Uy » Mavzulatshitilgan testlar » Ona tili mavzulashtirilgan » 7-sinf Ona tili » 7-sinf Ona tili №11 7-sinf Ona tili 7-sinf Ona tili №11 InfoMaster Aprel 6, 2022 8 Ko'rishlar 1 izoh SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 0 0 7-sinf Ona tili №11 VAZIFADOSH KO’MAKCHILAR KO’MAKCHILARNING MA’NO TURLARI KO’MAKCHILAR VA QO’SHIMCHALARNING MA’NODOSHLIGI Mavzular yuzasidan testlar 1 / 40 Joy nomi qaysi javobda to'g'ri yozilgan? A) Katta Farg'ona kanali B) katta Farg'ona kanali C) Katta farg'ona kanali D) Katta Farg'ona Kanali 2 / 40 Atamalar berilgan qatorni aniqlang A) ot ,kun ,soat B) gul,atirgul ,daraxt C) ishchan ,ishchi,ishla D) ibora ,sifat ,fe’l 3 / 40 Barvasta, yoshi ellikka borib qolgan bo‘lsa ham, qomati sambitdek tik.Ushbu gapda qo‘llangan miqdor sonning ma’no turini aniqlang. A) chama son B) jamlovchi son C) dona son D) sanoq son 4 / 40 Qaysi so’z turkumida antonimlik munosabati umuman yo’q ? A) son ,olmosh ,modal so’zlar B) ot,son,fe’l C) ot,son ,sifat D) ravish,fe’l ,olmosh 5 / 40 Berilgan gaplarning qaysi birida olmosh fe’l o’rnida qo’llangan ? A) Karim gullarni uza boshladi .Bu esa bog’bonning jahlini chiqardi B) Gullarning ko’pi pushti rang .Ana shu rang menga juda yoqadi C) Gul ochildi . Uning ochilishi kishilaraga rohat berdi D) Xolid toshni o’n marta ko’tardi . Men ham shuncha ko’tarishni orzu qilaman 6 / 40 Qaysi so’roq gap tarkibida qo’llangan olmosh miqdorni aniqlash uchun ishlatilgan. A) Siz qachon ishga borasiz? B) Mana o’zingiz ayting -hozirning o’zida necha kishi kechikdi? C) Uni kim bergan edi sizga? D) Men qaysi otni minib borayin? 7 / 40 Qaysi qatordagi gapda gumon olmoshi qo’llanmagan ? A) Negadir taftishchining ovozi menga yoqmadi B) Vaqt allamahal bo’lib qolgan edi C) Ot nima uchundir o’rnidan jilmasdi D) Ali Qushchi allanimalarni o’ylab ketdi 8 / 40 Qaysi so’zlarda egalik qo’shimchasi berilmagan? A) xolam, na’ram B) bolam, parvonam C) ho’plam, qaram D) nolam, jo’ram 9 / 40 Sen esa, ey qalbim, shu umid uchunEng so‘nggi yolqining bera olsang bas.She’riy parchadagi belgisiz qoilangan kelishikni toping. A) tushum B) qaratqich va o‘rin-payt C) qaratqich D) qaratqich va tushum 10 / 40 Quyidagi berilgan qaysi turkumga oid birliklarning bazilari o’zlari birikib ketgan so’zdan chiziqcha(defis) bilan ajralib yoziladi? A) ko’makchilar B) A,.B C) yuklamalar D) bog’lochilar 11 / 40 Qaysi qatordagi ko’makchi chegara ma’nosini ifodalagan? A) Uygacha suhbatlashib bordik B) Kechga qadar tinimsiz ishladik C) Maktab tomon yo’l oldik D) Shu kichik yo’l orqali o’tasiz 12 / 40 Quyidagi gaplarning qaysi birida jo`nalish kelishigi qo`shimchasini ko`makchi bilan almashtirsa bo`ladi? A) Olimga vijdon ham o`tkir ilm kabi zarur B) Men o`zimning kimligimni sizga aytdim. C) Qarab tur, seni otangga chaqmasammi! D) Gapingizga qaraganda uzoqdan kelibsiz. 13 / 40 Qaysi gapdagi kelishik qo`shimchasini ko`makchi bilan almashtirsa bo`ladi? A) Shu yo`ldan yurib murodga yetdik. B) Sizga atalgan qo`shiqlarim bor. C) Saharlab shaharga yo`l oldik. D) A, B,C 14 / 40 Qaysi gapdagi vazifadosh ko’makchini sof ko’makchi bilan almashtirish mumkin? A) Orqadan chuqur soy oqardi B) Gap futbol o’yini ustida ketardi C) Qoziq ustida qor turmas D) A va B 15 / 40 Fikr mavzusi ma’nosini ifodalaydigan ko’makchilar berilgan qatorni toping. A) tufayli, uchun B) sari, bo’ylab C) xususida, o’xshab D) haqida, to’g’risida 16 / 40 O’xshatish,qiyoslash ma’nosini ifodalovchi ko’makchini toping A) qadar B) qarab C) yanglig’ D) to’g’risida 17 / 40 Ustida so’zi qaysi qatorda ko’makchi vazifasida qo’llangan ? A) Kitob stolning ustida turibdi B) Qo’ng’iz yaproqning ustida o’rmalardi C) Lolalar qirning ustida ochilgan D) U kechgacha ish ustida o’tirdi 18 / 40 Kelishik qo`shimchasi o`rnida ko`makchini qo`llash mumkin? A) Do`stining holatini diqqat bilan kuzatib turgan Hotam. B) Radiodan sening quvnoq ovozingni hamma eshitdi. C) Mehnat, kitob, do`stlik haqida suhbat qizg`in davom etdi. D) Saida kulib yubormaslik uchun labini tishladi. 19 / 40 Vazifadosh ko’makchilar berilgan qatorni toping. A) deya, deb, atab B) –la, - chun C) qadar, uzra D) haqida, to’g’risida 20 / 40 Atalganlik ma’nosida qo’llangan ko’makchini toping A) Toshkentga akam bilan birga bordik B) Onajonim hammamiz uchun birdek aziz C) Nodira ukasi uchun qalam sotib oldi D) O’qish uchun keldim 21 / 40 Vazifadosh ko'makchilar gapda ko'pincha qaysi gap bo'lagi vazifasida keladi ? A) O'zi bog'langan so'z bilan birga hol bo'lib keladi B) O'zi bog'langan so'z bilan birga to'ldiruvchi bo'lib keladi C) O'zi bog'langan so'z bilan birga aniqlovchi bo'lib keladi D) O'zi bog'langan so'z bilan birga kesim bo'lib keladi 22 / 40 Faqat vazifadosh ko’makchilar ishtirok etgan qatorni aniqlang. A) sababli, oldida, uchun, qarab B) ustida, ichida, qoshida, tomon C) bilan, orqa, tepada, o’rtada D) sari, boshida, qadar, maqsadida 23 / 40 Sabab ma’nosini anglatgan uchun ko’makchisi qatnashgan gapni toping A) G’oza erta ekilgani uchun hosil mo’l bo’ldi B) Anvar yuzidagi kulgini yashirish uchun chetga qaradi C) Muhayyo bu libosni havas uchun sotib oldi D) Yig’ilish uchun imkon yaralmadi 24 / 40 Vosita ma’nosini ifodalagan bilan ko’makchisi qaysi qatorda mavjud ? A) Dehqon bilan ishchining mehnati baravar emas B) Ismat bobo hassasi bilan eshikni ochib kirib keldi C) Yuragi bir ajib his bilan to’la edi D) Muhayyo bu bolaga havas bilan qaradi 25 / 40 Ko’makchilarga ma’nodosh bo’ladigan qo’simchalar berilgan qatorni toping. A) –day, -dek, -ni B) A va B C) –cha, -chi, -gan D) –ga, -da, -dan 26 / 40 Qaysi qatordagi o’xshatish qo’shimchasini ko’makchi bilan almashtirish mumkin? A) Qanday hislatlarni rivojlantirish lozimligini kishi yaxshi bo’lmog’ va shunga intilmog’ zarur. B) –Jinday kuting, hozir majlis tugaydi, - dedi kotiba mehmonga. C) Unday demang, hamma ham birday emas. D) Bunday befarosatlar onda-sonda uchrab tiradi. 27 / 40 -dek qo’shimchasi qaysi ko’makchi bilan ma’nodoshlik hosil qiladi? A) yanglig’ B) bo’ylab C) asosan D) yarasha 28 / 40 1 Devor usti yomg’irdan iviy boshladi 2 Kitob ustida uzoq ishladi 3 Nosir o’z ustida ko’p ishladi Ushbu gaplardagi ushbu so’zi qaysi javobda to’g’ri izohlangan ? A) 1 va 3 gaplarda vazifadosh ko’makchi ,2-gapda mustaqil so’z B) 2 va 3 gaplarda vazifadosh ko’makchi ,1-gapda mustaqil so’z C) 1 va 2 gaplarda vazifadosh ko’makchi ,3-gapda mustaqil so’z D) har uchala gapda vazifadosh ko’makchi 29 / 40 Jo’nalish kelishigi qo’shimchasi qaysi ko’makchi bilan ma’nodosh hisoblanadi ? A) muvofiq B) bo’ylab C) tufayli D) kabi 30 / 40 Qaysi qatorda nuqtalar o`rniga jo`nalish, chiqish kelishigi va uchun ko`makchisini o`zaro sinonim sifatida ishlatilishi mumkin. A) hamma…foydali B) kelgani...xursand C) maktab…kerak D) u…yaxshi 31 / 40 Ko’makchilar asosan qaysi kelishiklar bilan vazifadosh hisoblanadi ? A) tushum ,jo’nalish , chiqish , o’rin payt kelishiklari B) Barcha kelishiklar bilan C) jo’nalish va chiqish kelishiklari bilan D) jo’nalish , chiqish , o’rin payt kelishiklari bilan 32 / 40 Qaysi gaplarda vazifadosh ko'makchi ishtirok etgan? 1 Yomonlaming qoshida yalinish yaxshilar ishi emas. 2. Barchasidan qovun soz, Paykal uzra dumalar. 3. To‘ydan keyin nog‘ora chalmoq nodonlar ishi. 4. Bitmas-tuganmas bilimning tagida mashaqqatli mehnat yotadi. A) 1,2,3 B) 1, 2, 4 C) 1,2, 3,4 D) 1, 3, 4 33 / 40 Yig’ilganlar Navro’z bayrami to’g’risida suhbatlashdilar. Ushbu gapda ko’makchining qanday ma’noviy guruhi mavjud? A) fikr mavzusi B) chegara C) maqsad D) sabab 34 / 40 Qaysi qatorda kelishik qo`shimchasini ko`makchi bilan almashtirish mumkin? A) O`ktam gulzor yoniga darov joy hozirladi. B) Mehnat hamisha inson hayoti va madaniyatining asosi. C) Bog`imizdagi olmadan yaxshi xosil oldik. D) Olimjon Farg`onadagi ukasi bilan telefonda gaplashdi. 35 / 40 Qaysi gapdagi ko’makchi jo'nalish kelishigiga ma'nodosh bo'la oladi ? A) Shu kichik yo'iak orqali o'tsangiz ,katta ko'chaga chiqasiz B) Bularning barchasi siz uchun C) Bu yangilikni telivizor orqali cshitdik D) Kechga qadar ishlaclik 36 / 40 Vazifadosh ko’makchilar berilgan qatorni toping. A) sababli, tufayli, uchun B) sari, sayin, bilan C) uzra, haqida, qadar D) ko’ra, deb, bo’ylab, qarab 37 / 40 Ko’makchilarning qanday ma’no guruhlari mavjud?1.maqsad 2.yo’nalish 3.fikr mavzusi 4.o’xshatish, qiyoslash 5.chegara A) 1,2,4,5 B) 1,2,3,4,5 C) 1,4,5 D) 1,2,5 38 / 40 Boshqa so’z turkumidan ko’makchiga o’tgan so’zlarni tartibi bilan belgilang .1.tomon 2.qarshi 3. qarata 4.burun A) ot, sifat, fe’l, ravishdan o’tgan B) ot, ravish. fe’l, otdan o’tgan C) ravish, sifat, fe’l, ravishdan o’tgan D) ravish, ot, sifat, otdan o’tgan 39 / 40 Qaysi gapda kelishik qo’shimchasi o’rniga ko’makchi qo’llash mumkin? A) Yozdagi mehnating hech kimga kelmaydi malol. B) Aql miyada, ta’m tilda, kuch qo’lda bo’ladi. C) Shavla odatda qoshiqda yeyiladi. D) Koinot lochinlarini qizg’in kutib oldik. 40 / 40 Quyidagi gapda ko`makchining qanday ma’no uchun xizmat qilayotganini aniqlang. Bahorga qadar sabr qilishga to`g`ri keladi. A) chegara B) sabab C) payt D) qamrov 0% Testni qayta ishga tushiring Baholash mezoni 86%-100% 5 baho 71%-85% 4 baho 56%-70% 3 baho 55% va kamiga 2 baho Fikr-mulohaza yuboring Tomonidan Wordpress Quiz plugin Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz