xoh o'zing bor, xoh ukangni jo'nat. 28 / 41 Chiqish kelishigidagi so`z bilan qo`llanadigan ko`makchini toping. A) uchun B) sayin C) so`ng. D) qadar 29 / 41 Qaysi javobda teng bog'lovchilar haqidagi to'g'ri hukmlar ko'rsatilgan?1) bilan ko'makchisi uyushiq bo'laklarni bog'lab kelganda bog'lovchi vazifasini bajaradi; 2) teng bog'lovchilar uyushiq bo'lak va gaplarning mazmuniy munosabatlarini ham ro'yobga chiqaradi;3) ko'makchi, yukiama, modal so'zlar vazifadosh bog'lovchi vazifasida ham kelishi mumkin; 4) mazmuniy munosabat ifodalashiga ko'ra bog'lovchilar teng va ergashtiruvchi bog'lovchilarga bo'linadi;5) zidlov bog'lovchilari uyushiq bo'laklarni emas, qo'shma gap qismlarini bog'laydi. A) 1,2,3, 4, 5 B) 1, 2, 3, 5 C) 1,2,3 D) 1,2, 3,4 30 / 41 Qaysi ko`makchilar faqat bosh kelishikdagi so`zlar bilan qo`llanadi. A) binoan, qarshi. B) so`ng, beri. C) qadar. D) sayin, sari. 31 / 41 Bilimdonlikning sir-u asrori g'ayrat hamda matonat bilan o‘qish va o'rganishdadir. Ushbu gapda qatnashgan teng bog'lovchilarni ko'rsating. A) -u, hamda, bilan, va B) -u, hamda, bilan C) bilan, hamda D) -u, hamda, va 32 / 41 Teng bog’lovchilar qanday vazifa bajaradi? A) so’zlarni teng munosabatli qo’shma gap qismlarini boglash uchun xizmat qiladi B) so’z va gaplarga qo’shimcha ma’no yuklash uchun xizmat qiladi C) tobe gapli qo’shma gap qismlarini bog’lash uchun xizmat qiladi D) ot va otlashgan so’zlardan keyin kelib. ularning boshqa so’zlar bilan munosabatini ko’rsatadi 33 / 41 Bilan, singari ko`makchilar qaysi kelishikdagi so`zlar bilan birga qo`llanadi. A) tushum va qaratqich. B) jo`nalish, o`rin-payt, chiqish. C) bosh, jo`nalish, o`rin-payt kelishigidagi so`zlar bilan. D) bosh kelishikdagi so`zlar bilan 34 / 41 Qaysi ko`makchilar qaratqich kelishigidagi so`zga birikishi mumkin? A) bilan, uchun B) sayin, tufayli. C) sari, qadar D) kabi, singari. 35 / 41 Qaysi qatorda vazifadosh ko’makchilar berilgan? A) so’ng,qarab,orqali,sari B) ost,ro’para,bilan,kabi C) avval,qadar,bo’ylab,deb D) ust,oldin,avval,qosh 36 / 41 Teng bog’lovchilar nimasiga ko’ra biriktiruv, zidlov, ayruv hamda inkor bog’lovchilariga bo’linadi? A) so’z va gaplarni tobe qilmasdan bog’lab kelgani uchun B) so’zlar o’rtasidagi mazmuniy munosabatlatni ro’yobga chiqarganligi uchun C) B va C D) gaplar o’rtasidagi mazmuniy munosabatlarni ro’yobga chiqarganligi uchun 37 / 41 Qaysi gapda ko’makchi mavjud ? A) Gaplarning barchasida ko’makchi mavjud B) Bu ishlarga siz tufayli erishdim ,ustoz C) Oldinda chuqur soy ,orqada baland cho’qqi ,orada maydon D) Marraga avval Salim ,keyin Jahongir ,eng so’ng Oatbek yetib keldi 38 / 41 Qaysi ko'makchilar chiqish kelihigi shaklidagi so'zlar bilan birga keladi ? 1 so'ng 2 tomon 3 bilan 4 bo'lak 5 boshtab 6 keyin A) 1,4,5,6 B) 2,3,4 C) 1,2 D) 1,2,3 39 / 41 Chiqish kelishigidagi so`zlar bilan qo`llanadigan ko`makchini toping. A) uzra B) o`zga C) chamasi D) bilan 40 / 41 Bosh kelishikdagi so`z bilan birikadigan ko`makchilar qatorini aniqlang. A) bilan, uchun, sayin, cho`g`li, so`ng. B) tufayli qarab, yarasha, beri, bilan. C) singari, haqida, tarzida, doir, so`ng. D) bilan, uchun, singari, haqida, tarzida. 41 / 41 Qaysi bog’lovchilar teng bog’lovchilarga mansub emas? A) bog’lovchilar-yuklamalar B) sabab bog’lovchilar C) zidlov bog’lovchilar D) ayriuv bog’lovchilar 0% Testni qayta ishga tushiring Baholash mezoni 86%-100% 5 baho 71%-85% 4 baho 56%-70% 3 baho 55% va kamiga 2 baho Fikr-mulohaza yuboring Tomonidan Wordpress Quiz plugin Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz